Telegram Web Link
Bakalavr, magistratura yoki doktaranturani to'liq grant asosida nufuzli universitetda o'qimoqchi bo'lsangiz "El-yurt umidi" jamg'armasi grantiga qabul boshlanadi 10-yanvardan boshlab.

Ovqatlanish, transport, kontrakt, yashash harajatlari hammasi qoplanadi. Faqat siz world ranking 300talikka kiradigan (adashmasam, rasmiy saytda bu haqida aytilmabdi!) universitetga kirishingiz kerak.

Albatta ba'zi universitetlarda, ayniqsa Amerikadagilarda, application fee bor. Hujjat topshirish uchun ham pul to'laysiz va bu non refundable ya'ni universitetga qabul qilinmasangiz ham qilinsangiz ham qaytarilmaydi. $70-150 atrofida ko'rganman. Bunga tayyor bo'ling.

Eng katta LEKIN esa univerni shu grantni yutib undan foydalanib bitirganingizdan keyin ALBATTA O'zbekistonga qaytib kelib, 5 yil davlat ishida ishlashingiz kerak.

Shunaqa gaplaar. Quyidagi linklardan to'liqroq ma'lumot oling va sizga ma'qul kelsa topshiring:

https://oliygoh.uz/post/el-yurt-umidi-jamgarmasi-2021-2022-oquv-yili-stipendiyalar-tanlovi

https://eyuf.uz/site/view?id=369

Bu yil bakalavr yoki magistraturaga topshirmoqchilar bormi? Yana bir grant bor edi๐Ÿ’ƒ

Yours, Marvarid @thoughts_different
๐Ÿ‘28โค7๐Ÿ”ฅ6
โ€‹#Maridantavsiya

Kecha Linkedin haqida so'ragandingiz. Eski postimni jo'natyapman shu haqidagi. O'qib chiqing va o'rnating. Asta-asta connectionlar ko'paytiring. Nimadirlar yozing. Kichik yutuqlarni ham share qiling. YouTubeda videolar ko'ring qanday qilib kuchaytirish haqida.

"2 oycha bo'ldi Linkedin ochganimga. Ko'p narsalarni o'rgandim job interview, CV, qanday qilib ish topish, topgandan keyin qanday ishlash, haqiqiy lider qanday bo'lishi haqida. Job interviewlarda qilgan jinnicha xatolarimni tushunib yetdim. Linkedin haqida gapiradigan bo'lsam, juda foydali, vaqtni sarflaganga arziydigan sayt. Xuddi Facebookka o'xshaydi lekin maqsad ish topish, ishlash, hammasi profession bilan bog'liq professional postlar. Tavsiya qilaman qattiq.

1. Inglizcha atmosfera;

2. Job interview, CV, Cover letter, Motivation letterlar haqida foydali, boshdan o'tgan postlar, maslahatlar o'qiysan;

3. Connectionlarni ko'paytirib, profilni kuchaytirib borsang, katta ehtimol bilan Uzbga emas, chetga ishga topshirganingda Linledin profiling linkini so'rashsa, gerdayib jo'nata olasan;

4. Insonlarning katta-katta yutuqlari, mehnatlarini ko'rib inspired bo'lasan, "nime man sudralib yuribman shuncha paytdan beri" degan fikr paydo bo'ladi, qattiqroq ishlaysan/o'qiysan;

5. Instagramdagi maqtanchoqlik va Facebookdagi nolishlardan holi joy;

6. O'z ishini ustalaridan maslahat olishing mumkin.

Sooo, nimani kutyapsan, Linkedin och and I am open to new connections)

Appni shu yerdan tortib olishingiz mumkin".

Yours Marvarid @thoughts_different
๐Ÿ‘45โค18๐Ÿ”ฅ11๐Ÿคฉ4๐Ÿ˜ข3
#emailiquette

โ€‹Taaak, Mari, birovga email jo'natishdan avval email yozish qoidalariga qarab qo'y. Omi deb o'ylashmasin

Email orqali o'rtog'ing bilan yozishmasligingni hisobga oladigan bo'lsak, formal yozishga harakat qil;

Senga email orqali nimadir jo'natishlarini aytishsa, "voy manda gmail bor faqat" deb qovun tushirib qo'yma. Ikkalasi bitta narsa;

Yozganlaringga qo'shib file ham tashlamoqchi bo'lsang, alohida jo'natma. Bu senga telegram emas, bittada yetib boradigan. Gapingni yozib, fileni attach qil (videoda berilgan). Keyin nimani attach qilganingni bildiradigan u bu gap yoz.

Xating yetib borganda norm ko'rinishiychun, Subject degan joyiga xatda nima haqida yozganingni kichkina qilib yozib qo'y. Mavzu, xullas;

Agar xabaringni tezda o'qishlarini xohlasang jo'natayotganda urgent qilib jo'nat. Subjectni boshiga ham urgent so'zini yozsang, e'tibor tushadi xabaringga;

Ezmalanma. Qisqa, aniq yoz. Kerakli joyiga boshqa rang bilan urg'u ber. Tartibli yoz.

Shu videoni albatta ko'r. Hech bo'lmaganda bitta narsa o'rganasan email yozish bo'yicha.

P/S: u bu qo'shimchalar bo'lsa, commentlarda kutaman

Yours Marvarid @thoughts_different
๐Ÿ‘71๐Ÿ˜38๐Ÿ”ฅ7๐ŸŽ‰7โค4
๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ธMaktab, kollej o'quvchilari uchun

US embassy tomonidan Education USA dasturi. 15-17 yoshli o'qiuvchilarga Amerika universitetlariga topshirish, o'qish haqida ma'lumot beriladi dasturda. Online bo'ladi. Tanlab olinadi candidatelar.

Inglizchada o'tiladi. Lekin til sertifikati kerak emas. Qatnashish uchun IELTS 5.5 darajada bilim bo'lishi kerak lekin sertifikat shartmas.

Deadline: 20-fevral 18.00
โœ…ARIZA TO'LDIRISH LINKI
โœ…To'liq ma'lumot

Albatta topshiringlar, ko'p narsa o'rganasiz๐Ÿ’ƒ

Yours, Marvarid @thoughts_different
โค45๐Ÿ‘22๐Ÿ”ฅ10๐Ÿ˜ฑ3๐ŸŽ‰2
Abituriyentlar! Bir narsani aytmoqchiman: o'qishga kirolmaslikdan qo'rqmang. Hech qachon. O'qishga kirish bu oliy maqsad bo'lmasin. O'qishga kira olmadi degani hayot tugadi degani emas xuddi o'qishga kirdi degani bu zo'r, eng katta maqsadiga yetdi, endi dam olsa ham bo'ladi deyish xato bo'lganidek.

Birinchi yil kirolmadingizmi, hech nimamas. Hayot tugamadi. O'sha-o'sha ikkita qo'lingiz, oyog'ingiz, ko'zingiz, aqlingiz o'zingizda. Siz haliyam kuchlisiz. Yaxshi-ku kirolmagan bo'lsangiz, 1 yil yana bemalool tayyorlanasiz. Abituriyentlik ham bir ajoyib davr.

Chet elda yoshlar ataylab, 1 yil gap year olishadi. O'qishga ataylab topshirmasdan, avvalo nima xohlashi, qayerga o'qishga kirishi, kirgandan keyin nima qiladi (4 yil bekoooor studentlik davrim - oltin davrim deb maza qilib o'tkazib yubormasligiga ishonchi komilmi/yo'qmi) aniqlab, tayyorlanib keyin topshirishadi.

Siz-chi? Kira olmasangiz, issiqlarda darsga qatnab yurganingizni ko'rgan qo'shningiz nima deydi, test yodlab, amallab 78 ball bilan balli past o'qishga kirgan do'stlaringiz nima deydi, shularni o'ylab siqilib, vaqtingizni overthinkingga bag'ishlab yuborasiz.

Kimdandir o'zib ketishga harakat qilib o'qimang. Kimdir sizdan ko'proq test ishlayotgandir, kimdir sizdan ko'proq mavzu o'qib tashlayotgandir. E'tibor bermang, siqilmang. Just try to be better version of yourself. Sizda faqatgina bitta inson bor musobaqalashadigan - kechagi o'zingiz. Kecha 30tadan 22ta ishlayotgandingiz, bugun 23ta bo'lsa xursand bo'ling. O'rtog'ingiznikidan ko'p chiqqani uchun emas.

Aytadigan gapim shu: hech qachon o'qishga kirolmaslikdan qo'rqmang. Oldingizga o'qishga kirishdan ham balandroq maqsadlar qo'ying. Universitetga kirish aynan o'sha maqsadlaringizga yetishish jarayonidagi bir kichkinagina pog'ona bo'lsin xolos.

Maqsadga erishishni erta-kechi yo'q. Deadlinelarni o'zimiz yaratamiz.

Yours, Marvarid @thoughts_different
๐Ÿ”ฅ97๐Ÿ‘53โค41๐Ÿ‘20๐Ÿ˜ข6๐Ÿฅฐ3๐Ÿคฏ3๐ŸŽ‰3๐Ÿ˜ฑ1
50 successful Ivy League application essays.pdf
6.5 MB
Biror dasturda yutish uchun motivation letter yozayotganda bir ko'rib chiqing shu kitobniโค๏ธI liked it!

Global UGRAD'ga topshirayotganimda shu essaylarni va qoidalarni o'qib chiqqandim.

Yours, Marvarid @thoughts_different
โค58๐Ÿ‘20๐Ÿ‘8๐Ÿ”ฅ7๐Ÿฅฐ2๐Ÿคฉ2๐Ÿ˜ฑ1
Boshimda kechirib va boshqalarda kuzatib anglaganlarim

1. Hech qachon "hech qachon" demang. O'sha hech qachoningiz o'zingizni boshingizga keladi bir kun. Attang qilib qolasiz.

2. Hech kimga va hech nimaga qattiq ishonib qolmang. Oxirida baribir yolg'iz qolasiz. Hamma sizni tark etib ketishi mumkin. Hayot qonuni.

3. Hamma narsaga ulgura olmaslik tabiiy hol. Vaqtni taqsimlashni eng yaxshi usuli daftarga ishlaringizni muhimligiga qarab ketma-ket yozib chiqib, bajarilgan ishga tickโœ… qo'yib ketish.

4. Sodir bo'lgan ishlarda kimnidir ayblashni bas qiling. Ayb sizda. Doim.

5. Agar bunaqa bo'lganda edi, mana bunaqa bo'lardiii, deb xayol qilib o'tirishni bas qiling. Hech nima besabab, biror hikmatsiz sodir bo'lmaydi. Hayotingizdagi hamma narsa reja bo'yicha ketyapti aslida. Sizning rejangiz bo'yicha ketmayapti faqat.

6. O'ychi o'yini o'ylaguncha tavakkalchi ishini bitiradi. "Men bunaqa deb o'ylagandimdaa"lar ko'pincha yutqizishadi. Chuqur va ko'p o'ylamasdan harakat qilib ko'rish kerak.

Yours, Marvarid @thoughts_different
โค125๐Ÿ‘63๐Ÿ”ฅ20๐Ÿ‘19๐Ÿฅฐ10๐Ÿคฉ5๐Ÿค”3๐Ÿ˜ฑ1
๐Ÿ”ฅNATIVE SPEAKERlar bilan speaking qiling!

Yaqinda zo'r app topdim. Faqat reklamalariga chidasangiz yoki pul to'lab premium qilsangiz, xohlagan tilingizdagi native speakerlar bilan qo'ng'iroq qilish orqali gaplasha olasiz.

Men ispan tili uchun ochgandim. Mexican ayol qo'ng'iroq qildi birinchi kirganimda. "Hola" deyishni o'rniga, doim inglizcha gapirib o'rganib qolganim uchun "Hii" deb yuboribman๐Ÿคฏ, shu bilan inglizcha gaplashib ketdik.

U ayol Amerikada yasharkan. "Wooow" deb qaysi shtatligini so'raganimda Californiada ekanligini aytdi. Battar excited bo'lib ketdim.

O'zbekiston haqida aytib berdim chunki bunday davlat borligini ham bilmas ekan๐Ÿ˜๐Ÿ˜ž.

Shunaqaaa. Gaplashib o'rgansangiz, tanishsangiz, yangi bilimlar olsangiz bo'ladi.

Referral code degan joyiga MARVARID deb yozsangiz 100 lingo beriladi sizga. Uni esa gaplashishga daqiqa uchun sarflaysizโค๏ธ. Sizlarga mendan sovg'a.

Android uchun: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.lingbe.app&hl=en

iOS uchun: https://apps.apple.com/co/app/lingbe-practica-idiomas-online/id1061633775

P/S: 10k bo'lishimizni xohlayman. Yanada inspired bo'lib ko'proq yozardim๐Ÿ˜๐Ÿ’ƒ

Yours, Marvarid @thoughts_different
๐Ÿ‘77โค42๐Ÿ”ฅ10๐Ÿ‘10๐Ÿคฏ9๐Ÿคฉ2๐Ÿฅฐ1
Airararabia'dan styuardessalikka ko'pchilik qizlarga xat kelibdi๐Ÿ˜. Kimlarga keldi? Interview qachon?

Topshirgan hammmmmaga kelganmasdir๐Ÿง
โค54๐Ÿค”14๐Ÿ”ฅ8๐Ÿฅฐ7๐Ÿ‘7๐Ÿ‘4๐Ÿ˜ข4
Uyatchanlikning foydasi?

โ€‹Hech qachon ko'rmaganman uyatchanligi, fikrini aytishdan o'zini tiyishi, tortinishi uchun hayotda biror narsaga erishgan insonlarni.

Ko'rganman, xuddi shu fe'li uchun pand yegan, foydalanilgan insonlarni. O'zimda ham bo'lgan. Avvallari "yo'q" deyolmasdim. Hozir qanchalik qo'pol ko'rinsam ham o'zim nimani xohlasam shuni aytishga, shuni qilishga harakat qilaman (sometimes I fail to do that).

Tortinib yashasangiz, odamlar bilan gaplashishga qiynalsangiz, kirishib keta olmasangiz, eng yomoni, harakat qilmasangiz hech kim sizga "Kel, mana senga men ish beraman" yoki "Mana senga grant tayyor, yutib ket shuni" demaydi.

Siz o'zingizga past baho bersangiz, hech kim sizni balandga ko'tarmaydi. Siz o'zingizga ishonmasangiz, odamlar uyoqda tursin, uyingizdagi kuchugingiz ham ishonmaydi hatto.

Mendan zo'rlar ko'p, eplay olmayman, ularni oldida men kim bo'libman, desangiz, albatta shunaqasiz - sizday o'ziga ishonmaydigan inson olamda yo'q. Hozir ichingizdagini baland ayta olmayapsizmi, keyinchalik ham shunaqa davom etadi.

Butun umr ichingizga yutib, harakatlaringizni "Boshqalar nima deb o'ylarkan๐Ÿฅบ" deb nazorat ostida tutib o'zingizni siqib yashaysiz. Maza qilib yashamaysiz.

Uyatchanlikni yo'qotish mumkin. Agar siz comfort zone'dan chiqishga harakat qilsangizgina.

Bo'lmasa yuraverasiz hammadan ko'p harakat qilib, hammadan kam natijaga erishib. Hozir kim ekanligingizdan, harakatlaringizdan, fikringizdan uyalmang, faqat o'ylang: hozir kelajagingiz uchun nima qilyapsiz? Universitetda o'qiyapsiz? Sizdakalar millionta.

Ulardan qanday ajralib turmoqchisiz? Qizil diplom bilan? Diplomingiz siz uchun hech qachon turib berolmaydi.

Kelajakdagi yetilib chiqadigan shaxsingizdan uyalib qolmaslik uchun hozirdan komfort zonadan chiqib, harakatingizni boshlang, o'rtoqlar. Qancha imkoniyatni ichida yashayapmiz axir. Yordam so'rang mendan, javob berolmasam Googledan๐Ÿ˜‰

Uyatchanmisiz? Foydaga ishlaydimi, zarargami? Commentda qoldiramiz!

Yours, Marvarid @thoughts_different
๐Ÿ‘92โค21๐Ÿ”ฅ14๐Ÿ˜5๐Ÿ˜ข4๐Ÿ‘3๐Ÿ˜ฑ2
Uyatchanlikni qanday yo'qotay?

โ€‹Uyatchanlik haqida post yozganimdan keyin ko'p qizlarda shu muammo borligini botga kelgan xabarlardan bildim. Girls, stop it. Hozir sizga sinalgan usullarni aytaman. Faqat bajarishingiz shart.

1. Doimgi krugingizdan kattaroq davralarga o'zingizni majburlab uring. Masalan, siz doim kursdoshlaringiz, sinfdoshlaringiz bilan bo'lgansiz, undan ortiq odamlar davrasida bo'lmagansiz. Buni o'ylash ham siz uchun qo'rqinchli. Chunki noqulay sezasiz. Endi kattaroq davralarga kirib, xuddi sizni hech kim tanimaydigandek (iloji bo'lsa, rostdan ham hech kim tanimaydigan davralarda bo'ling) gapiring, fikringizni bildiring, erkin bo'lishga harakat qiling.

Keyin qarabsizki, kattaroq, bilimliroq davrada bo'lganingizdan keyin kursdoshlaringiz, boshqa o'rtoqlaringiz oldida va darsda gapirish siz uchun hech narsa bo'lmay qoladi. Chunki endi siz ulardan ham bilimlisini, kuchlisini, quvnog'ini korgansiz.


2. Qahramonlari sharttaki, ijtimoiy hayotda faol, quvnoq bo'lgan kitob o'qing va serial ko'ring. Masalan, man hozir "Suits"ni ko'raman har kuni. O'zim xohlamagan holda ko'p ko'rganimdan gapirishim ularga o'xshab ketyapti. Hatto gaplarini yodlab olaman ba'zida va hayotdayam xohlamagan holda ishlatvoraman. Ko'p ko'rsangiz/o'qisangiz sizga ta'sir qilmasdan qolmaydi.

3. O'zingizni qiynang, challenge qiling. Masalan, bugun ko'chaga chiqsangiz, ko'chadagi tanimaydigan "random" odamlarni ko'ziga 10 sekunddan qarab turishni mashq qiling. Bu o'zingizga bo'lgan ishonchni, odamlarga qo'rqmasdan tik qarab fikr bildirishni oshirib, shakllantiradi. Lekin ko'chadagilar sizni #galati qabul qilishadi. Mahallada bunday harakatlar amalga oshirish ta'qiqlanadi๐Ÿ˜Œ. Metroda zo'r ketadi.

4. Boringizcha qabul qiling. Va boshqalarni ham shunga majbur qiling. Qattiq kulasizmi, kulavering. Ko'nikishsin. Qaysidir sohada bilimingiz pastmi, nima qilibdi, hazilga yo'ying. Hamma g'alati odatingiz, kamchiligingiz bilan qabul qilishlariga majbur qiling. "Your quirky thing are what make you beautiful". Albatta, oshib ketmasligi kerak.

Men biror narsani gapirsam, berilib gapiraman, judayam emotsiya bilan qayerdaligimni farqi yo'q: ko'chadami, metrodami, universitetdami. Ko'chada shunaqa gaplashib ketayotganimda masxarayam qilishgan paytlari ko'p bo'lgan yoki orqadan gapirishadi. Men hech qachon e'tibor bermayman yoki kulaman. Lekin o'zgarishga harakat qilmayman. Chunki o'zimni shundoqligimcha yaxshi ko'raman.

Siz ham hamma kamchiligingizni bitta varoqqa yozing, ayniqsa, boshqalarga gapirayotganizda ko'zga tashlanadiganini, keyin ularni qabul qiling. O'zgartira oladiganingiz bo'lsa, o'zgartirishga harakat qiling. Agar xohlasangiz. Xohlamasangiz, davom eting shundayligingizcha.

5. O'zingizni maqtang. Uyatchanligingizni hamma joyda aytavermang. "Man uyalaman-dee" degan gapni yig'ishtiring. Qachongacha uyalasiz? Ertaga farzandlaringiz o'ziga ishongan, bilimli, tortinmay o'z fikrini bildira oladigan ona qo'lida tarbiyalangani yaxshimi yoki gapirishdan avval 15 marta ikkilanib, oxiri indamaslikni tanlaydigan, o'ziga ishonchi past, bor bilimni ham chiqarib bera olmaydigan ona qo'lidami?

Tak chto, o'ylang yaxshilab. Shuncha yozganim bekor ketmasin. Sizni faqat SIZ o'zgartirolasiz. SIZ tarbiyalay olasiz. Siz hech nima qilmas ekansiz, hech kim yordam bera olmaydi. Men ham.

P/S: chegarani bilish muhim. Bezbetlikka o'tib ketmasin, albatta.

Yours, Marvarid @thoughts_different
โค82๐Ÿ‘63๐Ÿ”ฅ29๐Ÿ˜10๐Ÿ‘4๐Ÿ˜ฑ2๐Ÿคฏ1
Why don't we gather 8k today?๐Ÿ’ƒ

Let's hit that 8. All you have to do is to share the channel
โค92๐Ÿคฏ77๐Ÿ”ฅ37๐Ÿ˜18๐Ÿ‘14๐Ÿ‘10๐Ÿฅฐ7๐Ÿค”7๐ŸŽ‰6๐Ÿ˜ฑ4๐Ÿคฉ1
Wooow, thank you all, guys๐Ÿ˜. I have the best subscribers ever!
๐Ÿ”ฅ118โค53๐ŸŽ‰52๐Ÿฅฐ22๐Ÿ‘20๐Ÿ‘10๐Ÿคฏ7๐Ÿ˜6๐Ÿคฉ5๐Ÿ˜ฑ3๐Ÿค”2
Chet elda oโ€™qish uchun boyvachcha boโ€™lish shart emas. Shunchaki arzon yoki umuman bepul boโ€™lgan, yoki boโ€™lmasa qimmat boโ€™lsa ham, grant yutib oโ€™qisa boโ€™ladigan univerlarni izlanib topishimiz kerak.

Izlanishingiz osonroq boโ€™lishi uchun sizga saytlarni beraman. Nima maโ€™lumot kerak boโ€™lsa, olaverasizlar. Botga yozishingiz shart emas. Sayt orqali olasiz hamma ma'lumotni. Men ham saytdagi ma'lumotdan ortig'ini bilmayman, afsuski๐ŸŒš๐Ÿคทโ€โ™€๏ธ

Oโ€™zi aslida har-xil usullar bilan universitetda bepul yoki arzon oโ€™qish mumkin:

1. Harajatlaringiz toโ€™liq qoplanadigan grant dasturi yutib olish (masalan, Erasmus);

2. Arzon universitet yoki umuman bepulidan topib, ham ishlab oโ€™qish orqali;

3. Borayotgan davlatingizni tilini oโ€™rganib, ancha arzon narxda oโ€™qish orqali. Hatto Yevropaning top univerlarida ham oโ€™qishingiz mumkin.


๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ธ๐Ÿ—ฝAmerika https://us.fulbrightonline.org/ Fullbright granti

๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆCanada http://www.scholarships-bourses.gc.ca/scholarships-bourses/non_can/opportunities-opportunites.aspx?lang=eng

Kanadalik boโ€™lmaganlar uchun imkoniyatlar bilan tanishasiz. Ketish qiyin boโ€™lgan davlatlardan biri.

๐Ÿ‡ซ๐Ÿ‡ฎFindlandiya http://studyinfinland.fi/

Taโ€™lim tizimi boโ€™yicha eng zoโ€™r davlatlardan hisoblanadi. Google qilib koโ€™rsangiz, bilasiz.

๐Ÿ‡ช๐Ÿ‡ธIspaniya http://www.becasmae.es/

Sayohat qilish orzum. Oโ€™qishi haqida koโ€™p narsa bilmayman. Google biladi lekin.

๐Ÿ‡ซ๐Ÿ‡ทFransiya http://bgfrussie.ru/fr/Home.aspx

Menimcha hamma qizlar orzu qiladi borishni

๐Ÿ‡ฌ๐Ÿ‡งBuyuk Britaniya https://www.chevening.org/

Chevening stipendiyasi hamma harajatni qoplaydi. Maza.


๐Ÿ‡ช๐Ÿ‡บEast chance http://www.eastchance.com/index.asp

๐Ÿ‡ช๐Ÿ‡บThe hill foundation
http://www.hillfoundationscholarships.org/

๐Ÿ‡ฉ๐Ÿ‡ชGermaniya - DAAD zo'r scholarship. Topshirishga arziydi. Magistraturani Germaniyada o'qish uchun.
http://www.daad.de

๐ŸŒErasmus Mundus - shuni yutib, Yevropani kezish niyatim bor. Maza. Harajatlarni to'liq qoplaydi. Joint Master qilib, 2 yilda 4 xil davlatda o'qisa bo'ladi.

https://ec.europa.eu/programmes/erasmus-plus/opportunities/individuals/students/erasmus-mundus-joint-master-degrees_en

๐Ÿ‡ฆ๐Ÿ‡บAvstarliya http://studyinaustralia.gov.au/

๐Ÿ‡ฏ๐Ÿ‡ตYaponiya. Scholarship yutgandan beri yaxshi ko'rib qolganman shu davlatni. http://www.jasso.go.jp/study_j/scholarships_sfisij_e.html

๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ณXitoy. China scholarship council
http://en.csc.edu.cn/About/

๐Ÿ‡ง๐Ÿ‡ทBraziliya. O'zbekistondan Braziliyaga borib o'qiyotganlarni bilmas ekanman. Siz boring.

http://www.ciee.org/study-abroad/financial-aid/gain/

Ha aytgancha, hech qachon kimdir kelib, kel shu tayyor grantni yut, yoki arzon univer bor o'qib ket, demaydi. Izlanib topishingiz kerak. Bitta shuni ham eplay olmasangiz, nima qilib yuribsiz oliy ma'lumotga da'vo qilib? Joyni bo'shating, arzirlilar o'qisin. Erkoshaga rahmat

Yours, Marvarid @thoughts_different
๐Ÿ‘87โค39๐Ÿ”ฅ14๐Ÿฅฐ12๐Ÿ‘11๐Ÿ˜10๐Ÿ˜ฑ3๐Ÿ˜ข3๐ŸŽ‰3๐Ÿคฉ3
Dangasalik. Undan qutilish.

Men ham siz kabi g'irt dangasaman. Bomdoddan keyin shart uxlab, 9.30da turaman hozirgi universitet online bo'lgan holatda. 11gacha uyni aylanib, mayda-chuyda ish bilan vaqt o'tkazaman. Keyin obed bo'ladi. Keyin uxlagim keladi yana. Keyin kechki payt, yana uyda ish. Keyin kechqurun, yana uxlagim keladi.

Ana sizga typical dangasa haqida ssenariy. Bu kun tartibi dangasaligim o'ta avjiga chiqib ketganda bo'ladi. Lekin odatda amallab uni yenggaman. Qanday qilib?

Menda ish beradigan usul bu orzularim haqida o'ylash. Abituriyentligimdan beri ish beradi.

Shu kichkina joyda qolib ketmoqchimisan, Marvarid? Yoki sayohat qilish, katta joylarda ishlash, yaxshi joyda yashashni xohlaysanmi? Xohlaysan. Harakat-chi? Bunday qilib kuningni uxlash va uydagi mayda ishlar bilan o'tkazsang, o'zingni rivojlantirmasang, oq otdagi shahzoda ham seni qutqarib olib ketolmaydi-ku? (Oq otdagi shahzodalarga ham o'zlariga mosi kerak, yesli chto).

Hozir vaqtinchalik maza qilib shunchaki kuno'targa yashaysan. Ertani o'ylamaysan. O'sha erta kelganda esa, shu kunlaringda bekorchi narsalarga, Instagramga/Facebookka, ba'zi sendan kechib ketadigan o'rtoqlaring bilan yozishishga vaqt sarflaganingdan afsuslanasan.

Univerda o'qiyotganingni kaatta ish deb qabul qilasan. Xuddiki nimanidir qoyillatyapsan. Yo'g'e? Univerda qanaqa o'qitishlarini, uni bilimi bilan ertaga hech qayerda zo'r ishlab keta olmasligingni eslatishim shartmi?

Xullas, shunaqa. Dangasalikdan seni hech kim qutqarib keta olmaydi. O'zingdan boshqa. Tร nlov doim o'zingda. O'qishingni xohlamayotgan ota-onangda yoki qachon oila qurishingni poylayotgan mahallangdagilarda emas. Senda.

Sen xohlasang, harakat qilsang, chindan niyat qilsang, hammasi bo'ladi. Hech kim zo'r, aqlli, muvaffaqiyatli bo'lib tug'ilmagan. Harakat qilib erishgan. O'sha sen "omadi kelibdi-da" deb osongina aytadigan omadni ortida qattiq harakati, dangasalikni yengib comfort zone'dan chiqishi yotibdi.

Karantin ekan, deb zoom darslarda esnab o'tirish bilan o'zingni aldayvermasdan, tezroq harakatni boshla. Tezzz!

Yours, Marvarid @thoughts_different
๐Ÿ‘217โค78๐Ÿ‘66๐Ÿ”ฅ40๐Ÿคฏ15๐Ÿ˜ข10๐ŸŽ‰9๐Ÿฅฐ8๐Ÿ˜8๐Ÿคฉ7๐Ÿ˜ฑ6
Janubiy Koreyada magistratura va doktaranturada o'qish uchun KOICA scholarshipiga qabul boshlandi.

Pastda rasmlarda va linkda hamma ma'lumot berilgan. Izlaningโค๏ธ

https://www.koica.go.kr/ciat/7815/subview.do

Yours, Marvarid @thoughts_different
๐Ÿ‘21โค5๐Ÿ”ฅ3
๐Ÿ‘21โค5๐Ÿ”ฅ5
2025/07/09 05:33:10
Back to Top
HTML Embed Code: