Telegram Web Link
Falastin Prezidenti Abbos: "Isroil G'azodagi kasalxonaga hujum qilib, dahshatli harbiy qirg'in qildi. <...> 75 yillik azob-uqubat va jinoyat, dunyo esa to'liq sukut saqlamoqda"

@SiyosiyFakt
G'azo sektoridagi shifoxonaga uyushtirilgan hujumdan so'ng Falastin tarafdorlari namoyishlari tobora ko'proq poytaxtlarga tarqalmoqda.

Bayrutda olomon AQSh va Fransiya elchixonalari oldida namoyishga chiqdi.

Tunisda asosiy namoyish Fransiya elchixonasida ham bo'lib o'tdi, u yerda AQSh bayrog'i ham hujumga uchradi.

To‘lqin Berlinga ham yetib keldi. Yaqin Sharqdan ko'plab odamlar istiqomat qiladigan Neukölln hududida Falastinni qo'llab-quvvatlovchi shiorlar aytilmoqda, axlat qutilari yoqib yuborilmoqda, politsiyaga shisha va pirotexnika vositalari uloqtirilmoqda. Xavfsizlik kuchlari olomonni qismlarga bo'lib, turli ko'chalarga tarqatmoqda.‌‌

@SiyosiyFakt
G'azo sektori markazidagi shifoxona ustiga raketaning qulashi oqibatida halok bo'lganlar soni 800 kishiga yetdi.

@SiyosiyFakt
G‘azodan olingan videolar Isroil harbiy-havo kuchlarining kasalxonaga bergan zarbasini tasdiqlaydi: Amerikaning GBU-31 JDAM bombasi qo‘llangan bo‘lishi mumkin, dedi rossiyalik harbiy ekspert Aleksey Leonkov.

Bu portlash kuchi va snaryadning tushishining xarakterli ovozidan dalolat beradi. Bu juda hushtak ovozi bugun tunda e'lon qilgan fojia joyidan olingan videoda yaqqol ko'rinadi.‌‌

@SiyosiyFakt
Исроил давлати аллақачон маънавий асосларини йўқотиб бўлган. Уни қўллаётган коллектив ғарбда ҳам, кўпчилик унинг жиноятларини яхши билади. Европа жамоатчилик фикри, тахминан 60-80% Фаластин тарафида. АҚШда ҳам 20 миллиондан ортиқ яҳудий яшайди. Лекин, шунча яҳудийдан бор йўғи тахминан 6-7 миллиони ўзини яҳудий деб тан олади. Қолганлари “мен яҳудий эмасман, Худо асрасин” деб, ўзлигини яширади, яҳудийликдан воз кечишга ҳаракат қилади. Протестант, англасаксон бўлишга ҳаракат қилади.

Буларнинг асосий сабаби – Исроилнинг ваҳший давлат эканлиги. Бу миллат тарихан кўп таъқиб қилинган. Ғарб ва шарқ халқлари, давлатлари яҳудийларни кўп таъқиб қилган. Энди, ўзларининг давлатчилигига эришиб, шу давлатчиликни кенгайтириш мақсадида, мисли кўрилмаган ваҳшийликлар қилмоқда. Бир вақтлар ғарбликларнинг яҳудийларга қилган ваҳшийлигини, бугун яҳудийлар арабларга, фаластинликларга қилмоқда. Ортиғи билан қилмоқда. Буни дунё кўрмоқда.

Парадокс. Яшаб қолиш учун террор сиёсатини олиб бораётган Исроил бир вақтни ўзида глобал норозилик ва нафратга сабаб бўлмоқда. Яъни яшаб қолиш учун ўз умрини қисқартиришга ариза бермоқда. Бугун глобал яҳудийлик чуқур маънавий инқирозда. Инсоният Исроилни ваҳшийлик, адолатсизлик, ёлғон ва муттаҳамлик синоними сифатида қабул қилмоқда. Ҳалиям пропаганда кучли ишлаяпти. Вақти келиб, пропаганда ҳам синади, ҳомий ҳам сўнади. Ўша куни Исроил нақадар ваҳший бўлганлигини тушуниб етади.

@Rabbimov_rasmiy
Нима учун Миср ва Иордания ўз чегараларини фаластинликларга очмаяпти? Исроилнинг мақсади ҳам шу. Агар чегаралар очилса, миллиондан ортиқ фаластинлик ўша томонга ўтиб, жойлашиб туради. Кейин, бўш қолган худудларни Исроил ўз назоратига олиб, ҳеч кимни киритмайди.

Бошида комендантлик соатлари ўрнатади, ойлар ва йиллар ўтиб, ўша ерларда яҳудий маҳаллалари қуради. Қарабсизки, Ғазо ва ғарбий соҳилни қолдиғи ҳам йўқ. 1960-70 йиллардаги урушлар вақтида, 5-6 миллион фаластинлик шу усул билан Фаластиндан чиқариб юборилган эди. Эски яҳудийларнинг эски ўйини...

@Rabbimov_rasmiy
Kecha Isroil G‘azodagi to‘rt ming kishilik kasalxonani bombaladi. Oxirgi raqam bo‘yicha vafot etganlar soni 800dan oshdi. Borgan sari qurbonlar soni ortyapti. Homiladorlar, bolalar, qariyalar... 800 kishi o‘ldi!

Bir necha daqiqadan keyin Turkiyada peshin namozi o‘qiladi. Hamma masjidlarda namozdan keyin g‘oyibona namoz o‘qiladi. Kasalxonada bombalanib vafot etgan falastinliklar uchun.

©Sanjar xo'ja

@SiyosiyFakt
Forwarded from Sanjar Xo‘ja
Истанбул. Пешин намозидан кейин фаластинликларга ғойибона жаноза ўқилди. Аввал имом шундай нутқ қилди:

"Фаластинда шаҳид бўлганларга жаноза намози ўқиймиз. У ерда болалар, аёллар, қариялар бомбаланяпти. Дуодан бошқа ҳеч нарса қилолмайдиган даражада ожизмиз. Лоақал жаноза ўқийлик-ки, қиёмат куни улар "биз бомбаланганда сен нима қилдинг?" деб бўйнимизга ёпишса, айтадиган бир гапимиз бўлсин.

Қаранг, Қуръонда яҳудийлар тасвирланган. Улар айни тасвирлангандек. Насронийлар ҳам айтилган. Улар ҳам айни айтилганидек. Фақат, биз Қуръонда айтилган мусулмон эмасмиз. Шунинг учун хор ва ожизмиз. Шунинг учун бизга ҳар ким хоҳлаганини қиляпти..."

Бутун Туркия бўйлаб шу каби нутқ қилинди, жаноза намози ўқилди. Ўзбекистонда бирор масжид имом бу гапни айтса, провокатор деб ишдан олинади. Ўзбекистон аҳолисининг катта қисми Фаластин учун қайғуда. Масжидларда эса на очиқ дуо қилиняпти, на жаноза ўқиляпти.

Ўйланиб қолдим. Ўзбекистонликлар "Масжид-ул Ақсо"га эга чиқишдан олдин, ўз масжидига эга чиқиши керакдир, балки...

@sanjar_xoja
SAVOL: Hamas qanday tashkilot va kim bu tashkilotni mablag’ bilan ta’minlaydi?

Hamas o’zini qurrolli kuchlariga ega bo’lgan partiya deb hisoblaydi, ammo, bir qator AQSh va Yevropa davlatlari Hamasni terrorchi tashkilot sifatida ko’radilar.
Urush qurollari juda qimmatligi va juda katta mablag’ talab qilishi hech kimga sirmas. Xo’sh, Hamas qurrolli kuchlariga ega bo’lish va jangovor harakatlar olib borish uchun moddiy yordamni qaerdan oladi?

Hamasni birinchi navbatda Falastin aholisining boy qatlamlari, xususan, o'zi boshqaradigan G'azo sektoridagi badavlat shaxslar qo'llab-quvvatlaydi. Uni Isroil ishg'oliga qarshi kurashayotgan harakati sifatida ko’radiganlar va qo’llaydilgan davlatlar ham bor. Eron, Qatar va Turkiya eng ko’p moddiy yordam beradigan davlatlardan hisoblanadi. Hamasning Qatarda doimiy ofisi bor!

Dilsora Fozilova

@SiyosiyFakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qirg‘iziston Parlamentida Falastinga yordam berish masalasi muhokama qilindi. Muhokamada shu gaplar aytildi:

- Biz musulmon xalqmiz. Falastinda musulmon bolalar, ayollar va qariyalar o‘limiga jim qarab turmaymiz.
- Tashqi ishlar vazirligi bir hisob raqami bersa, unga xalq pul tashlaydi. U pulga insoparvarlik yordami olib, Falastinga yetkaziladi.
- Biz deputatlar birinchilardan bo‘lib o‘z oyligimizni yordamga ajratamiz...

©Sanjar xo'ja

@SiyosiyFakt
Falastin Ichki ishlar vazirligi G‘azo sektoridagi Nusayrat bozorini Isroil tomonidan o‘qqa tutgani, qurbonlar va jarohatlanganlar borligini ma’lum qildi.‌‌

@SiyosiyFakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇵🇸 Falastin Sog'liqni saqlash vazirligi:

Isroil G'azo sektorini bombardimon qila boshlaganidan beri 4651 kishi halok bo'ldi, ulardan 1873 nafari bolalar, 1023 nafari ayollar, 187 nafari qariyalar va 14245 nafari yaralangan.

@SiyosiyFakt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇵🇸🇮🇱 Fox News muxbirining yozishicha, hozir G'azo sektoriga qilingan hujumlar u ko'rgan «eng aqldan ozgan» hujumlar urush boshlanganidan beri eng dahshatli hujum.

Bir qator ommaviy axborot vositalari ham G'azo sektorida internet va aloqa butunlay uzilganini xabar qilmoqda.

Al-Jazira muxbirining fikricha, Isroilning quruqlikdagi operatsiyasi boshlanish arafasida.

@SiyosiyFakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇵🇸🇮🇱 G'azo sektoridan Isroil tomon katta raketa uchirildi.

Temir gumbaz tutib olish uchun ishlamoqda.

@SiyosiyFakt
XAMAS harbiy qanoti Tel-Avivni o'qqa tutayotganini aytdi‌‌

@SiyosiyFakt
🇮🇱🇵🇸 Yaqin Sharq harakatga keldi.

Eron xavfsizlik kengashi navbatdan tashqari yig'ilishni 30 daqiqadan so'ng boshlaydi.

Misr ilgari kuchaytirilgan tank qismlarini chegaraga o'tkazishni boshladi.
Iroqning irqiy rahbari va mudofaa vaziri hozir Suriyada.
Erdog'an ham bayonot tayyorlamoqda. Ko'rinishidan, keyingi bir necha soat ichida biror narsa sodir bo'ladi.

@SiyosiyFakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷🇵🇸 Turk televideniyasi orqali G'azo sektoridan kelgan xabar:

«Musulmon mamlakatlariga ayting, biz uchun janoza namozi o'qimasin. Biz tirikmiz, o'lgan sizsiz», dedi u.

@SiyosiyFakt
Dunyodagi ko‘p davlatda namoyish bo‘lyapti. Bu namoyishlar nega kerak? Isroil vahshiylik qilayotgan bo‘lsa, musulmonlar o‘layotgan bo‘lsa, o‘z yurtida namoyish qilishdan nima foyda?

Izohlayman:
Dunyo boshi berk ko‘chaga kirib bo‘ldi. Katta davlatlar eshikka tiqilib qoldi. BMT ma'nan quladi. Bu vaziyatda yana pastdan tepaga harakatlanish kerak. Odamlar ko‘chaga chiqib, o‘z hukumatidan Isroilning vahshiyligini to‘xtatishi uchun nimadir qilish talabida. Ba'zi hukumatlar aynan shu namoyishlar sababli chora ko‘radi.

Masalan Turkiya. Erdo‘g‘an "Hamas terrorchi emas" dedi. Bu gapi orqali Turkiya o‘zini doimiy ittifoqdoshi - G‘arb davlatlariga qarshi chiqdi. Chunki Turkiya xalqi Falastinni qo‘llayapti. Ko‘chaga chiqib, namoyishlar o‘tkazyapti. Amerika "nega?" deb so‘rasa, "Xalq irodasi" deydi. Turkiya hukumati va xalqi bu masalada hamfikr.

Amerikada esa bu masalada hukumat va xalq qarama - qarshi. Hukumat qarorida qat'iy. Xalq Parlament binosiga kirib namoyish o‘tkazsa ham, olimlar va san'atkorlar Baydenga maktub yozsa ham, ko‘chalarni to‘ldirib namoyish o‘tkazsa ham, hukumat Isroilni qo‘llayapti.

Eng asosiysi, har ikki davlatning masjidlarida Falastinga yordam uchun pul yig‘ilyapti. Yordamlar Misr orqali G‘azoga yetib boryapti.

Endi Tojikistonga qaraylik. Miting qilsa bo‘ladimi? Parlamentga kirib, deputatlardan talab qilsa bo‘ladimi? Falastinga yordam uchun pul yig‘sa bo‘ladimi?
Yo‘q!

Shu vaziyatda, tojikistonliklar "Erdo‘g‘an quruq gapiradi, Sisi qo‘g‘irchoq" deyishiga hayronman.

©Sanjar xo'ja

@SiyosiyFakt
Forwarded from UzReport.news
BMT: Agar hozir yer yuzida do‘zax bo‘lsa, u G‘azo shimolida

BMT G'azo shimoliga gumanitar yordam yuk mashinalarini yetkazib bera olmayapti, deydi BMT vakili.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bmt-agar-hozir-yer-yuzida-do-zax-bo-lsa-u-g-azo-shimolida

Lotin|Кирилл
2025/07/06 14:28:54
Back to Top
HTML Embed Code: