Telegram Web Link
Beeline Qozog‘istondagi OLX e’lonlar saytini $75 mln ga sotib oldi

VEON’ning Qozog‘istondagi “sho‘ba korxonasi” — Beeline Qozog‘iston OLX Group’dan OLX Qozog‘iston onlayn e’lonlar platformasining 100% ulushini $75 mlnga sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzdi.

Saytning oylik auditoriyasi 10 mln faol foydalanuvchini tashkil etib, mamlakatdagi internet foydalanuvchilarining 52% ini qamrab oladi, platformada 3,6 mln e’lon joylashtirilgan.

VEON va Beeline Qozog‘iston'da qayd etilishicha, OLX KZ’ni sotib olish raqamli operatorga mijozlarga “raqamli xizmatlarning kengroq va integratsiyalashgan to‘plamini“ taklif qilish imkonini beradi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/21/beeline-olx/

Telegram | Instagram | YouTube
👍103🔥2
InfinBANK Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun foizsiz avtokredit dasturini ishga tushirdi

Endilikda xaridorlar respublikadagi barcha bank filiallarida boshlang‘ich to‘lovi 25% dan va 60 oygacha bo‘lgan muddatga avtokredit rasmiylashtirishlari mumkin (reklama).

https://www.spot.uz/oz/2025/10/22/infinbank/
👍143👎3
O‘zbekistonda mobil operatorlar soxta qo‘ng‘iroqlarni bloklovchi tizimni ishga tushirdi

“Anti-Spoofing” texnologiyasi shubhali qo‘ng‘iroqlarda raqamning haqiqiyligini tekshirib, shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishining oldini oladi.

Agar xorijdan +998 raqami bilan yashirincha qo‘ng‘iroq bo‘lsa, tizim uni avtomatik tarzda bloklaydi. Shu bilan birga, bu roumingda ham qo‘llaniladi.

Joriy yilning bahorida Raqamli texnologiyalar vazirligiga 2025-yil oxirigacha soxta qo‘ng‘iroqlarni cheklash tizimini to‘liq joriy qilish topshirilgandi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/22/anti-spoofing/

Telegram | Instagram | YouTube
👍15🔥115
O‘zbekiston to‘qqiz oyda rekord darajada — $9,9 mlrdlik oltin sotdi

Yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, qimmatbaho metall yetkazib berish $9,89 mlrdni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 70,9% ga o‘sdi.

Bu 2023-yildagi tarixiy maksimumdan ($8,15 mlrd) sezilarli darajada yuqori. Mamlakat sentabr oyida $1,47 mlrdlik oltin eksport qilgan:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/22/sale-gold/

Telegram | Instagram | YouTube
👍15👎7🔥52
O‘zbekiston Kaspiy dengizi tubidagi aloqa liniyasiga ulanishni rejalashtirmoqda — DataVolt

Saudiya kompaniyasining ijrochi direktori Rajit Nanda prezident bilan uchrashuvda IT Parkda tashkil etilayotgan 12 MVt quvvatli data markazda “yashil” va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanilishini maʼlum qildi.

“Bugungi kunda barcha ma’lumotlar Yevropa orqali uzatiladi, biz uchun muqobil [maʼlumot uzatish] yo‘nalishlarini yaratish muhim. Shu sababli Qozog‘iston va Ozarbayjon orqali Kaspiy dengizi ostidan o‘tuvchi aloqa liniyasiga ulanish ustida ish olib bormoqdamiz”, — dedi u.


Bu yo‘nalish O‘zbekiston uchun strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligi, aloqa xavfsizligini taʼminlash bilan birga, milliardlab daromad keltirishi mumkinligi qayd etildi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/22/data-volt/

Telegram | Instagram | YouTube
👍259🤔3
Asterium FinTech & Banking Forum 2025 (FIBA) doirasida “Innovation Leader in Crypto” mukofotiga sazovor bo‘ldi

O‘zbekistonda kripto-aktivlarni ayirboshlash va saqlash bo‘yicha yetakchi yechim provayderlaridan biri Asterium Markaziy Osiyodagi yirik moliyaviy texnologiyalar tadbiri — FinTech & Banking Forum 2025 da Innovation Leader in Crypto nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi (reklama).

https://www.spot.uz/oz/2025/10/22/asterium/
👍115🔥3
Samsung yangi smartfonlari taqdimotini kechiktiradi

Yangi smartfonlarini yanvar yoki fevralda taqdim etadigan kompaniya, 2026-yilda noma’lum sabablarga ko‘ra Galaxy S26 seriyasi taqdimotini mart oyiga ko‘chirdi.

Insayderlar kompaniya gadjetlarni ishlab chiqish va loyihalashda ma’lum muammolarga duch kelganini ta’kidladi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/22/samsung-presentation/

Telegram | Instagram | YouTube
👍92🔥2
To‘qqiz oyda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari $13,9 mlrdga yetdi

Natijada, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24% ($2,7 mlrd), 2023-yilga nisbatan esa 66% ga ($5,5 mlrd) o‘sdi.

Shunga qaramay, transfertlar hajmida ketma-ket ikkinchi oy pasayish kuzatilib, sentabrda $1,81 mlrdni tashkil etdi.

Bundan bashqari, bu davrda xalqaro pul o‘tkazmalari orqali mamlakatdan $1,9 mlrd (-$127 mln) jo‘natilgan:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/22/money-transfers/

Telegram | Instagram | YouTube
👍104👎3🔥1
Qoraqalpog‘iston O‘zbekistonning data markazlar makoniga aylanadi — Sherzod Shermatov

Raqamli texnologiyalar vaziri IT Park qurilishining ikkinchi bosqich hududida sunʼiy intellekt bilan ishlaydigan startaplar hamda grafik protsessorlar bilan jihozlangan maʼlumotlar markazlari joylashishini qayd.

Bundan tashqari, Sherzod Shermatov davlat rahbari Qoraqalpog‘istonni maʼlumotlar markazining hududiy xabiga aylantirish kerakligini taʼkidlaganini bildirdi.

“Prezident o‘ziga xos hududidan kelib chiqib, Qoraqalpog‘istonni data markazlar makoniga aylantirish g‘oyasini ilgari surdi. Agar investor $100 mlndan ko‘proq mablag‘ kiritsa, prezident imtiyozlar berishni vaʼda qildi. Bu Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishning o‘ziga xos drayveriga aylanadi”, — dedi u.


Vazir investorlarga yengillik berish orqali hududga ko‘plab kompaniyalarni jalb qilish mumkinligi, bu startap ekotizimining rivojlanishiga va yoshlarning qiziqishiga turtki berishini aytdi.

Avvalroq Qoraqalpog‘istondagi loyihalarga $100 mlndan ortiq investitsiya kiritganlarga elektr narxi 5 sent bo‘lishi xabar berilgandi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/22/data-centers/

Telegram | Instagram | YouTube
👍15👎10🔥5
🌐🌐🌐

“E’tiboringizni boshqarayotgan kishi sizni ham boshqaradi”

Viktor Sheynov, yozuvchi, professor va jamiyatshunos.


Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍125🔥2
O‘zbekistonda “yashil” energiya ishlab chiqarish 9 mlrd kVt/soatga yetdi

Quyosh va shamol elektr stansiyalari ishlab chiqargan elektr energiyasi natijasida 2,73 mlrd kub metr gaz tejalib, 4 mln tonna zararli moddalar atmosferaga chiqishi oldi olindi.

Gidroelektr stansiyalarini hisobga olganda yil boshidan buyon jami 14,520 mlrd kVt/soat elektr ishlab chiqarildi. Bu umumiy generatsiyaning 23% ini tashkil etadi.

Energetika vazirligi ushbu hajm 7,5 mln xonadonning 10 oylik yoki 6 mln xonadonning bir yillik elektr ehtiyojiga teng ekanligini qayd etdi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/23/green-energy/

Telegram | Instagram | YouTube
👍183🔥2
Sentabrda O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi

O‘tgan oyda 7,8 ming dona elektromobil sotilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich avgust oyiga nisbatan 21,6% ga ko‘pdir.

Sotuvlarning eng yuqori o‘sishi Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida kuzatildi.

Mahalliy yangi avtomobillar sotuvi avgustga nisbatan 16,1% ga kamayib, 27,4 ming donani tashkil etdi.

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi 4,5 ming donani tashkil etib, avgust oyiga nisbatan 8,9% ga kamaydi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/23/car-market-september/

Telegram | Instagram | YouTube
👍12👎4🔥21
AQSh Lukoyl va Rosneft kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi

Qayd etilishicha, sanksiyalar Rossiyaning “tinchlik jarayoniga jiddiy qiziqishi yo‘qligi” sababli kiritilmoqda.

Yangi cheklovlar Rosneft’ning 28 ta va Lukoyl’ning esa 6 ta sho‘ba korxonasiga nisbatan qo‘llaniladi.

15-oktabr kuni Buyuk Britaniya ham bu kompaniyalarga nisbatan aktivlarni muzlatish hamda trast xizmatlari va transportga oid sanksiyalar joriy etdi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/23/rosneft-lukoyl-sanctions/

Telegram | Instagram | YouTube
🔥8👍6👎5
Isteʼmolchilarni “sunʼiy chegirma” bilan chalg‘itish taqiqlandi

O‘zbekistonda chakana savdodagi aksiya va chegirmalarni tartibga soluvchi yangi qoidalar joriy etildi.

Sotuvchilar tovarlarga chegirma yoki aksiya qo‘llashi mumkin, biroq bu alkogol, tamaki va nikotin mahsulotlariga tatbiq etilmaydi.

Chegirma e’lon qilinganda avvalgi narx so‘nggi 30 kun ichidagi eng past narx bo‘lishi shart. Uni sun’iy oshirib, keyin tushirib ko‘rsatish taqiqlanadi.

Aksiya haqida soliq organlariga 10 kun oldin xabar berish talab etiladi. Iste’molchilarga esa chegirma muddati, shartlari va tovar zaxirasi haqida aniq ma’lumot berish lozim. Talablar buzilsa, javobgarlik choralari qo‘llaniladi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/23/discount-promotion/

Telegram | Instagram | YouTube
👍1917🔥5
Aholi banklarga xaridga nisbatan $6,7 mlrd ko‘proq valyuta sotdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekiston ichki valyuta bozorida talab va taklif o‘sdi.

Xorijiy valyutaga bo‘lgan talab $42,67 mlrdni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 23,5% ga oshdi. Taklif hajmi esa $34,4 mlrd (+24%) ga yetdi.

Eksport tushumlari yuridik shaxslar valyuta taklifining asosiy manbai bo‘lib, $13 mlrdni tashkil etdi. Banklar esa xorijiy kreditlar hisobidan $6,3 mlrdlik valyuta sotdi.

Aholi banklarga $15,2 mlrd valyuta sotgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘p. Shu bilan birga, ular $8,5 mlrd (+23%) xarid qilgan. Natijada, taklif talabdan $6,7 mlrdga ortiq bo‘ldi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/22/currency-market/

Telegram | Instagram | YouTube
👍13👎4🔥4
O‘zbekistonda Haj va Umra uchun onlayn navbat olish imkoni yaratildi

Endilikda fuqarolar Yagona portal yoki Haj va Umra yagona portali orqali navbatga yozilish, ariza topshirish va to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Jarayonni to‘liq raqamlashtirish, inson omilini kamaytirish va navbatlarni tartibga solish uchun ishlab chiqilgan tizim 15 dan ortiq idoralar bilan integratsiya qilingan:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/23/haj-umra/

Telegram | Instagram | YouTube
👍11🔥106
Toshkentda avtomobillardagi noqonuniy reklamalarga qarshi reydlar o‘tkazilmoqda

YHXB va Raqobat qo‘mitasi tomonidan olib borilayotgan monitoringda tegishli hujjatlarsiz reklama joylashtirilgan avtomobillar aniqlandi.

Transport vositalari egalariga qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rilib, huquqiy tushuntirish berilmoqda.

Poytaxt hokimligi tashqi reklama faqat reklama joyining pasporti olingandagina joylashtirilishi mumkinligini eslatdi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/23/car-advertisement/

Telegram | Instagram | YouTube
👍15🔥6🤔42👎1
O‘zbekistonda sunʼiy yo‘ldosh aloqa operatorlariga 5 yillik soliq imtiyozlari beriladi

2026-yildan yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan sunʼiy yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar QQSdan ozod qilinadi.

Markaziy yer stansiyalari, terminallar va yo‘ldosh aloqa infratuzilmasining boshqa aktiv qurilmalari joylashtirilgan telekommunikatsiya inshootlari hamda ularning yer maydonlari mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi.

Shuningdek, yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlarining yaratilgan sunʼiy yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatadigan xizmatlari uchun foyda solig‘i qo‘llanilmaydi.

Avvalroq prezident raisligidagi yig‘ilishda olis hududlarda kelasi yildan yo‘ldoshli internet operatorlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilishi maʼlum qilingandi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/23/tax-benefits/

Telegram | Instagram | YouTube
👍5813🔥11
Italiyaning Ansaldo xoldingi O‘zbekistondagi AES qurilishini nazorat qilishi mumkin

O‘zatom direktori Azim Axmedxo‘jayev Ansaldo Energia xoldingi va uning atom energetikasi texnologiyalariga ixtisoslashgan Ansaldo Nucleare kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Unda Jizzaxdagi AES qurilishi loyihasini amalga oshirishda texnologik integratsiya, xavfsizlik tizimlarini ishlab chiqish, yordamchi uskunalarni yetkazib berish va ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, italiyalik mutaxassislarni texnik maslahatchi sifatida jalb etish, radioaktiv chiqindilarni boshqarish hamda kadrlar tayyorlash imkoniyati ko‘rib chiqildi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/23/ansaldo/

Telegram | Instagram | YouTube
👍19👎5🔥4
Yevropa Ittifoqi Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston banklariga qarshi sanksiyalar kiritdi

23-oktabr kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-paketini qabul qildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston banklari yangi cheklovlar ostida qoldi.

Rossiya banklari orasida Alfa-Bank, MTC Bank, Absolyut Bank, Zemsky Bank va Istina nobank kredit tashkiloti bor. Ular bilan operatsiyalarni taqiqlash 12-noyabrdan kuchga kiradi.

Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Rossiya banklarining xorijiy filiallariga qarshi sanksiyalar kiritdi — Belarusda 2-dekabrdan boshlab VTB, Sber va Alfa-Bank, Qozog‘istonda esa VTB cheklovlar ostida qoldi.

Bundan tashqari, yangi sanksiyalar paketiga Tojikistonning uchta banki (Dushanbe Siti bank, Spitamen va Tojikiston tijorat banki) va Qirg‘izistonning ikkita banki (Toluboy va Yevroosiyo jamg‘arma banki) kiritildi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/23/eu-banks/

Telegram | Instagram | YouTube
9👍7👎1🤔1
2025/10/28 04:00:42
Back to Top
HTML Embed Code: