Telegram Web Link
#uchrashuv #issiqxona_xojaligi

Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Surxondaryo viloyatida issiqxonachilar bilan uchrashdi

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida jami 361 ta tadbirkorlik subyekti 767,9 gektar yer maydonida issiqxona faoliyati bilan shugʻullanmoqda. Tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan issiqxonalarda 2025-yilning shu davriga qadar 45 ming 925 tonnadan ortiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilgan.

Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Jahongir Abdiyev dastlab Termiz tumanidagi issiqxonalarda boʻlib, tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Ular tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglandi.

Shuningdek, viloyatning Termiz shahri, Jarqoʻrgʻon va Termiz tumanlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda:

✍️davlatimiz rahbarining 30-iyulda oʻtkazgan videoselektor yigʻilishidagi tadbirkorlar uchun belgilab bergan imtiyoz va imkoniyatlari;

⚡️eksport majburiyatini olgan va muqobil isitish tizimida ishlayotgan issiqxonalarga gazdan foydalanish imkoniyati, kredit muddatining uzaytirilishi;

📉2028-yilgacha issiqxonada faoliyat yurituvchi xodimlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushirilishi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Prezidentimizning Farmoniga muvofiq, 2026-yildan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi “0” stavkada belgilanishi tadbirkorlar uchun katta yengillik ekanligi taʼkidlandi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan o'rtaga tashlangan ayrim muammoli masalalar joyida hal etildi, ayrimlari boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berilib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#issiqxona_xojaligi

Sirdaryoda
issiqxona xo'jaliklarining muammo va takliflari o'rganildi

Soliq qoʻmitasi raisi o‘rinbosari A.Fayzibayev Sirdaryo viloyatida issiqxona faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti vakillari bilan uchrashdi.

Bugungi kunda viloyatda 143 ta tadbirkorlik subyekti issiqxona faoliyati bilan shugʻullanadi. Ularning muammo va takliflarni o'rganish maqsadida qo'mita raisi o'rinbosari dastlab, Mirzaobod tumanidagi gidroponika usulida hosil yetishtirilayotgan “Dehqonobod issiqxona kompleksi”ga tashrif buyurdi.

30 gektar maydonda
barpo etilgan ushbu issiqxonalar majmuasi toʻliq quvvatda ishlamoqda. Mazkur kompleksda qariyb 200 nafar aholi bandligi taʼminlangan.

Shu joyning o'zida viloyatda mazkur yo'nalishdagi 50 nafardan ortiq tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan muloqot oʻtkazildi.

Uchrashuvda 2,6 mingdan ortiq issiqxona xo'jaliklarining 449,7 mlrd soʻmlik soliq toʻlovlari muddati 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilgani taʼkidlandi. Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (bundan paxta va gʻalla mustasno) realizatsiyasi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining “nol” stavkasi joriy etilishi to’g’risida batafsil ma'lumotlar berildi.

Yuzma-yuz muloqotlarda tabiiy gaz, elektr energiyasi va suv bilan bogʻliq muammo va takliflar muhokama qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Auditorlik tashkilotlariga ham soliqlar bo'yicha xulosalarni taqdim etish huquqi berildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik subyektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo'llab-quvvatlash chora tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-176-son, 26.09.2025-yil

Mazkur Farmonning 3-ilovasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

Xususan, soliq maslahatchilari tashkilotlari bilan bir qatorda auditorlik tashkilotlariga ham soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo'yicha xulosalarni taqdim etish huquqi berildi. Bunday tashkilotlar ro‘yxati Soliq qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.

Yillik aylanmasi 10 milliard soʻmgacha (ilgari 1 milliard soʻmgacha) va soliq xavfi darajasi oʻrta boʻlgan soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda, soliq maslahatchilari tashkilotlari va auditorlik tashkilotlarining soliqlar bo'yicha xulosalari soliq organlari tomonidan tan olinadi.
👉PQ-4846-son, 30.09.2020-yil
_________
#новое_в_законодательстве

Аудиторские организации получили право выдавать заключения по налогам

Принят Указ Президента "О мерах по поддержке субъектов предпринимательства на основе новых подходов".
👉№УП-176 от 26.09.2025 г.

Приложением №3 к данному Указу внесены изменения и дополнения в некоторые акты Президента РУз.

В частности, помимо организаций налоговых консультантов, и аудиторским организациям предоставлено право на выдачу заключения по налогам при добровольной ликвидации налогоплательщиков. Перечень таких организаций ведет Налоговый комитет.

Заключения организаций налоговых консультантов и аудиторских организаций будут признаваться налоговыми органами при добровольной ликвидации налогоплательщиков с годовым оборотом до 10 млрд сумов (ранее до 1 млрд сумов) и средним уровнем налогового риска.
👉№ ПП-4846 от 30.09.2020 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Tabrik

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Har bir insonning ilk ustozi ota-onasi boʻlsa, unga harfni, oq-u qorani tanitadigan, Vataniga sadoqat, millatiga cheksiz hurmatni oʻrgatadigan bebaho zot bu shubhasiz, oʻqituvchi va murabbiydir.

Bugun oʻzining dadil va ildam taraqqiyot yoʻlidan borayotgan Yangi Oʻzbekistonimizning baxt-u iqboli, yorugʻ kelajagi yoʻlida fidokorona xizmat qiladigan yosh avlodni tarbiyalashda Siz kamtarin va ilm-maʼrifat fidoyilarining mehnatlaringiz beqiyos.

Shu bois butun millatning taqdirini oʻz taqdiridan ustun koʻrgan Siz mehridaryo ustozlar oldida doim taʼzimdamiz.

Muhtaram ustozlar!

Sizlarni 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklayman. Doimo munosib shogirdlaringiz, elimiz ardogʻida boʻlib yuring!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oqituvchi_va_murabbiylar_kuni

Soliq organlarida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilib, oʻz tajribasi va mehrini ayamay kelgan ustoz xodimlarimizga shogirdlari tomonidan chuqur ehtirom va minnatdorlik izhor etildi.

Ustozlarimizning hayotiy tajribasi va kasbiy mahorati yosh avlod uchun chinakam maktab boʻlib xizmat qiladi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
SOLIQ_TAQVIMI_OKTABR_2025.pdf
156.7 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2025-yil oktabr oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на октябрь 2025 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon

Hurmatli tadbirkorlar!


Soliq qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari ishtirokida navbatdagi onlayn seminar-trening

🗓 2-oktabr kuni

“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini yaxshilash imkoniyatlari” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

🕒 Boshlanish vaqti – 15:00

Jonli efir 📱 YouTube platformasida.

Seminar davomida mavzu bo‘yicha dolzarb savollarga javoblar taqdim etiladi.

Barchangizni ishtirok etishga taklif qilamiz!
__________
#объявление

Уважаемые предприниматели!

Очередной онлайн семинар-тренинг с участием специалистов Налогового комитета и Торгово-промышленной палаты состоится

🗓2 октября

Тема: «Возможности повышения рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства»

🕒 Начало в 15:00

📱 Прямая трансляция на платформе YouTube.

В ходе семинара будут даны ответы на актуальные вопросы по теме.

Приглашаем всех к участию!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar

“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini yaxshilash imkoniyatlari” mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

Mazkur seminar ushbu korxonalarga koʻmaklashish maqsadida Soliq qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari hamda yuqori reytingga ega boʻlgan korxonalar vakillari ishtirokida tashkil etildi.

📱Seminarga 👉havola
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн-семинар «Возможности повышения рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства».

В нем принимают участие специалисты Налогового комитета и Торгово-промышленной палаты, а также представители организаций с высоким рейтингом.

📱Трансляция

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#onlayn_seminar “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini yaxshilash imkoniyatlari” mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi. Mazkur seminar ushbu korxonalarga koʻmaklashish maqsadida Soliq qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari…
#barqarorlik_reytingi

12 mingga yaqin tadbirkorlik subyektlari yuqori barqarorlik reytingiga erishdi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-oktabr holatiga ko'ra:
🔹11,9 ming nafar tadbirkor - yuqori barqarorlik reytingida. Shundan, ААА - 2 270;
🔹101,3 ming nafar - o‘rta;
🔹246,4 ming nafar - qoniqarli;
🔹194 ming nafar - quyi reytingda.

Barqarorlik reytingi joriy etilgandan boshlab yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 6,7 barobar oshdi.


Yuqori reytingdagi tadbirkorlar qaysi sohalarda faoliyat yuritishmoqda?

▫️Xizmat ko'rsatish - 4 ming nafar;
▫️savdo - 4 ming nafar;
▫️sanoat - 1,7 ming nafar;
▫️qurilish - 767 nafar;
▫️qishloq xo'jalik - 231 nafar.

Qaysi hududlarda yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni ko'proq?

📍
Toshkent shahri - 4 ming nafar;
📍Toshkent viloyati - 1 079 nafar;
📍Samarqand viloyati - 975 nafar;
📍Farg'ona viloyati - 799 nafar.
__________
#рейтинг_устойчивости

Почти 12 тысяч предпринимателей достигли высокого рейтинга устойчивости

По состоянию на 1 октября 2025 года в Узбекистане:
🔹11,9 тысяч предпринимателей - с высоким рейтингом устойчивости. Из них ААА - 2 270;
🔹101,3 тысяч - со средним рейтингом;
🔹246,4 тысяч - с удовлетворительным рейтингом;
🔹194 тысячи - с низким рейтингом.

С момента внедрения рейтинга устойчивости количество предпринимателей с высоким рейтингом выросло в 6,7 раз.


В каких сферах осуществляют деятельность предприниматели с высоким рейтингом?

▫️Оказание услуг - 4 тысячи;
▫️торговля - 4 тысячи;
▫️промышленность - 1,7 тысяч;
▫️строительство - 767;
▫️сельское хозяйство - 231.

В каких регионах больше всего предпринимателей с высоким рейтингом?

📍Город Ташкент - 4 тысячи;
📍Ташкентская область - 1 079;
📍Самаркандская область - 975;
📍Ферганская область - 799.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#shunday_bolishi_mumkinmi?

Faoliyat yuritmayotgan korxona xodimlarsiz va aktivlarsiz 64 mlrd so‘mlik EHF rasmiylashtirdi

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom etmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

Misol uchun, 2012-yil may oyida betondan qurilish buyumlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tashkil etilgan “Dizayn” MChJ (nomi o‘zgartirilgan) ustav jamg‘armasi 24 mln so‘mni tashkil etgan. Biroq, uzoq vaqt davomida faoliyat yuritmagan.

2025-yil sentabr oyining oxirgi haftasida esa, ishchi kuchiga ega bo‘lmagan, egaligida yoki ijarada mulki va transport vositalari mavjud bo‘lmagan ushbu jamiyat tomonidan 63,8 mlrd so‘m ( shundan QQS – 6,8 mlrd so‘m) miqdorida turli xil yuqori likvidli tovarlar hamda transport va logistika xizmatlari bo‘yicha EHF rasmiylashtirilgan.

Natijada kelgusida kontragentlar mazkur jamiyat bilan shubhali aylanmalar bo‘yicha rasmiylashtirilgan EHFlardagi QQSni hisobga olishda muammolarga duch kelishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.
__________
#разве_такое_возможно?

Бездействующее предприятие без работников и активов оформило ЭСФ почти на 64 млрд сумов

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Например, в мае 2012 года для осуществления деятельности по производству бетонных строительных изделий было создано ООО «Dizayn» (название изменено) с уставным фондом в размере 24 млн сумов. Однако длительное время предприятие не вело деятельности.

В последнюю неделю сентября 2025 года данное предприятие, не имея рабочей силы, имущества и транспортных средств ни в собственности, на в аренде, оформило электронные счета-фактуры (ЭСФ) на сумму 63,8 млрд сумов (в том числе 6,8 млрд сумов НДС) на различные высоколиквидные товары, а также транспортные и логистические услуги.

В результате этого в дальнейшем контрагенты могут столкнуться с проблемами при зачёте НДС по ЭСФ, оформленным с данным предприятием по сомнительным оборотам.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim tovarlar bo'yicha QQS 1 kunda qaytariladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-sentabrdagi qarori bilan "Kam ta’minlangan yoki kambag‘al oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha QQS summasini qaytarish tartibi to‘g‘risida" vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Unga asosan:

2025-yil 1-oktabrdan tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida;

2026-yil 1-yanvardan respublikaning qolgan hududlarida

Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq tovarlar (xizmatlar)ni tegishli miqdor doirasida xarid qilishda to‘langan QQS summasini 1 ish kunida qaytarish belgilandi.

Bunda ushbu xarid bo'yicha QR-kodli chekni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida skanerlash talab etilmaydi.


Ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) ijtimoiy karta orqali xarid qilinganda, soliq summasi oyiga bazaviy hisoblash miqdorining* 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida qaytariladi.

*1 BHM = 412 000 so‘m

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foyda_soligi

Foyda solig‘i hisobotida daromadlar va xarajatlar to‘g‘ri ko‘rsatilishi kerak

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, joriy yil 20-oktabr 2025-yil III chorak yakuni bo‘yicha foyda solig‘i hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni.

Barcha soliq to‘lovchilar III chorak uchun foyda solig‘i hisobotini hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay taqdim etishlari belgilangan.

🖇Soliq to‘lovchilar foyda solig‘i hisobotini shakllantirishda, xususan hisobotda daromadlar va xarajatlarni to‘g‘ri aks ettirishda quyidagi normalarga eʼtibor berishlari lozim:

▫️foyda solig‘i bazasini aniqlashda ushbu soliq to‘lovchining jami daromadidan daromad olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi (chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bundan mustasno);

▫️soliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (ko‘rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari xarajatlar deb eʼtirof etiladi.
👉Soliq kodeksi 305-modda

Quyidagi hollarda:

▫️foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qo‘shish;

▫️tovarlarni sotishdan (xizmat ko‘rsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish);

▫️moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) normasini sunʼiy ravishda oshirish yoki normativlarni noto‘g‘ri qo‘llash soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb eʼtirof etiladi hamda yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 223-moddasi

☝️Yuqoridagilardan kelib chiqib, Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilardan hisobotlarda asossiz xarajatlarni ko‘rsatmaslik, foyda solig‘i bazasini to‘g‘ri shakllantirish orqali soliq hisobotlarini o‘z muddatida taqdim etishlarini so‘raydi.

👉Foyda solig‘i bo‘yicha hisobot shakli to‘ldirildi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025/10/20 10:47:10
Back to Top
HTML Embed Code: