Telegram Web Link
🐾 Toshkent hayvonot bog‘ida ko’rgazmali oziqlantirishlar 🐾

🦌 11-avgust, 10:00 — tuyoqlilar, dog’li kiyiklar.

🐻 12-avgust, 11:00 — yirtqichlar, himoloy ayig‘lari.

🐍 12-avgust, 14:00 — terrarium, Nil timsoqchalari va to‘rli piton.

🐠 13-avgust, 11:00 — akvarium, murenalar.

🦅 13-avgust, 16:00 — yirtqich qushlar, tasqaralar.

🪹 14-avgust, 11:00 — qushlar, emu.

🪶 15-avgust, 11:00 — suv qushlari, oqqushlar va ibislar.

Keling, juda qiziqarli bo‘ladi! 😊

_____


🐾 Показательные кормления в Ташкентском зоопарке 🐾

🦌11 августа, 10:00 — копытные, пятнистые олени.

🐻12 августа, 11:00 — хищные, гималайские медведи.

🐍12 августа, 14:00 — террариум, нильские крокодильчики и сетчатый питон.

🐠13 августа, 11:00 — аквариум, мурены.

🦅13 августа, 16:00 — хищные птицы, грифы.

🪹14 августа, 11:00 — птицы, эму.

🪶15 августа, 11:00 — водоплавающие птицы, аисты и ибисы.

Приходите, будет интересно!😊
20👍9🔥7🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📸 Mustaqillik kuniga bag’ishlangan FOTOTANLOV! 🇺🇿
Toshkent hayvonot bog‘ida “Men yozni qanday o’tkazdim” 🐾🌞

Yoz fasli tugab bormoqda. Eng yorqin xotiralarni saqlab qolish vaqti!

Hayvonot bog‘iga tashrif buyuring, yorqin va ijodiy suratlar oling hamda tanlovda ishtirok eting!
Yozgi hayvonot bog‘ini sizning nigohingizda ko’rishni va ajoyib sovg‘alar ulashishni istaymiz! 🎁


💡 Qanday suratlar mos keladi:
— sevimli jonivorlaringiz yonida
— yangi volyerlar yoki hayvonot bog’i kxaritasi fonida
— O‘zbekiston bayrog‘i yoki milliy kiyimda 🇺🇿
— hayratli, quvonchli onlar aks ettirgan suratlar
— hayvonot bog‘idagi sevimli joyingizda — sharshara, skameyka, kirish arkasi va h.k.

📌 Shartlar:
— Surat 2025-yil yozida Toshkent hayvonot bog‘ida olingan bo‘lishi kerak
— Qoidalarni buzmang: hayvonlarga tegmang, to‘siqlardan o‘tib ketmang
— Ismingiz, yoshingiz va suratni bizning direct’ga yuboring

📊 Ovoz berish Telegram kanalimizda bo‘lib o‘tadi
Suratlarni qabul qilish — 28-avgustgacha
🏆 Natijalar — 30-avgust kuni

🎁 SOVG‘ALAR:
🥇 1-o‘rin — Amazfit Pop 3R aqlli soati
🥈 2-o‘rin — Xiaomi Bluetooth Mini Speaker simsiz kolonka
🥉 3-o‘rin — Redmi Buds 6 Active quloqchinlari

Toshkent hayvonot bog‘ida o‘tgan yozingizni — iliq, quvonchli va kashfiyotlarga boy bo‘lgan onlaringizni bizga ko‘rsating! 💛🐒
🤩9🎉5🔥31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yirtqich hayvonlar, masalan, itlar va mushuklar, o’tni ochlikni qondirish uchun emas, balki oshqozon va ichakni tozalash, shuningdek, ayrim foydali moddalar tanqisligini bartaraf etish uchun iste’mol qiladilar.

Yirtqichlar nima uchun o‘t yeydi:
Oshqozon va ichakni tozalash: O‘t qusishni qo‘zg‘atadi, bu esa oshqozonda to‘plangan tuklar, hazm bo‘lmagan ovqat yoki begona jismlardan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Hazmni yaxshilash: O‘t tarkibidagi tolalar ichak peristaltikasini faollashtiradi va qabziyatda yordam beradi.
Yetishmayotgan vitamin va mikroelementlarni olish: Ba’zi o‘tlar B guruhi vitaminlari, C, E vitamini, foliy kislotasi va foydali mikroelementlarga boy bo‘ladi.
Zaharli moddalarni chiqarish: O‘t qusishni qo‘zg‘atib, organizmdan toksinlarni chiqarishga yordam beradi.
Kayfiyatni yaxshilash: Ba’zan o‘t yeyish hayvonlarga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Muhimi, har qanday o‘t ham foydali emas. Ba’zi o‘simliklar hayvonlar uchun zaharli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun faqat maxsus hayvonlar uchun mo‘ljallangan yoki uyda yetishtirilgan o‘tlarni berish tavsiya etiladi.

____


Хищники, такие как собаки и кошки, едят траву не для того, чтобы утолить голод, а для очищения желудка и кишечника, а также для восполнения дефицита некоторых питательных веществ. 

Зачем хищники едят траву:
Очищение желудка и кишечника: Трава помогает вызвать рвоту, что позволяет избавиться от шерсти, накопившейся в желудке, а также от непереваренных остатков пищи или инородных тел. 
Улучшение пищеварения: Клетчатка, содержащаяся в траве, улучшает перистальтику кишечника и помогает при запорах. 
Получение недостающих витаминов и микроэлементов: Некоторые травы содержат витамины группы В, С, Е, а также фолиевую кислоту и микроэлементы, которые могут быть полезны для здоровья. 
Помощь при отравлении: Трава может помочь вызвать рвоту и вывести из организма токсины. 
Улучшение настроения: Употребление травы может оказывать успокаивающее действие на животных. 
Важно помнить, что не вся трава полезна для хищников. Некоторые растения могут быть ядовитыми. Поэтому рекомендуется давать животным только те травы, которые специально предназначены для них или выращены в домашних условиях
👍29💯6🥰42❤‍🔥2
Черногривый львенок🦁
📸Александр Жудро.

___


Qora yolli sher bolasi 🦁
📸Aleksandr Judro
32🔥12🥰7👍2🤗1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent hayvonot bog‘ida katta qiziloyoqning oyog’i sinib, operatsiya qilindi. 🥹

Veterinarlar jarohatini tikib, qulay sharoit yaratishdi. Hozir patli bemorimiz o‘zini ancha yaxshi his qilmoqda 😊

💡 Katta qoziloyoq o‘z nomini juda uzun va nozik oyoqlari tufayli olgan — ular tanasidan 2–3 baravar uzun bo‘lishi mumkin! Bunday oyoqlar unga sayoz suvda bemalol yurib, patlarini ho‘llamasdan ozuqa topish imkonini beradi.

Nozik bemorimizga tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz! 💚

____


В Ташкентском зоопарке провели операцию ходулочнику — у птицы был открытый перелом лапки.🥹

Ветеринары зашили рану и обеспечили комфортное восстановление. Сейчас пернатый пациент чувствует себя намного лучше😊

💡 Ходулочник получил своё название благодаря невероятно длинным и тонким ногам — они могут быть в 2–3 раза длиннее тела! Такие лапы помогают ему уверенно шагать по мелководью и добывать пищу, не замочив перья.

Пожелаем скорейшего выздоровления нашей изящной пациентке! 💚
36🙏20🔥2😭2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Putri barchani Butunjahon fillar kuni bilan tabriklaydi! 🐘💚

Bugun, 12-avgust kuni, butun dunyo sayyoramizdagi eng yirik quruqlik hayvonlari — fillar haqida gapiradi.
Bu ulkan jonivorlar nafaqat o‘zining hajmi bilan (kattalarining vazni 5–6 tonnagacha yetadi), balki aql-zakovati, hamdardlik qobiliyati va mustahkam oilaviy rishtalari bilan ham hayratga soladi.

Toshkent hayvonot bog‘ida haqiqiy yulduz yashaydi. Bizning Osiyo fili Putri. Bizda 21 yildan beri yashaydi. 2004-yilda Malayziyadagi Zoo Melaka’dan keltirilgan.

Har kuni Putri muvozanatli taomlar: o‘nlab kilogramm yangi sabzavotlar, mevalar va o‘tlar, shuningdek don va dukkaklilardan tayyorlangan bo‘tqalar yeydi. Ayniqsa tarvuz, banan va makkaj‘xorini 🌽 juda yaxshi ko‘radi.

Putrining o‘z odatlari bor: u iliq suvda cho‘milishni afzal ko‘radi, so‘ng quyosh va hasharotlardan terisini himoya qilish uchun o‘zini pichan yoki chang bilan qoplaydi.

Butunjahon fillar kuni — soni kamayib borayotgani va biz ularni hamda yashash muhitini asrashimiz kerakligini eslatadi.

Keling va Putri bilan shaxsan tanishing — u mehmonlarni yaxshi ko‘radi va yangi do‘stlarga doimo xursand bo‘ladi!

____


Путри поздравляет всех с Всемирным днём слонов! 🐘💚

Сегодня, 12 августа, весь мир говорит о самых крупных сухопутных животных планеты — слонах.
Эти великаны не только поражают своим размером (вес взрослой особи может достигать 5–6 тонн), но и удивляют интеллектом, способностью к сопереживанию и крепкими семейными связями.

В Ташкентском зоопарке живёт настоящая звезда — наша азиатская слониха Путри. Она обитает у нас уже 21 год, приехав в 2004 году из Zoo Melaka (Малайзия).

Каждый день Путри получает сбалансированное меню: десятки килограммов свежих овощей, фруктов и трав, каши из злаков и бобовых. Особенно любит арбузы, бананы и кукурузу 🌽.

У Путри есть свои привычки: купаться она предпочитает в тёплой воде, а после — обсыпаться сеном или пылью, чтобы защитить кожу от солнца и насекомых.

Всемирный день слонов — это напоминание о том, что популяция этих животных сокращается, и мы должны беречь их и их среду обитания.

Приходите познакомиться с Путри лично — она любит гостей и всегда рада новым друзьям!
44❤‍🔥8👍7😍5🥰3🎉1🙏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐺 Bo‘ri — erkinlik va sadoqat timsoli

Bugun butun dunyo bo‘rilar kunini nishonlaydi. Ular asrlar davomida afsonalar, qo‘shiqlar va rivoyatlarga ilhom berib keladi. Bo‘rilar oilaviy yashaydi, ularning to‘dalari esa haqiqiy ahil jamoa bo‘lib, har biri o‘z o‘rnini biladi. Bo‘rilar juftini butun umrga tanlaydi, bolalarga g‘amxo‘rlik esa butun to‘daning umumiy ishi hisoblanadi.

Toshkent hayvonot bog‘ida to‘rtta bo‘ri yashaydi.
Uch nafari — cho‘l bo‘rilari bo‘lib, O‘rta Osiyodagi dasht va cho‘llarda uchraydi 🏜. Ular shimoliy qarindoshlariga qaraganda kichikroq, junlari esa qisqa va sarg‘ish-jigarrang rangda — quruq o‘tlar orasida a’lo darajada niqob bo‘lib xizmat qiladi. Bu — Liza, Bonya va Kirill. Lizaning yoshi 15,5 da — bu bo‘ri uchun juda katta yosh hisoblanadi. U guruhdagi eng kattasi bo‘lib, donoligi va tajribasi bilan hurmat qozongan. Rasmiy yetakchi bo‘lmasa-da, aynan unga boshqalar quloq soladi.

To‘rtinchisi esa — kanada bo‘risi Iga. Odatda uning qalin juni tug‘ilgan o‘lkasidagi qorli o‘rmonlar va sovuq qishlarni eslatadi, lekin hozir, yozda, bo‘rilar junini to‘kadi va qalin qishki tuklarini tashlab yuboradi. Issiqga moslashish uchun juni siyrakroq va qisqaroq bo‘lib qoladi.

Bo‘rilarni momiq va junli, chiroyli ko‘rmoqchimisiz? Unda hayvonot bog‘iga kech kuzda yoki qishda tashrif buyuring. Hozir esa ularning yozgi qiyofasidagi chiroyi va odatlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin. 😊

_____


🐺 Волк — символ свободы и верности

Сегодня весь мир отмечает Всемирный день волков — животных, которые веками вдохновляли легенды, песни и мифы. Волки живут семьями, а их стаи — настоящие сплочённые коллективы, где каждый знает своё место. Пары у волков образуются на всю жизнь, а забота о детёнышах — общее дело всей стаи.

В Ташкентском зоопарке живут четыре волка.
Три из них — пустынные, обитатели степей и пустынь Средней Азии 🏜. Они меньше своих северных родственников, а их шерсть короткая, серовато-рыжего цвета — отличная маскировка в сухой траве. Это Лиза, Боня и Кирилл. Лизе уже 15,5 лет — и это очень солидный возраст для волка. Она старшая в компании, заслужила уважение своей мудростью и опытом, и хотя формального вожака у них нет, именно к ней прислушиваются.

Четвёртая — канадская волчица Ига. Обычно её густой мех напоминает о заснеженных лесах и морозных зимах родины, но сейчас, летом, волки линяют, сбрасывая густой зимний подшёрсток. Их шерсть становится более редкой и короткой — адаптация к жаре.

Хотите увидеть волка во всей пушистой красе? Приходите в зоопарк поздней осенью или зимой. А пока можно насладиться их грацией и повадками в летнем образе.😊
29👍8🥰6🙏1
Toshkent hayvonot bog’ining yenoti🦝
📸Aleksandr Judro.

_______


Енот-полоскун Ташкентского зоопарка🦝
📸Александр Жудро.
35🥰7❤‍🔥4👍2🙏1
2025/10/25 19:38:01
Back to Top
HTML Embed Code: