Telegram Web Link
QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Shovot tumanida "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" "Ona tilim faxrim" "Til-millat ko'zgusi" shiori ostida chellenj o‘tkazilmoqda.

Chellenjda tumanimizdagi 40-son umumta’lim maktabining ustoz va murabbiylari faol ishtirok etdi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ajratish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan takliflar ishlab chiqish maqsadida ijtimoiy so‘rov o‘tkazmoqda. Unda ishtirok etib, o’z fikringizni bildiring!

👉 Ishtirok etish

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
FUQAROLAR MUROJAATI, MUAMMO VA YECHIM

Shovot tumani hokimi Muradbek Davlatovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda fuqarolarning murojaat va takliflari soha mutaxassislari ishtirokida o‘rganildi.

Ko‘tarilgan masalalarni qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Shovot tumanida mahalla yettiligi xodimlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mas’ul xodimi ishtirok etib, ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, savolnoma shakllari va ularni to‘ldirish tartibi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilariga kerakli metodik qo‘llanmalar va namunaviy savolnomalar tarqatildi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

Bugun 21-oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan, Shovot tumanidagi 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek tili xalqimiz uchun milliy qadriyat, o‘zlikni anglash, mustaqil davlatchilik timsoli, xalqimiz hayotida, siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanligini madh etuvchi sheʼr va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Shuningdek, bir guruh o‘quvchi yoshlar va o‘qituvchilar tuman hokimligi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
2025/10/22 13:20:36
Back to Top
HTML Embed Code: