Telegram Web Link
Forwarded from Lola Animation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Lola Animation'da Premyera: 3 yillik mehnat, 3 ta multfilm va to‘lib-toshgan zal

🎉 Lola Animation studiyasi 3 yillik tinimsiz mehnat natijalarini katta sahnada taqdim etdi. 12-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda 1800 kishiga mo'ljallangan zalda o'tkazilgan premyeraga 2000 dan ortiq mehmon tashrif buyurdi.

🎢 Tadbir davomida “Baxt Ulashing”, “Lulu va Nana” hamda “Vaqtlararo Sayohat” multfilmlari katta ekranlarda namoyish etilib, tomoshabinlarning e'tiborini tortdi.

🇰🇿 Qozog‘istonning "Ara" studiyasi vakillari ham tadbirda ishtirok etib, Lola Animation’ning ijodiy ishlari va tashkil etilgan premyera haqida o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.

Tomoshabinlar, ayniqsa ota-onalar, multfilmlarning mazmunli va tarbiyaviy jihatlariga katta ahamiyat berib, ular farzandlariga ushbu multfilmlarni ishonch bilan ko‘rsatishlarini ta’kidladilar.

Siz premyerada bo‘ldingizmi?

Tadbir haqidagi fikrlaringizni biz bilan bo‘lishing! Farzandingizga qaysi multfilm ko‘proq yoqdi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring! 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥48👍254🤩2🤯1🏆1
Channel photo updated
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍164🔥41🤩24👏9😁74
Ijtimoiylashuv — tarmoqda emas, reallikda

Odatda yon-atrofimdagi yoshlardan kimdir ijtimoiy tarmoqlardan ko’p foydalansa nasihat ma’nosida, hozir kerak emasligi, o’chirish kerakligini aytardim. Sababi, o’rganishi kerak bo’lgan narsalar ko’pligi, bu narsalar yoshlikdagi ko’p vaqtni sezdirmasdan olib qo’yishini bildirardim.

Kecha, o’zimni nasihatimga o’zim ham amal qilib, barcha ijtimoiy tarmoqlarimni o’chirib yubordim. Yuz mingdan ortiq obunachisi bor instagram sahifamni ham. Rosti oson bo’lmadi, bu qarorga kelguncha bo’lgan muddat ham ko’p vaqtni oldi. Yil boshidan beri bu haqida o’ylashni boshlagan edim aslida.

Nima uchun?

Sabablar bisyor, eng asosiysi, vaqt men uchun eng qimmat, topilmas, takrorlanmas, qayta kelmas mezonga aylandi. Musulmon bir farzand o’laroq qilishimiz kerak bo’lgan juda ko’p ishlar oldida, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni o’zimga chekladim. Chunki o’tayotgan vaqt emas, bu umrdir.

Keraksiz bahslar, (zotan, men ularda ishtirok etmasamda, ruhiyatga ta’sir qilardi) tortishuvlar, ko’z-ko’z qilishlar, ko’proq like, izoh uchun hamma narsaga tayyor odamlar, istar-istamas o’zim istamagan narsalarga ko’zim tushib qolishi ham meni ijtimoiy tarmoqlardan chiqib ijtimoiylashishimga sababchi bo’ldi.

Instagramda kuzatadiganlar biladi, hayotimdagi yaxshi lahzalarni, challenge’larni storieslar orqali yoritib borardim, endlikdagi telegram orqali siz bilan ko’proq bo’lishga, post va storieslar joylashga harakat qilaman.

Quyidagi link orqali storieslar imkoniyati ochilishi uchun kanalni qo’llab-quvvatlashingiz mumkin:

https://www.tg-me.com/boost/temurbek_adhamov
👍82🔥2512👏8🏆5
Dardimiz bir

Hayotimda eng yoqtirmaydigan narsam bu pul, obro’, martaba uchun do’st orttirish. Hech qachon bu kabi vajlar yuzasidan kimsa bilan do’stlashmaganman. Shunday narsalar uchun do’stlashishni istaganlarni o’zimdan doim uzoqlashtiraman.

Insonlarni o’zimga yaqin olishda menda bir oltin qoida bor, dinim uchun do’st bo’laman va unga ko’ra uzoqlashaman.

Dinim uchun deganda, insonning ruhiyati, dinini to’liq anglashi, niyati ham, amali ham so’zlariga to’g’ri kelishi, keng fikrli bo’lishi, nasihat qilsa qabul qilishi, mol-dunyosi bo’lsa o’zini yo’qotmagan bo’lishi kabi filtrlar birinchi o’rinda ishlaydi )

Do’stlarimga doim aytadigan bir gapim bor, bu “dardimiz bir” jumlasi. Aslida tag zamirida katta ma’no ifodalaydi bu so’zlar.

Yon atrofingizga dardingiz bir bo’lgan insonlarni yig’ing, ular bilan birga rivojlaning, bir-biringizga nasihat qiling, bir-biringizni yaxshilikka chaqiring, yomonlikdan qaytaring!

Ne’matlar ichida eng yaxshi ne’matlardan biri bu solih do’stdir.
168👍85🔥16🏆11🥰3😢3
Bugun Robbit loyihasi uchun 3 ta mavzuda syomka qildik. Kunimiz syomka bilan o’tdi. 3 ta mavzu bular, muhandislik, robototexnika va Teknofest bo’yicha uzoq va batafsil gaplashdik. O’zim uchun spikerlardan juda ko’p narsani o’rgandim. Youtubega e’lon qilinganda bo’sh vaqt topib tomosha qilishni tavsiya qilaman, ayniqsa yoshlarga, ota-onalarga.

Ushbu ko’rsatuvlarda qatnashgan spikerlarga, shu bilan birgalikda ideal darajadagi syomka uchun Abdurahmon boshchiligidagi media jamoaga, barcha koordinatsion jarayonlarni bajargan, spikerlarni o’rganib savollar tuzgan Robbit loyihasi marketing team leaderi Shahlo va Youtube koordinator Alijonlarga tashakkur bildiraman!

Youtube sahifamiz: https://youtube.com/@robbituz?si=IJO55SSllST3yHDb
👍48🔥116🤩6👏2🏆1
Filtri yo’q

Insoniyatda bir toifa bor, pul uchun hammasiga rozi. O’zi noto’g’ri deb bilgan narsa bo’lsa ham, “endi ilojim yo’q edi-da”, deb o’sha amalni bajarib ketaveradi. Men shu kabi insonlarni ko’rsam filtri yo’q, deb atayman. Sababi bu kabi insonlarda prinsip yo’q, prinsiplari prinsipsizlik ustiga qurilgan.

O’zi dindor, lekin dinini mazaxlovchi, ustidan kuluvchi odamga twitterda borib yalloqilik qiladi. 2 so’m bersa, noto’g’ri deb bilgan narsasini ham bajaradi. Sizga yoqish uchun, pul topish uchun barcha ilmini unutadi. Hayosizlikni tarmoqlarga joylab, like olishdan zavqlanadi. Biladi, lekin amal qilmaydi yoki beamal kabi hammaga suykaladi.

Bu kabi “filtri yo’q” odamlardan uzoq yuring, agar oldingizda bo’lsa, nasihat qiling, amal qilmasa, oldidan keting. Sizni o’ziga tortib ketish ehtimoli bor.

Filtringiz joyidami, qalbingiz bilan gaplashib ko’ring.
🔥120👍4415👏6😢3🏆3
Bardavomlik

Robbitning Xadra filialiga qachonki borsam shu bolani coworking zonada robotlar yasab o’tirganini ko’raman. Ustozlaridan surishtirsam, guruhdagi eng yaxshi o’quvchilardan biri ekanligi, intizom, xulq bo’yicha ham boshqalarga o’rnakligi haqida aytishdi. Kecha yaqindan tanidim, ismi Umar ekan. O’ylaymanki, bardavomlik Umarni yana-da rivojlantiradi.

Tajribamdan kelib chiqib bir narsani aytishim kerak, ko’plab iqtidor sohiblari, o’z zehni, qobiliyatlariga ishonib dangasalik qilishdi. Yana shunday insonlar borki, bardavomlik ularni yuksaltirdi. Sohasining haqiqiy mutaxassisi bo’lishiga olib keldi. Bardavomlik, sabr, insonga berilgan yaxshi ne’matlardan biri bo’lsa kerak.

Umarni tarbiya qilayotgan ota-onasi va ustozlarga tashakkur bildiraman. Umar kelajakda millatiga, vataniga, diniga xizmat qiluvchi yigitlardan bo’lsin!
🔥161👍5617👏4🥰1
Xiyonat

Jamoam bilan suhbatda, agar ularni mayda masalalar yuzasidan tortishayotganini ko’rsam, ko’p takrorlaydigan bir gapim bor, “Xiyonatdan boshqa barchasini kechirsa bo’ladi”. Ishda, hayotda, do’stlar davrasida xato bo’lishi, qasddan qilinmagan katta-yu kichik muammolar bo’lishi odatiy jarayon.

Aslida insonga eng og’ir botadigani bu xiyonat, chunki u begona insondan sodir bo’lmaydi. Begona insondan sodir bo’lganda xiyonat bo’lmasdi.

Xiyonat men uchun keng tushunchaga ega. Xiyonat bu:

— Sen unga ishonib turganingda, seni aldashi, xoh so’z bilan, xoh amal bilan, xoh qalb bilan;

— Seni o’ziga do’st deb aytib, sen g’iybat qilingan joyda uning sukut saqlashi;

— Senga yoqmaydigan, seni qalbingga og’ir keladigan amalni bilib turib senga ko’rsatib bajarish;

— Xiyonat sodir bo’lganda bilasangki, ichingda nimadir uziladi, qalbingni jarohatlaydi, u tomonga gapirish uchun na bir so’z va na luqma topa olmaysan. Aslida eng yaxshi javob sukut bo’lsa kerak…

Yaxshimi, yomonmi bir odatim bor, xiyonatni kechira olmayman. To’g’rirog’i qalbim baribir avvalgidek u insonni o’ziga yaqin ololmaydi. Balki, o’zgarishim kerakdir, bilmadim.
👍16337🔥25😢19👏7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥98👍2914🏆14🤩7👏4
Sadaqa bering

Ulug’larning aytishicha, sadaqa muhtoj odamga, ehson istalgan kishiga berilar ekan. Yevropaga 5 marta tashrif buyurdim. Agar faqatgina birgina amalni ulardan olish mumkin bo’lsa, bizga buyurilgan, bizniki bo’lgan, hozirda borgan sari kamayib ketayotgan salomlashish va tabassumni olgan bo’lardim.

Ko’chada, liftda, yugurishda, umuman bir-birini tanimagan odamlar, har qayerda sizni ko’rsa tabassum bilan “Morning”, deb qo’yadi. Men ular bu ishni majburlikdan qiladimi yoki chin ko’ngildan buni bilmayman, bilganim shu-ki, tabassum bilan salomlashish odatga aylangan.

Jiddiy bo’lish kerak, deb, salomlashganda ham tabassumni qizg’onadigan odamlarni hech tushunmasam kerak. Aslida inson o’zaro salomlashganda bir-birining tabassumiga muhtoj bo’larkan. Biz shunga buyurilgan, targ’ib qilingan insonlarmiz. Shunday ekan, o’zaro ko’rishganda, birinchi salom berishni va tabassumni unutmaylik, ikkinchi taraf shunga muhtoj bo’ladi.

Assalomu alaykum )

@temurbek_adhamov
🔥149👍7422🥰6👏6🏆3
Qahramonlar

Hayotda turli xil insonlar bo’ladi. Ba’zi insonlarning sabr-matonati, aqlbovar qilmas mashaqqatini ko’rib, ularni haqiqiy qahramon deb atagim keladi. Qahramon deganda ana shunday insonlar ko’z oldimda gavdalanadi.

— Oilasini ta’minlash, qizlarini uzatish uchun orzu umidlaridan, issiqqina o’rnidan kechib, minglab kilometr narida, barcha ishga tayyor bo’lgan o’zbegim, sen haqiqiy qahramonsan;

— Vatan sarhadlarini qo’riqlash niyatida kechalari sovuqlarda, cho’l-u biyobonlarda turgan askar, sen haqiqiy qahramonsan;

— O’z ishini har doim professional bajaradigan, bugungi kunini kechagi kundan ko’ra yaxshiroq qiladigan mutaxassislar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;

— Umri davomida jamoat transportida yoki oddiy mashinalarda ishga qatnab, qimmat mashinalarda yuradigan shogird tayyorlagan ustoz-u murabbiylar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;

— “Buyurtma” dorilarni emas haqiqiy malhamlarni tavsiya qiladigan shifokorlar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;

— Imkoniyati bo’lsa ham poradan, tilyog’lamalikdan o’zini qat’iy cheklay olgan amal egalari, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;

— Yoshligidan intizomni qoyim tutgan, ilm uchun bedor tunlarni o’tkazayotgan yoshlar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;

— Barcha imkoniyat bor zamonda, faxshdan, ma’siyatdan, o’zini tiygan o’g’lonlar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;

— Iymoni sabab turli qiyinchiliklarga uchrasa-da, ilm yo’lida to’xtamayotgan muslima qizlar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;

— O’zidan ko’ra boshqaning hojatini birinchiga qo’yadigan himmati baland insonlar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;

— Yolg’iz boshi bilan farzandini tarbiya qilayotgan onalar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;

— Dardi millat, vatan va din g’amida bo’lgan insonlar, sizlar bizning qahramonimizsizlar!
5🔥188👍5328🏆15🥰4🤩3
Quyidagi videoda do’stim Jahongir Po’latov bilan birga juda ko’p mavzularda suhbatlashdik. Qachon oxirgi marta videoda bunday suhbatlashganimni eslay olmayman.

Maqsadlar, rejalar, hayotiy qoidalar, hayot mazmuni, biznes kabi mavzularda bir yarim soatga yaqin suhbat qurdik.

Vaqtingiz bo’lganda tomosha qilishni so’rab qolaman )

https://youtu.be/MqMzC1s9gMY?si=Hth495fAShZ-7Sk7
5👍91🔥3415🤩4😁1
Lola animation bo’yicha fikringiz kerak
👍3615🔥9🎉7
Lola animation uchun yopiq kanalning oylik to’lov narxi qancha bo’lsa qo’shila olasiz?
Anonymous Poll
50%
10 000 so’m
12%
20 000 so’m
10%
30 000 so’m
3%
40 000 so’m
11%
50 000 so’m
1%
80 000 so’m
13%
100 000 so’m
49😁33👍29🔥8🤩2🏆2
Ziynat

Inson uchun poklik muhim, lekin odamlarga yaxshi ko’rinaman deb zeb-ziynatga burkanib oladiganlarni hech tushunmasam kerak. Tashqi tomondan yuksak baho berilishi, birinchi taassurotda a’lo baho olish uchun qo’limizdan kelgancha tashqi omillardan yordam olamiz. Balki bu ham kerakdir, lekin haqiqiy ziynat nazdimda boshqacha.

Men haqiqiy ziynat deganda, qalb ziynatini tushunaman. Biz qalbimizni poklik, halollik, yolg’on ishlatmaslik, aldamaslik kabi ezgu fazilatlar bilan ziynatlashimiz kerak.

Eng yaxshi ziynat bu inson uchun go’zal xulqdir. Insonlarga o’lchov berishda biz uchun undan yaxshisi bo’lmasa kerak.

@temurbek_adhamov
105👍46🔥24👏13🏆2🥰1
Samarqanddan gapiramiz

Shanba va yakshanba kunlari Samarqand shahrida ikki loyihamizning ochilish marosimi bo’lib o’tadi. Shu munosabat bilan, barchangizni ushbu tadbirlarga taklif etamiz.

2-noyabr, shanba, soat 14:30 Najot Ta’lim markazining Samarqand filiali ochilish marosimi;

3-noyabr, yakshanba, soat 14:00 Robbit loyihasinning Samarqand filiali ochilish marosimi.

Qaydlab o’taman, Najot Ta’lim 16 yosh va undan kattalarni dasturlash, grafik dizayn va SMM yo’nalishlar bo’yicha ta’lim beradigan AyTi markaz bo’lib, 6-filialini Samarqandda ochmoqda. Robbit esa 8 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarga robototexnika va AyTidan ta’lim beradigan loyiha hisoblanib, 5-filialini ochmoqda.

Samarqand ahlini ochilish marosimlarida kutib qolamiz.

Manzil
2👍61🔥2013🤣6🎉2
2025/10/28 07:20:10
Back to Top
HTML Embed Code: