Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Uyda shunaqa roboting bo‘lsa, konspektingni ham yozib bersa, yoqadiyu aaaaa?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁25👍6🤪5
📌 Prezident farmoni:

↪️2025-yil 1-iyundan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o‘n yil muddatga BHMning 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;

↪️Nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26👏4😢3
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙Muborak Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Sizni Ramazon oyida qilgan ibodatlaringiz, ehsonlaringiz va tutgan ro‘zalaringiz qabul bo‘lishini tilagan holda Iyd ul-Fitr bilan tabriklayman.

🤲 Duolar qabul bo‘ladigan musulmon ummatining ushbu muborak kunida qalbingizdagi barcha ezgu niyatlaringiz ijobat bo'lsin. Alloh taolo siz-u bizdan solih amallarni qabul qilsin!

Kelasi yilgi Ramazonga tinchlikda, omonlikda, xursandchilikda yetishlik barchamizga nasib qilsin.

👉 @izzatxoja_asomiddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🥰2
#RasmiyXabar

Samarqanddagi ayrim OTM hamda ular huzuridagi texnikum va akademik litseylarga qisqa muddatli taʼtil beriladi

Joriy yilning 4–5-aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo-Yevropa
Ittifoqi” birinchi rasmiy Sammiti hamda “Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo‘lida birdamlik”
mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.


Shu munosabat bilan 2025-yil 1–5-aprel kunlari quyidagi oliy ta’lim muassasalari hamda ular huzuridagi texnikum va akademik litseylarga yozgi ta’til hisobidan qisqa muddatli o‘quv ta’tili beriladi:

1. Samarqand davlat universiteti;
2. Samarqand davlat chet tillar instituti;
3. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
4. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;
5. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;
6. Samarqand davlat tibbiyot universiteti;
7. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;
8. Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi;
9. Samarqand davlat universiteti akademik litseyi;
10. Abu Ali ibn Sino nomidagi Siyob jamoat salomatligi texnikumi.


O‘quv jarayonlari 7-aprel, dushanba kundan boshlanadi.

❗️Eslatma: ushbu oliygoh talabalari uchun qoldirilgan dars mashg‘ulotlari yozgi ta’tilning ilk kunlari hisobidan o‘tkaziladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤‍🔥22👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yaxshi_kayfiyat

Talabalikning eng yaxshi va yomon tomonlarini kommentda yozib qoldiramiz

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26😁73
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

Smartwatch, quloqchin, airpods va kitoblar to‘plamini yutib oling!

💠Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan barcha ishtirok etishi mumkin bo‘lgan “Amir Temur” onlayn viktorinasiga start berildi!

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @bilimtanlovbot manzili orqali belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari va tanlov targibotini amalga oshirishlari kerak.

📌 Tanlov nizomini o‘qish

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi:

♦️1 nafar 1-o‘rin – Smartwatch + Quloqchin + Airpods;
♦️2 nafar 2-o‘rin – Smartwatch + Airpods;
♦️3 nafar 3-o‘rin – Quloqchin;
🔹Test boyicha g‘olib bo‘lganlar kitoblar to‘plami bilan ham taqdirlanadi.
🎁Tanlov doirasida syurpriz sovg‘alar ham mavjud.

🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍56👎19
⚡️O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan ijtimoiy toifadagi talabalarga foizsiz ta’lim krediti beriladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, belgilangan toifadagi talabalar uchun 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi (GPA (grade point average) ko‘rsatkichi) “3,5” va undan yuqori bo‘lgan talabalarga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti ajratiladi.

Bunday imtiyoz beriladigan toifalar ro‘yxati  Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍476🔥4🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yaxshi_kayfiyat

Talabaning kartasida puli qolmaganda😂


Siz kartangizda pul qolmaganda qanday yo‘l tutasiz?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁70🤣55👍20❤‍🔥9🤝6
▶️Bill Geytsdan tonggi motivatsiya:

💡Ko‘proq kitob o‘qib, ko‘proq bilim oling. Bu sizni yangi g‘oyalar va imkoniyatlar bilan boyitadi.

💡Kamtarlik bilan muvaffaqiyatning kaliti shundaki, o‘zingizni boshqa odamlar bilan taqqoslashni bas qiling va o‘z yo‘lingizda davom eting.

💡Hamma narsa faqat sizning qo‘lingizda, shunday ekan, jasoratli bo‘ling.

💡Muvaffaqiyat – bu yomon oʻqituvchi. U aqlli insonlarni hech qachon yutqazmaydigan kabi his qiladi.

‼️Muvaffaqiyatga erishish uchun harakatni bugundan boshlang.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍57🔥1611
#qonunchilik_yangiliklari

Jizzax va Toshkent viloyatlarida injenerlik maktablari
faoliyati yo‘lga qo‘yildi

💬 Unga ko‘ra, injenerlik maktablarining faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
🔸elektronika sanoati va ishlab chiqarish tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;
🔹ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan amaliy ta’lim berish;
♦️soha korxonalaridan amaliyotchi mutaxassislarni jalb qilish;
🔹xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘quv dasturlarini joriy etish.


▶️2025/2026-o‘quv yilida kasbiy ta’lim tashkilotlarida:
➡️injenerlik maktablarida tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha umumta’lim tashkilotlarida kasbga yo‘naltirish tashkil etiladi;
➡️injenerlik sohasida o‘quvchilarni dual ta’lim shaklida tayyorlash va ularning ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish maqsadida sanoat korxonalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi;
➡️dars jadvali, o‘quvchilar baholarini qayd qilish, pedagog kadrlar o‘quv yuklamalarini belgilash va guruh jurnallari raqamlashtiriladi.
➡️ta’lim muassasalarining samarali faoliyat yuritishi uchun Davlat byudjetidan har yili 5 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.


⌛️ Shuningdek:
✔️ kasbiy ta’lim tashkilotlari injenerlik maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish parametrlariga mos ravishda o‘qituvchilar
va ishlab chiqarish ta’lim ustalari
bilan ta’minlanadi;
☑️ kasbiy fanlar o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining sanoat hamkor korxonalarida stajirovkasi yo‘lga qo‘yiladi;
☑️hamkor sanoat korxonalari mutaxassislari va tegishli oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari, kasbiy ta’lim tashkilotlari malakali o‘qituvchilari jalb qilingan holda kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi.


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28👎2🥰1
Talaba uchun eng zarur top 5 ta jihat


1️⃣ Vaqtini Boshqarish: samarali o'qish uchun rejalashtirish va muhimlilikni aniqlash.

2️⃣ Mustaqil o'rganish qobiliyati: Bilimni mustaqil ravishda o'zlashtirish va tadqiq qilish.

3️⃣ Muloqot ko'nikmalari: jamoa ishi va samarali muloqot mahorati.

4️⃣ Motivatsiyani yo'qotmaslik: Qiyinchiliklarni yengish uchun motivatsiya va maqsad qo'yish.

5️⃣ Salomatlik: Jismoniy va ruhiy salomatlikni saqlash orqali yaxshi natijalarga erishish.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36❤‍🔥116👏5👎2
🗣Chin dildan xohlangan orzu, albatta, amalga oshadi!

AQSHlik Jessika Koks qo‘lsiz tug‘ilgan. Lekin bu uchun samolyot boshqarishni o‘rganishi uchun kamchilik bo‘la olmadi.


Dastlab, qo‘llari yo‘qligi uchun bolalagida alamzada bo‘lib yuradigan qizchani onasi doim qo‘llab-quvvatlab hamma narsa qo‘lidan kelishini uqtirardi. Va nihoyat, yosh Jessika ham qo‘lsiz bo‘lsa-da, ko‘p narsa qo‘lidan kelishi mumkinligini tushunadi.

U o‘rta maktabdak birinchi marta bolalar uchun motivatsion nutq so‘zlaydi va notiq bo‘lishga qaror qiladi. Aynan mana shu orzusiga bog‘liq universitetda, keyinroq parvoz qilish orzusi sabab uchuvchilar maktabida o‘qiydi. Jessika Koks oyoqlari bilan samolyot boshqargan ilk ayol uchuvchi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kirgan.

🤔 Siz esa atigi darsga borishga yoki erta turib dars qilishga erinyapsizmi?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏42👍3013🔥7😢6
🎓 Talabalar bilimini baholash: oraliq va yakuniy nazoratlar haqida

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash ikki asosiy bosqichda amalga oshiriladi: oraliq va yakuniy nazorat.

✔️Oraliq nazorat

➡️Har bir fan bo‘yicha semestr davomida 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin.
➡️Uning shakli va muddati kafedra tomonidan belgilanadi.
➡️Talabaning mashg‘ulotlardagi faolligi va mustaqil ishlari doimiy ravishda baholanadi va oraliq nazoratda inobatga olinadi.
➡️Haftasiga 2 akademik soatdan kam o‘qitiladigan fanlar (tibbiyotda 4 soat) bo‘yicha oraliq nazorat o‘tkazilmaydi.

☑️Yakuniy nazorat

↪️Semestr oxirida talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash uchun o‘tkaziladi.
↪️Shakli kafedra tomonidan belgilanadi.
↪️Nazoratlar maxsus jadval asosida tashkil etiladi va prorektor tomonidan tasdiqlanadi.

🏥 Tibbiyot OTMlarida esa nazoratlar obyektiv tizimlashtirilgan imtihon yoki klinik sinov shaklida bo‘lishi mumkin.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍278🥰2🔥1
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

🗣Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi “yaxshi” deya baholandi

Unga ko‘ra, davlat tashkilotlari faoliyating samaradorligi quyidagi toifalarga ajratildi:

↪️41 tasi “yaxshi” – (81-100 ball);
↪️53 tasi “qoniqarli” – (55-80 ball);
↪️9 tasi “qoniqarsiz” – (55 balldan past).

Tahlillarga ko‘ra, 2023-yilgi reyting baholashda “qoniqarsiz” deb topilgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (50 ball) 2024-yilgi faoliyatida 82 ball bilan yaxshi natija ko‘rsatdi.


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🤣123🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliygoh talabalari kontrakt pulidan 12% qaytarib olish uchun soliq organlariga borish shart emas

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
↪️davlat va nodavlat OTMga to‘lagan kontraktidan;
↪️nodavlat bog’cha va maktablar to‘lovidan;
↪️ipoteka kreditlari.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍346👎2🔥2😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-aprel – Amir Temur tavallud topganiga 689 yil toʻldi

↪️Amir Temur ibn amir Taragʻay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xoʻjailgʻor qishlogʻida dunyoga kelgan. U jahon tarixida nafaqat yengilmas sarkarda, balki har odimida yurt farovonligi, obodligi, taʼlim, fan va sanʼatning rivoji uchun qaygʻurgan bunyodkor shaxs sifatida ham gavdalanadi. Shu orqali jahon tarixida “Temuriylar davri renessansi”ga asos solgan.

Adolat va ulugʻvorlik timsoli bo‘lgan sohibqiron tavalludining 689 yilligi yurtimizda, shu jumladan oliy taʼlim muassasalari va kasbiy ta’lim dargohlarida ham keng nishonlanmoqda.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38🔥186🏆4🎉2
#rasman #yangilik

🇺🇿Prezident: O‘zbekistonda har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb e’lon qilinadi.

Haligacha Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzga bormagan oilalar ko‘p. Shu bois, har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb e’lon qilinadi.

Har yili ichki turizm targ‘ibotini kengaytirishga 20 milliard so‘m ajratiladi dedi Prezident.

Endi ishxonalar har oyda o‘z xodimlarini Samarqand, Buxoro Xiva va Shahrisabz tomonlarga dam olgani yuborib turishadi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍66🤣20👏18🔥15😁7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
GPA qanday hisoblanadi?

GPA (Grade Point Average) – bu o‘rtacha baho ko‘rsatkichi bo‘lib, u talabalar bilim darajasini baholash uchun ishlatiladi. O‘zbekiston universitetlarida GPA odatda 4 yoki 5 ballik tizim asosida hisoblanadi.

GPA hisoblash formulasi:

GPA = (Baholar × Kredit soati) / Jami kredit soati

🔹Misol: Agar talaba 3 ta fan o‘qigan bo‘lsa:
• Matematika – Baho: 4.0, Kredit: 3
• Fizika – Baho: 3.0, Kredit: 2
• Ingliz tili – Baho: 3.5, Kredit: 3

👉 GPA = (4.0×3 + 3.0×2 + 3.5×3) ÷ (3+2+3) = 3.56

⚠️ Muhim:
• Davlat universitetlarida 100 ballik yoki 5 ballik tizim ishlatilishi mumkin, va bu 4 ballik GPA tizimiga aylantiriladi.
• Xususiy universitetlarda esa xalqaro GPA tizimi ishlatilishi mumkin.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍55🔥76👎1
Nodavlat oliygohni bitirib davlat oliygohlarining magistraturasida o‘qib bo‘lmaydimi?

JAVOB: Nodavlat oliygohlarning bakalavriat ta'lim yonalishini tamomlagandan song davlat oliygohlarining magistraturasida yoki aksincha davlat oliygohlarining bakalavriatida oqib nodavlat oliygohlarning magistraturasida tahsil olish mumkin. Bu boyicha hech qanday cheklov va havotirlanishga asos yo‘q.

‼️Eslatma: tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat oliy taʼlim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.


☝️ Jumladan, nodavlat oliygohlarning magistratura bosqichini tamomlagan bitiruvchilar uchun berilgan diplomlar ham Respublika hududida tan olinadi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61👎8🔥73
Xayrli kun! Ertalabdan yaxshi yangiligik

Men shu kanal adminiman. Bugun sizlarga naq 5 ta kitob sovg‘a qilishni niyat qildim, faqat arzimagan sharti bor. Bu haqida 222 ta 🔥 reaksiya yig‘ilsa aytaman...

P.S.: Kitob yutish imkoni tugadi va g‘oliblar aniqlandi.
🔥780👍40😁19🥰18👏14
2025/07/13 14:11:25
Back to Top
HTML Embed Code: