Telegram Web Link
​O'ZIMDAN O'ZIMGA NASIHAT

1.Jahling chiqqan payti hech kim bilan gaplashma, agressive Marvaridni ko'rib qolishmasin.

2. Faqat moshinalargamas, svetaforgayam qara. Law-obedient citizen bo'lib yur.

3. Suv ich tez-tez.

4. Kirishimli bo'l. Faqat do'stlaringmas tanishlaring ham ko'p bo'lsin.

5. Lavash, kola, allambalo narsalar yema, ichma.

6. Bo'sh bo'lganda Facebooknimas New York Timesni o'qi. O'shandan ko'proq foyda.

7. Instagram seni joyingmas. Qaytib kira ko'rma.

8. Lockdowndan yaxshilab foydalanib ol. Self-developmentga bag'ishla. Kurs ol, documentary filmlar ko'r, shunchaki uxla, kerakli kitoblar o'qi, ovqatlar pishir(istoriyaga qo'ymasangam mayli), xullas, uyda qol.

9.Kitobni metroda, univerda leksiyalarda o'qi. Baribir uyda o'qimaysan.

10. Eski o'rtoqlaring bilan sababsiz ko'rish, suhbatlash. Keyinchalik bu imkoniyat bo'lmasligi mumkin. Balki O'zbekistonda bo'lmassan.✈️

11. Avval bilmagan narsalaringni sinab ko'r. Bormagan joylaringga bor, park, kafe, konsert, farqi yo'q. Enjoy your life

12. Aynan chet elga sayohat qilish shartamas. Buxoro, Xiva, Samarqanddan boshla sayohatni.

13.Pul yig'. Oylik olib O'rikzorga yugurma.

14. Boshqalarni fikri bilan kelishib yashashga majburmassan. Lekin eshitib tur. Balki to'g'ri gapirishayotgandir.

15. Amallab kamera sotvol.

16. O'z fikringni aytishdan tortinma. Faqat birov xafa bo'lib qolmasin.

17. 4 narsa uchun doim vaqt ajrat: sog'ligingga, o'z sohangga, diningga, dunyoqarashingga.

18. Atrofingda sen uchun haqiqatdan qayg'uruvchi insonlar doimiy emas. Borida qadriga yet.

19. O'zingni sev. Sen uchun buni hech kim o'zing bajarganchalik uddasidan chiqolmaydi.

20. Hamma bilan tortishaverma. O'yla, o'zi ular arziydimi asabingni ketkazishga?

21.Kundalik tutishda davom et. Balkim bir kun kelib kitob qilib chiqararsan

22. Hech qanday sababsiz sayrga chiqib tur. Karantindan keyin, albatta

23. Har kun hech bo'lmaganda 10 daqiqa jismoniy mashq uchun ajratishda davom et. Dangasalik seni yengishiga yo'l qo'yma.

24. Hammani har bir savoliga javob berishga majbur emassan. Relax.

25. Aqlli qiz bo'l.

Yours, Marvarid @thoughts_different
πŸ‘154❀81πŸ”₯19πŸ₯°19😁9πŸ‘2πŸ€”1
Judayam eski postim ekan❀️. Xotiralarni esga soldi. Ancha narsalar o'zgarib ketgan hozir...
❀108😁24πŸ₯°16πŸ‘12πŸ€”6πŸŽ‰3🀩1
MARVARID QAYERDA O'QIYDI?πŸ‡ΊπŸ‡Ώor πŸ‡ΊπŸ‡Έ?

Botga qaysi univerda o'qishim haqida ko'p savol kelayotgani uchun post bilan javob bera qoldim.

Marvarid, har yili yozda univerga baland poshnali tufli bilan fransuzkiy yubkada borishingni tasavvur qilasan, lekin bu ko'rinish 3 kunga cho'ziladi va yana o'shi oying yoqtirmaydigan jinsi shim bilan krossovkaga ko'chib olasan. O'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymasπŸ€·β€β™€

Har semestr boshida "endi o'qishga har kuni kelaman, darslarni vaqtida qilib, 5'ga yopaman", deysan. 1- "tartibli student" haftasini esa, "o'zi shu o'qishga nimaga kirganman?", savoli bilan tugatasan.

Ustozlaring dars haqida emas, qanaqa qilib chetda o'qishgani, grant yutish yo'llari haqida gapirishsa, maza qilib eshitasan.

Univer eshigidan to classroomgacha 15tacha odam bilan so'rashib, qanday qilib bu introvertlik bilan shuncha tanishing borligiga hayratlanib borasan. Balki men introvertmasdirman, deb o'ylab qolasan

1 semestr o'qib Reading ustozing kimligini tanimaysan, lekin 1-kursdagi seni orqasidan rosa yugurtirgan tilshunoslik ustozingni otasini ismigacha bilasan.

Shuncha yil orzu qilib kirgan univering bo'lsa ham, darsdan qochish bo'yicha birinchi o'rinda turasan. Nega hali ham xayfsan berishmayotganiga hayron bo'lib yashaysan.

Mid term javoblari chiqqanda kursdoshlaring shuncha harakat qilib 4 olganda, 5 daqiqada yozgan esse uchun qanday qilib 5 olganingni o'ylab hijolat bo'lasan.

1 para ekologiya darsida o'tirib, o'z davlatimiz ekologiyasini o'rganganda ko'ra, kutubxonaga chiqib, YouTubeda hech bo'lmasa Vagabrothers ko'rishni afzal ko'rasan.

Koridorda yaxshi ko'rgan ashulangni aytib miyangda konsert qo'yib ketasan(sheriging shut up deyishiga qaramay).

Univer darvozasidan chiqib, qatoor turgan mashinalarni ko'rib, "qachooon meniyam moshinada opketisharkin?πŸ˜’" deb qadrdon 131ingga chiqib ketasan.

Endi Jahon tillari deyishsa, xayolingga til o'rgatadigan eng zo'r univer emas, tomi qizil, o'zi oq, chiroyli va kaaaatta bino va darvoza oldidagi "xonim, xonim opketila" deb turadigan ayol keladi. Afsuski, tasavvuringdagi til o'rgatadigan eng zo'r univer emas...

Qo'shni fakultetga ish bilan kirib, xuddi boshqa univerga kelib qolgandey, adashib, talabalardan yo'l so'rab yurasan. Shunchalar bahaybat universitet-a? Judayam❀️

Darvoza oldidagi har chiqqaningda "metrogami, singlim?" deb tinch qo'ymaydigan taksichilarga "proyezdnoy bilan opketurasmi?" devorging keladi.

Hammadan ham ko'proq 1-kursda hammani zirillatgan ICT ustozingga rahmat deging keladi - kompyuterni tanitgani va oddiy o'qituvchi bo'lib qolmaslikka undagani uchun.

Univerdagi chiroyli qizlarga qarab "balkim, yana baland tufli bilan fransuzkiy yubkaga qaytishim kerakdir" deb o'ylab qolasan, ertasi kuni hech nima bo'lmaganday o'sha-o'sha qulay lekin less feminine kiyimlarni kiyib olasan.

8-mart yaqinlashgani sari "nimaga boshqa univerga kirmaganman?" deb o'zingni ayblay boshlaysan.

Allaqachon ketma-ket 3-kun univerga emas, boshqa joyga qarab ketarkansan, instituting bilan uzukka ko'z qo'ygandey mos kelganing uchun shukr qilasan.

Birovlar inyaz haqida yomon gap aytishsa, qizishib ketasan. O'zing esa kursdoshlar bilan universitetingni soatlab yomonlashni qotirasan.

Inyazchilarga share qiling deyishim shartmas-a?πŸ˜„

Yours, inyazchi Marvarid @thoughts_different
πŸ‘217😁124❀55πŸ”₯30πŸ₯°6πŸŽ‰5πŸ‘4🀩1
Avval o'zimni ko'p solishtirardim boshqalarga. Ham mendan balandroq deb bilganlarimga, ham o'zimcha past sanaganlarimga.

Judayam katta xato! Yaxshiyamki hozir unaqamas, tushunganman buni.

Ayniqsa, 1-kursligimda o'zimni yeb tashlardim. Xuddi atrofimda hamma rivojlangaan, oldinlab ketgan. Univerdagi falon qiz nechtadur davlatlarga konferensiyalarga borgan, 4ta til biladi, menchiii, hech kimman, kabi gaplar miyamda aylanaverardi.

Hammaga solishtiraverardim o'zimni. Kimdir nimagadir erishganini ko'rsam, yoshiga qiziqardim. Men bilan teng yoki kichkina bo'lsa, o'zimni yeyish boshlanardi "nimaga men unaqamasmaaaan, nega eplolmayapman". Balki bu qaysidir tomondan yaxshi bo'lgandir. Aynan shu ham turtki bo'lib doimiy harakatda bo'lgandirman lekin buni sog'lom fikrlash deb hisoblamayman.

Kimlargadir o'zimizni solishtirib, siqiltirib, rivojlanishimiz kerak emas. Falonchi siz bilan teng lekin "ashiiincha" narsaga erishsa nima qilibdi? Kimdir ertaroq kimdir kechroq ega bo'ladi. 15 yoshli qaysidir tanishingizni IELTS 8.0i bor lekin 22 yoshli sizda yo'q bo'lsa nima qilibdi? Harakat qilsangiz siz ham erishasiz shunga.

"Vooy falonchiga mazade shunaqa shunaqa hayoti bor lekin manda unaqamaaas..." deyishdan avval, kimnidir erishganlariga, hayotiga qarab o'zingizni solishtirishni boshlashdan avval sizda bor narsalarni ham consider qiling, ularga shukur qiling. Sizga ham qarab kimdirlar havas qiladi. Siz bilmaysiz, xolos.

Boriga shukur qilib, holatimizni hech kimga solishtirmasdan yo'g'iga yaxshi niyat bilan qattiq harakat qilarkanmiz, hammasi bo'ladi, xudo xohlasaβœ…πŸ’ƒ

Sizchi? Solishtirasizmi ko'p? Mental healthga ta'sir qiladimi bu?

Yours, Marvarid @thoughts_different
πŸ‘92❀49πŸ”₯16πŸ€”4πŸ‘3πŸ₯°1πŸŽ‰1
"MENGA MOTIVATSIYA BERINGπŸ₯Ί"

Motivatsiyani men o'zimdan olinadigan narsa deb tushunaman. Uni hech qachon boshqalardan izlashni o'ylamayman (okay, ba'zida o'ylayman, kerak ba'zida).

Sizga hech kim motivatsiya bera olmaydi nimadir qilish uchun agar sizni o'zingizda xohish, harakat bo'lmasa. Lekin ko'pchilik kimdir ularni turtib turishini xohlaydi, abituriyentlar talabalardan, talabalar magistrlardan, yaxshi ishda ishlaydiganlardan, xullas, hamma o'zidan balandroq insondan uni harakatga undaydigan gap kutadi va uni motivatsiya deb ataydi.

Lekin bu kam muddat davomida sizni ruhlantirib turoladi. Ularning gapi esingizdan chiqishi bilan harakatlaringiz ham avvalgiday sust bo'lib qoladi. Shuning uchun, men birovlardan shirin so'z kutmay, o'zimga o'zim motivation berishga harakat qilaman. Ko'proq maqsadlar qo'yaman. Ularga erishish uchun nimalar qilishimni rejalashtiraman, erishganimdan keyingi holatimni xayolini surib shiftga qarab yotaman.

Harakat qilmasam, developmentsiz qolib ketishimni o'ylayman. Shu men uchun eng zo'r motivatsiya which can urge me to do better. Bu inner motivation deb ataladi. Keyin motivatsion videolar ko'rish bir tiyinga qimmat narsa deb hisoblayman. U sizni listeningizni oshirishi mumkin lekin motivatsiya bera olmaydi.

Videoni ko'rgan kuningiz bir nimalarni plan qilib, inspired bo'lib qolasiz lekin ertasi kuni yana 10gacha uxlab, kuni bilan telefonni quchoqlab yurasiz. Ular ta'sir qilishi mumkin qachonki siz motivatsion video/kitob/kinodan eshitayotgan gaplaringizni allqachon miyangizda to'g'ri deb qabul qilib bo'lgan bo'lsangiz. Inson shunaqa - o'zi to'g'ri deb bilgan narsani tashqaridan eshitib tasdiqlab olishni xohlaydi va keyingina bajaradi.

Shunaqaaa. Faqat kuchli odamlargina o'ziga o'zi motivatsiya bera oladi, boshqalar esa "qachon menga odamlar motivatsiya berarkin" deb kutib yuradi. Kamdan-kam kuchli insonlardan bo'ling. Hech kimdan motivatsiya kutmang. Ilhomlaning xolos❀️

Yours, Marvarid @thoughts_different
πŸ‘109❀63πŸ”₯13πŸ₯°9πŸ‘8🀩2😁1πŸŽ‰1
​Isn't it amazing how every day of ours can be an adventure?

Aslida har bir kunimizdan yoqimli nimadir topa olamiz. At least, o'zimiz yaratsak bo'ladi. Xullas, hammamizda kunimizni bekorga, esda qolmaydigan qilib o'tkazish imkoni bor yoki aksincha.

Iftorlikdan keyin pista chaqib gaplashib o'tirishing ham baxt

1 yildan beri topa olmayotgan serialingni tasodifan topib olsang ham bu baxt

Metroga tushganingda train seni kutib tursa va amallab chiqib olsang ham baxt.

Hozir singlingni idish yuvish navbati, bu ham baxt

Rasm chizib, tasodifan o'xshatib qo'ysang ham baxt

Hovlida tiniq osmonga qarab yotsang ham bu baxt

O'qishda tanimagan odaming senga "Bounty" tashlab ketsa ham, baxtlisan o'sha kuni(ayniqsa u qiz bola bo'lsa)

O'qishdan chiqayotib avtubusing o'tib ketganini ko'rsang va bekatga kelguningcha keyingisi kelib qolsa ham baxt

Universitetni hamma assignmentlarini moodle'ga topshirib ham o'zingni baxtli his qilasan

Qishni sovuq kunida o'rtog'ingni muzqaymoq yeyishga ko'ndirolsang ham baxt

Kimdir seni rasmingni chizib bersa ham baxt

O'zi 2-marta darsga kirayotgan ustozing hammani ichidan faqat seni ismingni bilsa ham baxt

Uyingda wifi bo'lsa ham baxt

Kino ko'rib yotganingda oying kelib ish buyurmasa ham baxt

Muzzzdey ko'rpacha ustida yulduzlarga qarab uyquga ketish baxt

Siz uchunchi? Nima uchun baxtlisiz? Commentda yozsangiz bo'ladi. Urishmayman😁.

Post o'tgan yili ro'zada yozilgan.

Yours, Marvarid @thoughts_different
❀114πŸ‘50πŸ”₯25πŸ₯°12😁6🀩6
Inglizchada narx tushirmoqchi bo'lsangiz nima deysiz? Tushuribering, bo'lishi qanchaa?? How do you say?

Qani, aytinglarchi, bilmasangiz men aytaman keyinβ€οΈπŸ’ƒ
πŸ€”47❀15πŸ‘8πŸ‘8😁7πŸ₯°5
Mana sizga Americada ishlatiladigan gaplar narx tushirish, savdolashish uchun:

βœ…Can we deal on that?
βœ…What's your best offer?
βœ…What's your best?
βœ…What's your offer?
βœ…What's your bid?
βœ…How does $100 sound like?

Thank me laterπŸ’ƒ
πŸ‘165❀61πŸ”₯30😁14πŸ‘13πŸ₯°7πŸ€”5🀩4🀯3
Botga kelgan savollardan biri.
πŸ€”38😁16πŸ‘12❀11
QANDAY QILIB RIVOJLANAY?πŸ€·β€β™€πŸ’ƒ

Rivojlanish degan so'zni eshitsam, aytsam shunaqa xursaand bo'lib ketaman. Inspired, excited bo'laman doim.

Qanaqa rivojlanish sizga bog'liq.

1. Ingliz tili sohasida o'qiysizmi? Rivojlaning. IELTS oling, keyin boshqa sertifikat oling teachingga oid masalan, CELTA. (CELTA haqida qizlar uchun kanalimda yozganman). Yana bitta til o'rganing. Undan ham ma'lum darajaga yetib sertifikatini oling. Men ham o'rganyapman hozir. Miyani charxlaydi, yana bitta eshik ochib beradiz sizga❀️

2. Kitob o'qing. Sevgi-muhabbat, "o'laman qolaman" emas, haqiqiy nimadir o'rgatadigan, "voy shunaqa ekan, hmmm, tushunarlii" deb chizib, yozib o'qiydigan kitob o'qing. Xulosalar qiling kitobdan. Aytibering kimgadir. Men aytibersam tushunaman yanada yaxshiroq. Qizlar uchun ba'zi kitoblar tashladim nargi kanalimga.

3. Internetdan to'g'ri foydalaning. Kurslar o'qing internetda. Bu haqida yozdim. Ko'k yozuvni ustiga bossangiz, o'sha postga borasiz. Mobodo bilmasangiz, deyapmanda😁😁

4. Faqat sohangizga emas, boshqa narsalarga ham qiziqing. Masalan, footballgaπŸ€·β€β™€. Farqi yo'q nimaga qiziqishingizni. Esingizda bo'lsin: qiziqarli inson - ko'p narsaga qiziqadigan inson! Kim bilandir suhbat qurganda iiiindamay o'tiradigan "hmm, haa"dan nariga o'tolmaydigan bo'lishni xohlamasangiz, qiziqarli bo'ling. Curiosity deyiladi inglizchada.

5. Ichki va tashqi holatingiz ustida ishlang. Balansni biling. Faqat bilim olish bilan ko'rinish esdan chiqmasin❀️. Chiroyli bo'lib yuraylik. Yuzingizni parvarishlang, qomatingizni to'g'rilang, kiyimlarni did bilan tanlang, xullas hammasi.

6. YouTubeda o'tiring. Qanaqadir sifatsiz, keraksiz videolar emas, nimadir olsa bo'ladigan narsalar ko'ring. Qanaqa video ko'rsam bo'ladi? demang, siz nimaga qiziqishingizni bilmayman. Ko'radigan narsangiz sizga QIZIQ va FOYDALI bo'lsin.

7. Qiziqarli, bilimli insonlar bilan ko'p-ko'p gaplashing. Aniqrog'i ularni tinglang. Unaqa odam topa olmayman deysizmi? Unda intervyular ko'ring. Yana sizga kim qiziqligini bilmayman. Saviyali, aqlli insonlarni intervyularini ko'ring. Gaplashgandek bo'lasiz.

Xullas, telefonchamda yozilganidek "Never settle!". Hech qachon bitta joyda qotiiib qolib ketmang. Harakatda bo'ling. Bilim uchun harakatda bo'ling. Rivojlaning❀️. Buni tekinga ham qilsa bo'ladi.

Yours, Marvarid @thoughts_different
❀172πŸ‘88πŸ”₯25πŸ₯°12😱5😒3😁2πŸŽ‰2❀‍πŸ”₯1
Global UGRAD interviewga o'tganlar javobi chiqibdi. Kim o'tdi😍?

Javob kelgandagi holatim esimga tushib ketdi. Oshxonada ovqat qilayotgandim, soat 3larda kelgandi😍😍😍. Rosssa xursand bo'lganman lekin hech kimga aytmaganmanπŸ˜„

O'tolmaganlarga xabar kechroq keladi. Buni ham his qilganman. Yomon hissiyot rejection olish...
❀86🀯22πŸ‘15πŸ₯°8😒6πŸŽ‰2🀩1
SCHOLARSHIP ESSAY YOZISH

Bugun soat 17.00da Education USA tomonidan grantlarga topshirish va essay yozish mavzusida seminar bo'ladi. Youngstown state university bilan hamkorlikda o'tkaziladi.

Albatta kiring va o'rganing nimadir yangi❀️

Zoom link: https://ysu-edu.zoom.us/j/97302106123?pwd=MTJRc2liWHBQejNXOXJYWGd3VVZUQT09

Yours, Marvarid @thoughts_different
πŸ‘38❀12🀩6
Global UGRAD interviewim, nima savollar tushgani haqida gapirib beraymi?

Semi finalistlar, yana topshirmoqchilar va shunchaki qiziquvchilar uchun?πŸŽ“
❀150πŸ‘55πŸ”₯18πŸ€”7😁6πŸ‘4πŸŽ‰3😱1
Global UGRAD interview. Nima qilay?

Taak, interviewga qabul qilinganlarga ozgina maslahatchamni beraman.

1. 5 kun avval bilganman interviewga o'tganimni. Va 2 kun qattiq tayyorlanganman. Tayyorlanish ichiga internetdan avvalgi savollarni topish, avval yutganlardan maslahat olish, mock interview qilib ko'rish, tahminiy savollarga tahminiy javoblarimni yozib o'zimga o'zim gapirib berishlar kirgan.

2. Hamma tahminiy savollarga o'zimni javoblarimni yozganman. Essayimdan so'rashlari mumkin bo'lgan savollarga tayyorlanganman.

3. Masalan, Amerikada qanaqa o'yin o'ynashni xohlashim haqida yozganimda cornhall deb yozib qo'yganman. Vaholanki, bu nimaligini bilmasdim shoshganda internetdan olib yozganman. Interviewga kirib ketishimga 2 daqiqa qolganda shu o'yinni so'rab qolsachii, degan narsa miyamga urgan va nimaligini internetdan ko'rganman vaaa rostdanam so'rashgan😳😳😳. Nimaga aynan cornhall o'ynamoqchisan?, deb. Axir men aqllimankuπŸ€“ javob berib tashlaganmanπŸ€ͺ.

4. Interviewga sochimni oddiy yig'ishtirib, oq futbolkada kirganman. Futbolka women up dasturiniki edi qaysiki US embassy In Tashkent tomonidan moliyalashtiriladigan. Ortimda esa Amerika kartasi turgandi. Zoomga kirishim bilan interview oluvchilarni impress qila olishga yaxshi ko'rinish. Shunday emasmi?

5. Kulib gapirganman. O'zi hayajonlansam kulgim kelmasa ham kuliiiib turaveramanπŸ˜πŸ€·β€β™€. 4 kishi interview olgan. Hammasi samimiy bemalol gapiraverasiz. Qo'rqmasdan.

6. O'zimga ishonib gapirganman ba'zi holatlarida unchalik ishonadigan gap gapirmasam ham gapimni qo'rqib aytmaganman. Ishonishda gap katta.

Pastda menga tushgan savollarni qoldirdim. Ba'zilari essayimdan so'ralgan. Hammaga omad❀️

1. Introduce yourself
2. Why UGRAD?
3. What are your career plans?
4. How UGRAD can influence your career plans?
5. Have you ever been abroad?
6. Why corn hall?
7. What do you do as a student advisor in for JACAFA scholarship?
8. How important diversity is for you?
9. What state would you choose if you are selected?
10. What languages do you know?
11. What volunteering activities do you want to do in the US?
12. What volunteering activities do you do in Uzbekistan now?

Yours, Marvarid @thoughts_different
πŸ‘85❀31πŸ‘10πŸ₯°7πŸ”₯6πŸŽ‰3😁2
Amerikaga work and travel dasturi va J1 visa olish haqida yozaymi?
πŸ‘65❀22πŸ”₯6🀯4
Avvallari Work&Travel dasturi orqali ko'p talabalar Amerikaga borishardi va yozda pul ishlab, o'zlarini kontraktlariga, xarajatlariga o'zlari pul topib ham aylanib sayohat qilib, do'stlar orttirib kelishardi. Lekin karantin sababli 2 yil Amerika J1 talabalarni qabul qilmay qo'ydi.

Rasmlarni bittasini o'zim tushirganman❀️😜San-Franciscodagi Golden gate ko'prigi.
πŸ‘48❀30πŸ₯°12🀩12🐳1
Va yaqinda US embassy saytida e'lon qildi yana work&travel dasturi uchun J1 visalar berilayotgani haqida. Bu safar esa meni tahminimcha va rostdan ham visalar oson beriladi

Nimaga deb o'ylaysiz?
πŸ‘54❀27πŸ‘7😁7πŸ€”2
2025/07/09 19:00:33
Back to Top
HTML Embed Code: