Telegram Web Link
Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo Ittifoqning 151-Assambleyasi doirasida Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik.

Uchrashuvda Toshkent deklaratsiyasining ijrosi va O‘zbekiston parlamenti hamda Parlamentlararo Ittifoq o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, 2026 yil sentyabr oyida Samarqand shahrida Yosh parlamentariylarning 12-Global konferensiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.

Bu tashabbus Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, yosh parlamentariylar uchun muloqot va hamkorlik maydonini yaratishga xizmat qiladi.

Martin Chungong mazkur kelishuvni O‘zbekiston va Parlamentlararo Ittifoq o‘rtasidagi ishonchli munosabatlarning mantiqiy davomi sifatida baholadi.

#IPU151 #OliyMajlisSenati #Samarqand #YouthParliament #ParlamentlararoIttifoq

@tanzilanarbaeva
👏13👍97
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo Ittifoqning 151-assambleyasi doirasida bir qator davlatlar parlament vakillari bilan samarali muloqotlar o‘tkazdik.

Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi “Xalq kuchi” partiyasi fraksiyasi rahbari Yun Je Ok bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, joriy yil dekabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi uchrashuviga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi Tashqi ishlar qo‘mitasi a’zosi Asuman Erdo‘g‘an bilan suhbatimizda Parlamentlararo Ittifoqning 2026-yil aprel oyida Istanbulda bo‘lib o‘tadigan 152-assambleyasi doirasida qo‘shma tadbirlar tashkil etish hamda kelgusi yil sentyabr oyida Samarqandda o‘tkaziladigan Yosh parlament a’zolarining 12-Global konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, Sloveniya parlamentining Tashqi siyosat qo‘mitasi raisi Predrag Bakovich bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning izchil rivojlanayotgani ta’kidlandi. Do‘stlik guruhlari faoliyatini faollashtirish, ijtimoiy himoya, gender tenglik va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish borasida fikr almashdik.

Bunday muloqotlar mamlakatlarimiz parlamentlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatlarni mustahkamlab, konstruktiv hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

#IPU151 #Senat #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍7🤝6👏1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Jeneva shahrida Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha XMT mintaqaviy byurosi direktori Beata Andres bilan uchrashdik. Suhbatda mehnat qonunchiligini XMT tavsiyalari asosida takomillashtirish va amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi.

Beata Andres davlat tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan siyosatni yuqori baholadi. U, shuningdek, Yuriy Shterkning milliy koordinatori etib tayinlanishi va O‘zbekistonda XMT mamlakat ofisini ochish tashabbusini uzoq muddatli hamkorlikda muhim qadam sifatida qayd etdi.

Uchrashuvda 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Munosib mehnat bo‘yicha milliy dasturini tayyorlash, shuningdek, ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va mehnat inspeksiyasi mutaxassislarining malakasini oshirishda hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

#IPU151 #Senat #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👏9👍4🤝4
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bahraynda o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan velosportchi qizimiz Gulhayo Sattorovani oltin medalni qo‘lga kiritgani bilan chin dildan tabriklayman!

Gulhayoning bu yorqin g‘alabasi — sportchi qizlarimizning irodasi, matonati va fidoyiligi, shuningdek, yurtimizda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor hamda yaratilayotgan keng imkoniyatlarning amaliy samarasidir.

Ushbu yutuq qizlarimiz uchun katta ilhom manbai bo‘lib, yurtimiz bayrog‘ini xalqaro arenalarda yanada balandroq hilpiratishlariga turtki bo‘lishiga ishonaman.

Gulhayo Sattorovaga va barcha yosh sportchilarimizga yangi zafarlar, kuch-g‘ayrat va yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#velosport

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19👏107🔥3🤝1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan samarali suhbat o‘tkazdik.

Muloqotimiz chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va ishonch asosidagi munosabatlar izchil rivojlanayotganligi mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Serbiya Prezidenti O‘zbekistonda Davlatimiz rahbarining oqilona siyosati natijasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuksak baholadi, shuningdek, mamlakatimiz tashqi siyosatda faol tashabbuskorlik namoyon etayotganini va iqtisodiy o‘sish sur’atlari tobora ortib borayotganini alohida e’tirof etdi.

Uchrashuvda Janubi-Sharqiy Yevropadagi muhim hamkorimiz bo‘lgan Serbiya bilan aloqalarni strategik sherikchilik darajasida davom ettirish va siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildik.

Suhbatimiz davomida parlamentlarning o‘rniga alohida urg‘u berildi. Parlamentlararo aloqalar va do‘stlik guruhlari faoliyatini yanada faollashtirish hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini samarali ta’minlashda parlament nazoratini kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar ikki xalq manfaatlariga xizmat qilishini e’tirof etib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga birgalikda intilishimiz lozimligini qayd etdik.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍109👏4🤝2
2025/10/31 05:00:04
Back to Top
HTML Embed Code: