Telegram Web Link
#IZLAM taqdimotidan kadrlar.

📸 Abdumannon Muhammad

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Xurshid DAVRON

LORKA O‘LIMI

Uni tongga tirab otdilar…
U yiqildi,
So‘ng yana turdi
Va yoshgina,
Bukri bir askar
Qo‘ndoq bilan boshiga urdi.
U jon berdi…
Askarlar esa
Shosha-pisha ortga qaytdilar,
Sharob ichib mungli qo‘shiqni
Tun sukutin buzib aytdilar.
Bu qo‘shiqda bulutni yorgan
Hilol cho‘qqi uzra porlardi,
Bu qo‘shiq qor ostida yotgan
Chechaklarni bo‘zlab chorlardi.
Bu qo‘shiqda qora kiyingan
Tul kampirlar ertak to‘qirdi,
Ularning oldida ko‘zi ko‘r bola
Zulmat aro kitob o‘qirdi.
Qo‘shiq kuylab,
Tuyib alamni,
Yosh askarlar sarmast edilar,
Shu qo‘shiqni yozgan odamni
Otganlarin bilmas edilar…

1986

@suhrob_ziyo1
7👏3
Channel photo updated
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahalla_yangiliklari

"Izlam" to'plami taqdimoti bo'lib o'tdi.

🗓 13.01.2025

@mahalla_yangiliklari_tv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun —shoir tug‘ilgan kun!

O‘zbekyurtning shoiri ko‘p. Lekin har aytgan so‘ziga hayotda ham, sheʼrda ham javob bera oladigani kam. Shunday noyoblardan biri — akam, do‘stim, safdoshim Islomjon Qo‘chqorov!

Uygʻon, ey ona yurt, uygʻon, ey Turon.
Kimligingni aytsin, bu kuhna dunyo.


@suhrob_ziyo1
👍2🕊2
"Mahalla" telekanalining "O‘shal damlar" ko‘rsatuvining navbatdagi soni ustoz shoir Xurshid Davron ijodi va faoliyatiga bag‘ishlandi.

@suhrob_ziyo1
👍81
Akmal aka bilan bir muddat birga ishlagan edik. Samimiy, xokisor, qalbi ko'zidan ko'rinib turadigan inson edi...
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 "Izlam-2" taqdimoti

UzReport telekanali tayyorlagan reportaj (#)

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
Forwarded from "Mahalla" telekanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#anons

🎬 O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan "o‘shal damlar"ni eslaymiz...

◀️ "O'shal damlar... "
🗓 26-yanvar, Yakshanba kuni
20:20da

💬 Facebook 📸 Instagram Telegram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
Ramiz RAVSHAN

O‘g‘limning ko‘zlari


Qayerga yo‘l olsam, yo‘lim boshlanar
O‘g‘limning ko‘zlaridan.
Kun chiqar, oy tug‘ar, yulduzlar yonar,
Qor yog‘ar, yomg'irlar boshlanar
O‘g‘limning ko‘zlaridan.

Tutar, yer-u ko‘kni tutar ko‘zlari,
Yurgan yo‘llarimdan o‘tar ko‘zlari,
To‘ymaski, to‘ymas.
Kipriklari o‘sar yo‘l chetlarida,
Meni o‘z yo‘limdan chiqmoqqa qo‘ymas.

Yonida yuzim oqdir, yo‘lim ochiqdir, Alloh,
Meni har gunohdan o‘glim saqlaydi.
Bu yo‘llaring buncha balchiqdir, Alloh,
Yoki qayerdiradir o‘glim yig‘laydi?

Yig‘laydi –
Ko‘z yoshi tushar yo‘limga…
Ko‘zyoshlaring ichra kezarman, bolam.
Ko‘zlaringdan nur tushadi yo‘limga,
Yumma, ko‘zlaringni yumma,
Yo‘qsa, yo‘llarimdan ozarman, bolam.

Ne bor-u ne yo‘q edi ko‘zlaringgacha,
Dunyo qorong‘u edi ko‘zlaringgacha,
Tangri meni
Bu insonlik maydoniga otguncha
Kelib sening
Ko‘zlaringni yog‘dusiga botguncha
Umrimning o‘ttiz uch yilini kechdim.

Endi sendan yashirinmas
Dunyoda bir qadamim,
Berkitolmayman ularni,
Ko‘zlaringdan, jon bolam.
Faqat Alloh edi mening
Seva-seva qo‘rqqanim,
Endi sen ham borsan axir yer yuzida, jon bolam.

Qanday yaxshi,
Tangridan ham boshqa bizga boqqan bor
Yo‘limizni yoritadi bolalarning ko‘zlari.
O‘z yo‘lidan ozganlarning
Bolalari ko‘r bo‘lar,
Qorong‘uda adashadi
Otalarning o‘zlari.

…Bolalarni Tangri asrar!
Biz botsak ham gunohga, -
Zulmatlarda bolalarning
ko‘zlari chiroq-chiroq.
Tangri bizni ko‘rmas endi,
Boshqa umid yo‘q, biroq
Bu zulmatdan bizni faqat
Bolalar chiqarmasa…

Suhrob ZIYO o'zbekchalashtirdi.

@suhrob_ziyo1
8👍1🕊1
Ramiz RAVSHAN

***
Bu suvlarga kim tosh otdi?
Bu suvlarni kim uyg'otdi?
Suvlar uyg'ondi, tosh botdi,

yig'lama, toshim, yig'lama.

Og'ochlarim yashil-yashil,
Yaproqlari oshib-toshir,
Yaproqlarning orasinda
Tosh-la urdilar bir qushni...

yig'lama, og'ochim, yig'lama.

Tosh ostidan bir qush uchdi,
Ko'zidagi qanday yoshdir?
Qabrimning ustidagi tosh —
Bir qushga otganim toshdir

yig'lama, singlim, yig'lama...

Suhrob ZIYO o'zbekchalashtirdi.

@suhrob_ziyo1
1
2025/07/09 03:49:16
Back to Top
HTML Embed Code: