Telegram Web Link
Manipulyatsiya

Katta shaharlarda ham kichik ko'ngilsizliklar bo'lib turadi, deyishadi.

Lekin kichik shaharlarda ham katta ko'ngilsizliklar bo'lishi mumkinligini aytishmaydi.

Muzqaymoqni 1 so'mga sotib olish mumkinligini aytishadi.

Lekin buning uchun 50 mingga nimadir sotib olishingiz talab etilishini aytishmaydi.

Ming marta eshitgandan bir marta ko'rgan afzal deyishgan. Lekin bir marta ko'rganingga ishon deyishmagan.

Hamma gap ham haqiqat emas, hammasi ham ko'ringanidek emas. Tanganing doim ikkinchi, uchinchi tomonlari bo'ladi.

@soliyev
Prezidentimiz yaxshi nutq qildi: “Biz koʻp yillar davomida jar yoqasida edik. Mana, va nihoyat oldinga birinchi qadamni qoʻydik”.

Zigmund Freyd

@soliyev
Baliqchi daryo bo‘yida o‘tirgan ekan, cho‘kayotgan odamga ko‘zi tushibdi. Zudlik bilan suvga sakrab, uni qutqarib qolibdi.

Birozdan so‘ng yana bir bechora cho‘kishiga oz qolgan ahvolda oqib kelayotganini ko‘ribdi. Baliqchi uni ham qutqarib qolibdi.

Keyin uchinchi, keyin to‘rtinchi odam shu ahvolda oqib o‘tayotgan ekan, ularni ham qutqaribdi. Shu zaylda o‘nlab odamlarni o‘limdan saqlab qolgach, qirg‘oq bo‘ylab daryoning yuqorirog‘iga bu g‘alati ishning sababini bilish uchun boribdi.

Qarasa, u yerda bir zolim ojiz kishilarni oldin kaltaklab, keyin qo‘l-oyog‘ini bog‘lagancha suvga uloqtirayotgan emish.

Baliqchi zolim jabborning ustiga bostirib boribdi. Ikkalasi jang qilibdi. Zolim baliqchini o‘ldiribdi. Baliqchi yaxshilik ustida halok bo‘libdi.

Biroq bundan keyin suvga uloqtirilganlar uchun qutqaruvchi yo‘qligidan barchalari yordamga muhtoj ahvolda cho‘kib, halok bo‘lishibdi.

Men o'zimga ibratli ko'ringan voqea-ertakni ulashdim. Qissadan hissani siz yozing.

@soliyev
Bir muddat ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentini egallab olgan Chingiz nomli bloger bir qarashda savodsiz, ahmoq odamdek ko‘rinadi.

Shunga qaramay, ayrim gaplari kishini o‘yga toldiradi. Uni o‘ylab gapirganmi, kutilmaganda tiliga kelib qolganmi u boshqa masala.

Men aynan mana shu audiodagi gaplar haqida yozmoqchiman.

Rostdan ham negadir atrofdagi hamma aqllidek ko‘rinadi. Faqat biz (men) "tupoy"dek go‘yo...

Biror muammoni aytsangiz, bir nechta yechimlarni qalashtirib tashlashadi. Lekin bu muammoga hech qachon duch kelmagan, u aytgan yechim biror marta amalga oshmagan bo'lib chiqadi.

Qayerga qaramang, "biznes qilish kerak" deguvchi insonni topasiz. Nahotki biznes boshlash shunchalik oson bo‘lsa, buning uchun ta’lim yoki tajriba zarur bo‘lmasa...

Universitetga topshiryapman desangiz, "foydasi yo'q, umringni bekor sarflama" deyishadi. Lekin 10 ta muvaffaqiyatli kishidan 9 tasi universitetda o'qigan. Bittasi esa boyning bolasi.

Xullas, siz tekin quloq tutsangiz, nasihat qiluvchilar, biror yo'lga boshlovchilar, maslahat beruvchilar topiladi.

Lekin ularning hammasiga amal qilaman desangiz, bu dunyoyingizni boy berib qo‘yishingiz mumkin. Ehtimol u dunyoni ham...

Xulosa nima? O‘zingiz bo‘ling. Maslahat oling, nasihatlarni tinglang, lekin o‘z maqsadingizni tark etmang.

Sizni qo‘llaydigan ham, yo‘lingizdan qaytaradigan ham topiladi. Dunyo aqllilarga to‘la. Lekin hech kim siz uchun harakat qilmaydi.

Mana, yana bitta "aqlli"ning shuncha chalkash fikrlarini o‘qidingiz. Lekin nima o‘zgardi? Biror o‘zgarish yo‘qmi, unda bu uchun yagona javobgar inson sizsiz...

@soliyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Men bir oyda bitta kitob o‘qimasligim mumkin. Lekin bir oyda 2 marta sartaroshga boraman.

Chunki maktabda men kitob o‘qimaganim uchun emas, sochimni oldirmaganim uchun kaltak yeganman.

© Abbos Serobov

@soliyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
U bo'ldi, bu bo'ldi — Farg'onada yangi tuman paydo bo'ldi!

Harqalay ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlardan shunaqa xulosaga keldim. Farg'onada Shox degan tuman tashkil qilinganidan bexabar qolib ketibman. Zamondan ortda qolayotganim alam qildi)

Jiddiylashadigan bo'lsak, 50 mingdan ortiq obunachiga ega, respublika miqyosida faoliyat yuritadigan Bugun.uz sayti Farg'onada Shox degan tuman yo'qligini bilmaydigan ko'rinadi.

Boshqa bir ommaviy axborot vositasi, asosan rusiyzabon kuzatuvchilar uchun ishlaydigan Nova24.uz ham "Шохском районе" deb yangilik "kashf qilgan".

Bulardan kelib chiqqan qo'shni Qozog'iston OAVlari ham voqeaning Shox tumanida sodir bo'lganini yozgan.

Yanada achinarlisi, "sariq matbuot" tizimida faoliyat yuritadigan ayrim telegram kanallarda Shox emas So'x tumani deb berilgan.

Ha, biz saviyasiz deydigan "sariq kanallar" savodliroq, Prezident huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qo'shqo'llab guvohnoma bergan rasmiy ommaviy axborot vositasi esa savodsizdek go'yo.

Imloviy, orfografik xato bo'lib turadi hammada. Lekin butun boshli tuman nomida adashish bu darajadagi ommaviy axborot vositasiga yarashmaydi deb hisoblayman.

Skrinshotlar bu yerda

UPD: Bugun.uz tahrirlabdi.

@soliyev
– O‘qish yetarli emas, uqish kerak;
– Istash yetarli emas, bajarish kerak.

© Bryus Li
Doim energiya taqsimotida muammoga ega bo'lganman.

Bo'sh vaqtim ko'p bo'ladi, lekin na bu kanalga yozaman, na boshqa foydali ish qilaman.

Energiyamni keraksiz ishlarga sarflamayman, lekin baribir kanalga yozmayotganim, yangi til va birorta zamonaviy kasb o‘rganmayotganimga asabiylashib ketaman.

Bunaqa paytda, ayniqsa, yakshanba kuni mazza qilib kuladigan shou, stendap yoki nimadir ko‘rvorish kerak. Chunki kayfiyat siz qilayotgan ishga ta'sirini o'tkazadi.

O'zbek stendapida (balki dunyoda ham) bunaqasini ko'rmagansiz yoki kam ko'rasiz. Harqalay men uchun birinchisi bo'ldi. Qiziq yo'nalish — "Tarixiy stendap"

To'g'risi, bir hafta oldin bevosita zaldan ko'rishga borolmaganimga afsuslandim. Zo'r chiqibdi.

Ayniqsa, oxirgi dolzarb mavzulardan biri — InBazar haqida ham qiyqiriq hazil qilishibdi.

O'zbek stendapida Mirshakar Fayzulloyev va uning hamtovoqlari) hukmronligi davrida EKG jamoasining yashab qolishi, keyingi konsertlari uchun motivatsiya olishi va bunaqa saviyali yumorga boy loyihalar davomli bo‘lishi uchun YouTube kanallariga obuna bo'ling, layk bosing, sharh yozing va mana shu postni tarqatib yuboring.

Bundan sizga foyda yo'qdir lekin kimgadir bor. Kimningdir foydasi uchun harakat qilish esa insoniylik belgisi)

Mazza qiling: https://youtu.be/gVQ7EcpG-fQ?si=bGK5LP_4VuUh0DJu
Milliy kreativlik namunasi 😁

Izoh sizdan

@soliyev
Rasmdagi holat to'g'risidagi xabarlarni o'qib hayron bo'lyapman. Bu Germaniyadagi "Signal Iduna Park" stadionidagi holat.

Kecha ushbu stadionda mezbonlar "Borussiya" Dortmund Shotlandiyaning "Seltik" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Muxlislar esa rasmda ko'rib turganingizdek "UEFA MAFIYA, siz sport haqida qayg’urmaysiz — sizni faqat pul qiziqtiradi!" mazmunidagi yozuvni ko'rsatishgan.

Post boshida aytganimdek, bunga hayron bo'ldim. Muxlislarning bunaqa siyosiy, norozi, tanqidiy ruhdagi bannerlar ko'tarishiga nazoratchilar jim qarab turgani g'alati.

"Nima qivossan, yig'ishtir karamsho'rvangni" demadimikan? Hech bo'lmasa yaxshi muomala bilan "Akalar, tinchgina futbolni ko'ringlar, nima qilasizlar siyosatga aralashib" deydigan melisa topilmadimikan?

Bu Ovro'po, G'arb deganlari ja qiziq joylarda...

Tasavvur qiling, Dortmunddan qolishmaydigan o'zimizni Andijon muxlislari O‘FA, PFL yoki OFK haqida shunaqa banner ko'tarib chiqishsa...
Har qanday farzand uchun eng kuchli erkak uning otasi, eng go‘zal ayol esa onasi bo‘ladi.

Jurnalistika darg'alaridan biri, ustoz Qahramon aka Aslanov bugun X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga shu ekran suratlarini joyladi.

Aytilishicha, bu Qahramon akaning tug‘ilgan kunlariga tabrik sifatida qizlaridan kelgan xabar ekan.

O‘qiyotib negadir etib jimirladi. Bir hamkasbim yozganidek, qalami o‘tkir otaning qizi ham o‘z fikrlarini chiroyli ifoda etibdi.

Biz shundaymiz — yaxshi ko'rgan insonlarimiz bilan maroqli suhbat qurish uchun ular qiziqadigan filmlarni tomosha qilamiz, ular o'qigan kitoblarni o'qiymiz, ular tinglagan musiqani eshitamiz.

Alaloqibat, biz o'sha insonning "kloniga" aylanamiz. U kabi fikrlab, u kabi o'tirib, yurib, so'zlaymiz.

Farzandga esa otangga o'xshabsan, onangga o'xshabsan degan ta'rifdan ortiqroq maqtov yo'q...

Otalarimiz, onalarimiz doim salomat bo‘lishsin!

@soliyev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men doim harakat qilganman...

Dadam san’atkor bo‘lishimni xohlaganlar. Shuning uchun 5 yil musiqa maktabida o‘qidim (2010—2015). Lekin mendan musiqachi yoki xonanda chiqmadi. O‘zim ham xohlaganman, harakat qilganman, lekin rizqim bu sohada emas ekan.

Davlat organida ishlash xohishi paydo bo‘lgan. Ayrim o‘qituvchilarimning qarshiliklariga qaramay Yuridik kollejda o‘qidim. Uch yil davomida qonun nima, jinoyat nima, sudda qanday jarayon bo‘ladi, prokuror nima ish qiladi va hokazo huquqiy bilimlarni o‘rgandim (2016—2019). Lekin mendan yurist chiqmadi. Xohishim o‘zgardi. Chunki taqdirimda yuristlik yozilmagan chog‘i. Harakat qildim, intildim, lekin baribir boshqa yo‘ldan ketdim.

Dasturchilikka qiziqdim. Java dasturlash tilidan dastlabki darslarni o‘qidim (2019). Lekin dasturchi bo‘lmadim. Harakatim, xohishim kamlik qildi. Menda dasturchilik uchun qobiliyat yo‘q edi.

Tarjimon bo‘laman dedim. Oliy o‘quv yurtida ingliz tili tarjimonligi uchun o‘qidim (2020—2024). Lekin hali tarjimon sifatida nimadir ish qilmadim. Mayda maqolalarning tarjimasidan bo‘lak ko‘rsata oladigan ishim yo‘q. Harakat qildim, qilyapman, lekin bu sohada nimagadir erishmadim.

Jurnalistikaga qiziqdim. Yozish yoqardi. Yaxshi yozishga harakat qildim. Hech qayerda o‘qimadim. To‘qson foiz bilimni yo kimdandir, qayerdandir ko‘rib yoki o‘zimcha sinab ko‘rib o‘rgandim. Juda qattiq bo‘lmasa ham, harakat qildim. Hozir shu sohada rizqimni topyapman.

Albatta, niyat xolis bo‘lsa O‘zi yetkazadi. Harakat qilinsa bas. Lekin doim ham bunday bo‘lavermaydi. Chunki inson o‘zligini topishi kerak. Aynan uning qonida, qalbida, ruhida, taqdirida bor bo‘lgan sohaga qadam qo‘ysa, shundan yaxshi rizq keladi.

Harakat yetarli emas. Men o‘n yil kinoda rol o‘ynashga, qo‘shiq aytishga harakat qilishim mumkin. Lekin bu jarayon umrimning oxirigacha davom etsa ham, qo‘lidan hech ish kelmaydigan, "bir tiyinga qimmat" aktyor yoki xonanda bo‘laman xolos.

Lekin rizqim qo‘shilgan, o‘zim chin qalbdan qiziqqan, potensialim bor sohada harakat qilsam, natijaga erishaman. Chunki Yaratgan menga shu soha uchun salohiyat bergan.

Xulosa shu: niyat qiling, harakat qiling, agar shu soha taqdiringiz bo‘lsa, rizqingiz kechikmaydi. Hammaning iste’dodi bor. Faqat zo‘r she’r yozadigan odam iste’dodini ovqat pishirishga sarflamasligi kerak.

@soliyev
Isteʼdodni muvaffaqiyatga aylantiradigan narsa — xarakter!

Atrofimizda turli qobiliyatga ega insonlarni koʻramiz: kimdir yaxshi boshqaruvchi, kimdir oson oʻrganuvchi, kimdir boshqalarda uchramaydigan ustunliklarga ega. Lekin bir narsani unutmaslik kerak: isteʼdod — xaraktersiz bir tiyinga ham arzimaydi.

Isteʼdod — faqat yoʻlning boshi
Tabiiy isteʼdod insonga yaxshi start beradi, lekin u yoʻlning faqat boshlangʻich nuqtasi. Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun xarakter va ijobiy ishtiyoq kerak. Tartibli ishlash, sabr va mehnatsiz hatto eng isteʼdodli inson ham oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqara olmaydi.

Xarakter nimani anglatadi?
Xarakter — bu:
• Maqsad sari qatʼiylik bilan harakat qilish.
• Ishlash va oʻrganish jarayonida tinimsiz mehnat qilish.
• Turli darajadagi muvaffaqiyatsizliklarga qarshi kurashish.
• Intizom va masʼuliyatni his qilish.

Xarakterli inson qiyin pallalarda ham oʻzini yoʻqotmaydi, yaqinlari, oilasi, doʻstlari va jamoasi uchun hamma narsani qiladi.

Hayotda haqiqiy muvaffaqiyatga erishish uchun isteʼdod yetarli emas. Xaraktersiz inson — hayotda oʻzini yoʻqotadi. Agar siz haqiqiy muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, nafaqat isteʼdodni, balki xarakteringizni ham rivojlantiring!

Bolalar futboli murabbiyining futbol haqidagi postidan olinib, oʻzgartirishlar kiritildi.

@soliyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/30 09:13:56
Back to Top
HTML Embed Code: