Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OAV BIZ HAQIMIZDA KUN MAVZUSI_KADASTR_TELEVIDENIYA

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar sho'basi bosh mutaxassisi X.Umirov hamda 🇺🇿 Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari A.O‘razaliyev bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi O'RQ 937-sonli Qonuni mazmun mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.

➡️ Batafsil: Videoda

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida fuqaroning kadastr maʼlumotlari bilan bog‘liq muammolari haqida tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

O‘rganish davomida 2018 yilda fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish maqsadida taqdim etilgan hujjatlar asosida kadastr maʼlumotlar bazasiga fuqaroning ismi va familiyasi noto‘g‘ri kiritilgani maʼlum bo‘ldi.


Mazkur xatolik
⭐️Agentlik topshirig‘iga ko‘ra tezkor bartaraf etilgan.

Bazaga noto‘g‘ri maʼlumot kiritgan mutaxassis bilan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinganligi va hozirda fuqaroning maʼlumotlar bazasi bilan bog‘liq muammolari mavjud emasligi maʼlum qilinadi.

‼️Hurmatli fuqarolar agarda sizda ham yuqoridagi kabi muammolar mavjud bo‘lsa
⭐️Kadastr agentligining 1097 qisqa raqamiga (dushanbadan jumagacha, soat 9-00 dan 18:00 gacha) murojaat qilishingizni so‘raymiz.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OGOHLIKKA CHORLOV!

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda kadastr muhandisi mahalliy fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoniga egalik guvohnomasini rasmiylashtirib, uy-joy qurish uchun ruxsat olib berish evaziga pul talab qilgani va tezkor tadbirda qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

🌟Kadastr agentligi bunday holat yuz bermasligi uchun yurtdoshlarimizga bir necha marotaba ogohlantiruvchi murojaat bilan chiqqan.

Bugun yana bir bor barcha yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz.

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan «uddaburonlar» ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiramiz!

Birinchidan, mahallalar aniq tasdiqlangan reja asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin «E’TIROF» dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

#Kadastr_agentligi #Murojaat

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_hisoboti

◼️Surxondaryo viloyatidagi yerlar va yer fondi toifalari haqida MA'LUMOT

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #qonun
Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari

◼️Ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo‘lgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.

◼️Mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo‘yilgan (ulushli mulk) yoki bunday ulushlar aniqlab qo‘yilmagan (birgalikdagi mulk) holda umumiy mulk bo‘lishi mumkin.

◼️Umumiy mulk bo‘lgan mol-mulk ulushlarga bo‘linadi, qonunda bu mol-mulkning birgalikdagi mulkni tashkil etishi nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

◼️Umumiy birgalikdagi mulk o‘z vazifasini o‘zgartirmagan holda taqsimlanishi mumkin bo‘lmagan (bo‘linmaydigan ashyolar) yoki qonunga ko‘ra taqsimlanishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk ikki yoki undan ortiq shaxs mulkiga o‘tgan paytda vujudga keladi.

◼️Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuviga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sudning qaroriga muvofiq umumiy mol-mulk bu shaxslarning ulushli mulki qilib belgilab qo‘yilishi mumkin.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-son Qonuni yuzasidan muhim savollarga javoblar


➡️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga va unda qurilgan bino-inshootlarga mulk va ijara huquqini berish bo‘yicha ishlar qanday ketmoqda, bu jarayonda qanday muammolar kuzatilyapti?

➡️ Bir martalik to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash nima uchun muhim?

➡️ Firibgarlik holatlariga duch kelganda nima qilish kerak?

⚖️🌟 Adliya vazirligining loyihasi bo‘lgan “Obyektiv” podkastida muhim savollarga mutahassislar javoblar berilishgan.

▶️ To'liq video: https://www.youtube.com/watch?v=_w3ro1Tl5lA

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligida oliy ta’lim muassasalarining bitiruv kursi talabalari stajirovkasini tashkil etish bo‘yicha E’LON

Faoliyat yo‘nalishi:
yosh mutaxassislarni Agentlik tizimi xizmatiga tayyorlash, kasbiy faoliyat mas’uliyatini his etish va tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini o‘rganish orqali oliy ta’lim muassasalarida olgan nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlash;

Rasmiy talablar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
oliy ta’lim muassasalarining kadastr va iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichi bitiruv kurs talabalari;

Shuningdek:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan;
belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan fuqarolar Kadastr agentligi tizimiga ishga qabul qilinmaydi.

Mehnat sharoiti:
Barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

Murojaat muddati va manzil:
nomzodlar o‘qish joyidan ma’lumotnoma, ma’lumotnoma-ob’yektivka, pasport nusxasi va telefon raqamini Kadastr agentligining “[email protected]” elektron pochtasiga yuborish lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-202-55-65 (1)).

🗣Stajirovkaga qabul qilish tartibi va savollar ro‘yxati bilan 🌟 Kadastr agentligining rasmiy 🌐 Telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

➡️XATLOV JARAYONLARIGA TO'G'RI VA XOLIS YONDASHISH SHART!

🇺🇿 Ma'lumki, 8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi va soha mutaxassislari tomonidan barcha hududlarda xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i M.Sulaymonov hamda ⭐️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi bosh mutaxassislari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan xatlov ishlarida nazoratdan o‘tkazilmoqda.

🫥 Nazorat davomidan xatlov ishlariga jalb qilingan xodimlarning korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliglari, jarayonga to‘g‘ri va xolis yondashishlari yuzasidan tegishli tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

🫥 Ayni damda tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, Jarqo‘rg‘on tumanidagi bir nechta mahallalarda Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassislari boshchiligida xatlov jarayonlari qizg'in davom etmoqda.

Bu borada, profilaktik tadbirlar viloyatning boshqa tuman (shahar)larida ham davom etmoqda.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi doirasida amalga oshirilgan xatlov natijalari

🗓 2025-yil 23-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida jami 407 243 ta obyekt inventarizatsiyadan o'tkazildi.

▫️Mazkur xatlov Qonunda belgilangan tartibda aholi turar joylari va boshqa obyektlarni aniqlash, hisobga olish hamda ularga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев давлат ташрифи билан Мўғулистонга келди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл с государственным визитом в Монголию.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣 Yer xususiylashtirish jarayonlari ochiqlikda muhokama qilindi.

🌏 Surxondaryo viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasining Matbuot uyi binosida ⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

🟢 Anjuman mavzusi:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarorining 1-ilovasi - “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirish chora-tadbirlari”ni muhokama qilishga bag‘ishlandi.

⚫️ Tadbirda quyidagi soha mutaxassislari ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlaridagi amaliy jarayonlar, erishilgan yutuqlar va mavjud muammolar yuzasidan atroflicha ma'lumotlar berishdi:

🤔 N.Najmiddinov – O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mas’ul xodimi;

🤔 I.Kurbonov – Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi mutaxassisi;

🤔 J.Qodirov – Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi vakili;

🤔 B.Ortiqov – Sanoat zonalari direksiyasi boshlig‘i.

📌 Anjumanda ta’kidlanganidek, qarorning 1-ilovasi doirasida xususiylashtirishga oid jarayonlar hududlardagi investitsiya muhitini yaxshilash, yer resurslaridan samarali foydalanish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

🔎 Shuningdek, anjumanda xususiylashtirish bo‘yicha huquqiy asoslar, jarayonning bosqichlari, ishtirokchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda elektron savdolar orqali yer uchastkalarini realizatsiya qilish mexanizmlari atroflicha yoritib berildi.

📣 Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari va jamoatchilik vakillarining savollariga batafsil javoblar berildi.

📍 Bunday matbuot anjumanlari aholi va tadbirkorlar orasida yerdan foydalanish va xususiylashtirish borasidagi tushuncha va ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer maydonlaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

⭐️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sherobod va Denov tumanlarida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida, yer qonunchiligi talablari buzilgan holatlar aniqlanmoqda.

🤔 Xususan, Sherobod tumanining "Zarabog‘" mahallasida yashovchi fuqarolar H.Sh., M.U. va M.I.lar tomonidan “Ko‘hitang yaylovi” ishlab chiqarish kooperativiga tegishli bo‘lgan, umumiy hisobda 5000 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi holatlari aniqlangan.

🔘 Har bir holat yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 60-moddasi 2-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli ogohlantirish xatlari berildi.

🤔 Shuningdek, Denov tumanining “Surnaytepa” mahallasida yashovchi fuqaro Q.Y. tomonidan davlat zaxirasida bo‘lgan 2500 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, unda 176.25 kv.metrdan iborat uy-joy binosi qurib olinganligi aniqlandi.

🔘 Ushbu holat bo‘yicha esa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanildi hamda qurilmani bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi.

Yerlardan foydalanishda qonuniylikni ta’minlash va noqonuniy holatlarning oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlari doimiy ravishda davom etmoqda.

Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 01-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar ko'rib chiqiladi.


❗️ Unutmang ‼️ Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 18:50:28
Back to Top
HTML Embed Code: