O‘zbekistonda oltinni qanday qonuniy sotib olish mumkin? Qo‘llanma
O‘zbekistonda oltin narxi yil boshidan beri 47% ga oshdi. Jahon bozorida bir unsiya narxi birinchi marta $4000 dan oshib, mutlaq rekordni o‘rnatdi.
9 oy ichida Markaziy bank 17 ming xaridorga 380 kilogramm oltin sotdi — bu 2024-yilning butun davriga nisbatan 61% ko‘p.
Bugungi kunda oltin quymalarini Toshkent shahridagi 15 dan ortiq banklardan sotib olish imkoniyati mavjud.
Spot oltin quymalarni qayerdan va qanday sotib olish, oltin depozitini ochish yoki tokenlarga investitsiya kiritish bo‘yicha to‘liq ko‘rsatmalarni to‘pladi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/23/gold-investor/
Telegram | Instagram | YouTube

👍17❤7🔥5
  Qurilish qoidalarini buzgani uchun Dream House Design litsenziyasi bekor qilindi
Qurilish vazirligi Olmazor tumanida Dream House Design loyiha hujjatlari asosida Glorious Chigatoy tomonidan qurilayotgan biznes markaz va avtoturargoh majmuasida o‘rganishlar olib bordi.
Natijada loyiha shaharsozlik normalariga qarshi olib borilayotgani aniqlandi. Xususan, binolar o‘rtasidagi masofa hamda qo‘shni mulk egalari bilan kelishuvlar e‘tiborga olinmagan.
Sud qarori bilan qonunbuzarliklarni vaqtida bartaraf etmagani uchun Dream House Design kompaniyasining litsenziyasi bekor qilinib, reyestrdan chiqarildi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/23/dream-house/

👍14🔥3🤔1
  Markaziy bank yil yakuni bilan inflyatsiya 8% gacha pasayishini kutmoqda
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Faol yalpi talab sharoitida tashqi taklif omillari bilan bog‘liq narxlarni oshiruvchi xatar va xizmatlar inflyatsiyasi yuqoriligicha qolmoqda.
Talab omillarining biroz maqbullashishi hamda so‘m mustahkamlanishi taʼsirida bazaviy inflyatsiya o‘tgan oyda yillik 7% gacha sekinlashdi.
Markaziy bank 2025-yil yakunida inflyatsiya 8% atrofida shakllanishini prognoz qildi. Mamlakat iqtisodiyoti esa 7−7,5% ga o‘sishi kutilmoqda.
Regulyator aholi real daromadlarining oshishi va chakana kreditlash faolligi isteʼmol talabini oshirib, inflyatsion bosimlarni saqlanib qolishii mumkinligini qayd etdi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/inflation-revision/

👍12👎4🔥3❤1
  Uzum CB Insights versiyasiga ko‘ra 2025-yilning eng istiqbolli fintex startaplari TOP-100 taligiga kirdi
Kompaniya Fintech 100 reytingida e’tirof etilishi O‘zbekiston fintex sanoatining yuqori darajada rivojlanganligini va kompaniyaning xalqaro maydondagi ta’siri tobora kuchayib borayotganini tasdiqlaydi (reklama).
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/uzum/

❤8👍4👎1
  O‘zbekiston iqtisodiyoti 2028-yilgacha qanday rivojlanadi?
Markaziy bank boshqaruvi pul-kredit siyosatining 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi.
Asosiy ssenariyga ko‘ra, kelgusi yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,5−6,5%, 2027−2028-yillarda esa 6−7% darajasida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Markaziy bank prognozlar xususiylashtirishning davom etishi, investitsiyalar hajmining o‘sishi va kreditlashning maqbullashishi bilan bog‘liq xatarlarni inobatga olishini qayd etdi.
Shu bilan birga, ichki va tashqi kutilmagan xatarlar yuzaga kelganda amalga oshiriladigan alohida ssenariylar ishlab chiqilgan:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/monetary-policy/

Inflyatsiya 2026-yil oxirida 7% gacha pasayishi, 2027-yilda esa 5% lik target darajasiga yetib, 2028-yildan shu atrofda shakllanishi kutilmoqda.
Markaziy bank prognozlar xususiylashtirishning davom etishi, investitsiyalar hajmining o‘sishi va kreditlashning maqbullashishi bilan bog‘liq xatarlarni inobatga olishini qayd etdi.
Shu bilan birga, ichki va tashqi kutilmagan xatarlar yuzaga kelganda amalga oshiriladigan alohida ssenariylar ishlab chiqilgan:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/monetary-policy/
Telegram | Instagram | YouTube
👍12👎5🔥3
  O‘zbekistonlik taksi haydovchilari Dubayga ishga jalb qilinishi mumkin
BAAning Dubai Taxi Company PJSC korxonasi bilan malakali haydovchilarni qonuniy ishga olish masalalari muhokama qilindi.
Kompaniya rahbari Sayid Amin O‘zbekistondan tajribali haydovchilarni ishga jalb qilishni huquqiy tomondan qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Migratsiya agentligi va korxona vakillari hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilishga kelishib oldi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/dubai-taxi/
Telegram | Instagram | YouTube
BAAning Dubai Taxi Company PJSC korxonasi bilan malakali haydovchilarni qonuniy ishga olish masalalari muhokama qilindi.
Kompaniya rahbari Sayid Amin O‘zbekistondan tajribali haydovchilarni ishga jalb qilishni huquqiy tomondan qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
“Dastlabki bosqichda 200 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilish imkoniyatimiz bor. Mehnat samaradorligi yuqori bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda 500 ga yaqin o‘zbekistonlikni ishga jalb qilishimiz mumkin”, — dedi u.
Migratsiya agentligi va korxona vakillari hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilishga kelishib oldi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/dubai-taxi/
Telegram | Instagram | YouTube
👍10❤4🔥4
  Bryusseldagi Yevropa kengashi bosh qarorgohida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston-Yevropa sammitida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Prezident mazkur bitimning imzolanishi tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarda yangi davrni boshlab berishi qayd etgandi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/partnership-cooperation/
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  👍50❤5🔥3
  2026-yildan yangi qurilayotgan turar-joy majmualari faqat o‘zbek tilida nomlanadi
Vazirlar Mahkamasi qurilish sohasiga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga bir qator o‘zgartirishlar kiritdi.
Endi obyekt pasporti, qurilish maydonidagi vaqtinchalik to‘siqlar ustidagi peshlavhalar va boshqa yozuvlarda davlat tili qo‘llanilishi shart.
Shuningdek, qurilayotgan obyektlar haqidagi reklama va eʼlonlarda davlat tilini ishlatish majburiy bo‘ladi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/construction-names/

👍22🔥4❤3
  Shavkat Mirziyoyevning Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuvida O‘zbekistonning JSTga a‘zoligi bo‘yicha YI bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, Yevropa komissiya xizmatlar va tovarlar bozoriga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlanganini qayd etdi.
Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 ta davlat bilan bozorga kirish, jumladan, eksport va import bojlari hamda xizmatlar bo‘yicha imtiyozlar berish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanganini ta’kidladi.
“Bu ikki yildan ortiq davom etgan faol muzokaralar, muloqot, tahlil va birgalikdagi ishlarning fidoyilik, qat’iyat va hamkorlikka to‘la yo‘li bo‘lib, ularning barchasi bugungi o‘zaro manfaatli natijaga olib keldi”, — dedi u.
Urunov Yevropa Ittifoqi Panama bilan tuzilgan 30-shartnomadan so‘ng O‘zbekiston bilan muzokaralarni yakunlagan JSTning 31-a'zosi ekanligini qayd etdi. “Rasman: 31 davlat muzokaralarni yakunladi, faqat uchtasi qoldi”, — deya xulosa qildi u:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/wto-eu/
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  👍61🔥17❤13
  Jamoatchilik tashkilotlariga “sirli mijoz” va nazorat xaridini o‘tkazish huquqi berildi
NNTlar nazorat tadbirlari doirasida tibbiyot va savdo sohalarida qonun talablariga rioya etilishini baholaydi.
Nazorat xaridi jarayonida olingan namuna va maʼlumotlar tegishli laboratoriyalarda sinovdan o‘tkaziladi.
Birinchi marta qonunbuzarlik aniqlansa, tushuntirish beriladi, takroriy holatlarda esa tekshiruv belgilanadi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/control-purchase/
Telegram | Instagram | YouTube
NNTlar nazorat tadbirlari doirasida tibbiyot va savdo sohalarida qonun talablariga rioya etilishini baholaydi.
Nazorat xaridi jarayonida olingan namuna va maʼlumotlar tegishli laboratoriyalarda sinovdan o‘tkaziladi.
Talabga javob bermaydigan tovar yoki xizmat vakolatli organlarga yuborilib, jamoatchilikka e’lon qilinadi.
Birinchi marta qonunbuzarlik aniqlansa, tushuntirish beriladi, takroriy holatlarda esa tekshiruv belgilanadi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/control-purchase/
Telegram | Instagram | YouTube
👍8🔥2
  Markaziy bank 2030-yilgacha O‘zbekistonda kamida 10 ta islomiy bank paydo bo‘lishini kutmoqda
Regulyator raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdaliyevning aytishicha, yaqin besh yilda kamida 10 ta islomiy bank faoliyat boshlashi kutilmoqda. Uchta davlat bankida esa bir nechta “islomiy darchalar”ni ochish rejalashtirilgan. Biroq ular hali aniqlanmagan.
Markaziy bank islomiy moliyaga yashirin iqtisodiyotdagi mablag‘larni bank tizimiga jalb qilishning muqobil mexanizmi sifatida qaraydi
Turdaliyev aholining bir qismi islom moliyasini afzal ko‘rishini, biroq an’anaviy bank xizmatlaridan butunlay voz kechuvchilar soni kamligini qayd etdi.
BMTTD so‘rovnomasiga ko‘ra, aholining 68%i, tadbirkorlarning esa 60%i diniy eʼtiqodi sabab, anʼanaviy bank xizmatidan foydalanishni xohlamaydi.
Sentabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullagandi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/islamic-finance/

“Biz baholayotganimizda, savolni to‘g‘ri qo‘yish muhim. 50−60% ko‘rsatkich haqida gap ketganda, bu islom moliyasini afzal ko‘ruvchilar haqida, ammo an’anaviy xizmatlardan butunlay voz kechadiganlar soni ancha kam”, — dedi u.
BMTTD so‘rovnomasiga ko‘ra, aholining 68%i, tadbirkorlarning esa 60%i diniy eʼtiqodi sabab, anʼanaviy bank xizmatidan foydalanishni xohlamaydi.
Sentabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullagandi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/islamic-finance/
Telegram | Instagram | YouTube
1👍18🔥5❤3
  ✈️ Centrum Air rahbari: monopoliya, reyslar kechikishi va kengayish rejalari haqida
Centrum Air — O‘zbekiston xususiy aviakompaniyasi. Aviakompaniya o‘zini klassik, arzon va charter operator qirralarini birlashtirgan gibrid tashuvchi sifatida namoyon qiladi.
Hozirda kompaniyada 12 ta yo‘lovchi tashuvchi samolyot mavjud bo‘lib, 2027-yilga kelib ularning sonini 38 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.
“Monopoliya — sifat pasayishi sari yo‘ldir. Bugungi dunyoda monopoliyalarga o‘rin yo‘q. Agar biror mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisi bo‘lsam, uning sifati haqida bosh qotirishim kerak emas, chunki odamlarda muqobili yo‘q-da”, — deydi Centrum Air bosh direktori Husayn Sherif.
Husayn Sherif Spot’ga aviakompaniyaning raqobatbardosh strategiyasi, yo‘nalishlarni kengaytirish rejalari hamda reyslar kechikishiga munosabati haqida so‘zlab berdi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/centrum-air/
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  👍14👎2🔥2❤1
  Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi?
Jami 20 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Ro‘yxat:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/weekend-banks/
Telegram | Instagram | YouTube
Jami 20 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Ro‘yxat:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/weekend-banks/
Telegram | Instagram | YouTube
👍8👎3🔥3
  Markaziy bank bank sektorida raqobat yetarli darajada emas deb hisoblamoqda
Regulyator boshqaruvi raisi Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, Markaziy bank banklar sonini ma’lum bir darajaga yetkazishni maqsad qilmagan, aksincha, ularning raqobat muhitini yaxshilashni rejalashtirmoqda.
Buning uchun u asosan to‘lov operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan fintexni qo‘llab-quvvatlashni taklif etdi. Markaziy bank fintex kompaniyalariga ayrim bank xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berishni mo‘ljallamoqda.
Yana bir yo‘nalish — islomiy moliyani rivojlantirish. Timur Ishmetov islomiy banklarni an’anaviy moliya muassasalarining o‘rnini bosuvchi emas, balki fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyat sifatida baholadi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/banks-competition/
Telegram | Instagram | YouTube
Regulyator boshqaruvi raisi Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, Markaziy bank banklar sonini ma’lum bir darajaga yetkazishni maqsad qilmagan, aksincha, ularning raqobat muhitini yaxshilashni rejalashtirmoqda.
“Hatto mavjud banklar soni bilan ham, ochig‘ini aytganda, yetarli darajada raqobatni ko‘rmayapmiz. Deyarli barcha banklar bir xil siyosat olib bormoqda. Biroq biz bu sohada o‘zgarishlar bo‘lishiga umid qilamiz”, — dedi Ishmetov.
Buning uchun u asosan to‘lov operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan fintexni qo‘llab-quvvatlashni taklif etdi. Markaziy bank fintex kompaniyalariga ayrim bank xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berishni mo‘ljallamoqda.
Yana bir yo‘nalish — islomiy moliyani rivojlantirish. Timur Ishmetov islomiy banklarni an’anaviy moliya muassasalarining o‘rnini bosuvchi emas, balki fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyat sifatida baholadi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/24/banks-competition/
Telegram | Instagram | YouTube
👍17🔥5👎2
  Instagram Reelsga “ko‘rishlar tarixi” funksiyasini qo‘shdi
Funksiya orqali foydalanuvchilar saqlab ulgurmagan videolariga qaytishlari mumkin bo‘ladi.
Foydalanuvchi tomosha qilgan videolarni ko‘rib, ularni muallif yoki sana bo‘yicha saralashi hamda tarixdan o‘chirishi mumkin:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/25/reels-history/

👍15🔥6❤2👎1
  Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun sun’iy yo‘ldosh internet xabi yaratiladi — Sherzod Shermatov
Raqamli texnologiyalar vaziri Yevropaning SES kompaniyasi bilan Markaziy Osiyoning olis hududlariga sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv imzolanganini ma’lum qildi.
Sun’iy yo‘ldosh internet xabi Toshkentda joylashib, O‘zbekistonning olis hududlari bilan birga, qo‘shni davlatlarning uzoq hududlarida yashaydigan aholiga ham qo‘shimcha internet xizmatlarini taqdim etadi.
Shermatov Yevropa Ittifoqi bilan imzolangan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim Yevropa kompaniyalarining O‘zbekistonda faoliyat yuritishi uchun qonuniy asos yaratishini qayd etdi.
Shu bilan birga, kelishuv yangi ish o‘rinlari va eksport salohiyatining o‘sishini ta’minlaydi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/25/satellite-internet/

“Chunki ushbu kelishuvsiz ko‘plab Yevropa kompaniyalari O‘zbekiston bilan munosabat o‘rnatishga ikkilanardi, „qonuniy asos yo‘q“, degan fikrga kelish mumkin edi. Endi qo‘rqmasdan ishlashga imkoniyat ortadi”, — dedi u.
Shu bilan birga, kelishuv yangi ish o‘rinlari va eksport salohiyatining o‘sishini ta’minlaydi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/25/satellite-internet/
Telegram | Instagram | YouTube
👍21🔥4👎3❤2
  O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,1 mln so‘mni tashkil etdi
Yanvar-sentabr oylarida nominal hisoblangan ish haqi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,2% ga o‘sdi.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 10,3 mln so‘m bilan Toshkentga, eng past ko‘rsatkich esa 4,27 mln so‘m bilan Qashqadaryoga to‘g‘ri keladi.
Sohalar kesimida eng yuqori oylik ish haqi bank va sug‘urta sohasida kuzatilib, o‘rtacha 16,82 mln so‘mni tashkil etdi.
Eng past o‘sish (14,6%) hamda eng past ish haqi (3,76 mln so‘m) sog‘liqni saqlash sohasida kuzatildi:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/25/monthly-salary/

👎17👍11🔥4❤1
  Mavjud 35 ta bankdan 16 tasida ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin bo‘lib, o‘rtacha foiz stavkasi 26%ni tashkil qiladi.
Kreditni rasmiylashtirishda kerakli hujjatlar, foiz stavkalari, qaysi banklarda imtiyozli davr borligi haqida batafsil:
https://www.spot.uz/oz/2025/10/25/morgtage-loans/
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  👍6❤5🔥3👎2