Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nega pushaymon boʻlishi kerak?
Nega uzr soʻrashi kerak?
Akaning soʻzi bilan aytganda: "Men tushunmayapman bularni?"

@suhrob_ziyo1
🔥92
Ojizlar

Tilimni tiyganman,
ko‘zlarim xushyor.
Zamon doim qaltis,
hech kimga sirmas.
Lekin yuragimda
o‘kinchim bisyor,
Menga baribirmas.

Jimman, holbuki.
Ne ham o‘zgarardi
mening so‘zimdan.
Qo‘rqmayman,
adashib ketishdan lekin,
Qo‘rqaman o‘zimdan.

Hukmfarmolar
Aytganlari aytgan bo‘lgan zamonda.
Alarning ko‘nglini andak og‘ritib
So‘zlasang, yomon-da.

Kimda qamchi bo‘lsa, shundadir farmon.
Xushomadgo‘ylarning barmog‘i bolda.
Biz esa qimtinib rahmat aytamiz,
Yaxshi odamlarmiz, har holda.

Tilimiz bor, ba’zan burro bo‘lamiz,
Madhiya to‘qiymiz topganda fursat,
Taomlanib bo‘lib, rahnamolardan
Fotiha tortishga ham so‘raymiz ruxsat.

Bilamiz, yetmaydi bizga jasorat,
Ojizlik bitilgan manglayimizga.
Rahmatlar aytamiz tinglab haqorat
Tilimiz yopishgan tanglayimizga.

Go‘yo ichimizda haqni uqqanmiz,
Yoddan chiqqani yo‘q kimliklarimiz.
Qarang, qoplab yotar butun moziyni
JIMLIKLARIMIZ!

S.Z.

@suhrob_ziyo1
👏11👍32🔥2🕊1
Bugun shoirlarning aktyori, aktyorlarning shoiri, insonlarning Insoni tugʻilgan kun ekan.

Erkin Bozorovning adabiyot targʻiboti yoʻlidagi mehnatlari bardavom boʻlsin. Bundan millat va adabiyot yutadi.

@suhrob_ziyo1
21👍12👏6🔥4
O'g'lim Muhammad Turonga

Menda ilingulik ne bor senga mos?
Alloh bergan axir bu qosh-u ko'zni...
Isming o'rnida naqsh etoldim xolos
Bisotimdan ikki eng qutlug' so'zni.

05.01.2025.

@suhrob_ziyo1
34❤‍🔥12👍62🤩2👏1
📌Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi muassisligidagi gazeta va jurnallarning rasmiy telegram kanallari bilan tanishing:

📱"Ma'rifat" gazetasi: https://www.tg-me.com/marifatziyo

📱"Учитель Узбекистана" gazetasi: https://www.tg-me.com/teacherofUzbekistan

📱"Til va adabiyot ta'limi" jurnali: https://www.tg-me.com/TAT_jurnal

📱"Boshlangʻich ta'lim" jurnali: https://www.tg-me.com/BT1992

📱 "Xalq ta'limi" jurnali: https://www.tg-me.com/xalq_talimi_jurnali

📱"Tong yulduzi" gazetasi: @tongyulduz

📱"Gulxan" jurnali: @gulxanjurnali @gulxan_uzb

📱"Gʻuncha" jurnali: @Guncha_jurnali

📱"Кlass" gazetasi: @klassgazeta



📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
💥 Yaqinroq keling! Uzoq kutilgan yil hodisasi - "Izlam-2" taqdimotiga oz fursat qoldi!

Kelmasangiz nimalardan bebahra qolishingizni bilasizmi? 🤫

— ijodkorlarning o‘zlari tomonidan o‘qiladigan she’r va monologlarni tinglash;
— mualliflardan maxsus dasxatlar olish;
— "Izlam" kitoblarini xarid qilish;

Demak, 11-yanvar (shanba) 11:00 da ko‘rishamiz! Boshqa rejalaringizni ortga surib turing😊


Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, Qashg‘ar mavzesi 9A
👉 Joylashuv | Mo‘ljal: Hyatt Regency mehmonxonasi

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Ertangi taqdimotimiz Milliy Gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida boʻlib oʻtadi.

Kirish rasmdagi binoning orqa tomonidan.

Lokatsiya
1👍1
1👍1
Daryo dastxati bilan "Daryo" kitobi sotiladi😁
😁123🔥3🤔1
Forwarded from Nigora Hasanova blogi
Bugun «Izlam» shunchaki to‘plam emasligini tushundim.

Odam ichiga ko‘mib tashlagan sirlaridan hech kim habar topolmaydi, buni toki o‘zi aytmagunicha deb o‘ylab yurar ekanman. To‘plamga asarlari kiritilgan yosh lekin iqtidori bor ijodkorlar dasturxon qilib sochib tashladi ularni. Deyarli hamma dardga to‘qnash keldim.
Quvonch ham bor, malham ham bor ularda. Hatto yashashning yangicha tarzi, noodatiy g‘oyalar, sog‘lom maslahatlar bor. Nomini topolmayotgan tuyg‘ular bor.

«Izlam»ning birinchi fasli bekorga tanqid qilinmagandi. Chunki, biz odamlardan yashiradigan aslimizni shoiru yozuvchilar ayamay yozib tashlashgan. O’qiganlar bir seskangan, tan olgisi kelmagan tuyg’ularga duch kelib , ijodkorlardan nafratlangandi o’shanda. Ikkinchi faslida ham mana shu jur’atga qo‘shimcha ravishda keskinlikni ko‘rdim.

Gapni qisqasi mana shu loyiha , tashabbus, ijodkorlarga rag‘bat va ishonch uchun va albatta jamiyatdagi bo‘lajak ijobiy o‘zgarishlar uchun noshirga tashakkurlarimni aytmoqchiman.

“Akademnashr”! Sanjar Nazar 💣
🕊3
Forwarded from Nigora Hasanova blogi
Bu esa sahnaga mixlatganlar)

“Izlam” taqdimotidan
🔥3🕊2
Forwarded from Jadid.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

Milliy Gvardiya qoshidagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Akademnashr” nashriyoti tomonidan chiqarilgan “Izlam-2” kitoblar toʻplamining taqdimoti boʻlib oʻtdi

Ushbu turkumning bu yilgi mualliflari ijodidan namunalarni o‘qish uchun quyidagi havola ustiga bosing:
👉 jadid.uz/izlam-davrasida

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊3👍2🔥1
2025/07/08 23:07:40
Back to Top
HTML Embed Code: