Telegram Web Link
Instagram Reelsga “ko‘rishlar tarixi” funksiyasini qo‘shdi

Funksiya orqali foydalanuvchilar saqlab ulgurmagan videolariga qaytishlari mumkin bo‘ladi.

Foydalanuvchi tomosha qilgan videolarni ko‘rib, ularni muallif yoki sana bo‘yicha saralashi hamda tarixdan o‘chirishi mumkin:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/25/reels-history/

Telegram | Instagram | YouTube
👍15🔥62👎1
Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun sun’iy yo‘ldosh internet xabi yaratiladi — Sherzod Shermatov

Raqamli texnologiyalar vaziri Yevropaning SES kompaniyasi bilan Markaziy Osiyoning olis hududlariga sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv imzolanganini ma’lum qildi.

Sun’iy yo‘ldosh internet xabi Toshkentda joylashib, O‘zbekistonning olis hududlari bilan birga, qo‘shni davlatlarning uzoq hududlarida yashaydigan aholiga ham qo‘shimcha internet xizmatlarini taqdim etadi.

Shermatov Yevropa Ittifoqi bilan imzolangan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim Yevropa kompaniyalarining O‘zbekistonda faoliyat yuritishi uchun qonuniy asos yaratishini qayd etdi.

“Chunki ushbu kelishuvsiz ko‘plab Yevropa kompaniyalari O‘zbekiston bilan munosabat o‘rnatishga ikkilanardi, „qonuniy asos yo‘q“, degan fikrga kelish mumkin edi. Endi qo‘rqmasdan ishlashga imkoniyat ortadi”, — dedi u.


Shu bilan birga, kelishuv yangi ish o‘rinlari va eksport salohiyatining o‘sishini ta’minlaydi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/25/satellite-internet/

Telegram | Instagram | YouTube
👍21🔥4👎32
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,1 mln so‘mni tashkil etdi

Yanvar-sentabr oylarida nominal hisoblangan ish haqi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,2% ga o‘sdi.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 10,3 mln so‘m bilan Toshkentga, eng past ko‘rsatkich esa 4,27 mln so‘m bilan Qashqadaryoga to‘g‘ri keladi.

Sohalar kesimida eng yuqori oylik ish haqi bank va sug‘urta sohasida kuzatilib, o‘rtacha 16,82 mln so‘mni tashkil etdi.

Eng past o‘sish (14,6%) hamda eng past ish haqi (3,76 mln so‘m) sog‘liqni saqlash sohasida kuzatildi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/25/monthly-salary/

Telegram | Instagram | YouTube
👎17👍11🔥41
🏠 Oʻzbekiston banklaridagi ipoteka kreditlari

Mavjud 35 ta bankdan 16 tasida ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin bo‘lib, o‘rtacha foiz stavkasi 26%ni tashkil qiladi.

Kreditni rasmiylashtirishda kerakli hujjatlar, foiz stavkalari, qaysi banklarda imtiyozli davr borligi haqida batafsil:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/25/morgtage-loans/

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🔥3👎2
🌐🌐🌐🌐🌐

O‘rtacha oylik ish haqi, ipoteka kreditlari va Yevropa bilan hamkorlik

Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/26/week-summary42/

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👎3🔥31
🌐🌐🌐

“Rahbarlikning asosiy jihatlaridan biri — bu o‘zingni noqulay his qilayotgan paytingda ham boshqalariga ishonch bera olish qobiliyati”

Govard Shuls, Starbucks qahvaxonalar tarmog‘i rahbari.

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍3🔥2
Issiqxonalarni ko‘mirdan boshqa yoqilg‘iga o‘tkazish taklif etilmoqda

Ekologiya vazirligi Toshkent shahri va poytaxt hududida havo ifloslanishiga qarshi kurashish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqdi.

Ular orasida issiqxonalar va zavodlarni ko‘mirdan foydalanmaydigan muqobil energiya manbalariga o‘tkazish asosiy chora-tadbirlardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, loyihada Toshkent shahri va viloyatdagi korxonalarda chang va gaz tozalash uskunalarini majburiy o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, korxonalarda havo filtrlari, tozalash tizimlari va havo nazorati stansiyalarini o‘rnatish uchun grantlar joriy etish rejalashtirilmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/27/air-quality/

Telegram | Instagram | YouTube
👍13🔥3🤔2
Kredit tashkilotlariga onlayn mikroqarz rasmiylashtirishda yangi talablar belgilanadi

Markaziy bank kredit tashkilotlariga ma’lumotlarni kredit byurolariga real vaqtda berish majburiyatini yuklashni taklif qilmoqda.

Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda soxta havola va mobil ilovalar orqali fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari va bir martalik kodlarini qo‘lga kiritish holatlari ko‘paygan.

2024-yilning 9 oyida bunday firibgarliklar oqibatida 8 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Asosiy sabab sifatida esa kredit tashkilotlarining ma’lumotlarni kechiktirib taqdim etishi ko‘rsatilmoqda.

Kechikishlar kredit tashkilotlari o‘rtasida fuqaro nomidagi kreditlar haqida noto‘g‘ri ma’lumotlarni olishga, bir fuqaroga bir kunda bir nechta mikroqarz berishga hamda firibgarliklarni keskin oshirishga olib kelmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/27/credit-institutions/

Telegram | Instagram | YouTube
👍11👎2🔥2🤔1
O‘zbekistonda sunʼiy intellekt bo‘yicha President AI Award tanlovi o‘tkaziladi

Prezident farmoni bilan, 2026-yil yakunigacha davlat boshqaruvi organlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha kamida 100 ta loyiha amalga oshiriladi.

2030-yil yakuniga qadar esa zamonaviy sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga $1 mlrddan ortiq miqdorda xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi.

2026-yildan prezident sovrini uchun “Sunʼiy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President AI Award) tanlovi o‘tkaziladi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/27/development-ai/

Telegram | Instagram | YouTube
👍9🔥41
⚡️Moped va skuterlar uchun alohida haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi

2026-yildan O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish uchun yangi — A1 kichik toifasi joriy etiladi.

Uni olish uchun avtomaktabda o‘qish shart emas, fuqarolar mustaqil tayyorlanib, imtihon topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, 1-fevraldan “A” va “B” toifa haydovchilik guvohnomasini olishda o‘qishning nazariy qismni mustaqil o‘rganishga ruxsat beriladi, avtomaktabda o‘qish talab etilmaydi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/27/for-mopeds/

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍73
❗️1-apreldan kamera va radarlar jarima ballari yozishni boshlaydi

Hozirda yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ballar faqat YHXX xodimi tomonidan rasmiylashtirilgan bayonnoma asosida belgilanadi.

2026-yilning 1-aprelidan jarima ballari avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali aniqlangan qo‘pol qoidabuzarliklar uchun ham qo‘llaniladi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/27/penalty-points/

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍42
To‘qqiz oyda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,6% ga o‘sdi, aholi daromadlari 8,4% ga oshdi

Yanvar-sentabr oylarida mamlakatda YIM o‘sishi 7,6% ni tashkil etdi, bu 2024-yilning mos davridagi ko‘rsatkich (6,6%) dan 1 foiz punktga ko‘p.

Inflyatsiya o‘tgan yilgi 6,8% dan 5,1% gacha sekinlashdi. Aholining real umumiy daromadlari o‘sish sur’ati esa 7,7% dan 8,4% gacha tezlashdi.

Sanoat ishlab chiqarishi biroz pasaydi. Qurilish, chakana savdo, xizmatlar, tashqi savdo hamda yo‘lovchi aylanmasida sezilarli o‘sish kuzatildi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/27/economic-growth/

Telegram | Instagram | YouTube
👍8👎8🤔5🔥2
Tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar uchun qarz jalb qilish jarayoni nazorat qilinadi

Hukumat qarori bilan yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi tasdiqlandi.

Hujjat korxonalarning moliyaviy holatini monitoring qilish va xatar darajasini past, o‘rta va yuqori toifalarga ajratishni nazarda tutadi.

Moliyaviy holat yomonlashgan hollarda, ularni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

https://www.spot.uz/oz/2025/10/27/loan-debt/

Telegram | Instagram | YouTube
👍8👎3
Porsche’ning uchinchi chorakdagi foydasi qariyb 96% ga pasaydi

To‘qqiz oylik operatsion foyda 40 mln yevroni tashkil etdi, bu bir yil oldingi ko‘rsatkichdan (taxminan 4 mlrd yevro) 99% ga past.

Birgina uchinchi chorakda konsernning yo‘qotishlari 967 mln yevroga baholanmoqda.

Porsche rahbariyati elektromobillar, jumladan, akkumulyatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarni bekor qilishga qaror qildi.

Investitsiyalar endi ko‘proq ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilishi kutilmoqda. Yangi elektromobil modellarini ishlab chiqarish kechiktirildi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/27/porsche/

Telegram | Instagram | YouTube
👍13👎4🔥31
Prezident 2026-yilgi davlat budjeti loyihasining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi

Kelgusi yilda iqtisodiy o‘sishni 6,6% darajasida ta’minlab, YIMni $150 mlrddan oshirish, iqtisodiyotga 400 trln so‘m yo‘naltirish va inflyatsiyani 7% dan yuqori bo‘lmagan darajada saqlash rejalashtirilgan.

Loyihada asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldirilmoqda. Bu orqali daromadlarni oshirib borish, xarajatlarning samarali sarflanishini qat’iy nazorat qilish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, strategik tarmoqlarda tannarxni kamaytirish, samarasiz subsidiyalarni bekor qilish hamda xalqaro loyihalarni tezlashtirish choralari belgilandi.

Budjetdan tashqari jamg‘armalar qoldig‘ining yarmi esa maktablar va tibbiyot sohasiga yo‘naltiriladi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/27/state-budget/

Telegram | Instagram | YouTube
👍45🔥5
❗️ Poytaxt hokimligi issiqlik ta'minoti uchun yangi tariflarni tasdiqladi

Issiq suv ta‘minoti va isitish xizmatlari uchun bazaviy tarif 7% ga oshirilib, QQSsiz 1 Gkal uchun 711 641 so‘m etib belgilanadi.

Aholi va tashkilotlar uchun yangi tariflar quyidagicha oshiriladi:

🌐aholi uchun — 139 860 so‘m/Gkal (+15%);

🌐budjet tashkilotlari uchun — 952 797 so‘m/Gkal (+18,8%);

🌐boshqa ulgurji tashkilotlar uchun — 342 296 so‘m/Gkal (+40%).

Bunda narxlar QQSsiz keltirilgan, Toshkent shahar hokimining qarori 27-oktabrdan kuchga kiradi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/27/tashkent-heating/

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎11👍8🔥3
📌 Tandir biznesi: qiyinchiliklar, daromad va mavsumiylik

Bolaligidan loy va olov orasida ulg‘aygan Baxtiyor Toshmuhammedov tandir yasashni hunardan biznesga aylantirib, mahsulotini O‘zbekiston va xorij bozorlariga yetkazmoqda.

U ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan materiallar, xarajatlar va mijozlar bilan ishlashdagi o‘z tajribasi haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

To‘liq intervyuni YouTube kanalimizda tomosha qiling:
https://youtu.be/GhS68eZ38Go?si=EGYn5ceXm0_bvzhL

Asosiy lavhalar esa saytimizda:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/27/tandir/

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75🔥4
🌐🌐🌐

“Ba’zida tavakkal qilish ham foydali hisoblanadi. Biroq ehtiyotkorlik bilan qilinmagan tavakkal ish muvaffaqiyatsiz yakunlanishi mumkin”

Bill Geyts, Microsoft kompaniyasi asoschisi.

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥42
Nasiya bozorini tartibga soluvchi qonunni ishlab chiqish uzoq vaqt oladi — Markaziy bank

Regulyator raisi Timur Ishmetov oraliq yechim sifatida ishlab chiqilgan Axloq kodeksi bozor ishtirokchilari uchun o‘z-o‘zini boshqarish tizimini nazarda tutishini aytdi. Unga amal qilganlarga ishonch belgisi beriladi.

Keyingi bosqich esa, nasiya savdosi bo‘yicha tegishli qonunni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Ishmetov bu jarayon, ayniqsa, yangi yo‘nalish uchun qonunchilik normasini ishlab chiqish uzoq vaqt talab qilishini qayd etdi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/28/bnpl/

Telegram | Instagram | YouTube
👍9👎4🔥31
ChatGPT o‘zbek tilini ishonch bilan tushunmoqda — OpenAI

OpenAI’ning ta’lim va hamkorlik yo‘nalishlari yetakchilari O‘zbekiston vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekistonda ChatGPT Edu ta’lim platformasini ishga tushirish, shuningdek, shaxsiylashtirilgan ta’limni joriy etish masalalarini muhokama qildilar.

Kompaniya One Million AI Leaders dasturi bo‘yicha o‘qitish uchun o‘z kurslari va tajribasini taqdim etadi.

Shuningdek, OpenAI mamlakatda startaplarga imtiyozli kirish imkoniyatini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya o‘z modellari o‘zbek tilini tushunishini ta’kidlab, o‘zbek tilidagi ma’lumotlar korpusi ustida birgalikda ishlashga qiziqish bildirdi:

https://www.spot.uz/oz/2025/10/27/openai-uzb/

Telegram | Instagram | YouTube
🔥8👍64
2025/10/28 06:45:43
Back to Top
HTML Embed Code: