Telegram Web Link
#seminar_trening

📢TerDUda Malayziyaning Utara universiteti (QS 491, THE 401-500) prorektori bilan maxsus seminar-trening tashkil etiladi.

📝 Mavzu: "Ertangi kun uchun ta'lim: global o'zgarishlar davrida ASEAN – Markaziy Osiyo hamkorligi" (Educating for Tomorrow: ASEAN–Central Asia Partnerships in a Time of Global Transition)

Seminarda muhokama qilinadigan asosiy yo'nalishlar:
- Oliy ta'limning mintaqaviy hamkorlik va global rivojlanishdagi o'rni
- ASEAN va Markaziy Osiyo o'rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlash
- Universitetlarning diplomatiya va madaniyatlararo muloqotdagi roli
- Oliy ta'lim orqali barqaror kelajakni qurish


🗓 Muddat: 30-iyun 2025-yil, dushanba, soat: 10:30 – 12:00

📍 Manzil: Termiz davlat universiteti, Axborot texnologiyalari fakulteti, 1-qavat 105-xona

🇬🇧 Seminar ingliz tilida o'tkaziladi. (🇺🇿Tarjima birgalikda olib boriladi)

👍 Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏196🔥6👍5🤩1
🇺🇿🇮🇩#xalqaro_hamkorlik

🏛Termiz davlat universitetida xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim uchrashuv

Termiz davlat universitetida Indoneziyaning nufuzli oliygohi – Indoneziya Pedagogika Universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi:

🟢 Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi;
🟢Q1, Q2, Q3 Scopus jurnallarida hamkorlikda maqolalar chop etish;
🟢Universitet ilmiy ko‘rsatkichlarini (indekslarini) oshirish;
🟢Kelgusida qo‘shma diplom (Joint Degree) dasturlarini yo‘lga qo‘yish.

📄 Shuningdek, muzokaralar natijasida fakultet miqyosidagi faoliyatga bag‘ishlangan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏21🎉1
#YoshlarKuni

🇺🇿 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan sizlarni samimiy tabriklaymiz!

Hurmatli yoshlar!
Shubhasiz yurtimiz kelajagi, taraqqiyoti va barqarorligi sizning bugungi intilishlaringizga bog‘liq, har soniya va har daqiqa ilm olishga chog‘laning.

Ana shu ulkan va ezgu maqsad yo‘lida sizlarga sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Bayramingiz muborak!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👏5🎉3👍1
Forwarded from Edu.uz
#Yoshlar_Kuni

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida bir guruh yigit-qizlarga davlat mukofotlari topshiriladi.

Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, salohiyati va iqtidorini yuzaga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari suriladi, ilhomlantiruvchi misollar, mamlakatning ertangi kunini belgilashga qodir g‘oyalar va yechimlar taqdim etiladi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan muloqot qilib, ularning innovatsiya, "yashil" iqtisodiyot, kreativ sanoat, tadbirkorlik va IT sohalaridagi ilg‘or ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥1👏1
2025/07/13 02:30:04
Back to Top
HTML Embed Code: