Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Onam meni suygan kabi suydim seni,
Jon jomimga hayotim deb quydim seni.
Bu dunyoga kelib, go‘dak chog‘im ilk bor,
Onajonim allasida tuydim seni.

Sen muhabbat, mehrga kon, Ona tilim,
Ham g‘ururu ham sharaf-shon, Ona tilim.
Qadrimiz, qudratimiz sen bilan baland,
Jonimiz senga fido, jon Ona tilim.

O‘zbek tili bayramingiz muborak bo‘lsin!

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi Muradbek Davlatov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda fuqarolar tomonidan davolanishda yordam, ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilish uchun kredit ajratish, subsidiya ajratish, mahalla hududidagi yo‘llarni ta’mirlash, uy-joy, kadastr va boshqa masalalarda murojaatlar bo‘ldi.

Yuqoridagi masalalarning bir qismi joyida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qolgan murojaatlarni joyiga chiqib o‘rganish yuzasidan tegishli tashkilot xodimlariga topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari, yer qazish texnikasi egalari va yerdan foydalanuvchilar diqqatiga!

☎️ Agar sizda yer osti aloqa kabellarining muhofaza hududlarida yer qazish va qurilish ishlarini amalga oshirish zaruriyati tug‘ilsa, magistral aloqa kabeli trassasi belgisida ko‘rsatilgan manziliga yoki 1133 qisqa raqamiga murojaat qiling. Hamda mutaxassislar ko‘rsatmasi asosida ish olib boring.

Murojaatingiz Call-markazlar tomonidan o‘z vaqtida qabul qilinmagan yoki munosabat bildirilmagan taqdirda, “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining 1144 telefon raqamiga murojaat qiling. Biz holatni albatta nazoratga olamiz.


❗️ Esingizda bo‘lsin, aloqa liniyalariga yetkazilgan zarar avariya-tiklash ishlarini olib borish uchun talab etiladigan xarajatlar sizning hisobingizdan qoplanishi mumkin.

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʼzbekistonda aholi va qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish tadbirlari oʼtkaziladi.

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
Master reja bu - hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, oʻzida shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyiha yechimlarini mujassamlashtirgan, shuningdek, hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari hisoblanadi.

Xususan, Shovot tumanida master rejaga asosan “R.Polyazov” kollektorini Turkiston mahallasi hududidan o‘tuvchi 1.5 km qismini yopiq-yotiq drenaj qilish ishlari davom etmoqda.

Bugungi kunda kollektorning 1 km qismi yopilib, ushbu hududda (24/7) rejimda faoliyat ko‘rsatadigan ko‘ngilochar va xizmat ko‘rsatish maskanini qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
📌📌📌📌📌📌

O‘ZBEKISTONDA “YASHIL” ENERGIYA 9 MILLIARD KVT·SOATGA YETDI

Kuni kecha, 22-oktyabr soat 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 9 mlrd kVt·soatga yetdi.

Bu Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 20-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi hamda 2025-yil 23-sentyabr kuni Nyu-York shahridagi BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida belgilab berilgan strategik vazifalar – iqtisodiyotni iqlim o‘zgarishlariga moslashtirish, uglerod neytralligiga erishish va “yashil” energetika ulushini keskin oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin ifodasidir.

Bugungi kunda mamlakatimizda umumiy quvvati 4 682 megavatt bo‘lgan 12 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va 5 ta shamol elektr stansiyasi ishlab turibdi.

“Yashil” energiya hisobidan:
2 mlrd 730 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi;
– Atmosferaga chiqishi mumkin bo‘lgan 4 mln tonna zararli moddalar oldi olindi.

Yana bir muhim ko‘rsatkich, joriy yil boshidan 22-oktyabr soat 19:00 holatigacha O‘zbekistondagi barcha gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari jami 14 mlrd 520 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Bu – mamlakatimizdagi umumiy generatsiyaning 23 % ini “yashil energiya” tashkil etayotganini anglatadi.

Bu esa 7,5 mln xonadonning 10 oylik yoki 6 mln xonadonning bir yillik elektr ehtiyojiga teng!

Eslatib o‘tamiz, bundan 29 kun avval, ya’ni 23-sentyabr kuni soat 14:00 da yurtimizdagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energisi 8 mlrd kVt·soatni tashkil etgan edi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
2025/10/24 16:02:33
Back to Top
HTML Embed Code: