Telegram Web Link
#YUNESCO_43

Samarqandda YUNESKO Bosh Assambleyasining 43-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda

Bugun butun jahon hamjamiyatining eʼtibori hamisha navqiron va koʻhna Samarqand shahriga qaratilgan. Bu tarixiy kent YUNESKO Bosh Assambleyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilmoqda.

Ushbu nufuzli xalqaro tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, YUNESKOga aʼzo davlatlarning koʻpchiligi tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Eʼtiborli jihati shundaki, taʼlim, fan, madaniyat, ekologiya va boshqa global muammolar muhokama qilinayotgan bu muhim siyosiy-gumanitar anjuman soʻnggi 40-yil ichida ilk bor YUNESKO shtab-kvartirasi joylashgan Parijdan tashqarida oʻtkazilayotgani ham tarixiy ahamiyatga ega.

Bugun har bir yurtdoshimiz mamlakatimizga bunday muhim xalqaro forumni oliy darajada oʻtkazish ishonchi bildirilganidan faxrlanmoqda.

Ushbu nufuzli anjumanda Respublikamizning boshqa davlat idoralari qatorida Soliq qoʻmitasi masʼul xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

Jami 194 mamlakat va 20 tadan ortiq xalqaro tashkilotdan qariyb 6 ming nafar delegat ishtirok etmoqda. Ular orasida Prezidentlar, Hukumat rahbarlari, 70 dan ortiq vazir hamda YUNESKO kotibiyatining 412 nafar xodimi mavjud.

Maʼlumki, Oʻzbekiston YUNESKOga 1993-yil 26-oktabr kuni, yaʼni aynan shu faslda aʼzo boʻlganini ham eslab oʻtish joiz.


Tadbirning yana bir tarixiy ahamiyati shundaki, mazkur anjuman YUNESKOning 80 yillik yubileyi arafasida oʻtkaziladi va Samarqandda ushbu tashkilotning yangi Bosh direktorini saylash masalasi koʻrib chiqiladi.

Assambleya doirasida mamlakatimiz tashabbusi bilan 18 ta yirik va muhim tadbirlarni oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Bosh konferensiya strategik ustuvor yoʻnalishlarni belgilab olishda muhim ahamiyat egallaydi. Sessiyalarni yetakchi xalqaro OAV, mutaxassislar va ekspertlar keng yoritmoqda. Har bir ishtirokchi xalqaro muloqotni mustahkamlash va umuminsoniy qadriyatlarni ilgari surish yoʻlida oʻz hissasini qoʻshmoqda.

Konferensiya ishiga omad tilaymiz!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#shunday_bolishi_mumkinmi

"Sigma" korxonasi kimni aldamoqchi?

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom ettirmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

Masalan, 2021-yil aprel oyida umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish faoliyati bilan shugʻullanish uchun tashkil etilgan “Sigma” MChJ (nomi oʻzgartirilgan) ustav jamgʻarmasi 10 mln soʻmni tashkil etib, uzoq vaqt faoliyat koʻrsatmasdan joriy yilning sentabr-oktabr oylarida egaligida yoki ijarada mulki, faol ishchilari, transport vositalariga ega boʻlmasdan 40,7 mlrd soʻm (QQS – 4 mlrd soʻm) miqdorida har xil turdagi metal mahsulotlari, maishiy texnika, elektronika realizatsiyasi hamda qurilish xizmatlari boʻyicha EHF rasmiylashtirgan.

Rasmiylashtirilgan EHFlar boʻyicha hisoblangan QQS summasining bir soʻmi ham budjetga toʻlanmagan va natijada yirik qarzdorlik hosil bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.

❗️Mazkur tizim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
__________
#разве_такое_возможно?

Кого намерено обмануть предприятие "Sigma"?

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Например, ООО "Sigma" (название изменено) зарегистрировано в апреле 2021 года с уставным фондом в 10 млн сумов и видом деятельности – общественное питание и доставка продуктов.

В течение длительного времени не осуществляя деятельности, в сентябре–октябре текущего года при отсутствии собственных или арендованных транспортных средств, имущества и работников, оформило ЭСФ на общую сумму 40,7 млрд сумов, в том числе НДС – 4 млрд сумов, на реализацию различных видов металлической продукции, бытовой техники, электроники и оказание строительных услуг.

По оформленным ЭСФ сумма начисленного НДС не уплачена, в результате перед бюджетом образовалась значительная задолженность.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

❗️Данная система будет внедрена с 1 января 2026 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QQS_imtiyoz

Parrandachilik va chorvachilik yo'nalishidagi tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev hamda palata raisi Davron Vaxabov chorvachilik va parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Ma'lumki, Prezidentimizning “Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, 2026-yil 1-yanvardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishda muhim imtiyoz — QQS bo‘yicha "nol" stavka joriy etish belgilandi.
👉 PF-153, 04.09.2025-yil.

Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (bundan paxta va gʻalla mustasno) realizatsiyasi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS)ning “nol” stavkasi joriy etiladi.


Samimiy va konstruktiv ruhda o'tgan uchrashuvda davlatimiz rahbarining joriy yil tadbirkorlar bilan beshinchi ochiq muloqotida belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizatsiyasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining «nol» stavkasini joriy etishning iqtisodiyotimizga ijobiy ta’siri, qishloq xo‘jaligi sohasini rag‘batlantirish orqali norasmiy aylanmani qisqartirish, eng asosiysi, aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi ahamiyati haqida so'z yuritildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “ACCAUD SOFT” MChJning QQS guvohnomasi toʻxtatilgani haqidagi material tarqaldi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Matbuot xizmati ushbu masalada quyidagilarni maʼlum qiladi:

1-holat: Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi tomonidan "Hamkorbank" AT Bankiga Islom Moliyasini rivojlantirish maqsadida kredit ajratish uchun resurs (pul mablagʻlari) ajratilgan. Ajablanarlisi shundaki, ushbu kredit mablagʻalarining barchasi avval (2023-2025-yillarda) Oʻzbekiston Musulmonlar idorasida ashyolar boʻyicha hisobchisi lavozimida ishlagan A.Mansurjon tomonidan tashkil qilingan hamda Islom Moliyasi kredit liniyasida yagona taʼminotchi boʻlgan “ACCAUD SOFT” MCHJ orqali amalga oshirilgan.

2-holat: Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida ijara shartnomalari asosida Jamiyatga tegishli 18 kv.metr ofis hamda 12 kv.metr omborxona mavjud.

Ushbu kv. metrlarni hajmini koʻz oldingizga keltirsangiz 1 inson ishlashi va 8 quti olma mahsuloti bilan toʻlib qoladigan joy boʻladi. Biroq jamiyat tomonidan saqlash katta hajmdagi joy, koʻp sonli ishchilar va transport xizmati yuqori boʻlgan juda koʻp tovarlar xarid qilingan. Jamiyatning soliq maslahatchisi A.Umarov tomonidan ushbu tovar maxsulotlari bir kunning oʻzida xarid qilinib, aynan oʻsha kunning oʻzida realizatsiya qilinganligi asosiy omil sifatida keltirilgan. Vaholanki, ushbu tovar mahsulotlar ogʻir tashish hamda juda koʻp transport vositalarini talab qiladigan tovarlar qanday qilib bir kunning oʻzida ham sotib olinib, ham xaridorga sotilishi taʼminlanishi mumkin.

3-holat. Jamiyat tomonidan ushbu olma mahsulotlari Fargʻona viloyati Margʻilon shahridan xarid qilingan boʻlib, ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish tizimida ofisdan tashqari omborxonalar uchun ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan, asosiy vositalari yoʻq boʻlgan, yer maydonlari mavjud boʻlmagan “IMPACT BRANDS” MCHJ dan 3 220 430 kg olma mahsulotlari xarid qilingan boʻlsa-da, Toshkent shahridan roʻyxatdan oʻtgan “ACCAUD SOFT” MCHJ ga 6 629 388 kg realizatsiya qilingan. Eng qizigʻi shundaki ikkala jamiyatda ham 165 vagon olma mahsulotlarini Fargʻonadan Toshkentga qadar tashish uchun umuman tashish xarajatlarini amalga oshirmagan. (pul mablagʻlari chiqim qilinmagan va hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilmagan)

4-holat. Soliq boshqarmasi tomonidan taʼsir choralari qoʻllanilgandan soʻng jamiyat tomonidan xarid qilingan va bank orqali toʻlovi amalga oshirilgan 3 576 dona "MAZZINI" rusumli avtoshina uchun qabul qilingan hisobvaraq-fakturalari bekor qilingan.

Jamiyat faoliyatida Toshkent shahar soliq boshqarmasining 2025-yil 15-oktabrdagi 30/1-11446-kt-sonli buyrugʻiga asosan kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilishi davom etmoqda.

Hurmatli jurnalist va blogerlar!


Soliq sohasiga oid tanqidiy materiallar tayyorlashda xolislikni saqlab, har ikki tomonning fikrini eshitib, vaziyatni toʻliq va haqqoniy ravishda yoritishda masʼuliyat bilan yondashishingizni soʻraymiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#etirof

Soliq xodimi – Soliq qoʻmitasi e'tiborida

Chekka mahallaning soliq inspektori nafaqat viloyatda, balki respublikada ham yuqori natijaga erishdi.

Uzoq Peshku tumanidagi mahalla soliq inspektoriga Soliq qoʻmitasi Raisi tashakkurnoma yubordi.

Har bir soliq xizmati xodimining mehnati eʼtiborda.

Soliqchi mahallada obroʻli insonlar bilan hamkorlikda yuqori natijalarga erishmoqda.

Dilmurod Razzoqovga Soliq qoʻmitasi Raisi nima uchun tashakkurnoma yubordi

Soliq tizimida halol mehnat qilgan xodimlar eʼtibordan chetda qolmaydi

Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#YUNESKO_43

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida bo'lib o'tayotgan YUNЕSKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq so'zladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#YUNESKO_43

Davlatimiz rahbari mazkur tarixiy anjumanda bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi:

Xususan, Raqamli asr va taʼlim: “AI–School” tashabbusi


YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasida raqamli texnologiyalar va taʼlim sohasidagi islohotlar muhim mavzulardan biri boʻldi.

Prezident SH.Mirziyoyev sunʼiy intellektni taʼlim tizimiga joriy etish orqali gumanizm va texnologiya uygʻunligini taʼminlash zarurligini taʼkidladi.

Bu yoʻnalishda “AI–School” tashabbusi hamda YUNESKO huzurida Inklyuziv taʼlim platformasini yaratish taklifi ilgari surildi.

“Jismoniy va ijtimoiy xususiyatlaridan qatʼi nazar, har bir bolaga taʼlim olishi uchun teng imkoniyatlarni yaratib berish juda muhimdir”, - dedi Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida.


✔️ Bu tashabbuslar taʼlim sohasida barcha uchun teng imkoniyatlar yaratish va yangi intellektual muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YUNESKO_43

👩Ayollar liderligi akademiyasi — tenglik va taraqqiyot yoʻlida

❗️Prezident SH.Mirziyoyevning yana bir muhim tashabbusi — Xotin-qizlar yetakchiligi boʻyicha YUNESKO akademiyasini tashkil etish boʻldi.

➡️Akademiyaning tashkil etilishi fan, madaniyat, taʼlim va boshqaruv sohalarida ayollarning salohiyatini oshirish, ularning xalqaro maydondagi faolligini kengaytirishga xizmat qiladi.

➡️Shuningdek, tashabbus doirasida Samarqandda barcha qitʼalarning mashhur tadqiqotchilari, sanʼat namoyandalari, pedagog va ixtirochi xotin-qizlarning Taʼlim, madaniyat va fan sohasidagi global forumini oʻtkazish taklif etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YUNESKO_43

😬 Islom sivilizatsiyasi va maʼrifat: Oʻzbekiston tashabbusi xalqaro hamjamiyat eʼtiborida

Dunyoda dinlararo ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda bagʻrikenglik, oʻzaro tushunish va totuvlik kabi umuminsoniy gʻoyalarni keng targʻib etish har qachongidan ham muhim.

Prezident SH.Mirziyoyev tomonidan YUNESKOning Samarqand sessiyasida ilgari surilgan tashabbuslaridan biri – islom madaniyati va maʼrifatini dunyoga tarannum etish orqali radikalizm va islomofobiyaga qarshi samarali kurashish boʻldi.


🖌 Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonda amalga oshirilgan noyob loyihalar – Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband tadqiqot markazlari salohiyatidan birgalikda foydalanishga chaqirdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YUNESKO_43

📢 “Samarkand ruhi” – XXI asr gumanitar manifesti

Prezident SH.Mirziyoyev Samarqandda boʻlib oʻtayotgan YUNESKO bosh konferensiyasi insonparvarlik tamoyillari asosida hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilash, oʻzaro ishonch muhitini mustahkamlash, barqaror rivojlanish boʻyicha global hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish borasida ulkan amaliy qadam boʻlishiga ishonch bildirdi.

YUNESKOning boqiy anʼana va qadriyatlaridan kuch olayotgan “Samarqand ruhi” bizni umumiy taraqqiyot sari yanada birlashishga undaydi, deya taʼkidladi SH.Mirziyoyev.


Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YUNESKO_43

UNESCO Ecological Capital – madaniy merosning ekologik "himoyachisi"

❗️Iqlim inqiroziga qarshi birgalikda samarali kurashish ham dolzarb masaladir.

⚡️ Oʻrtacha haroratning sezilarli darajada koʻtarilishi, muzliklarning erishi, choʻllanish, tuproq qatlamlari yemirilishi, urbanizatsiya jarayonlari madaniy meros obyektlarining holatiga jiddiy taʼsir oʻtkazmoqda.


YUNESKOning bosh konferensiyasida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslardan biri – "YUNESKO ekologik poytaxti" (UNESCO Ecological Capital) dasturidir.

🟢Ushbu tashabbus “yashil” dasturlarni samarali amalga oshirayotgan shaharlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.


Bundan tashqari, davlatimiz rahbari YUNESKO Ijroiya Kengashining “Globallashuv va iqlim oʻzgarishlari sharoitida madaniy merosni asrab-avaylash boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi rezolyusiyasini ishlab chiqish taklifini bildirildi.

Mazkur masala boʻyicha Xiva shahrida iqlim oʻzgarishi sharoitida madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha xalqaro simpozium oʻtkazish taklif etildi.

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YUNESKO_43

❗️ YUNESKO sessiyasida dezinformatsiya xavfiga alohida eʼtibor qaratildi

🔍Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasida YUNESKOning mediasavodxonlikni rivojlantirish boʻyicha global strategiyasini ishlab chiqishni taklif etdi.

🔍Shuningdek, yosh avlodning eng yaxshi ijodiy ishlari, multimedia gʻoyalarini oʻzaro almashish uchun Bolalar madaniy kontenti xalqaro festivalini oʻtkazish tashabbusi qayd etildi.

💬 Virtual makonda noxolis axborotlarni tarqatish, jamoatchilik fikrini chalgʻitish, diskriminatsiyaga qarshi birgalikda samarali choralar koʻrish jiddiy zaruratga aylanmoqda, deya taʼkidladi SH.Mirziyoyev.


Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YUNESKO_43

🌐 Prezident SH.Mirziyoyev YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqandda oʻtkazilishiga izoh berdi:

🔵Anjumanimiz insoniyatning tarix solnomasiga gumanistik gʻoyalar, nodir bilimlar, sivilizatsiyalararo muloqot markazi sifatida kirgan Samarqand shahrida oʻtkazilayotganida chuqur ramziy maʼno bor.

🔵Bu qadimiy kent azaldan bashariyatning buyuk kashfiyotlari beshigi, ilm-fan, adabiyot va madaniyat gullab-yashnagan maskan boʻlgan.

🔵Birgina misol. Ulugʻ hukmdor va alloma Mirzo Ulugʻbek barpo etgan rasadxona gumbazlari ostida noyob yulduzlar jadvali yaratilgan. Bu jadval keyinchalik Kopernik va Kepler kabi mashhur olimlarning ilmiy kashfiyotlari ochilishiga xizmat qilgani tarixdan yaxshi maʼlum.

🔵Uch ming yillik shonli oʻtmishga ega, Buyuk ipak yoʻlining durdonasi boʻlgan, millat va elatlarning tinchlik va doʻstlik makoni – muazzam Samarqandga xush kelibsizlar!


Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YUNESKO_43

🗓19-noyabr – Hujjatli meros xalqaro kuni sifatida belgilash taklif etildi

🔚 Prezident SH.Mirziyoyev YUNESKOning “Jahon xotirasi” dasturi doirasida Xalqaro raqamli meros institutini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

📌Bunday noyob meros obyektlari boʻlgan xalq ogʻzaki ijodiyoti, qoʻlyozmalar, arxivlar va qimmatli tarixiy hujjatlar, madaniy maʼlumotlarni saqlash, ularning barcha uchun ochiqligini taʼminlash maqsadida yaratilgan YUNESKOning “Jahon xotirasi” dasturini rivojlantirishdan manfaatdormiz, dedi davlatimiz rahbari.


✍️ Ushbu institut arxivlar, qoʻlyozmalar va nodir kolleksiyalarni raqamlashtirish bilan shugʻullanadi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston yetakchisi qadimiy Buxoro hunarmandchilik boʻyicha YUNESKO Ijodkor shaharlar tarmogʻining aʼzosi ekanligini taʼkidlab, ushbu shaharda 2027-yili mazkur yoʻnalishda xalqaro kongressni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.


Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YUNESKO_43

🗺 Oʻzbekiston Sharq va Gʻarb, Shimol va Janub oʻrtasida uygʻunlik koʻprigi boʻlishga tayyor – SH.Mirziyoyev

✈️ Geosiyosiy keskinlik va harbiy mojarolar taʼsirida sayyoramizdagi noyob yodgorliklar, muqaddas qadamjolar va bebaho madaniy meros katta ziyon koʻrmoqda.

✈️ Davlatlar oʻrtasida bilim va texnologiyalar, raqamli resurslardan foydalanish boʻyicha tafovut ortib bormoqda.

✈️ Buning natijasida imkoniyatlar tengsizligi va qashshoqlik kuchaymoqda. Bunday murakkab vaziyat YUNESKOning asosiy vazifalarini toʻliq amalga oshirish boʻyicha saʼy-harakatlarimizni har qachongidan ham koʻproq birlashtirishni taqozo etmoqda.

✈️ Biz YUNESKOning olijanob va ezgu maqsadlariga qatʼiy sodiq ekanimizni yana bir bor taʼkidlaymiz. Oʻzbekiston Sharq va Gʻarb, Shimol va Janub oʻrtasida uygʻunlik koʻprigi, barcha uchun ochiq va konstruktiv hamkorlik maydoni boʻlishga hamisha tayyor, dedi oʻz nutqida davlatimiz rahbari.


Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/30 15:03:13
Back to Top
HTML Embed Code: