🌙 Qurbon hayiti 28-iyunda nishonlanadi!
Bugun Saudiya Arabistonidagi oy kuzatiluvchi Tumayr va Sudayr mintaqalarida yangi hilol – Zulhijja oyi ko‘rindi. Shunga muvofiq, Saudiya Arabistoni Oliy Mahkamasi ertaga, 2023-yil 19-iyun, dushanba kunidan 1444-hijriy yilning Zulhijja oyi boshlanishini e’lon qildi.
2023-yil 27-iyun, seshanba kuni hojilar Arafotda turadi. Bu Zulhijjaning 9-kuni bo‘lib, o‘sha kunda hajda bo‘lmaganlarning ro‘za tutishi sunnat: u bir yil oldingi va keyingi (kichik) gunohlarga kafforat bo‘ladi.
2023-yil 28-iyun, chorshanba – Zulhijjaning 10-kunida Islom olamidagi eng ulug‘ bayram – Iydul-Azho (Qurbon Hayiti) nishonlanadi, InshaAlloh.
👉 @soliyev

Xabaringiz bo'lsa kerak, Threads degan yangi ilova (ijtimoy tarmoq) ishga tushdi. Eldan qolmaylik deb biz ham profil ochdik. (Obuna bo'lish)
Threads haqida birinchi ma'lumot: bu Instagram tomonidan Twitter'ga raqobatchi sifatida ishlab chiqilgan ilova. Twitterdan deyarli farqi yo'q. Ha, deyarli. Farqdan ko'ra o'xshashliklari ko'proq. Matn asosiga qurilgan va hokazo tomonlari bilan Twitterning o'zginasi.
Ikkinchi ma'lumot. Bu tarmoqdan foydalanishda Instagram akkauntingiz orqali "pryamoy" kirib ketsangiz bo'ladi. Ya'ni nickname tanlash, yangi parol o'ylab topishga hojat yo'q. Bir tugmani bosasiz va Threads'ga xush kelibsiz.
Uchinchi ma'lumot esa rasmda. Bu ma'lumot sizga qiziqmi yo'qmi bilmayman, lekin bu men uchun muhim. Yaxshi g'oya deb o'ylayman.
Xullas, yangi tarmoqning qadami qutlug' kelsin) Shaxsiy brendlar, bizneslar va har qanday ezgu ishlarning rivojiga hissa qo'shsin. Siz ham bu tarmoqqa qo'shilgan bo'lsangiz, manzilni qoldiraman, follow qilib qo'ying)
➡️ https://www.threads.net/@sherali.soliyev_

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xolida zo‘r fotograf. Yozish uslubiyam o‘zgacha. Rostan ham iyulning eng yaxshi materiali. O‘qib ko‘ring. Yig‘lamasdan, hech bo‘lmasa ta’sirlanmasdan iloj yo‘q. Hali oxirigacha o‘qiy olmadim. Bittada o‘qish qiyin. Balki siz o‘qiy olarsiz.
https://www.gazeta.uz/uz/2023/07/15/kazarma/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Aytgancha, bu materialni tarjima qilib, xorij ommaviy axborot vositalarida — Guardian, BBC, Anadolu, CNN va hokazolarda chiqarish kerak. Toki o‘zbek yoshlari ilmga, nurli kelajakka qanchalik intilayotganini butun dunyo ko‘rib qo‘ysin!
Jahon darajasidagi TOP material. Xolida, malades!

Газета.uz
Қишлоқдаги абитуриент дўстимга
Фотосуратчи Холида Мусулмон 2022 йил июль ойида Жиззах вилояти Ғаллаорол туманидаги хонадонларнинг бирида ташкил этилган абитуриентларнинг ўзига хос тайёрлов марказида икки кун яшаб, уларнинг ўқиш ва турмуш шароитларини тасвирга туширган эди. «Газета.uz»…
Ancha oldin "Subyektiv"ning bir ko'rsatuvi chiqqan. Sarlavhasi "Ularning videosi "Million"dan kam ko'riladi" edi adashmasam. Ko'rsatuv A'zam Qahramoniy, Konsta va Mirshakar Fayzulloyev haqida bo'lgan. Ha, rostan ham Mirshakarning konserti yoki onlayn chiqishlari nari borsa 1-2 mln ko'rilishi mumkin. Lekin "Dizayn", "Million", "Bravo", Avaz Ohun va boshqalar bir necha soatda shu natijaga erishadi.
Aniq sababini bilmadimu lekin ko'pchilik Mirshakarning hazillarini tushunmaydi deb o'ylayman. Unda intellektual yumor bor. O'zimni aqlli ko'rsatish uchun bu iborani ishlatmayapman) Rostan ham ba'zi hazillarini o'zim ham tushunmasdan qayta eshitaman. Keyin "haa" deb kulaman.
Xullas, shunaqa satira, intellektual yumorga boy bir kanal bor. Oila davrasidayam o'qisa bo'ladi. Bir kirib o'qib ko'rasizlar deb qoldiryapman. Obuna bo'lish yoki bo'lmaslik ixtiyori o'zingizda. Lekin rostan zo'r kanal.
Reklamayam cho'zilib ketdi, xullas, mana link: @janobsatirik

Forwarded from Bolalarolami.uz | Rasmiy kanal
YouTube
Jahongir Ulug‘murodov ozod etildi
#interview #dolzarb #muhimxabar
Yodingizda bo'lsa bundan bir necha oy avval ta'qiqlangan nashida tarqatgani uchun 21 yoshli Jahongir Ulug'murodov 3 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi. Shundan so'ng Jahongirning ota-onasi prezidentga…

Forwarded from Mubaşşir Ahmad
Azon.uz барча лойиҳаларини тўхтатади.
Сабабларини кейинроқ, маъқул топилса маълум қилинади.
@MubashshirAhmad

"Yangrashdan to'xtagan azon" yoxud Azon.uz loyihasi haqida
Azon.uz “nonini yegan” inson sifatida bu loyiha haqida nimadir deyishim to’g’rimi, noto’g’rimi bilmayman. Lekin gap haqiqat, adolat haqida borganda andisha qilib o’tirmayman. Borini aytaman. Yana bir lekin shundaki, men aynan Azon.uz’da baraka topdim deb hisoblayman. Moddiy tomondan qaralsa katta maosh olmagandirman lekin barakali maosh bo’lgan. Ruhiy tomonlama esa boshqa hech qayerda olmagan ilmim, tajribamni aynan “Azon”da oldim. Bu loyiha, bu jamoa bilan faqat va faqat yaxshi xotiralarim bor. Yaxshi kishining atrofida yaxshilar yig’iladi deganlaridek, Azon.uz jamoasida ham o’z ishining ustalari, ishiga muhabbatli, mehnatdan qochmaydigan, chin musulmon, chin o’zbek, haqiqiy mardlar jam bo’lgandi.
Bugun jamoa rahbari va loyiha asoschisi Ustoz Mubashshir Ahmad “Azon.uz barcha loyihalarini to’xtatganini” ma’lum qildi. Shu loyihaning (aynan Azon.uz axborot-tahliliy portalining) sobiq a’zosi, ayni paytda shu loyihaga aloqador markaz xodimi sifatida bu holat meni ranjitdi. Negaki, bu sayt, bu loyiha ayrimlar ta’kidlaganidek diniy portalgina emas, chinakam axborot-tahliliy portal edi. Laganbardorlikdan yiroqman. Ustiga ustak, tugatilgan loyihaga “paxta qo’yishdan” ma’no ham yo’q. Lekin tashqaridan qaragan inson uchun Azon.uz oddiy (yoki diniy) sayt bo’lib ko’rinsa-da, bu yerda e’lon qilinayotgan har bir xabar, har bir maqola bir necha chig’iriqdan o’tadi. Avvalo, muallif uni ilmi qadar mukammal tayyorlaydi, undan so’ng uzoq yillik tajribali kishilar tekshiradi, qo’shimcha qiladi, izlanadi. Kezi kelganda esa “boshqa tashkilotlar elagidan ham o’tkaziladi”. Ya’ni o’quvchi uchun harakat qilinadi, o’qigan, ko’rgan odam shu materialdan nimadir olsin degan maqsad bo’ladi. Trendga ergashib bo’lar-bo’lmas xabarlar tarqatilavermaydi.
Shunchalik zo’r joy ekan, nega o’z vaqtida ketib qolgansan, deb so’rashingiz mumkin. Balki sizga qiziqmasdir, shunchaki aytgim keldi. Men Azon.uz da qariyb bir yil ishladim. Shu vaqt ichida jamoadan, rahbarlar-u hamkasblarimdan o’rganishim mumkin bo’lgan bilim va tajribaning bir qismini o’rganishga ulgurdim. Ammo loyihaga qo’shadigan hissam, beradigan bilimim tugab qoldi. Inson yo oladigani yo beradigani qolmaganda ketadi. Menda ikkinchisi bo’lgan. Faoliyatim davomida, undan oldin va keyin qilgan ba’zi ishlarim, xatolarimdan o’zim xulosa qilsam men Azon.uz darajasidagi xodim emasdim. Ammo ular mening urinib ko’rish istagimga “labbay” deyishgan va o’ylaymanki, ishonchlarini qisman bo’lsa-da oqlaganman.
Bugungi ishlar — loyihaning to’xtatilgani bo’yicha mendan “nima bo’ldi, tinchlikmi?” deb so’rashyapti. To’g’ri, men ketgan eshigimni qattiq yopmaganman, hali ham jamoaning bir bo’lagi bo’lgan Mezana ilm markazida ishlayman, jamoa a’zolari bilan salom-aligim bor. Lekin bu savolga javob bera oladigan ma’lumotga ega emasman. “Tinchlikmi?” degan savolingizning o’zida javob bordir balki. Umuman olganda asl haqiqatni, sabablarni bilishni istasangiz, bu haqida Ustoz Mubashshir Ahmad yozdilar: “Sabablarini keyinroq, ma’qul topilsa ma’lum qilinadi”. Loyiha egasi, ulamo, o’zbek xalqi va musulmonlar uchun jon kuydiradigan u kishi jim turishni ma’qul ko’rganlarida bizning nimadir deyishimiz odobga ham, mantiqqa ham, “matematikaga ham to’g’ri kelmaydi)”.
AzonTV kanali haqida jamiyatning fikri ijobiy edi. Umuman Azon.uz portalini ham “millatni uyg’otishga qaratilgan eng samarali loyiha” deb ta’riflashyapti. Demak kimlargadir millatning uyg’onishi xavf tug’dirgan yoki biz bilmagan, biz kutmagan boshqa sabab bor. Taxminlar, gumonlar ko’p. Haqiqat esa loyiha a’zolari va yolg’iz Yaratganga ayon. Biz oddiy bir kuzatuvchi o’laroq bu voqeadan tashvishga tushdik xolos. Axir qo’limizdan keladigani faqat shu: afsuslanish va duo qilish xolos...

Shayx Ali Tantoviyning Parijdagi ukasiga yozgan maktubi
"Katta shahar, ko‘cha, maydon, zavod va imoratlarni ko‘rganingda bu narsalar seni cho‘chitib yubormasin. Sen bu narsalarni ko‘rib, o‘zingni, yurtingni past sanama. Aksar Parijga borganlar shu narsaga mubtalo bo‘lishmoqda. Bilginki, u yer har qancha muhtasham va "madaniyatli" bo‘lmasin, sen ham johillardan emassan, sen mansub bo‘lgan ummat ham past tabaqa emas. Aksincha, sen shon sharafga sazovor tamaddun vakilisan, o‘sha ovrupaliklarni o‘qitib, ularni odam qilgan zotlarning farzandisan. Hozirgi kunda tarixni ulardan boshqa hech kim yoza olmayotgan bo‘lsa-da, bilib qo‘y, sen shunday bir ummatning farzandisanki, agar uning ismi tarixdan o‘chirib yuborilsa, tarix zarvaraqlaridagi uzoq fursat bo‘m bo‘sh bo‘lib qoladi. Sen Parijda ko‘rgan kishilar kim o‘zi? Ular oxirgi to‘rt asrning avlodi, xolos. Sening ummating esa butun insoniyat tarixining egasidir. Borgan joyingda dining va axloqing xavf xatarda qolsa, narsalaringni yig‘ishtirib, Sorbonna universitetini uni qurganlarda qoldirgin-da, yurtingga qaytib kel. Dining va axloqingni yo‘q qilish evaziga oladigan ilmning bahridan o‘tib qo‘yaqol!"

O‘zimni kamera qarshisida sinab ko‘rishda davom etyapman. O‘zim qoniqadigan darajada chiqmasayam, harqalay boricha harakat qilish kerak menimcha. Kirib ko‘ringlar, yoqsa layk, yoqmasa dislayk bosing, izohlarda fikringizni qoldiring, "vo' zo'r ma'lumot" deb hisoblasangiz yaqinlaringizga ulashib qo'ying.
Ps: video kechasi olingani uchun kamera zo'riqib ishlagan, shunga sifat tomondan muammo bor.
Pss: videoda 8 yoshli deganman lekin aslida bu qiz 7 oy oldin 9 yoshga to'lgan. Shunchaki videoda aytilgan summani ishlab topganida 8 yosh edi. Shunga adashtirganman.
https://youtu.be/4jOdkAQ35Sk

Bir yilda 28 million dollar ishlagan Nastya
#nastya #like #million
2021-yilda Nastya Radzinskaya 28 million dollar ishlab topdi va dunyoning yarmini kezib chiqdi. Ayni paytda 9 yoshga to'lgan qizaloqning "Like Nastya" deb nomlangan YouTube kanalida 106 million obunachisi bor.
U ota-onasi bilan birga…

🎉 Bugun reklama vakillarining rasmiy bayram kuni!
Oʼzbekiston marketing uyushmasi oʼtgan yili 2 ta kasbiy bayram kunini tasdiqlagandi:
25 avgust — Reklama xodimlari kuni.
19 aprel— Marketologlar kuni.
Bu sanalar tanlanishining sabablari bor:
— 1996 yil 25 avgustda mustaqillikning 5 yilligiga bagʼishlab ilk bor ijtimoiy reklama syujetlari yaratilib, shaharlarimiz koʼchalarida joylangan.
— 2016 yil 19 aprelda esa birinchi bor ADWEEK marketing va reklama haftaligi oʼtkazilgan.
Bu sanalar ish faoliyati reklama va marketing sohalari bilan bogʼliq boʼlgan barcha mutaxassislar uchun bayram sifatida qabul qilinishi mumkin.
Bayramingiz bilan, hamkasblar!
© Husan Jemilov

Men hayotimning eng qimmatli qismi — yoshlik yillarimni ofisdagi ishga sarflayapman. Bundan afsuslanamanmi? Yo‘q, albatta.
Bu yo‘lni bosib o‘tmasdan turib, kerakli marraga yetish imkonsiz. Aqlimni taniganimdan beri kostyum-shimda o‘z ofisimda achchiq qahva ichib o‘tirishimni tasavvur qilardim.
Ammo menga qarang, na karyera, na mol-mulk, na tanish-bilishim bor. Buni qarangki, hatto qahva bilan ham yo‘llarimiz mos tushmadi. Hozir ortiqcha vaznni yo‘qotish uchun faqat suv ichyapman.
Unga qara, Instagramʼda minglab obunachisi bor, har oyda sayohat qiladi, nega mening hayotim aksincha ketmoqda? Buni davlat televideniyesiga qiyoslash mumkin. Hech kim o‘z hayotidagi muammolar haqida kamerada gapirmaydi.
Biz, odamlar, axborot bilan to‘yingan davrda o‘z-o‘zimizni yeb bitirishga odatlanyapmiz. Kontent iste’moli sababli uzoq vaqt o‘tmay, inson o‘zini yetarlicha chiroyli, omadli va qiziqarli emasdek his qila boshlaydi. Mutaxassis sifatida ayta oladigan yagona maslahatim, kamroq tomosha qiling, ko‘proq harakatlanib, yo‘ldoshlarga ko‘proq vaqt ajrating.
✍ Humoyun

O‘zing haqingda yaxshi gap eshitmoqchi bo‘lsang, o‘lib ko‘r!
2016-yil "Baron" filmi premyerasi bo‘lgan. Esimda, 9-sinfda o‘qirdim. Rosa muhokama qilgandik. Syujetdan ham ko‘ra filmdagi falsafiy gaplar meni ko‘proq o‘ziga tortgandi o‘sha vaqt. Yuqorida yozgan gapimni ham shu film orqali eslab qolganman. Hayotda esa juda ko‘p marta buning isbotini ko‘rdim.
Bir necha kun oldin barcha yangiliklar kanallariyu blogerlar "o‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchragani" haqida yozdi. Haqiqatan ham bu og‘ir judolik bo‘ldi. Nafaqat san’at uchun, adabiyot, ilm ahli uchun ham katta yo‘qotish edi bu. Sherali Jo‘rayev inson sifatida kimgadir yoqmasdi, lekin san‘ati, ilmi e‘tirofga loyiq inson edi. Aprelda tug‘ilgan kuniga borganimizda Hasanxon Yahyo Abdulmajid domlani ko‘rganimda "adashimning" ahli ilmlar orasida ham hurmatli ekaniga amin bo‘lgandim.
Vafotidan so‘ng fotihaga borganimizda ham Shayx Abdulaziz Mansur va yana bir qancha ilmli kishilarni uchratib, bu boradagi qarashlarim yana bir marta o‘z isbotini topdi. Ko‘chada yursa "melisalar" "soprovojdat" qiladigan, 5-6 ta "inomarka"dan iborat kortej bilan yuradigan kiborlarning tashrifiga esa izoh shart emas.
"O'tgan odamning ortidan yomon gapirilmaydi" deyishadi. Lekin hammaga sizni yomonlab, o'zi zimdan sizni kuzatadigan, qo'shiqlaringizni yoddan bilib, hirgoyi qiladigan, kanalingizga obuna bo'lmasa ham har bir yangi postingizni kutadigan odamlar o'lganingizdan keyin negadir sizni (qayta) yaxshi ko'rib qolishadi. Mayli, yomonlasin demayman. Lekin tirikligida ham yaxshi tomonini ayt, baraka topgur!
O'zi shu kunlarda Sherali Jo‘rayev, mening ismim shu kishiga atab qo‘yilgani, dadamning u kishiga qariyb 50 yildan beri muxlislik qilib, 22 yildirki har 12-aprelda xonadonida mehmon bo'lishlari, butun qishloq, tuman va hatto viloyat va respublikada dadamni "nomer adin" muxlis deb bilishlari haqida yozmoqchi edim. Lekin negadir yozgim kelmadi. Balki keyinroq bu haqida yana to'xtalarman.
Hozir esa aytadiganim boshqa gap bor. Kimdir haqida yaxshi so'z aytish uchun albatta uning o'lishini kutish shart emas. To'g'ri, yomonlaydigan odam o'lganingdan keyin ham yomonlaydi. Lekin "xameleon" bo'lgandan shu ham afzalroq. Shuning uchun, odamlar sizni maqtamayotgan, mehnatlaringiz, harakatingizni e'tirof etmayotgan bo'lishsa, tushkunlikka tushmang. Vafotingizdan keyin sizni yaxshilaydiganlar topiladi. Hozir esa to'xtashga haqqingiz yo'q. Mayli uxlamang, mayli och qoling. Lekin ortingizda "bolam (akam, ukam, jiyanim va hokazo) katta odam bo'ladi", deb kutayotganlar uchun siz shu dunyoning o'zida nimalarga qodir ekaningizni ko'rsatishingiz kerak...

❗️ Mezana ilm markazi faoliyati to‘xtatildi!
Men faoliyat yuritib kelgan Mezana ilm markazi faoliyati ayrim sabablarga ko'ra to'xtatildi.

Hayot shunday narsaki, u seni har ko'chaga yetaklaydi. "Open budjet"da yutib olinib, asfalt bo'lgan ko'chaning oxiri berk yoki jarlik bo'lishi mumkin.
Qishda loy, yozda chang bo'lgan ko'cha oxirida esa seni bir hurliqo va baxtli hayot kutayotgandir.
Qaysi ko'chani tanlash, qaysi yakun uchun qanday harakat qilish o'z qo'limizda. Muhimi barchasi xayrli bo'lishidir...

"Qilolmayman" degan ishingizni rostdan ham qilolmaysizmi?
Men har qanday qiyin ko‘ringan ishni bajarib ko'rishga harakat qilaman, lekin qaysidir ishlar men uchun imkonsiz bo'lib ko'rinadi va "qilolmayman" deb aytaman.
Lekin o'ylab qarasam, o'zimni ko'p ishlarda ana shu "qila olmayman"ga o'rgatib qo'yibman.
Vaholanki, erta turolmayman deb tong saharda qandaydir zarur ishim bo'lsa budilnikdan oldin uyg'onaman.
Kimdir ko'rishishni taklif qilsa, vaqtim yo'q deyman lekin soatlab YouTube ko'rib yotaman.
Kitob o'qish uchun diqqatimni jamlay olmayapman deb qandaydir shov-shuvli maqolalarni bir nafasda o'qiyman.
O'zim uchun vaqt ajrata olmayapman deyman-, lekin o'zimdan boshqa hamma uchun qayerdandir vaqt topishga harakat qilaman..
Endi bildim: men hammasini qila olar ekanman, faqat bunga yetarlicha jiddiy harakat qilmas ekanman.

Music
Abdullajon
Oddiylikda xalovat bor deyishadi. Shu musiqani eshitsam bolaligim esimga tushadi. Men uchun Amerikadan ham ustun qishlog'imni eslayman. Menimcha ko'pchilikda shunday bo'lsa kerak.
👉 @soliyev
👉 @soliyev
Forwarded from Bolalarolami.uz | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To‘rt nafar egizak. Oila qanday qiyinchiliklarga uchrayapti?
Farzand dunyoga kelibdiki, ota-onasiga baxt tuhfa etadi. Ayniqsa, ular egizak, boz ustiga 4 nafar bo‘lsa qo‘shaloq quvonchga aylanadi.
Bolalarolami.uz internet nashri jamoasi Qashqadaryo viloyatida dunyoga kelgan egizak chaqaloqlar xususida reportaj tayyorladi.
Videoni tomosha qilish uchun quyidagi havola ustiga bosing:
https://www.youtube.com/watch?v=zhrDhZeugmc
Veb-sayt | Telegram | Youtube | Instagram | Aloqa

Pul baxt olib keladi, lekin baxt pul bilan o‘lchanmaydi
Boylik, pul, biznes bo'yicha O'zbekistondagi birinchi raqamli bloger yoki intervyuer Jahongir Latipov yangi video e'lon qildi. Eski boy lekin yangi nom haqidagi video. Oldin No'mon aka haqida eshitmagandim. Lekin intervyu u kishini qanchadir miqdorda bo'lsa ham kashf qilishimga imkon berdi. Vaqtingiz bo'lsa, albatta ko'ring.
https://www.youtube.com/watch?v=kbmE9ZRuMrw
Pul baxt keltirmaydi deydiganlarga uncha tushunmayman. Chunki pulingiz bo'lsa, istaganingizdek yashaysiz, yaqinlaringizga, tanish-u begonalarga yaxshilik qila olasiz, istagan joyingizga borasiz, istalgan kursni sotib olib, o'qiysiz. Xullas, katta imkoniyat beradi.
Lekin baxtni pul bilan o'lchash ham kerak emas. Buni suhbat oxirida No'monjon akaga berilgan savol va ularning javobi bilan tasdiqlash mumkin.

TOJIKISTONNI ENG BOY O'ZBEKLARI
Noʻmonjon Ibragimov Tojikistonni TOP 10 eng boy millionerlardan biri boʻlib intervyu davomida qanaqa qilib noldan shu darajagacha yetib kelgani, Oʻzbekiston va Tojikistondagi million dollardan oshiq uylari, $200 million dollarlik bizneslari, mashinalari haqida…