Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

Kadrlar hujjatlari - intizom
ko'zgusi.

Har bir mutaxassisning bilim va tajribasi kadastr xizmatlarining sifatini, aholiga ko‘rsatilayotgan qulayliklarni belgilaydi.

Shuning uchun:
▪️xodimlarni zamonaviy kadastr va geoinformatsion texnologiyalar bo‘yicha o‘qitish;

▪️yosh mutaxassislarni tizimga jalb qilish;

▪️mehnat intizomi va halollik tamoyillarini mustahkamlash — asosiy ustuvor yo‘nalishlardandir.

Adolat, halollik va professionallik — Kadastr agentligi kadrlar siyosatining bosh tamoyilidir.

#Kadastr #kadrlar_siyosati #rolik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ONA TILIM FAHRIM MENING


🇺🇿 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana sifatida mamlakatimizning har bir go'shasida alohida hurmat bilan nishonlanadi. Ushbu kunda ona tilimizning beqiyos qadri, xalqimizning o'zligini va tarixini ifodalashdagi o'rni yana bir bor e'tirof etiladi.

Ayni damda, ⭐️ Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyati boshqarmalari jamoasi bugungi kun munosabati bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Davra suhbatida, xodimlar tomonidan o'zbek tili bayramiga bag'ishlangan qiziqarli ma'lumotlar, viktorina savollari hamda she'riy tabriklar bilan chiqishlar qilinib, faol xodimlarga esdalik sovg'alar ulashildi.

ONA TILIM

Alisherning farzandlari yo‘q.
Armoniga o‘q otgan ovchi.
Navoiyning qizi bo‘lmagan.
Otasini sho‘x erkalovchi.

Unga xush xulq nozik iste’dot
Toli ato etmish yaratgan.
U ellik yil beshik o‘rniga.
Ona bo‘lib qalam tebratgan.

Yurak qo‘ri sherlari uning.
Yuragida aziz dilbandi.
Garchi o‘zi yo‘qlikda ammo.
600 ga kirdi farzandi.


#Kadastr #muhim_sanalar #ona_tilim_faxrim

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xatlov natijalari

📱 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish yuzasidan Surxondaryo viloyati hududlarida o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra,

✔️ Xatlovdan o‘tkazilgan obyektlar soni - 58 884 ta;
✔️“Eʼtirof” dasturiga kiritilgan obyektlar soni - 28 278 ta;

Shundan

◼️Eʼlonga chiqarilganlar - 4 152 ta;
◼️Muhokamada turganlar - 17 616 ta;
◼️Adliya oʼrganishida - 393 ta;
◼️Tahrirlash jarayonida - 237 ta;
◼️Toʼlov kutilmoqda - 2 400 ta;
◼️Huquqi eʼtirof etilganlar - 2 222 ta.

❗️Shuningdek, mazkur jarayon va natijalarni quyidagi havola orqali onlayn kuzatish imkoniyati mavjud: 🌱 etirof.kadastr.uz

🗓 21.10.2025 yil holatiga

Telegram Facebook Instagram YouTube

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yer qonun buzilish holatlari uchun javobgarliklar kuchaytirilganligidan habardormisiz.

📃 Unda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 3-qismi bilan, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

◼️ Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari,;

◼️ Mansabdor shaxslarga esato‘rt yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

🇺🇿 Asos: O‘zbekiston Respublikasining 15.11.2024-yildagi 997-sonli Qonuni.

Telegram Facebook Instagram YouTube
📄Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

💠yer uchastkasining chegarasi o‘zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o‘zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarmaydi);

💠binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

💠binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

💠binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo‘lganligi) yoki yo‘q qilinganligi;

💠ko‘chmas mulkning mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarganligi;

💠qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.

📃Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartirishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi.

😄Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.

Asos: 👔Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida👔gi 803-sonli Qonun.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

YERLARDAN FOYDALANISHDA QONUNIYLIK VA SHAFFOFLIK TA'MINLANMOQDA.


⭐️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Boysun tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning "Kamar usti'" mahallasida yashovchi fuqaro P.A tomonidan tumandagi davlat zaxirasida bo'lgan yer maydonidan o'zboshimchalik bilan 600.0 kv.metr egallab olib, uy-joy binosi qurib olganligi holati aniqlangan.

⭕️ Aniqlangan holat yuzasidan, Boysun tuman bo'limi inspektorlar tomonidan fuqaro P.A. ning o'zboshimchalik bilan egallab olgan yer maydonida qurilgan uy-joy binosiga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qarori qabul qilingan hamda bartaraf etish bo'yicha yozma ko'rsatma ham berilgan.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ–937-sonli Qonuniga muvofiq, faqat 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda qurilgan va o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar, bino hamda inshootlar ko‘rib chiqilishi mumkin.


❗️ Unutmang ‼️ Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYA TARAQQYOT KUSHANDASI

◾️ Maʼlumki, bu illat har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi. Jamiyatning maʼnaviy ahloqini yemiradi, qonun ustuvorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining mas'ul hodimlari va Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bosh mutaxassislari tomonidan Sho'rchi tumanidagi Kadastr agentligi boʻlim (filial)lari xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

📃 Unda dastlab xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son qonuni, Vazirlar Mahkamasining 829-son qarori hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son qonuni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

◼️Shuningdek, “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonun ijrosini amalga oshirish jarayonida korrupsiya, poraxo‘rlik, firibgarlik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berilib, xodimlar ogohlikka chaqirildi.

◼️Muloqot davomida xodimlarning ish joyiga vaqtida kelib ketishlarini nazorat qilish, funksional vazifalarini to‘liq bajarishlari, ichki mehnat tartib qoidalari va obob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, kiyinish madaniyati va boshqa masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

💬 Joylarda ushbu yo‘nalishdagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.


📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️Surxondaryoda aholi manfaatlari yo'lidagi sayi harakatlar davom etmoqda.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tuman,shahar filial xodimlari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida  kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan muntazam ravishda «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

💠 Xususan, Angor tuman filiali xodimlari tomonidan tumanning bir nechta mahallalaridan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etilmoqda.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗺 SURXONDARYODA XATLOV JARAYONLARI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni hamda ⭐️Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sariosiyo tumani filiali mutaxassislari tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 21:42:49
Back to Top
HTML Embed Code: