Telegram Web Link
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
🔖 “Ustoznoma” viktorinasi sertifikati tayyor!

🔵@bilimtanlovbot manziliga kirasiz;
🔵Botga /start buyrug‘ini berasiz;
🔵“Sertifikatni olish” tugmachasini bosasiz.

🔴Eslatma! Siz tanlov uchun qaysi ism-familiya bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, sertifikat o‘sha ism-familiyaga beriladi.
🔴Faqatgina test bo‘yicha kamida 35 ball olgan ishtirokchilar sertifikat olishi mumkin.

👉 @izzatxoja_asomiddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍134👏4
⚡️Bugun 6-yo‘nalish bo‘yicha roʻyxatdan oʻtishning so'nggi kuni

Bu tanlovda 56.7 va undan yuqori ball to‘plagan quyidagi ikki toifadagilar:

o‘qishga kirolmagan yoki
testga kirgan-u, OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar ishtirok etadi.

Bunda abituriyent bitta emas, 5 tagacha yo‘nalish tanlashi mumkin.

Tanlash bugun 3-oktyabrgacha, my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktyabrga qadar e’lon qilinadi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Ta’lim krediti olgan talaba o‘qishni tugatib ishga kirolmasa, kredit qanday to‘lanadi?

Qonunchilikka ko‘ra, ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Agar talaba o‘qishni tugatib ishga kira olmasa, unda qarzdorlik unga kafil bo‘lgan shaxsdan undiriladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👎7🤯2
Forwarded from Birga kitob o‘qiymiz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash_marosimi

📚 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida bo‘lib o‘tgan “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2025-yil davomida o‘tkazilgan 1-, 2-, 3-mavsum g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimidan videolavha!

✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Universitet bitiruvchilariga ehtirom ko‘rsatish

✔️“Biz bola kelganda ham unga ehtirom koʻrsatmaymiz, u bitirayotganda ham ehtirom koʻrsatmaymiz, keyin undan universitetimiz haqida yaxshi fikr umid qilib kutamiz. U notoʻgʻri!” – Abduqodir Toshqulov.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍9👏32🤝1
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talabalarga stipendiyalarni oshirish to‘g‘risida ma’lumot berdi

Prezidentning 2025-yil 2-iyundagi qaroriga asosan, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarida talabalar stipendiyasi 10 foizga oshirildi. Shu bilan birga, kontrakt narxlari o‘zgarmasligi e’lon qilindi.

Stipendiya miqdorlari quyidagicha belgilandi:

🔹 Davlat stipendiyasi: 2 410 695 so‘m

🔹 Nomli davlat stipendiyalari: 1 607 130 so‘m

🔹 Bazaviy stipendiya: 569 670 so‘m

🔹 Nogiron talabalar va yetimlar uchun stipendiya: 854 505 so‘m.

Siz necha pul stipendiya olasiz?


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💡 Talabalar uchun barcha sun’iy intellekt asosidagi tahlillar my.hemis.uz platformasida jamlandi.

🚛 HEMIS AI — bu talabalarning raqamli yordamchisi bo‘lib, o‘quv jarayonini chuqur tahlil qiladi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholaydi va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etadi.

➡️GPA tahlili — o'zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, rivojlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
➡️Davomat tahlili — darslarga qatnashish darajasini baholab, kechikish sabablarini tahlil qiladi.
➡️Dars jadvali tahlili — mashg‘ulotlar samaradorligini tahlil qilib, o‘quv jarayonini optimallashtiradi.
➡️Tavsiyaviy kurslar — talabaning qiziqishlari va o‘quv natijalariga mos tarzda Coursera platformasidan kurslarni tavsiya etadi
➡️Plagiat tekshiruvi — mustaqil ishlar, BMI hamda ilmiy ishlarning asl nusxada bo‘lishini ta’minlashga yordam beradi.
➡️Moliyaviy holat tahlili — shartnoma to‘lovlari, stipendiya va grantlar bo‘yicha aniq va tizimli tahlilni taqdim etadi.
➡️HEMIS Chatbot AI — foydalanuvchi so‘rovlarini tahlil qilib, tezkor va aniq javoblarni taqdim etadi.

HEMIS AI test sinovi shaklida quyidagi universitetlarda joriy etildi:
1. O‘zbekiston Milliy universiteti
2. "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti
3. Jizzax davlat pedagogika universiteti
4. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
5. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
6. Buxoro davlat universiteti
7. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
8. Termiz davlat universiteti
9. Xalqaro Nordik universiteti
10. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
11. Alfraganus university
12. Farg‘ona davlat universiteti
13. Qarshi davlat universiteti
14. Qo‘qon universiteti
15. Navoiy davlat pedagogika instituti
16. Samarqand davlat chet tillar instituti
17. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
18. Toshkent amaliy fanlar universiteti
19. Samarqand davlat tibbiyot universiteti
20. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Omonmisiz sinfdosh?

Sochingizga qo‘nibdimi oq,
Eslaysizmi so‘nggi qo‘ng‘iroq?
Yo‘lingizga baxt bo‘lsin yo‘ldosh,
Omonmisiz, aziz sinfdosh?

Videoni maktabni bitirib, talaba bo‘lganidan keyin yoki ish-joyli bo‘lib ketgan sinfdoshlarga yuborib qo‘ying.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
☑️Fizika bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofotiga Jon Klark, Mishel Devore va Jon Martinis sazovor bo‘lishdi.

Ular elektr zanjirida makroskopik kvant mexanik tunnellanish va energiya kvantlanishini kashf etgani uchun taqdirlanishdi.


Aniq fanlar yo‘nalishida o‘qiydigan talabalar bu olimlar nimani kashf etganini soddaroq tilda tushuntirib bersangizchi 😅

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍6🔥3👏2
📈 Muvaffaqiyat har doim ko‘rib turgan narsangiz emas.

Ba’zan kimdir tashqi tomondan juda omadli ko‘rinadi, ammo ichida hech narsa yo‘q. Kimdir esa sodda, oddiy ko‘rinadi, lekin uning mehnati va sabri ostida ulkan boylik yotadi.

📌 Shu bois odamlarni faqat ko‘rinishiga qarab baholamang. Haqiqiy qiymat – ko‘rinmaydigan chuqurlikda yashirinadi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏16👍7❤‍🔥4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 IMTIYOZLI TA’LIM KREDITI – TALABALAR UCHUN MUHIM MA’LUMOTLAR

Kontrakt to‘lovini amalga oshirishda qiynalayotgan talabalar imtiyozli ta’lim kreditidan foydalanishi mumkin.

☑️Kreditning asosiy shartlari:

➡️Yillik stavka – 13.5%–14% (Markaziy bank stavkasi pasaysa, kredit foizi ham pasayadi). Miqdori – yillik kontrakt summasi miqdorida.
➡️Faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun (davlat, nodavlat yoki xorijiy OTM).
“Superkontrakt” uchun berilmaydi (ular banklarning iste’mol kreditidan foydalanishi mumkin).
➡️Kredit talabaning daromadli oila a’zolari birgalikda rasmiylashtirishi mumkin.
➡️To‘lash boshlanishi – o‘qish tugaganidan 7 oydan keyin 7 yil mobaynida.
➡️To‘lash muddati – 7 yil (1-kurs talabasi uchun 11 yil 7 oygacha).
➡️2-kursdan boshlab baholar o‘rtachasi “3”dan past bo‘lsa – kredit shartnoma summasining 80% gacha beriladi.
➡️Xotin-qizlar uchun magistraturada davlat OTM kontrakt to‘lovi – to‘liq davlat hisobidan beriladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
🇺🇿 “Til bilimdonlari” respublika tanloviga start beramizmi?

Ushbu tanlov Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkaziladi, tashkilotchi o‘zimizni “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovidagi jamoamiz.

‼️Afsuski bu tanlovda hamma ham ishtirok etib, sovrin yuta olmaydi, chunki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nizomda faqatgina talabalar (bakalavr va magistrlar) hamda o‘quvchilar (kollej, litsey, texnikum) ishtirok etishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

♦️Lekin bu boshqalar umuman qatnashmasin, degani emas. Nizomga to‘g‘ri kelmaydigan statusdagilar o‘zlari uchun ishtirok etib, shunchaki bilimini sinab ko‘rishi mumkin (shunchaki hududiy bosqichda qatnashmaydi).

Lekin va’da beraman, ushbu tanlov yakunlanishi bilan xuddi “Ustoznoma” viktorinasi kabi hamma ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tanlov ham tashkil qilaman.


🗣Oldindan ogohlantiraman: “Nega hamma qatnasholmaydi, bu odam ajratishmi, boshqalar ham o‘zbek, ularni ham qatnashishga haqi borku” degan kommentlarni yozmanglar. Qonunchilikka ko‘ra har bir tashkilot faqatgina o‘z tizimi a’zolarini rag‘batlantirishi mumkin. Bu xuddi Paxtakor futbol klubi ming xohlagan taqdirda ham Qozog‘iston chempionatida qatnasha olmaydigandek gap.

Tanlovni kutayotganlar bitta 🔥, oldin ham shu tanlovda qatnashganlar ❤️‍🔥, endi 1-marta qatnashadiganlar 🤩, nizomga to‘g‘ri kelmasligidan afsusdalar 🌚 reaksiyalarini qoldiring.

👉 @izzatxoja_asomiddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥46🤩26❤‍🔥8😢4🌚4
Forwarded from QVZ | Rasmiy kanali
O‘zbekiston Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi taqdim etadi!

🔥 "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovi OLIY LIGASI 2025-yilgi mavsum CHORAK FINAL bosqichi bellashuvlari.

➡️ 22-27 OKTABR, 15:00
➡️ “TURKISTON” san’at saroyi

☎️ +998935470909

🕊Telegram 📺YouTube 📱Instagram 📱Facebook 🕊Twitter 📱TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿Sovrin jamg‘armasi 96 million so‘m bo‘lgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!

🏛 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Til bilimdonlari” respublika tanlovini eʼlon qiladi.
🟥Tanlovda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim muassasalari (bakalavr va magistr) talabalari hamda kollej, litsey va texnikum o‘quvchilari @tiluzbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.


Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🔵1-o‘rin – 8 million so‘m;
🔵2-o‘rin – 6 million so‘m;
🔵3-o‘rin – 5 million so‘m;
🔵4-o‘rin – 3 million so‘m;
🔵5-o‘rin – 2 million so‘m;

🗣Shuningdek, hududiy bosqich g‘oliblari ham o‘zi tahsil oladigan oliy talim muassasasi tomonidan mos ravishda 1-o‘rin bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari, 2-o‘rin 3 barobari va 3-o‘rin 2 barobari miqdorida pul yutuqlariga ega bo‘ladi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Aziz talaba-yoshlar, tanlovda faol ishtirok eting, o‘zbek tili bo‘yicha bilimingizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar qatoridan joy egallang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30🔥5🏆3👎2👍1
🌟 Hayotimizni o‘zgartiradigan oltin qoidalar

1️⃣ Shikoyat emas – yechim izlang.

2️⃣ Vaqtingizni boshqalar emas, orzularingiz belgilasin.

3️⃣ Kitob – eng yaxshi ustoz, sukut – eng yaxshi javob.

4️⃣ Kechiktirmang, “keyin” ba’zan hech qachon bo‘lib qoladi.

5️⃣ Yaxshi odamlar bilan bo‘ling, ular sizni yuksaltiradi.

6️⃣ Minnatdorlikni odat qiling – bor narsangiz ko‘payadi.

7️⃣ Har kuni kichik qadam tashlang, ular katta natijalarga olib keladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
29👏12❤‍🔥7👍5🤝3
2025/10/26 08:50:50
Back to Top
HTML Embed Code: