Telegram Web Link
Pedagogning maqomi to’g’risida.pdf
5.7 MB
⚡️“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi

2020-yil 28-noyabr kuni “Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, muhokamalar portaliga joylangandi.

Qonun loyihasi 3 yildan oshiqroq muhokama qilib kelindi. Qonun nihoyat bugun, 1-fevral kuni imzolandi.

🎓 @Talim_huquqi
Ta'lim Huquqi
Pedagogning maqomi to’g’risida.pdf
⚡️Pedagoglar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bilan bog‘liq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Sharipov Kongratbay Avezimbetovich oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Prezidentining tegishli farmoni imzolandi.

U bunga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori edi. Undan avval Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimlarida ishlagan. Batafsil biografiyasi...

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Stories qoʻyishimiz uchun oʻz hissangizni qoʻshing

1)
Avval Telegram ilovangizni yangilab oling;
2) Keyin ushbu havola orqali ovoz bering: https://www.tg-me.com/boost/Talim_huquqi

❗️Hozir faqat Premium obunachilargina 24 soatda bir marta ovoz berishlari mumkin.

🎓 @Talim_huquqi
#Videoselektor

⚡️Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

🎓 @Talim_huquqi
Ta'lim Huquqi
#Videoselektor ⚡️Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi. 🎓 @Talim_huquqi
⚡️Bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermaydi

Ko‘p oliygohlar kredit-modulga o‘tdi, lekin talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur.

Joriy yilda 122 ta yangi yirik loyiha boshlanadi. Bu – yaqin yillarda murakkab texnologiyada ishlay oladigan 10 ming muhandis va texnolog kerak, degani.

Lekin, oliygohlarda bunday mutaxassislarni tayyorlash 20 foizdan oshmayapti.

Bu borada “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini ham faollashtirish lozim. Xorijga ketgan talabalarning bor-yo‘g‘i 9 foizi muhandislik yoki texnologiyalar yo‘nalishida ekani qayd etildi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Prezident Administratsiyasi huzuriga oʻtkaziladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 116 ta oliygohni oʻrganib, ularni yiriklashtirish dasturini ishlab chiqish, ularga “milliy”, “davlatuniversiteti, akademiya yoki institut maqomini berishning aniq mezonlarini belgilash topshirildi.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Prezident Administratsiyasi huzuriga oʻtkazilishi va xorijda oʻqitish boʻyicha yangi tizim joriy etilishi belgilandi.

Jamg‘arma hisobidan yoshlarni chet elga o‘qishga yuborishda malakali va sifatli injener hamda texnologlar tayyorlashga ustuvorlik beriladi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Oʻqituvchi yoki boshqa biron shaxs darsga halal berishi yoki ta'lim oluvchilarni baholashga aralashishi ma'muriy javobgarlikga sabab bo'ladi.

❗️Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisdagi kodeksning 197-5-moddasiga muvofiq ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish ma'muriy javobgarlikga sabab bo'ladi.

Ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

🎓 @Talim_huquqi
Forwarded from Imtiyoz.uz
⚡️Turonbankdan imtiyozli taʼlim krediti

Krediti shartlari:

Foiz: 14%;
Muddati: oʻqish davri + 7,5 yil;
Miqdori: shartnoma asosida.

Batafsil: https://turonbank.uz/oz/private/crediting/kelazhak-talim-krediti

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Uchta OTM birlashtirildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibiga Toshkent moliya instituti va Fiskal instituti qo‘shib yuborildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib iqtisod fanlari doktori, professor Teshaboyev To‘lqin Zokirovich tayinlandi. U bunga qadar Toshkent moliya instituti rektori edi.

🎓 @Talim_huquqi
2023-4-son.pdf
5.9 MB
⚡️Oliy attestatsiya komissiyasi Bulletenining 2023-yil 4-soni eʼlon qilindi.
🎓 @Talim_huquqi
⚡️IT yo‘nalishida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi

Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni (PF-34-son, 07.02.2024-y.) imzolandi.

Bundan tashqari, mukofotini olish uchun talabgorning so‘nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi (ilgari 2 yil edi).

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Hozirga qadar lisenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzgani uchun 6 ta nodavlat oliy taʼlim tashkilotining tegishli litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizalari kiritilgan. Shundan 5 tasining tegishli litsenziyalari sud qaroriga ko‘ra bekor qilingan bo‘lsa, 1 ta nodavlat oliy taʼlim tashkilotining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqdaOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

⚡️Litsenziyasi bekor qilingan OTMlarining biron-bir talabasi ko‘chada qolmaydi. Batafsil...

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Litsenziyasi bekor qilingan OTMlarining biron-bir talabasi ko‘chada qolmaydi.

Litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlarining biron-bir talabasi ko‘chada qolmaydi. Barcha talabalarning arizasiga asosan o‘qishi belgilangan tartibda boshqa oliygohlarga ko‘chirilishi ta’minlanadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son Qarorga ko‘ra litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga belgilangan tartibda ko‘chirish huquqi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga berilgan.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Qishki "perevod" javoblari chiqdi

Uzrli sabablarga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, bahorgi semestrda o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati oliy ta’lim muassasalariga yuborilgan.

Ariza topshirgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga (OTM oʻquv boʻlimiga) bog‘lanishlari kerak.

🎓 @Talim_huquqi
Forwarded from Imtiyoz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Maktabga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevralda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Qashqadaryo viloyati hokimligi va Surxondaryo viloyati hokimligi belgilandi.

🎓 @Talim_huquqi
#Mening_maktabim

🇺🇿 Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahrida) davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida (51 mln so‘m) mablag‘ ajratiladi. Ushbu mablag‘ 5–11-sinf o‘quvchilari tanloviga ko‘ra elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktab uchun zarur tovarlarga sarflanadi.

🎓 @Talim_huquqi
2024/05/15 01:53:28
Back to Top
HTML Embed Code: