Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAMANGAN: O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA O‘RGATISH TAJRIBASI

Namangan shahridagi 53 ta maktabning har birida bu borada o‘ziga xos tashabbus yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayniqsa, tajribali maskan sifatida tanlab olingan 88-umumta’lim maktabidagi jarayonlar e’tirofga loyiq.

Mazkur ilm dargohi 10-sinf o‘quvchilarining 27 nafari huddiy korxonalarga tikuvchilik, zamonaviy mebel jihozlari yasash sohalariga shartnoma asosida biriktirilgan bo‘lib, hozirda ularning 16 nafari shu yo‘nalishlarda oyiga 2,5 -3,5 mln so’m atrofida daromad topmoqda.

Shahar maktablarining 10-sinflarida ayni paytda jami 5800 nafar o‘quvchi tahsil olib, ular ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnoma, tahlil va o‘rganishlar natijasida 2897 nafari yoki 49.9 foizi oliy ta’limga kirish istagini bildirgan bo‘lsa, 2903 nafari yoki 50.1 foizi kasb-hunarga qiziqishini ma’lum qilgan.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
⚡️UMUMTA’LIM MAKTABLARI MAS’ULLARI UCHUN “INKLYUZIV TA’LIM: BARCHA BOLALAR UCHUN TЕNG IMKONIYATLAR” MAVZUSIDA SЕMINAR TASHKIL ETILDI

Kuni kecha Guliston shahridagi 16-umumta’lim maktabida “Inklyuziv ta’lim: barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar” mavzusida seminar o‘tkazildi.   Ushbu tadbirda Boyovut, Guliston tumanlari hamda Guliston shahridagi umumta’lim maktablarining direktorlari, psixologlar va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish respublika tashxis markazi metodisti Mastura Talipova O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni tashkil etishning nomativ-huquqiy asoslari, inklyuziv ta’limning maxsus ta’limdan farqi va afzalliklari, bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi inklyuziv sinflarga jalb etish bo‘yicha yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumotlar berdi.      

📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇
💬
Telegram | 🌐 Facebook
🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
O'quvchilarni kasbga yo'naltirishda Germaniya bilan hamkorlik rivojlanmoqda

♻️ Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda O'zbekistondagi Gyote instituti bilan hamkorlikda o'quvchilarni kasbga o'qitishni qo'llab-quvvatlash maqsadida yurtimizdagi 3 ta maktabga zamonaviy tikuv mashinalari yetkazib berilgan edi.

Kuni kecha mazkur maktablardan biri — Xorazm viloyati, Urganch shahridagi 19-maktabga Germaniyaning Saksoniya federal yeridan tadbirkorlar, soha mutaxassislari tashrif buyurdi.

❇️ Tadbirda o'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha Germaniya tajribasi hamda bugungi kunda Germaniyada aktual bo'lgan kasblar haqida ma’lumot berib o‘tildi.

Joriy yilning 29-may kuni GIZ va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda "Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va oʻqitishda zamonaviy tendensiyalar" mavzusida xalqaro seminar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu haqida keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/17 08:03:35
Back to Top
HTML Embed Code: