Farosat bu ...
Ancha yillardan beri "farosat" so'ziga qisqa va aniq ta'rif qidirib yurardim. Nihoyat topdim.
Farosat — dunyoda sendan boshqa odamlar ham yashashini doimo esda tutish.
Bu hozirgacha meni xayolimga kelgan eng qisqa ta'rif.
Farosatli odam yo'lni mashinasi bilan to'sib boshqalarni vaqtini olmaydi, baland ovozda baqirib yoki kulib boshqalarni chalg'itmaydi, ko'chaga axlat tashlab yoki hojatxonani bulg‘ab ketib boshqalarni ko'nglini behuzur qilmaydi. Farosatli odam o'zidan boshqa odamlarni ham xuddi o‘ziday hurmat qiladi. Farosatli odam o‘zidan boshqa odamlar to‘g‘risida ham qayg'uradi.
@The_Abdullaev
Ancha yillardan beri "farosat" so'ziga qisqa va aniq ta'rif qidirib yurardim. Nihoyat topdim.
Bu hozirgacha meni xayolimga kelgan eng qisqa ta'rif.
Farosatli odam yo'lni mashinasi bilan to'sib boshqalarni vaqtini olmaydi, baland ovozda baqirib yoki kulib boshqalarni chalg'itmaydi, ko'chaga axlat tashlab yoki hojatxonani bulg‘ab ketib boshqalarni ko'nglini behuzur qilmaydi. Farosatli odam o'zidan boshqa odamlarni ham xuddi o‘ziday hurmat qiladi. Farosatli odam o‘zidan boshqa odamlar to‘g‘risida ham qayg'uradi.
@The_Abdullaev
Do'stlarimiz bilan dolzarb mavzu haqida suhbat olib bordik.
Barcha ota-onalar ko'rishi kerak deb o'ylayman.
Mening fikrimcha vaksinalar — odamzod o'ylab topgan eng yaxshi ixtirolardan biri.
Hattoki saratoning ba'zi turlarini oldini oluvchi vaksinalar ham bor. Tasavvur qilyapsizmi saraton, rak kasalligi oldi olinyapti. 🤯
Bunday ixtirolar keltirayotgan imkoniyatlardan foydalanmaslik va uni inkor etish juda katta xato boʻlsa kerak.
Video foydali boʻladi degan umiddaman:👇
https://youtu.be/K88mgkN-LRI?si=K5V9BFHAZK0ttSNk

YouTube
Emlash qachon mumkin emas? Vaksina haqida | ULFATLAR 7-son
08.12.2024 da yozib olingan. Toshkent
Loyihani qo'llab quvvatlash uchun:
https://tirikchilik.uz/ulfatlarpodkast
9860240101883199
Akromov Abduvoris
#vaccine #tibbiyot #bolalar #ai #ulfatlar #vaksina #ixtiro #texno #si

Matfey Effekti (Matthew Effect)
...Boy boylashaveradi, kambagʻal yanada qashshoqlashib boraveradi...
Matfeydan yozib olingan yevangeliyaning shunga oʻxshash satri boʻlgani uchun, ushbu terminni ommalashtirgan odam Robert Merton unga Matfey Effekti deb nom bergan.
Bu effektni hayotimizni har bir jabhasida koʻrishimiz mumkin.
A'lochi oʻquvchilar yaxshi joylarda oʻqishini davom ettirib yanada ilmliroq boʻlib borishadi.
Boshida yaxshi o'ynab, murabbiylarning ko'ziga yaxshi koʻringan sportchilar yanada yaxshiroq sharoitlarda shugʻullanadilar, yanada koʻproq tajriba orttiradilar
Kambagʻal oilaning farzandlari, koʻp xollarda kambagʻal boʻlib qolaveradilar. (Kambagʻalllik botqogʻi)
Juda boy insonlar biografiyasiga e'tibor bersangiz, ularning 2-3 ta avlodi ham boy boʻlishganini ko'rasiz.
Ba'zida juda kichik boshlangʻich farqlar vaqti o'tishi bilan bir-biridan juda katta farq qiladigan natijalarga olib keladi.
Masalan, 1-sinfda harflarni o'qishni yaxshi o'zlashtirgan bola, vaqt oʻtishi bilan yanada yaxshiroq oʻqiy boshlaydi, maqtovlar eshitayotgani va bu ish qo'lidan yaxshi kelayotgani tufayli, oʻqish unga yoqib qoladi. Qarabsizki 6-7 yildan keyin bola o'zi mustaqil oʻqib oʻrganishga moyil, intiluvchan va boshqa tengdoshlaridan ilmliroq, dunyo qarashi kengroq boʻlib qoladi.
Vaholanki boshida hammasi faqatgina harflarni yaxshi o'qishdan boshlangandi! (2-rasm)
Endi 1-sinfda o'qishga qiylanalayotgan, muallim yoki ota onasidan dakki eshitayotgan bolaning kelajakdagi natijalari qanday boʻlishini tassavur qilib ko'ring...
Matfey effekti oʻsha biz yoqtirmaydigan, ishongimiz kelmaydigan, inkor qilgimiz keladigan hayot haqiqatlaridan biridir. Uni inkor etib hayollarga berilib yurish, yoki haqiqatni qabul qilib undan o'z maqsadlarimiz yo'lida foydalanish har birimizning o'z qoʻlimizda.
Chunki har bir kishi hayotning qaysidir jabhasida kimdandir ustunroq boʻladi. Kimdir pulda, kimdir hayotiy tajribada, kimdir jismoniy kuchda, kimdir esa ilmda.
Satrning "kimda (nimadir) bor boʻlsa, o'sha insonda u yanada ko'payib boraveradi" degan qismiga bor e'tiborimizni qarataylik xolos.

11-ta milliy o'yin
Erinmasdan hisoblab chiqdim, 2 ta mavsum davomida "Kalmar o'yinlari" serialida taxminan shuncha koreya xalq milliy o'yinlari tushuntirilgan ekan.
Tasavvur qilyapsimi koreys ijodkorlari o'z xalqining oddiy bolalar o'yinlarini butun dunyoga mashxur qila oldi. Butun dunyo odamlari, umuman o'zlariga begona bo'lgan xalq o'yinlari qoidalarini o'rganib olishdi va ba'zilar shu o'yinlar qatnashgan musobaqalar uyushtirishyapti. (albatta, haqiqiy vahshiy ko'rinishida emas). Masalan o'sha birinchi seriyadagi qo'rqinchli ulkan qo'g'irchoq orqasini o'girib aytadigan qo'shig'ini o'zimni jiyanlarim yoddan xirgoya qilib yurishibdi, koreys tilini umuman bilishmasa ham. Ammo o'sha jiyanim o'zimizning oq terakmi, ko'k terak o'yinidagi qo'shiqni bilishiga shubham bor.
Bu bilan nima demoqchiman, san'atni erkin qo'yish kerak nazarimda. Qandaydir yangiliklar qilishdan, haqiqiy ijtimoiy dolzarb mavzularni ko'tarib chiqishdan qo'rqamaydigan ijodkorlarni qo'llab quvvatlash kerak. Milliylikni siyqasi chiqib ketgan usullar bilan, mentalitetni pesh qilish bilan emas, yoshlarga haqiqatdan ham qiziq bo'lgan qandaydir orginal kontent bilan targ'ib qilish kerak. Toki yoshlarni o'zi shu milliylikdan fahrlansin, majburlikdan amal qilmasin.
Koreya bolalari ham hozir shu bitta sifatli serial orqali, unitilib ketay deb turgan milliy o'yinlarini yana qayta qiziqish va fahr bilan o'ynay boshlashganiga aminman.
Ha, biror davlatni eng tez mashxur qiladigan narsa bu sport, shubhasiz. Ammo biror xalqni mashxur qilishning eng yaxshi yo'li bu san'at!

Haqiqiy qahramonlarni hech kim tanimaydi
3-jahon urushi boshlanib, milliardlab insonlar yadro qurollari dastidan qirilib ketishini oldini olgan odamni ismini bilasizlarmi?
Vasiliy Arxipov va Stanislav Petrov. Biri 1962-yil, ikkinchisi 1983-yilda qilgan muhim va qatʼiyatli qarorlari, dunyoni yadro urishi deyarli boshlanay deb turgan oʻta qiyin vaziyatdan olib chiqqan.
Qaysidir maʼnoda ular sizni yoki ota-onangzini oʻlimdan qutgargan. Ammo deyarli hech kim ularni tanimaydi. Chunki ular boshlanmagan urushni oldini olishgan. Boshlanmadimi demak u yoʻq deb qabul qilamiz biz.
Ammo 2-jahon urishi boshlagan odamni esa hamma taniydi...
Oʻzi jamiyatimiz shunaqa. Biz favqulodda vaziyatlarda oʻzini mardlarcha koʻrsata olgan odamlarni qahramon deb qabul qilamiz. Oʻsha favqulotda vaziyatlar hali paydo boʻlmasdan oldin, uni koʻra olib, falokatni umuman oldini olgan odamlar esa hech kimga qiziq emas.
94 ta odam o'lgan baxtsiz hodisadan, 6 tasini hayotini qutqarib qolgan odamni qahramon deymiz. Agar oʻsha baxtsiz hodisa roʻy berishini kimdir oldini olsa, aslida 100ta odamdan 100tasini ham qutqarib qolgan boʻladi. Lekin TVda u odam haqida hech narsa deyilmaydi.
Jarrohlar bemorni qiyin vaziyatdan qutqarib qoladilar. Bemorga yana qanchadir muddat tirik qolishi uchun imkoniyat yaralishiga sababchi boʻladilar. Shuning uchun hamma ularni hurmat qiladi, talabalar ularga havas qiladilar, ular haqida krutoy kinolar ishlashadi.
Oʻsha jarroh davolaydigan kasallikni paydo boʻlishini oldini olishga yordam beradigan dietologlar, trenerlar, fizioterapevtlar ishi esa koʻrinmaydi. Ularni jarrohchalik mensishmaydi. Vaholanki kasallikni oldini olib uzoq va sogʻlom hayot kechirish mumkin. Jarrohlikgacha yetib borgan odam esa, amaliyotdan keyin ham hayoti oldingidek sifatli boʻlmasligi mumkin.
Baxtsiz hodisa yoʻq demak unga odamlar eʼtibori ham yoʼq.
Balki faqat boʻlgan narsalar haqida emas, baʼzi bir insonlar va kasb vakillari boʻlmaganida qanday oqibatlar kelib chiqishi mumkinligi haqida ham oʻylab turishimiz kerakdir.
Balki oʻshanda xavfsizlik hodimlari somkamizni tekshirishni soʻrashganda ensamizni qotirmasmiz.
Balki oʻshanda farrosh, qoravul, bojxonachi, eko faollar kabi odamlarni koʻproq qadrlashni boshlarmiz.
@the_abdullaev

Stay hungry, stay foolish*
Hovlida katta bogʻimiz bor. Vaqti vaqti bilan daraxtlarni shoxlarini kesib, tartibga keltirib turish kerak boʻladi. Bir kuni kesilgan qalinroq shoxni maydalayotganimda arram kesishga qiynaldi. Vaholanki arra yap-yangi edi, uni oʻsha kuni dokondan olgandim. Shunda meni kuzatib turgan, hovlini tartiblashga yordam uchun kelgan yoʻllanma ishchilardan biri menga maslaxat berdi. Ya'ni men agar arra tishlarini ikki chetga qiyshaytirib chiqsam kesish osonroq boʻlar ekan.
Boshida ichimdagi kibr menda bu kishi bergan ma'lumotga shubha uygʻotdi. Koʻrinishidan qandaydir piyonistaga o'xshagan odam, menga 3ta til biladigan, shuncha kitob oʻqigan odamga aql o'rgatyaptimi degan hayollar o'tdi.
Ammo keyin o'yladimki bu odam qanday tashki koʻrinishga ega ekanligidan qat'iy nazar, katta ehtimol bilan oʻz sohasida mendan tajribaliroq va u bergan tavsiya shu tajribadan kelib chiqayotgan boʻlishi mumkin.
Bundan tashqari aynan oʻsha kuni shox-shabbalarni arralayotganimda, qulogʻimda quloqchin bilan "Ego is an Enemy" (tarj. "Kibr bu dushman") degan audiokitobni eshitayotgan edim. (Taqdir hazili😅)
Keyin yana biroz o'ylab qarasam professional benzinli arrada ham ba'zi tishlari tashqariga qarab turardi.
Bu kesilayotgan joyni kengaytirib, arra qisilib qolishini oldini olar ekan.
Keyin mendan nima ketdi, deb yap-yangi arrani tishlarini ombirda qiyshaytirib chiqdim. Biri chapga biri oʻngga oʻrtasidagi tishga tegmadim to'gʻriligicha qoldi.
Ne koʻz bilan koʻrayki ishim 2-3 barobar osonlashdi va ancha tezlashdi. Bekorga qiynalib terlab ishlayotgan ekanman.
Maslaxat bergan odamga rahmat aytib, oʻylanib qoldim: balki qanchadan qancha foydali bilimlarni shunchaki kibr qilganim uchun oʻtkazib yuborgandirman...
Kibrning bilim olishga taʼsirini oʻz misolimda koʻrdim. Demak, kibr qancha baland boʻlsa, yangi bilimlarni olish imkoniyatlari shuncha kamayib boradi. Uzoq muddatda bu kibrli insonning bora bora ilmdan ortda qolishiga olib keladi.
Ilmga chanqoq odam doim yangi fikrlar va oʻzgarishlarga ochiq boʻlishi kerak. Bunday odamlar yangi bilimlar olish uchun kerak boʻlsa ahmoqona holatga tushib qolishdan ham qoʻrqmaydilar. Hayotda aynan shundaylar yutadi.
Post sarlavhasidagi "Doim och boʻl, doim ahmoqnamo (dovdir) boʻl" iborasini ayanan Stiv Jobs ommalashtirgani bunga ayni isbot boʻlsa kerak.*

Mabodo yangi arrangiz oʻtmas boʻlib qolsa, mendan layfhak:
Orada bitta tishini tekis qoldirib, arraning qolgan tishlarini birini oʻngga, birini chapga qayiltirib chiqing.
Shunda arrangiz yogʻochni saryoqni kesganday kesib tashlaydi.
Ps.
Layfhakni bir qarashda koʻrinishidan piyonistaga oʻxshagan ammo tajribali boʻlib chiqgan bir yoʻllanma ishchi (mardikor)dan oʻrganganman.😅
Siz ham foydali boʻladi degan odamingizga joʻnatib qoʻying😁

Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" kitobini adashmasam ikkinchi yo uchinchi martta oʻqishga harakat qilib koʻrdim. Bu safar ham yuragim dosh bermadi. Oxirigacha yetib borolmadim. Mutolaadan oʻzbekchasini eshitayotgan edim. 1-qismni tugatishga sabrim yetdi xolos. Bilmadim negadir shu kitob bilan chiqisha olmadim.
Asosan faqat bosh qahramonning ichki kechinmalari, fikrlari yozilgani uchunmi balki.
Lekin Dostoyevskiyning boshqa, "Telba" asari juda yoqadi shunga qaramay. Eng yaxshi badiiy asarlardan deb o'ylayman.
10-ta seriyali juda yaxshi serial ekranizatsiyasi ham bor.
Xullas kechiring meni Fyodor aka "Jinoyat va jazoni" boshqa o'qimayman. Kinosini koʻrib qoyaqolaman)

Inson umri nisbiy(mi?)
20 yosh yigit va 40 yoshli kishi o'rtasida farq 20 yilni tashkil qiladi. Bu oraliq bizga juda katta muddatdek tuyuladi, deyarli bir umrlik farq.
Ammo, 60 yoshli kishi va 80 yoshli kishi orasidagi farq bizga unchalik katta tuyilmaydi. Yoshlar har ikkovisini ham "qariya yoki chol" deyishadi. Vaholanki, ularni orasida ham xuddi o'sha 20 yillik farq bor...
Qariganda vaqt tezroq oʻtadimi?
Yoki aksimi?

Genri David Torro falsafasi
Genri Torro insonlarni pulga yondashuvini katta soʻroq ostiga oladi.
Oddiy misol:
Tassavur qiling, Toshkentdan Samarqandga bormoqchiman,
Velosipedda bunga 15 soat ketadi, lekin narxi – deyarli tekin
Poyezdda esa 2 soat ketadi, narxi — mening 2 kunda topadigan pulim atrofida.
Men poyezdni tanladim. Demak vaqtdan yutdimmi? Albatta yoʻq.
Velosipedda ketganim yaxshiroq edi. Chunki bilet olish uchun ishlashga ketgazgan vaqtim bilan qoʻshib hisoblaganda, Samarqandga 48 soatdan koʻproq vaqtim ketdi. Velikda borganimda yoʻlga kamroq umrimni sarflagan boʻlardim.
Oʻylab qarasangiz xuddi shu mantiqdan kelib chiqib, ovqat pishirish uchun avval yerga kartoshka ekib, uni oʻsitrib, oʻsha hosilni ovqatga solmaymiz. Tayyor mahsulotni sotib olish bizdan kamroq vaqt talab qiladi.
Torro dollarlarda oʻlchadigan narxni emas, sekundlarga oʻlchanadigan vaqtni haqiqiy narx deb hisoblagan. Chunki biz aslida pullarimiz bilan emas shu pullarni topish uchun sarflagan umrimiz bilan toʻlaymiz.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum,
Bilasizlar do'stlarimiz bilan har yakshanba yeg'ilib, birgalikda foydali mavzularda suhbatlashib, uni videoga olib youtubega joylaymiz.
Aslida videolardagi yigitlar bilan bizning kichik klubimiz ham bor. U yerda turli chellendjlarni birgalikda bajarib kelamiz. Chellendjlarimiz erta turish, kitob o'qish, kunning rejasini tuzish, sport bilan shug'ullanish kabi oddiy lekin shaxsiy rivojlanish uchun kerakli vazifalarni o'z ichiga oladi.
Biz bu chellendjlarni 1.5 yildan beri qo'limizdan kelgancha bajarib kelamiz. Hozircha safimizda 9 ta a'zo bor.
Maxsus bot orqali biz chellendjlarni kim eng yaxshi bajarayotganini aniqlab kelamiz va bir oylikdagi eng yaxshilarni o'zimiz ko'ngildan chiqarib kichik sovg'alar bilan taqdirlaymiz
Xullas, yangi mavsumdan ya'ni 9-martdan biz bu chellengjlarni ommaviylashtirishga qaror qildik. Qo'shilishni xohlagan har qanday odam biz bilan birga chellenjlarni bajarishi mumkin, va biz bilan birga raqobatlashishi mumkin.
Yangi mavsum yakunida kimdaki shu bizning klubimizdagi 9ta odamning qaysi biridandir ko'proq ball to'plasa, biz o'sha odamlarni yakshanba kundagi yeg'ilishlarimizga taklif qilishimiz mumkin. Ya'ni offline yeg'ilishlarga faqat eng yaxshi 9 ta o'rinni olgan odamlar qo'shila olishadi. Bu klubimiz a'zolariga ham tashlangan chellendj aslida)))
Batafsilroq, ushbu videoda tushuntirilgan:
https://youtu.be/TzgS-981vQ0?si=l4zP1cBEfOj52Iar
Videoni tagidagi "opisaniyada" esa klubga qo'shilmoqchi bo'lganlar uchun maxsus link bor.
Aytgancha klubga qo'shilish mutlaqo bepul😅
Biz uchun shaxsiy rivojlanish yo'lidagi hamfikrlarni bir joyda ko'rishni o'zi yetarli😊
Chellendjlarda ko'rishguncha👋🏻

Sizda "Ulfatlar klubi"ga qo'shilish imkoni bor! | Ulfatar Klubi
Klubga qo'shilish mutlaqo bepul. Faqat sizda kuchli xohish va ma'suliyat bo'lsa bas.
Yangi mavsum 9-mart sanasidan boshlanadi. Agar siz ham, dunyoqarashi o'zingiz kabi insonlar bilan shaxsiy rivojlanish uchun muhit qidirayotgan bo'lsangiz, shoshiling. Ikkilangmang!…

Bir necha oydan beri bir guruh kursdoshlarim va Akfa medline klinikasidagi shifokorlar bilan youtubeda xalqiminzning tibbiy savodxonligini oshirishga qaratilgan kontent tayyorlab kelayotgandik. Mart oyidan beri ularni sekin asta youtubega joylashni boshladik.
Ko'rib baho berishingiz mumkin:
https://youtu.be/3HnCj-fs3po?si=FCj6gNo27YMHXnJP
Agar video yoqsa, foydali deb topgan yaqinlaringizga jo'natib qo'ying.
@the_abdullaev
Ko'rib baho berishingiz mumkin:
https://youtu.be/3HnCj-fs3po?si=FCj6gNo27YMHXnJP
Agar video yoqsa, foydali deb topgan yaqinlaringizga jo'natib qo'ying.
@the_abdullaev
YouTube
Kardiojarroh yurak haqidagi savollarga javob beradi! | Mutaxassisga savol | Med36.6
🩺 MED 36.6 – Salomatlik harorati!
📌 Mavzu: Xalqimiz orasida doktorlar oydinlik kiritishi kerak bo'lgan qiziqarli miflar va siz hech kimdan so'ray olmaydigan tibbiyotga oid savollarga javoblarni aynan shu yerdan topasiz. Biz uchun har qanday savol o'rinli.…

Oddiy buyumning, ibratli tarixi
Bizda hozir asosan suvarak, chumoli va boshqa shu kabi hasharotlarni o'ldirish uchun ishlatiladigan oddiy dust, o'z vaqtida millionlab insonlarni hayotini saqlab qolganini va uni ixtiro qilgan insonga Nobel mukofoti berilganini bilarmidingiz?
Bir kuni qiziqib shu uyda turgan dust o'zi nima ekan, zarari yoqmikan deb internetdan izlab ko'rdim. Natijada, o'zim kutmagan holda bir dunyo "wow" ma'lumotlarga duch keldim.
Dust yoki ilmiy nomi DDH (Dichlorodiphenyltrichloroethane) birinchi marta 1874-yil avstriyalik talaba Othmar Zeidler tomonidan sintez qilingan. Ammo oradan naq 65 yil o'tgandan keyingina, bu modda aslida hasharotlarni o'ldirishda juda-juda samarali ekanligi shvetsiyalik olim Paul Müller tomonidan aniqlandi. Shunda ham bu kashfiyot katta ehtimol bilan tasodifiy bo'lgan.
II-jahon urushi yillarida va undan keyin ham DDH moddasi bilan odamga hasharotlar orqali tarqaladigan bezgak, tif, dizenteriya kabi o'ta xavfli kasalliklar oldi olingan. Ushbu modda ham arzon va ham juda samarali bo'lgani uchun (hatto hozirgacha eng samarali vositalardan biri sanaladi) Jahon Sog'liqni Saqlash tashkiloti kambag'al davlatlarda malariyani yo'q qilish dasturida aynan shu moddani qo'llagan. Va 1965-yilda malariya makoni bo'lmish Hindistonda birorta ham odam ushbu kasallikdan vafot etmagan. Vaholanki 1948-yilda Hindistonda malariya kasalligi tufayli 3 milliondan ortiq odam vafot etgandi. Dunyo bo'ylab bu kabi misollar yana bir qancha topiladi. Xatto eslasagiz "Ufq" romanidagi Katta Farg'ona kanali qazish davrida ham ko'plab insonlar bezgakga chalinishadi va sovet hukumati chivinlarga qarshi dori sepadi. Katta ehtimol bilan, o'sha davrlarda O'zbekiston hududida ham kanallar qazishda, sholi maydonlarida chivinlardan qutulish uchun DDH moddasi katta miqdorlarda qo'llanilgan.
Paul Muller 1948-yilda millionlab insonlarni hayotini saqlab qolgan kashfiyoti uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlanadi.
Hammasi yaxshi edi, ammo 1962-yilda amerikalik tadqiqotchi Rachel Carson "Sokin bahor" deb nomlangan kitobini chop etadi. U o'zi yashaydigan hududida DDH moddasi ishlatilishi ko'payganidan beri, qushlar kamayib qolganini payqab qoladi va DDH moddasi barcha yirikroq umurtqali jonzotlarga zarar yetqazayotganini isbotlab beradi. Jamoatchilik tezda bu muamoga e'tibor qaratadi va natijada 1972-yildan boshlab ushbu moddani qo'llash Amerikada va birin ketin boshqa davlatlarda taqiqlana boshlaydi. Hozirda bu moddani qo'llash butun dunyoda rasman taqiqlangan (ammo amalda men negadir O'zbekistonda uni bemalol sotib ololaman😅)
Muammo shundaki DDH moddasi parchalanishi juda qiyin, yog'da eruvchi modda bo'lgani uchun, u organizmlarning yog' qatlamlari va boshqa to'qimalarida yeg'ilib boraveradi. Organizmga tushganidan keyin chiqib ketishi juda qiyin. Suv havzalari yonida chivinlarga qarshi qo'llanilgan modda baliqlar, baqalar, va shu kabi mayda jonzodlar ichiga kiradi. Bu jonzodlarni o'vlab, ular bilan oziqlanadigan yirtqich hayvonlarda esa bu modda undan ham ko'p bo'ladi. Chunki ular ozuqa zanjirini eng tapasida turishadi, maydaroq organizmlarda yeg'ilgan barcha DDH moddasi oxiri borib ularni ichiga tushadi. Qushlarni kamayib ketishiga, bu modda ularning tuxumlarining po'stlog'ini yupqalashtirib yuborishi tufayliligi aniqlangan. Natijada qushlar, ayniqsa yirtqich qushlari, nasl qoldirishda qiynalishgan. Bu modda odamlarda ham to'planishi mumkinligi va odamlarning ham reproduktiv salomatligiga zarar yetqazishi mumkinligi aytiladi!
Xullas bir buyumning shunday chigal va qiziqarli tarixi.

Ziyodulla Abdullaev | Blog
Oddiy buyumning, ibratli tarixi Bizda hozir asosan suvarak, chumoli va boshqa shu kabi hasharotlarni o'ldirish uchun ishlatiladigan oddiy dust, o'z vaqtida millionlab insonlarni hayotini saqlab qolganini va uni ixtiro qilgan insonga Nobel mukofoti berilganini…
Bundan qanday xulosa chiqarish mumkin?
1) Sen biror narsani ixtiro qilsang-u uni jamiyatga qanday foydasi tegishi mumkinligi ko'rsatib berolmasang, hammasi bekor. Aslida Paul Muller emas, talaba Othmar Zeidler Nobel olishi va 65-yil oldinroq undan ham ko'proq odamlarni hayotini saqlab qolishi mumkin edi. Ammo biroz omad yetishmadi.
2) Millionlab odamlarni hayotini qutqarib, ularni hayotini yengillashtirgan narsa, aslida sekin asta ularga zarar berayotgan bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun har doim shubhalanishdan va izlanishdan to'xtamaslik kerak. Har bir yaxshi narsaning, albatta yomon jihatlari ham bo'ladi.
3) Nobel mukofoti hech qachon qaytarib olinmaydi, xatto sening ixtiroyingni keyinchalik zararli deb topishsa ham. Buni Egas Monis misolida ham ko'rishimiz mumkin.
4) O'zbekistonda kimyoviy moddalar nazorati sohasida hali yana ko'plab qilinishi kerak bo'lgan ishlar bor ekan. Chunki 30-40 yillar oldin dunyoning ko'p qismida ta'qiqlangan moddalarni bizda hali ham be'malol sotuvda ko'rishimiz mumkin.