Telegram Web Link
#uchrashuv #issiqxona_xojaligi

Tadbirkorlar bilan jonli muloqot -muammolarning tezkor yechimi


Ayni paytda Buxoro viloyatida 700 dan ortiq tadbirkorlik subyekti issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanadi. Shundan 312 tasi QQS to‘lovchi tadbirkorlik subyekti hisoblanadi.

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev Buxoro viloyatida bo‘lib, issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning muammo hamda takliflarini o‘rgandi.

Romitan tumanidagi "Muxammadzoxid Azim Buxoro" va "Toshkent Ta’mir Temir Beton" hamda Buxoro tumanidagi “Buxoro Varnet” klasteriga qarashli issiqxona faoliyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng, shu joyning o‘zida viloyatda mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritadigan 100 nafardan ortiq tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda:

✔️Davlatimiz rahbarining 30-iyulda oʻtkazgan videoselektor yigʻilishidagi tadbirkorlar uchun belgilab bergan imtiyoz va imkoniyatlari;

✔️Eksport majburiyatini olgan va muqobil isitish tizimida ishlayotgan issiqxonalarga gazdan foydalanish imkoniyati, kredit muddatining uzaytirilishi;

✔️2028-yilgacha issiqxonada faoliyat yurituvchi xodimlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushirilishi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Yuzma-yuz muloqotlarda bank krediti, tabiiy gaz, elektr energiyasi, suv va yer solig‘i bilan bog‘liq muammo va takliflar muhokama qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #issiqxona_xojaligi

Issiqxona sohasi rivoji va imtiyozlari muhokama qilindi


Soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Sadullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Dastlab, mas’ullar tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan soliq imtiyozlari va qo‘shimcha imkoniyatlar batafsil tushuntirib o‘tildi.

Jumladan:
🔹Soliq qarzini to‘lash muddati 2028-yil oxirigacha kechiktirilishi;
🔹Agar hisobot davri yakunida issiqxona faoliyatidan olingan daromad jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushirilishi;
🔹Yer fondi toifasiga qaramasdan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalarini qo‘llash imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 75 ta tadbirkorlik subyekti jami 169,1 gektar yer maydonida issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

2025-yil davomida hududda 7 ming tonnadan ortiq mahsulot yetishtirilgan.

2026-yilda esa 10 ming tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilgan. Jumladan, 5 915 tonna pomidor, 2 151 tonna bodring, 1 075 tonna limon, 1 613 tonna boshqa sabzavotlar yetishtirish ko‘zda tutilgan.

Qo‘mita Raisi o‘rinbosari shuningdek, Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida ham tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Viloyatda hozirda 281 ta tadbirkorlik subyekti jami 500,1 gektar maydonda issiqxona xo‘jaligi bilan shug‘ullanmoqda. 2025-yilning shu davrigacha Xorazmdagi issiqxonalarda 31 ming tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan.

Uchrashuvlarda tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan qator muammoli masalalar joyida ijobiy hal etildi. Ayrim masalalar yuzasidan esa mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqlar_yurt_tayanchi

💼 Tadbirkorlik – bu faqat daromad emas, balki mas’uliyat hamdir.

Tadbirkor to‘lagan har bir soliq nafaqat davlat taraqqiyoti uchun, balki uning o‘z kelajagi, farovon hayoti va yangi imkoniyatlari uchun ham xizmat qiladi.

Vaqtida to‘langan soliq – halollik va ishonchning belgisi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Isteʼmolchilarga 8 oyda 906 mlrd soʻmdan ortiq keshbek qaytarildi


Isteʼmolchilar uchun qoʻshimcha ragʻbat sifatida joriy qilingan keshbek tizimi nafaqat aholining chek talab qilish madaniyatini oshirish bilan bir qatorda xufiyona iqtisodiyotning oldini olishda muhim instrumentlardan biri boʻlmoqda.

Joriy yilning yanvar - avgust oylarida jami 976,1 mingta xarid cheki boʻyicha aholiga 906,6 mlrd soʻm miqdorida keshbek qaytarib berildi.

Birgina avgust oyida (26-sentabr holatiga) isteʼmolchilarga 121,8 mln chek uchun 99,8 mlrd soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan.

❗️Amaldagi qonunchilik talablariga koʻra quyidagi holtlarda keshbek hisoblanmasligi belgilangan:

🔹 Tadbirkor tomonidan soliq organlariga soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi yoki 1 mln soʻmdan ortiq soliq qarzdorligi mavjudligi;
🔹onlayn-NKM chekini roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxsning shubhali xaridorlar reyestriga kiritilganligi;
🔹tadbirkor tomonidan hisobotlarda chek maʼlumotlarini toʻliq aks ettirmaslik va notoʻgʻri axborotlar kiritilganligi;
🔹roʻyxatga olingan chek toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning soliq organlarining axborot tizimlariga yuborilmaganligi.

👉VMQ-255, 1-ilova 20-bandi

Mazkur talablarga koʻra avgust oyida 35 mln ta xarid chekiga 38 mlrd soʻmdan ortiq keshbek hisoblanishi rad etilgan.

Keshbek qachon toʻlab beriladi?

Isteʼmolchilarga xarid summasidan 1% keshbek Onlayn-NKT cheklari Soliq mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan soʻng toʻlab berilishi belgilangan.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, kamchiliklar tuzatilishi hamda ularning qarzdorligi kamayishi boʻyicha kunlik oʻzgarishlar real vaqt rejimida inobatga olinib, hisoblangan keshbek summasi tasdiqlanib boradi.

Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq mobil ilovasida oson bilib olish mumkin.

Bir oyda qancha keshbek olish mumkin?

Oylik xarid summasidan keshbek olishda chegaraviy miqdor oʻrnatilgan. Unga koʻra:

1% keshbek - isteʼmolchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (24 720 000 soʻm) oshmagan xaridlari uchun 247 200 soʻm olishi mumkin.

12 % keshbek - “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan isteʼmolchilar bir oyda BHMning 10 baravaridan (4 120 000 soʻm) oshmagan xaridlari uchun 441 428 soʻm olishi mumkin.

👉 PQ-13-son,10.01.2024-y

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2025-yil 6-oktabr

sentabr oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni.
👉Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi
_______
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 6 октября 2025 года последний день

за сентябрь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов).
👉ч.2 ст.355 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xarid_qilish_dalolatnomasi #bu_qiziq

Jismoniy shaxslar elektron xarid dalolatnomalari orqali 4,8 trln so'mlik qishloq xo'jaligi mahsulotlari sotdi

1-oktabr holatiga ko‘ra, jismoniy shaxslar umumiy ovqatlanish korxonalariga 162,5 mlrd so‘mlik, eksportyorlarga esa 4,7 trln so‘mdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotdi.

Yuridik shaxslar xarid jarayonida xarid dalolatnomalarini elektron shaklda rasmiylashtiradi. Ushbu dalolatnomalar tahliliga ko‘ra, umumiy ovqatlanish korxonalari orasida eng talabgir mahsulotlar mol go‘shti, qo‘y go‘shti, guruch va pomidor bo‘lgan. Eksportda esa asosan shaftoli, uzum, gilos va qurutilgan mevalar talab yuqori bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, elektron xarid qilish dalolatnomasini:
💻soliq to‘lovchi shaxsiy kabineti my3.soliq.uz;
📱Soliq mobil ilovasi orqali rasmiylashtirish mumkin.

👉 Batafsil
_________
#акт_закупки #это_интересно

Физлица реализовали сельхозпродукцию на 4,8 трлн сумов через электронные акты закупки

По состоянию на 1 октября физические лица реализовали предприятиям общепита сельхозпродукцию на сумму 162,5 млрд сумов и экспортерам более 4,7 трлн сумов.

При закупе юрлица оформляют акты закупки в электронной форме. Как показал анализ актов закупки, наиболее востребованной продукцией у предприятий общепита являются говядина, баранина, рис и помидоры. В целях экспорта – это персики, виноград, черешня, сухофрукты.

Напоминаем, оформить электронные акты закупки можно:
💻 в кабинете налогоплательщика my3.soliq.uz;
📱 в мобильном приложении Soliq.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

QQSning nol stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati tasdiqlandi

2026-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (paxta va g‘alladan tashqari) sotishda QQSning nol stavkasi qo‘llaniladi.
👉PF-153-son, 4.09.2025-yil

Prezident farmoniga muvofiq Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Soliq qoʻmitasi QQSning nol stavkasi qoʻllaniladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari roʻyxatini tasdiqladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar hokimliklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlarning takliflariga asosan ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
_________
#НДС

Утвержден перечень сельхозпродукции для применения нулевой ставки НДС

С 1 января 2026 года для реализации сельхозпродукции (за исключением хлопка и зерна), выращенной сельскохозяйственными товаропроизводителями, будет применяться нулевая ставка НДС.
👉№УП-153 от 4.09.2025

В соответствии с Указом Президента Министерством сельского хозяйства и Налоговым комитетом утвержден перечень сельхозпродукции, к которой будет применяться нулевая ставка НДС.

Министерством сельского хозяйства по согласованию с Налоговым комитетом в перечень могут вноситься изменения и дополнения на основании предложений Жокарги Кенгеса Республики Каракалпакстан, хокимиятов областей и субъектов, выращивающих сельхозпродукцию.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#shunday_bolishi_mumkinmi?

Qovun 1,5 so‘m, tarvuz esa bir so‘mdan ham arzon – korxona soliqlarni to‘lamasdan milliardlab so‘mlik EHF rasmiylashtirgan

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom ettirmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

Misol uchun, 2025-yil avgust oyida ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida tashkil etilgan “Savdo” MChJ (nomi o‘zgartirilgan)ning ustav jamg‘armasi 10 mln so‘mni tashkil etgan.

Mazkur korxona 2025-yil avgust–sentabr oylarida ishchi kuchisiz, shuningdek, egaligida yoki ijarasida mol-mulk va transport vositalariga ega bo‘lmagan holda, turli xil tovarlar bo‘yicha umumiy qiymati 1,2 mlrd so‘m (shu jumladan 123,5 mln so‘m QQS) bo‘lgan elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirgan.

Bunda realizatsiya qilingan tovarlarning bahosi ularning bozor qiymatiga mos kelmagan. Masalan, mazkur EHFlarda 127 ming dona qovun har biri 1,5 so‘mdan 16,4 so‘mgacha, 124 ming dona tarvuz esa 0,9 so‘mdan 27 so‘mgacha narxlarda sotilganligi aks ettirilgan.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.
___________
#разве_такое_возможно?

Арбузы по цене меньше сума, а дыни за 1,5 сума - предприятие оформило ЭСФ на миллиарды сумов без уплаты налогов

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Например, в августе 2025 года было создано ООО «Savdo» (название изменено) для осуществления оптовой торговой деятельности с уставным фондом в размере 10 млн сумов.

В августе–сентябре 2025 года предприятие, не имея работников, имущества или транспортных средств в собственности либо аренде, оформило электронные счета-фактуры на различные виды товаров на общую сумму 1,2 млрд сумов, в том числе 123,5 млн сумов НДС. При этом стоимость реализуемых товаров не соответствовала их рыночной цене. К примеру, в этих ЭСФ указано, что реализовано 127 тысяч дынь по цене от 1,5 до 16,4 сумов и 124 тысячи арбузов по цене от 0,9 до 27 сумов за штуку.

За всё время деятельности в бюджет совсем не уплачивались налоги и образовалась задолженность.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025/10/21 19:41:18
Back to Top
HTML Embed Code: