Telegram Web Link
Forwarded from Yilning eng yaxshi maktabi – 2023
🏆 "Yilning eng yaxshi maktabi – 2023"

Ta’lim sohasiga befarq bo‘lmaganlar uchun! Endi siz yilning eng yaxshi maktabini aniqlashda o‘z ovozingiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Bolalarolami.uz internet nashri "Yilning eng yaxshi maktabi – 2023" respublika tanlovini e'lon qiladi.

Bunda siz, o‘zingiz o‘qigan, farzandlaringiz ta'lim olayotgan yoki faoliyati bilan tanish maktabingizni namunali deb hisoblasangiz maxsus bot yordamida ovoz berishingiz kerak bo‘ladi.

🎖 Eng yuqori o‘rinni egallagan 3 ta maktab maxsus diplom, statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

"Yilning eng yaxshi maktabi – 2023" respublika tanlovida eng munosib maktablar g‘olib deb topilishi uchun xolis ovoz berishingizni so‘raymiz!

Ovoz berish: @bolalar_olami_bot
Biroz avval mana bu videoni ko'rib qoldim. Shu bo'yicha saytga material tayyorlamoqchi bo'ldim. Aniqlaganim shu bo'ldiki, videodagi holat Namangan viloyati Chust tumanida bo'lgani aytilgan. (Videoni tarqatgan manbalar shunday iddao qilgan)

Bu bo'yicha Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmatining raddiyasini topdim. Unda bu holat Chustdagi maktablarda bo'lmagani yozilgandi.

Qo'shimchasiga "qonunchilikka ko’ra, asossiz, tuhmat-bo’xtondan iborat xabar tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanganligi" eslatib o'tilgan.

Shu ma'lumotlar asosida endi materialni tayyorlab, saytga joyladim deganimda, Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ham voqeaga munosabat bildirib chiqdi. Unda mazkur holat 15-dekabr kuni Chust tumani "Guliston" MFY hududidagi 2-son kasb hunar-maktabida yuz bergani aytilgandi.

Men-ku 5 minut "pilus-minusi" bilan maqolani qayta yozib, chiqaraveraman. Lekin yolg'on ma'lumot tarqatganlik uchun javobgarlik borligini ro'kach qilib, o'zi yolg'on raddiya bergan axborot xizmatining bu "qilig'i" g'alati emasmi?

Yoki kasb-hunar maktablari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufiga kirmaydimi? Adashgan bo'lsam, to'g'rilab qo'yarsizlar...

Xullas, yakshanba boshlandi. Xayrli tun va xayrli yakshanba!

👉 @soliyev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9 yoshida IELTS 6.0 ball olgan bola

Navoiylik 9 yoshli Jasurali Shodiyev IELTS imtihonida 6.0 ballni qo‘lga kiritgan. Bolalarolami.uz jamoasi ijodkorlari Jasurali bilan suhbatlashdi.

📹 Videoni to‘liq holda YouTube kanalimiz orqali tomosha qiling:
https://youtu.be/F1FNOaNTTvk

Veb-sayt | Telegram | Youtube | Instagram | Aloqa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu yerda mening 23 yoshga to'lganim haqidagi xursandchilikka to'la post bo'lishi mumkin edi. Lekin mungli kuy bilan hamohang tarzda o'qiladigan nimadirlar beixtiyor yozilyapti.

23 yil degani bu 8399 kunga teng. Soat, daqiqa, soniyalarni esa yozmay qo'ya qolaman. Hisoblash qiyin emas.

Xullas, shuncha vaqt o'tdi. Nimalarga ulgurdim va nimalarga ulgurmadim degan savol kishiga uyqu bermaydi.

Qandaydir javoblar bor. Lekin ulardan, avvalo, o'zim qoniqmayman.

Hali yana qancha yashashimni bilmayman. Alloh uzoq umr bersin, ishqilib.

Lekin qancha yashasam ham Hisob kuniga kelganda "shuncha yil yashab nimaga erishding, nimalar qilding?" deb so'roqqa tutilsam, ahvolim ne kechadi bilmadim.

Hozir o'zimga javob berolmayman-u, uyoqda esa...

Necha kishining duosini oldim, qancha odam mening xizmatimni deb ota-onamga rahmat aytdi?

O'zimdek o'g'ilni, ukani, akani o'zimga ravo ko'rarmidim? Savollar og'ir, javob esa undan ham zalvorli.

Bu fikrlar bir necha soat yoki bir kunda o'tib ketmasligini xohlardim. Chunki inson o'ziga "nima qildim?" deb so'roq berib tursa, ishida unum, umrida halovat, qalbida xotirjamlik bo'ladi deb hisoblayman.

Mabodo mening yozganimni o'qiyotgan kishi mendan kichikroq yoshda bo'lsa, buni nasihat o'rnida qabul qiling. Sizga nasihat qilsam, bu menga yarashadi. Katta bo'lsangiz, ukam ulg'ayyapti ekan, deb qo'ying.

Yana 1 yil ko'z ochib, yumgandek o'tib ketadi. Lekin shu keyingi 1 yil boshqacha bo'lishini istayman. Inson sifatida o'zimni topishim, intizomli bo'lishim, maqsadim sari harakatdan chalg'imasligim kerak. Shularni unutganimda menga eslatib qo'ysangiz, sizdan minnatdor bo'lardim. Rahmat.
2024-yil uchun eng katta maqsadim: "Yo‘q" deyishni o‘rganish.

O‘nlab odamlarga "yo‘q" deya olmaganim uchun hozir miyam g‘ovlab ketgan.

"Xo‘p" deyaverganim uchun ular oldida o‘zimni hisobdor his qilaman, ular esa mendan nimadir kutishadi.

Kutganlarini berolmaganimda esa ularning nazdida va’dabozga aylanishim ham mumkin.

Shuning uchun sizga ham maslahatim shu – "yo‘q" deyishni o‘rganib qo‘ying.

O‘zingizga ham yashash oson bo‘ladi, boshqalarni ham quruq umid bilan qoldirmaysiz.

Hozir bugundan kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarim ro‘yxatini tuzgandim, birliklar xonasi ikki hissa to‘lib ketdi. Lekin jismoniy imkoniyatim nari borsa 2 yoki 3 tasiga yetadi.

Bu nolish emas. Shunchaki odam o‘zini ham o‘ylab turishi kerak ekan. Sizning salomatligingizni hech kim tiklab bermaydi, tiklolmaydi ham...

Ps: bu gaplarni o'ziga olayotganlar bor ekan) sizga aloqasi yo'q buni. Bu kanalni o'qimaydigan ayrim kishilar uchun xolos bu

@soliyev
Boshlang'ich natija. Yaxshimi yomonmi bilmadim, lekin nimadir qila oldik. Aniqrog'i jamoadoshlarim qila olishdi.

@bolalarolamiuz hali biz kutgandan kattaroq ko'lamda faoliyat yuritsin, Ilohim.

O'zimni kanalimning yillik sarhisobini tashlab o'tirmadim, chunki bu kanal yo'qdek go'yo. Alohida e'tibor qilinmaydi.

Yurakka yaqin bir necha odamlar qolgani uchun yozib turaman. Bo'lmasa allaqachon "Delete channel" qivorardim)
⚡️2024-yil O‘zbekistonda Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili deb e’lon qilindi!

Veb-sayt | Telegram | Youtube | Instagram | Aloqa
O'zim uchun yangi chellenj boshladim. Kubik-rubik terishni o'rgandim. Hozircha qiziq ketyapti. Shu paytgacha qilgan eng yaxshi natijam hozir amalga oshdi. 121 sekundda tikladim)

Bu o'yindan zerikkunimcha yoki umuman qachondir (oy yoki yil oxirigacha) buni 1 daqiqaga kamaytirishga harakat qilaman.

Men videolarini ko'rgan jahon rekordlarida 1 necha soniyalarda tiklab qo'yishardi. Men hech bo'lmasa 50-60 sekund natija ko'rsatsam ham yomon bo'lmaydi deb o'ylayman.
Birorta harbiy sinov* o‘tkazildimi, deb o‘ylabman)

PS: FVV (MCHS) kanali tinch. Kinolarda, kitoblarda seysmologlar zilzilani bir necha soniyalar oldin aniqlaydi deb ko'rgan, o'qigan edim. Biznikilar o'tib ketganidan keyin telegram kanallardan o'qib olishsa kerak)

*Bugun Prezident harbiy obyektlarga borib, mudofaa ishlari bilan tanishyapti

UPD. Rasmiy xabar chiqdi. Toshkentda 2 balli zilzila kuzatilibdi.
“Asia Plus” nashri 2023-yilning iyul oyi hisob-kitoblariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari deputatlari qancha maosh olishini ma'lum qilibdi.

Qozog'istonda 2050 dollar, Tojikistonda 688, Qizg'izistonda 500 dollar olisharkan. Biznikilar esa $380 maoshga ishlarkan.

"Bo'magan gap", "Buncha oylikka ishlamaydi bizikilar" deyishingiz ham mumkin. To'g'ri, ishlamaydi.

Qozog'iston nima uchun iqtisodiy va boshqa har qanday sohalarda bizdan oldinda ekaniyam ma'lum. Axir, 400 dollar olgan odam xalq haqida ko'proq qayg'uradimi yoki 2 ming olganimi? Birinchisini ko'proq o'z g'am-tashvishi o'ylantirsa kerak.

Umuman har qanaqa sohadayam ishga yarasha maosh berilsa, xodim borini shu ishga qaratadi. Aks holda, boshqa muammolari bilan ish o'rtasidagi chegara buzilib, ofisda ham uyni yoki boshqa "soqqali ishlarni" o'ylab o'tiradi.
Hozir kitobxonligim bilan maqtana olmayman. Lekin oldinlari ko'p o'qirdim. 2 kunda bitta kitobni tugatgan vaqtlarim ham bo'lgan. Lekin aynan hozir bir yilga 10 ta ham o'qiganim yo'q.

O'tgan yili qishlog'imizda kutubxona tashkil qilingandi. Yoki oldindan bor-u, men bilmasdim. Xullas, o'zim o'qib bo'lgan kitoblarimni shu yerga topshirdim. Menga baribir keragi yo'q edida. Undan ko'ra kimdir olib o'qisin dedim.

Kitob masalasida qizg'anchiqman. Lekin alohida sovg'a saifatida olmagan bo'lsam, muallifi dastxati tushirilmagan bo'lsa va albatta o'qib tugatgan bo'lsam, qo'polroq eshitilsa ham u kitob menga kerak bo'lmaydi. Juda qiziqarli bo'lsa 2-3-4 marta o'qishim mumkin xolos.

Do'stimiz @Suhrob_Abdulla mana shu masalaga zo'r yechim berib qoldi. O'qib bo'lgan kitobingizni arzonroqqa sotishingiz yoki shunchaki hadya qilishingiz mumkin.

Aytaylik kimdir mana shu kitobni 80 ming so'mga xarid qilolmasligi mumkin. Lekin @kitob_rastasi'da bu kitob 30 ming so'm. Azbaroyi o'qigisi kelgan odam uchun suvtekin desa ham bo'ladi)

Rostiyam shu, o'qib bo'lgan kitoblaringizni arzonroqqa sotib uni puliga yangi kitob olib, yangi ilmlarni o'rganish yaxshi. Imkoniyatingiz yaxshi bo'lsa, tekinga berib yuborish yana ham yaxshi)

O'zim ham bir nechta kitobimni e'lon qildim. Kimdir olmoqchi bo'lsa yozaversin)

Xullas, kitobxonlarga xolis tavsiyam. Ilmli inson boshqalarga ham yaxshilik qilgisi keladi. Siz ham o'qib bo'lgan kitobingizni stolning kalta oyog'i tagiga qo'ymasdan, uni chin dildan o'qishni istagan odamga hadya qiling. Bu ham bir savob!

📚 @kitob_rastasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube'da "rekomendatsiya" qismi, lenta yoki boshqacha aytganda bosh sahifani ko'p kuzatadigan bo'lganman oxirgi paytlar. Birinchidan, videolardagi ustki rasm (cover, oblojka, thumbnail va hokazolar deb ataladigan rasm) larni kuzataman. Kim qanday uslubda tayyorlagan va qanday tayyorlanganida ko'rishlar soni ko'proq.

Xullas, o'zimcha bir nimalarni tahlil qilgan kishi bo'lamanda men sizga aytsam.

Shunaqa o'tirgan paytim bir cho'pon yigitning videosini ko'rib qoldim. Na ustki rasm, na "yorvoradigan" sarlavha bor edi unda. Shunchaki "tanishuv videosi" deb yozgan xolos. Kanal nomi ham kirill yozuvida, xatolar bilan yozilgandi.

Yigirma daqiqadan ortiqroq videoni bir nafasda, to'xtatmay, o'tkazmay ko'rdim. Keyin izohlarni o'qishni boshladim. Miyamda esa "bu video nega meni o'ziga jalb qildi, unda nima bor ediki, men 20 minut vaqtimni shunga sarfladim" degan mavzuda majlis boshlangandi.

Bir izohda "bekgraund"dagi musiqa olqishlangan, boshqasida yigitning jaydariligi va hokazo ijobiy fikrlar. 10-20 ta izohdan birorta negativ topmadim.

O'ylab qarasam, bu videodagi oddiylik, samimiylik meni jalb qilgan. Mana bu musiqa ham albatta juda ajoyib. Allambalo botlar va saytlar orqali ham topolmagandan keyin mana shu cho'pon do'stimizning videosini yuklab, musiqa joyini kesib olib, uni mp3 ga aylantirdim. Qarang, qancha ter to'kdim))

O'tgan yili yutubga video qilmoqchi edim, studiya, senariy masalalari muammo bo'ldi. Tashlab qo'ydim. Hozir ishlayotgan joyimda ham yutub uchun nimalardir qila olyapman deya olmayman.

Chunki men hamma narsani murakkablashtirib yuboradigan odamga aylanib bo'lgan ekanman. Aslida muvaffaqiyat ham, omad ham, baxt ham oddiylikda, samimiylikda ekan.

Anchadan beri o'ylab yurgan rejangiz, istagingiz bo'lsa bugunoq boshlayvering. Keyinchalik kuchaytirib boraverasiz. Video olaman degan odam kamera, chiroqlar, mikrofon sotib olib, ofisda o'tirib syomka qilaman desa bilasizmi qancha pul yig'ishi kerak? A buyoqda ungacha kimdir iPhone ham kutmasdan Redmi yoki Vivo telefonida video olib nimanidir uddalaydi.

Ba'zan telefonining xotirasi to'lib, videosining yarmi kesilib qoladigan holat ham bo'ladi. Lekin "boree, qachon ayfon olsam keyin video chiqaraman" demaydi.

Shu paytda o'zimcha muvaffaqiyat formulasini tuzgandek bo'laman: ishonch+harakat+intizom. Ana shular bo'lsa har qanaqa marraga yetib olish mumkin, nazarimda.

Kech bo'lganda o'qiysizmi yoki kunduzi — vaqtingizni olganim uchun uzr. Shu yigitning ishlaridan jo'shqinlanib ketdimda. Axir bunaqa payt shu kanalga yozmasam, qayergayam yorilardim)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ustoz Mubashshir Ahmad oilalari bag‘riga qaytibdilar. Ortda qolgani rost bo‘lsin. Keyingi ishlarida rivoj bersin.
Bir paytlar Blogspot degan narsa trendda bo'lgan. Men o'sha trend deyarli tugaganidan keyin u haqida bilganman. Lekin har ehtimolga qarshi Blogger.com'da o'z sahifamni ochib qo'ygandim.

Qandaydir bo'lar-bo'lmas postlar, taqrizlar, intervyularni ham joylagan ekanman. Hozir tasodifan kirib qarasam, blogim hozir ham o'qilayotgan ekan. Juda kam, lekin unutilib ketmabdi.

Kecha 4 marta ko'rilgan, mart oyida 117 ta. Haddan tashqari kichik raqamlar, lekin blog 2020-yil to'xtagani, shundan beri hech qayerda u haqida yozmaganim hisobga olinsa, yomon emas deb o'ylayman.

Ustiga ustak, saytga asosiy trafik Google, Yandex orqali kelgan. Demak, SEO ham yaxshi ishlangan ekan))

Hozir ba'zi postlarni o'qib krinj his qilyapman) Lekin o'sha vaqtlarni eslash, zarracha bo'lsa ham o'sganingni sezish yoqimli. Yana 4 yildan keyin mana shu mini kanalni ham nostalji o'laroq tabassum bilan eslasam kerak.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/30 19:22:35
Back to Top
HTML Embed Code: