#tashrif
Politexnikumlarga metodik va moddiy-texnik yordam ko'rsatiladi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yiI 16-oktabrdagi PF-158-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan 2025-yilning 26-may kuni o‘tkazilgan “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Respublika televideniye va radio texnikumi boʻyicha” yigʻilishning 41-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida TATU rahbariyati boshchiligida ishchi guruh Respublika televideniye va radio texnikumiga tashrif buyurib, texnikumdagi mavjud holat va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
🗒 Tashrif jarayonida texnikumga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, kelgusida bajariladigan aniq vazifalar belgilandi.
✈️ @taturektori
Politexnikumlarga metodik va moddiy-texnik yordam ko'rsatiladi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤3😁1🕊1🤝1
#TATU_Nurafshon
#Bitiruvchi_2025
#Ilk_qaldirgʻochlar
🏛 Bugun – tarixiy sana! TATU Nurafshon filiali o‘zining birinchi bitiruvchilarini katta faxr va iftixor bilan hayotning yangi bosqichiga kuzatdi.
Bugun Filialimiz ilk qaldirg'ochlarini kuzatish kechasi bo'lib o'tdi. Filial rahbariyati, professor-o'qituvchilar bitiruvchi talabalarimiz hamda ularning ota-onalari jam bo'lgan ushbu tantanali tadbirda ilk bitiruvchilarimizga ilk bakalavrlik ramziy diplomlarini topshirdik.
🎉 Universitet jamoasi nomidan sizlarni chin qalbimdan tabriklayman! Kelayotgan hayot yo‘lingizda omad, mustahkam iroda va yuksak marralarni tilab qolaman. Sizlar bizning faxrimizsiz! Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!
✈️ @taturektori
#Bitiruvchi_2025
#Ilk_qaldirgʻochlar
Bugun Filialimiz ilk qaldirg'ochlarini kuzatish kechasi bo'lib o'tdi. Filial rahbariyati, professor-o'qituvchilar bitiruvchi talabalarimiz hamda ularning ota-onalari jam bo'lgan ushbu tantanali tadbirda ilk bitiruvchilarimizga ilk bakalavrlik ramziy diplomlarini topshirdik.
Ilk qadamlar har doim muhim va mas’uliyatlidir. Sizlar bu yo‘lda fidoyilik, sabr-toqat va intilish bilan harakat qilib, bugungi kunga yetib keldingiz. Bugun qo‘lga kiritgan diplomlaringiz sizning mehnatingiz, orzu va maqsadlaringizning ilk mevasi bo‘lib xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤4🎉2🤝1
#xavfsiz_shahar
#hamkorlik_memorandumi #dolzarb90kun
“Xavfsiz shahar” markazi direktori U.Kulanov universitetda amalga oshirilayotgan ishlar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning bilim olishlari va tajriba almashishlari uchun zamonaviy tarzda jihozlangan o‘quv xonalari bilan tanishdi, shuningdek, "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida bitiruvchi talabalarni ishga jalb qilish bo'yicha suhbat tashkil etildi hamda undan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar Markazga ishga taklif qilindi.
🖋 Tashrif so‘ngida o‘zaro hamkorlikda ilmiy va ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish, sohaga oid qo‘llanma, mobil ilovalar ishlab chiqish, tadqiqot va loyihalar ustida izlanishlar olib borishga kelishildi.
🚀 Telegram 📷 Instagram 🎬 You Tube 🔵 Facebook ✅ Tuit.uz
#hamkorlik_memorandumi #dolzarb90kun
“Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandiJoriy yilning 4-iyun kuni universitetimizga “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi rahbariyati tashrif buyurdi. Tashrif davomida sohada kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish, xorijiy ekspertlar bilan uzviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan muayyan yo‘nalishlarda malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, Xalqaro miqyosdagi ekspertlar ishtirokida ma’ruzalar tashkil etish kabi qator masalalar muhokama qilindi.
“Xavfsiz shahar” markazi direktori U.Kulanov universitetda amalga oshirilayotgan ishlar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning bilim olishlari va tajriba almashishlari uchun zamonaviy tarzda jihozlangan o‘quv xonalari bilan tanishdi, shuningdek, "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida bitiruvchi talabalarni ishga jalb qilish bo'yicha suhbat tashkil etildi hamda undan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar Markazga ishga taklif qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👌1
#XalqaroForum #XalqaroHamkorlik
Kuni kecha Samarqand shahrida Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy hududlararo anjumani doirasida “Ta’lim, fan va texnologiya sohasida innovatsion hamkorlik” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
🗒 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Shensi va Tsinxay viloyatlarining ta’lim departamentlari rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoyning 20 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari vakillari ishtirok etdilar.Forum doirasida “Muhandislik sohasida ta’lim va kadrlar tayyorlashda hamkorlik” mavzusida xalqaro sessiya tashkil etildi. Ushbu sessiyada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ham faol ishtirok etdi. Shu bilan bir qatorda forum doirasida tashkil etilgan “Study in Uzbekistan” va “Study in China” ko‘rgazmalari doirasida ikki davlatning yetakchi universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar, ta’lim dasturlari hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlari namoyish etildi.
📈 Ushbu forum O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim va ilmiy sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish va ilmiy salohiyatni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

👍11👌1🤝1