Telegram Web Link
Telefon ham uyda zaryad oladi

Deyarli hamma telefonini uyga kelganda, uxlashdan oldin zaryadga qo'yadi va ertalab olib ko'chaga chiqadi, ishga boradi.

Kimlardir mashinada, ofisda, powerbank orqali ko'chada zaryadlashi mumkin. Lekin asosiy manba baribir uyda.

Inson ham shunaqa ekan. Ishdan, hayot tashvishlaridan bezgan paytda uyga borib o'zimni "zaryadlab" kelaman.

Qizig'i esa bizni "zaryadlaydigan" manba ham aslida "zaryad"ga muhtoj bo'ladi. Lekin so'nggi quvvatini ulashayotgan, yuqori kuchlanishli "powerbank" kabi bizni quvvatlantiradi.

Yomoni esa ana shu zaryadni maqsadli ishlatolmay, tez sarflab qo'yayotganim uchun "batareyka slabiy" bo'lib boryapti.

Tushunmaganlar uchun: telefon bu – biz, insonlar. Uydagi zaryad manbayi, yuqori kuchlanishli powerbank bu – onalarimiz, oila a'zolarimiz. Zaryad esa ehtimol mehr yoki energiyadir. Kim qanday tushunsa...

@soliyev
YouTube ko‘radiganlar Reels ko‘radiganlardan ustunroq turadi. Aslida "iste'molchi" emas, "muallif" aqlliroq bo'ladi. Lekin "iste'molchilarni" solishtiradigan bo'lsak, yutubchilar nisbatan saviyaliroq bo'lishiga ishonaman.

Instagramga har kuni bir soat yoki undan ham ko'proq vaqt sarflasangiz, siz shunchaki qurbonsiz. Bu pozitsiyani tark etmasangiz, orzular orzuligicha qolib ketadi...

@soliyev
Aslida bizni o'qish yoki ishlash emas shuni qilish kerakligi haqidagi o'y charchatadi. ©️

@soliyev
​​Do‘stlik haqida

Haqiqiy muhabbat sababsiz bo‘ladi deyishardi. Ya'ni uning chiroyi yoki boshqasi uchun emas, shunchaki sevish.

Haqiqiy do'stlik, birodarlik qanday bo'ladi? Birga ishlaganingiz, qo'shni bo'lganingiz yoki har kuni ko'rishganingiz uchun do'st bo'lasizmi?

Do'stlik ham qariyb sababsiz bo'lishi kerak. Kimgadir shunchaki mehringiz tushadi, u bilan salom-alik, oqibat qilasiz.

U yoningizdami yo dunyoning narigi chetidami, sizni qo'llayaptimi yoki o'zining ahvoli tangmi farqi yo'q. U shunchaki do'st. Bori bilan do'st. Puli bo'lmasa ham, qarz bermasa ham, tug'ilgan kuningizda shohona tabriklamasa ham do'stligicha qolishi kerak. Oqibati uchun.

Maktabdagi, kollejdagi, universitetdagi, ishdagi qanchadan-qancha do'stlarim bilan hozir bayramlarda ham hol-ahvol so'ramaymiz. Chunki ular bilan o'rtamizda zamon yoki makonga xos do'stlik bo'lgan.

Lekin shunday do'stlarim borki, atigi 1 yil bitta sinfda o'qiganmiz xolos, 2-3 oy bir joyda ishlaganmiz xolos, hayotda 10-15 marta ko'rishganmiz xolos – lekin ularga o'zimga ishongandek ishonaman, suyanaman.

Gapni cho'zmasdan qisqasini aytsam. Do'stlik bu sababsiz, makonga yoki zamonga emas oqibatga, mehrga asoslangan bo'lishi kerak. Qolgani shunchaki tanish-bilish rishtalari xolos.

Bir qo‘shiqning quyidagi so‘zlari ayni haqiqat bo‘lgandi:

...Axir do’stlik ila hayoting ham bo’lar mazmunli,
Haqiqiy do’stlar ko’p emas, bo’lar ekan sanoqli...


@soliyev
Ba’zilar tepalikka yurayotgan bo’ladi

O’g’lim bilan samokat uchyapman. Pastlik va tekisliklarda oson uchib o’tdik. Tepalikka qiynalishni boshladi.

-Tepalikka chiqish qiyin bolam. O’sha kuch bilan chiqa olmaysan. Bu pastlikka tushish emas.

Tushuntirdim-ku, o’zim ham bir narsani tushunib qoldim.

Harakat = natija deb o’ylaymiz. Natijasizlarni harakatsizlikda ayblaymiz.

Ikkita odam bir xil harakat qiladi. Natija har xil bo’ladi.

Bizga ko’rinmaydigan joyi - kimnidur yo’li tekis, pastlik. Ozgina harakat bilan uzoqlarga yetib oladi.

Kimdadur tepalik. Kam harakat qilsa joyida turadi. Ko’p harakat qilsa - ozgina yuradi.

Daromadingiz yildan yilga faqat oshayotgani - O’zbekiston iqtisodi tez o’sayotganidan bo’lishi mumkin. [1], [2]

Kuzatuvchilaringiz ko’payib ketayotgani - instagramga 5 million yangi odam qo’shilganidan bo’lishi mumkin.

Sizni yuqori qadrlashayotgani - shunchaki yaxshi kadr yetishmayotganidan bo’lishi mumkin.

Tekis yo’lda tezlashib olishda muammo yo’q. Aqlli odam shunday qiladi.

Yurayotgan yo’lini tushunmagan esa - omad bilan erishgan narsasiga kibrlanib yuradi.

Aziz Rahimov

@soliyev
Fikr transportga oʻxshaydi: kimda oʻziniki boʻlmasa, jamoatnikidan foydalanadi.

©️ Yoqub Umar

@soliyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ikki tilda gaplashadigan egizaklar

"Efirda egizaklar" loyihasining galdagi qahramonlari boshqalardan sezilarli farq qiladi desak mubolag'a bo'lmas. Chunki ular bir-biriga o'xshamaydigan egizaklar Aisha va G'azzoliy!

Qahramonlarimiz Janubiy Koreya davlatida tug'ilishgan, hozirda esa yurtimizda istiqomat qilishadi. Uch yoshdagi egizak bolalarning yana bir farqli jihati ular nafaqat o'zbek tilida, balki ingliz tilida ham ravon gaplasha oladi.

Ushbu video orqali egizaklarning dadasi, professor Valijon To‘raqulov, ularning onasi, pedagog Mahliyo Toshtemirova hamda oilaning to'ng'ich farzandi 8 yoshli Muhammadis'hoq bilan suhbatlashdik.

Egizaklarning ota-onasi Koreya va O'zbekistonda bolalar uchun yaratilgan sharoitlardagi farqli va o'xshash jihatlar, ta'lim va tarbiyaga munosabat, umuman farzand tarbiyasi haqida qimmatli fikrlari bilan o'rtoqlashdilar.

https://youtu.be/Q0L2G7OCGAI?si=PBfv9DFlw_0FzGu2
💎 Notcoin, Hamster, Blum va yana bir necha o‘nlab bot-o‘yinlar haqida eshitmagan odam qolmadi menimcha.

🐭 Hamster Kombat o‘yini esa telegram kanalga obunachi to‘plash borasida shu kungacha bo‘lgan rekordni qariyb 10 barobar ortig‘i bilan zabt etdi. 50 milliondan ortiq obunachi yig‘di.

Xuddi shu kabi o‘yin-botlarni endi o‘zimizning qorako‘zlar ishlab chiqibdi. Uzum ekotizimi egalari tomonidan @UzumBosBot o‘yini e’lon qilindi.

Ushbu milliy mahsulot marketing tomonlama yaxshi yurish sifatida baholanishi mumkin. Lekin botni kuzatar ekanman, Uzumga kopirayter yoki muharrir zarur ekan, deb o‘ylab qoldim.

Botga kirishingiz bilan sizga 3 marta senlab, 1 marta sizlab murojaat qilinadi — o‘zingni, o‘yinchingni, yetkaz, kiriting.

Keyinroq esa sizdan ismingizni so‘rashadi. Shekilli. Xullas yo sizning ismingizni so‘raydi yoki qahramoningizning ismini. Qaysi birini yozsangiz, yozavering.

Gullarni, daraxtlarni darajangizni o‘stiring, hurmat tangalari kabi g‘aliz birikmalarni hisobga olmasak ham talay kamchiliklar bor.

O‘yinning asosiy ekranidagi "tap uchun tanga" qismidagi "tap"ni, "up uchun tanga"dagi "up"ni o'zbek tiliga tarjima qila olishmagan ko'rinadi.

Xullas, millionlab dollar aylanmaga ega kompaniya bir necha yuz yoki ming dollarga ishlaydigan o‘zbekchani biladigan kopirayter-muharrir ishga ololmagani chatoq bo‘libdi.

Nima deb o‘ylaysiz, men o‘ta perfektionist, tirnoq tagidan kir qidiradigan odammanmi yoki rostdan ham Uzum bu loyiha ustida yaxshiroq ishlashi ham mumkinmidi?

@soliyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Natija gapiradi

Olimpiada o‘yinlariga tarixda birinchi marta chiqqan futbolchilar guruhda birorta g‘alab qozona olmasdan qaytishdi. Olimpiadaga chiqish azaliy orzulardan edi. Vazifa uddalandi.

Lekin bir maqsadga erishilganda yangilari paydo bo‘ladi. Ehtimol kattalar jamoasi Jahon chempionatiga chiqib, guruhda Ispaniya, Misr, Dominikan darajasidagi jamoalarga qarshi o‘ynasa, baribir muxlislar guruhdan chiqishni kutishadi. Chunki harakat, mehnat, omad va hokazo emas, natija muhim.

Ayollar o‘rtasidagi Taypeylik bir erkakshoda ayolni hamma gapirdi. Hamyurtimiz Sitora Turdibekova u bilan munosib jang qilib, mag'lub bo'ldi. Olimpiada tashkilotchilari Sitoraga medal yoki faxriy yorliq bermadi. Chunki natija gapiradi.

Bugun faoliyatida 40 ta jangning hammasida yutgan, aksariyatini nokaut bilan tugatgan amerikalik bokschi Terens Krouford hamyurtimiz, professional boksda 10 ta jang o'tkazgan Isroil Madrimovga qarshi ringga ko'tarildi.

Nafaqat o'zbekistonliklar, arena ichi va tashqarisidagi boshqa mamlakat vakillari ham Isroil g'alabaga haqli bo'lganini gapirdi, yozdi. Lekin qaror qabul qilingan, chempionlik kamari Kroufordga o'tdi. Isroil kurashdi, dunyoning eng zo'r bokschilaridan ekanini isbotladi. Lekin natija boshqacha.

Biz qattiq mehnat, tinimsiz harakat qilamiz. Lekin maoshimiz xarajatimizga yetmaydi. Yo'q sharoitdan dohiyona g'oyalarni yo'lga qo'yamiz, lekin natija bo'lmasa odamlar uchun bu qiziq emas.

Qaysidir nuqtada mag'lubiyatimizni ham g'alaba o'rnida qabul qiladigan yaqinlarimiz bo'ladi. Lekin natija yo'qmi, medal berishmadimi, kamarimizni olib qo'yishdimi, demak biz hali davom etishimiz kerak.

To'g'ri, harakat, mehnat muhim. Lekin qanchalik harakat qilingani, qancha mehnat sarflanganini faqat natija ko'rsatadi. Unga qachon, qanday erishishni esa biror natija qilsam yozaman.

@soliyev
Yozing, fikringiz tiniqlashadi

O'zlashtirish usuli hammada har xil bo'ladi. Kimdir ovoz chiqarmay o'qiydi, kimdir baland ovozda o'qimasa tushunmaydi. Kimdir tinglab tushunadi, kimdir ko'rib.

Eng yaxshi usul esa yozish va gapirib berish.

Ayrim o'qituvchilar bor, bilimi juda kuchli lekin sizga tushuntirib bera olmaydi. Chunki ularda fikrni yetkazib berish bilan muammo bor.

Ba'zi kishilar bor sohasidagi eng kuchli mutaxassis. Lekin biror davraga borib bilganlaringni o'rgat desangiz, ikki og'iz tushunarli gapira olmaydi.

To'g'ri, bilim, ma'lumot hammada bor. Lekin boltani yerto'laga tushirib qo'ysangiz u o'tmaslashadi.

Inson esa bilganlarini, fikrlarini kimgadir ulashib turmasa, dunyoqarashidagi teranlikni yo'qotadi.

Shuning uchun davralarda ilm yuzasidan suhbatlashing. Bilganlaringizni muhokama qiling. Blog yuriting, yozing. Kimdir o'qiydimi demang. O'qigani bilan unga foyda bo'lishi mumkin. Lekin sizga hech kim o'qimasa ham foydali. Boltangizni yanada charxlab borasiz)

@soliyev
Bilish yetarli emas

Chekayotgan odam buning zarar ekanligini biladi, lekin bu odatini tashlamaydi.

Haydovchi me'yordan tez yursa huquqbuzarlik ekanini biladi, lekin 120 km/soat tezlikda yuradi.

Chiqindilar tabiatga zarar keltirishini hamma biladi, lekin to'g'ri kelgan joyga axlat tashlab ketaveradi.

Bilish muhim, lekin yetarli emas.

Bilganingizni amalda ko'rsatmas ekansiz, buni bilmaydigan odamdan farq qilmaysiz.

@soliyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentga qaytgan Isroil Madrimovga XonSaroy tomonidan uy sovg'a qilindi va bu juda quvonarli holat deb bilaman.

Negaki, boshqa bokschilarga yoki umuman sportchilarga aksariyat hollarda prezident nomidan, hokimlar nomidan uy, mashina sovg'a qilingan.

Bu esa xalqning puli hisobidan. Siz va biz to'lagan soliqlar hisobidan beriladigan sovg'a edi.

Tabiiyki, ko'pchilik bunga e'tiroz bildirgan.

Mana endi xususiy tashkilotlar bu ishni qilayotgani quvonishga arzirli menimcha.

Sportchi ham mehnatiga yarasha rag'bat oladi, xalq ham rozi, xususiy tashkilot ham odamlarga taniladi, hurmatga ega bo'ladi.

Davlat qandaydir unvon bersin, tadbirkorlar esa shunday qimmatbaho sovg'alar ulashsin. Mana shu maqbul yo'l menimcha.
Kichkinaligimizda maktabda o‘rgatishardi: bo‘m-bo‘sh boshoq dalada tik turadi, ichi donga to‘la boshoq esa, egilib turadi. Demak, aslida buyuk odam kamtarin, haqir odam mutakabbir bo‘lar ekan. 

© Shayx Ali Tantoviy 

@soliyev
2025/06/30 14:16:55
Back to Top
HTML Embed Code: