Telegram Web Link
📍 Prezident qarori ijrosida — Muzrabot tumanida ekologik targ‘ibot ishlari boshlandi
Bugun Muzrabot tumanining “Yakkatol” mahallasida aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot seminar tadbirlari o‘tkazildi.

Tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ekologik madaniyatini oshirish konsepsiyasi” asosida amalga oshirilmoqda.
📢 Seminar davomida ekologik ta’lim, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish, daraxt ekish va yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.

👥 Aholi vakillari, mahalla faollari va yoshlar ekologik hayot tarziga oid tavsiyalar bilan tanishtirildi.

🟩 Tabiat – bu meros emas, ishonchli qo‘lga topshirilgan emonat. Uni asrash har birimizning burchimiz!

📢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulaning: www.tg-me.com/surxoneko
🌳 Muzrabot darvoza: Ekologik madaniyat — har bir fuqaroning burchi!

Bugun "Muzrabot darvoza" mahallasida ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha amaliy targ‘ibot-seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Prezident qarori asosida aholi o‘rtasida ekologik savodxonlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

🔍 Seminarda: – atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish,
– tabiiy resurslardan oqilona foydalanish,
– chiqindilarni qayta ishlashga oid bilimlar yetkazildi.

🌿 Mahalla faollari va fuqarolar ekologiyani asrash borasidagi tavsiyalarni katta qiziqish bilan qabul qilishdi.

♻️ Toza mahalla — sog‘lom hayot makoni!

📢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulaning: www.tg-me.com/surxoneko
1
Qumqo‘rg‘on tumanida Viloyat Milliy gvardiyasi hamda Ekologiya boshqarmasi xodimlari ishtirokida ekologik qonunchilikka rioya qilinishini nazorat qilish maqsadida navbatdagi tungi tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi.

📢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulaning: www.tg-me.com/surxoneko
1
🛑 Reyd davomida "Surxon sohili" mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Sherobod kanalida noqonuniy baliq ovlash holati aniqlandi. Tergov-surishtiruv natijasida huquqbuzar **R.A.**ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasi 1-qismiga asosan 7 million 500 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, "Navbaxor" mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi xuddi shu kanalda ham noqonuniy baliq ovlash holati qayd etildi. Ushbu holat bo‘yicha P.Q. ismli fuqaro qonunbuzarlikda gumon qilinib, unga ham MJtKning 90-moddasi 1-qismiga asosan 7 million 500 ming so‘mlik ma’muriy jarima belgilandi.

📢 Eslatma: Ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabiiy resurslarni muhofaza qilish har birimizning burchimizdir. Noqonuniy baliq ovlash nafaqat ekologiyaga zarar, balki qonun oldida javobgarlikni ham keltirib chiqaradi!

📢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulaning: www.tg-me.com/surxoneko
3👍1
Audio
Surxondaryo radiokanalining "Maxsus Reportaj" eshittirishida viloyatda yozning issiq kunlarida daraxtlarni saqlab qolish, yashil hududlarni parvarishlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🎙 Eshittirishda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi "Yashil makon" sho‘basi boshlig‘i Rustam Abdurahmonov ishtirok etdi.

📌 Eshittirish tafsilotlarini Surxondaryo radiokanali orqali tinglashingiz mumkin.

📢 Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Kanalga ulaning: www.tg-me.com/surxoneko
2025/07/13 06:39:11
Back to Top
HTML Embed Code: