Telegram Web Link
Elementary darajadanoq (hatto beginnerdan) o'quvchilarimga kichik esse yozishga berib yuboraman uy vazifasi sifatida. Faqat grammatikani o'rganish bilan ish bitmasligini, uni amalda qo'llashni ham o'rgatish kerakligini aytmasam ham bilasizlar.

Hozir elementary guruhimga quyidagi saytdan mavzu berib yuboryapman. Sizlarga ham ilindim❤️Thank me later

https://www.thoughtco.com/quick-writing-prompts-p2-2081846

Yours, Marvarid @thoughts_different
DESTINATION B1.pdf
26.4 MB
📌O'quvchilarim bilan darsda ishlatadigan sevimli kitoblarimdan. Ham grammatika, ham vocabulary uchun❤️

@thoughts_different
Destination B1 - o'zbekcha (@new_vocabulary).pdf
405.3 KB
Destination B1 o'zbekcha tarjimasi

@thoughts_different
2👍1
Destination B2 - o'zbekcha (@new_vocabulary).pdf
784.6 KB
Destination B2 vocabularysi o'zbekcha tarjimasi

@thoughts_different
👍4
🔥Background boyitmoqchi bo'lganlar uchun

"Yosh menejer" dasturiga qabul boshlandi. 1-mavsumida yaqin o'rtog'im qatnashgandi (aslida men ham hujjat topshirishim kerak edi lekin dangasalik qildim😸). Xullas, o'rtog'im hamma bosqichlaridan o'tib tanlab olindi. Judayam yoqdi unga. Yangi bilimlar, har-xil universitetlardan yangi do'stlar, ishgayam joylashdi shu dastur davomida.

Siz ham topshiring. Bundan keyin intervyu bosqichi bor. Ikkalasidan o'tsangiz qabul qilinasiz. Bu safar ham offline bo'lsa kerak.

"Qanday qilib CVni zo'r qilaman, backgroundim havas qilarli emaaas🥺" deydiganlar ayyyniqsa topshiring va kuchaying
💃

Deadline: 10-sentyabr

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScYUvVi4yQ1duqpgAgled85CAdm0Z0Hq_qH_yD2-DtiMPyj3Q/viewform?usp=sf_link

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍42
🔥Amerikada 1 yil bepul o'qish

Maktabda 10-11-sinf o'quvchisi bo'lsangiz Amerika maktabida bepul 1 yil o'qish imkonini beruvchi fully funded dastur FLEXga topshirishingiz mumkin. 30-avgust 11.00da zoom session qilib talablari haqida, umuman dastur haqida tushuntirishar ekan.

Avval ro'yxatdan o'ting:
https://forms.gle/fGcTHSVERUE8TUQv7

Inglizchani biladigan o'rtoqlaringizga share qiling

Yours, Marvarid @thoughts_different
6👍1
FLEX_2022_Program_Brochure.pdf
431.8 KB
FLEX haqida so'ray olmay yurganlar uchun broshura. Hamma ma'lumot bor. Bundan va Google'dan yaxshilab o'qib keyin 30-avgustdagi sessionga kirib qolgan savollaringizga javob oling. Omad, bolajonlarim❤️

Yours, Marvarid @thoughts_different
8
Chet elda o’qish uchun boyvachcha bo’lish shart emas. Shunchaki arzon yoki umuman bepul bo’lgan, yoki bo’lmasa qimmat bo’lsa ham, grant yutib o’qisa bo’ladigan univerlarni izlanib topishimiz kerak.

Izlanishingiz osonroq bo’lishi uchun sizga saytlarni beraman. Nima ma’lumot kerak bo’lsa, olaverasizlar. Botga yozishingiz shart emas. Sayt orqali olasiz hamma ma'lumotni. Men ham saytdagi ma'lumotdan ortig'ini bilmayman, afsuski🌚🤷‍♀️

O’zi aslida har-xil usullar bilan universitetda bepul yoki arzon o’qish mumkin:

1. Harajatlaringiz to’liq qoplanadigan grant dasturi yutib olish (masalan, Erasmus);

2. Arzon universitet yoki umuman bepulidan topib, ham ishlab o’qish orqali;

3. Borayotgan davlatingizni tilini o’rganib, ancha arzon narxda o’qish orqali. Hatto Yevropaning top univerlarida ham o’qishingiz mumkin.


🇺🇸🗽Amerika https://us.fulbrightonline.org/ Fullbright granti

Global UGRAD haqida esa meeting qilaman yaqinda. Bilaman ko'p kuttirdim.

🇨🇦Canada http://www.scholarships-bourses.gc.ca/scholarships-bourses/non_can/opportunities-opportunites.aspx?lang=eng

Kanadalik bo’lmaganlar uchun imkoniyatlar bilan tanishasiz. Ketish qiyin bo’lgan davlatlardan biri.

🇫🇮Findlandiya http://studyinfinland.fi/

Ta’lim tizimi bo’yicha eng zo’r davlatlardan hisoblanadi. Google qilib ko’rsangiz, bilasiz.

🇪🇸Ispaniya http://www.becasmae.es/

Sayohat qilish orzum. O’qishi haqida ko’p narsa bilmayman. Google biladi lekin.

🇫🇷Fransiya http://bgfrussie.ru/fr/Home.aspx

Menimcha hamma qizlar orzu qiladi borishni

🇬🇧Buyuk Britaniya https://www.chevening.org/

Chevening stipendiyasi hamma harajatni qoplaydi. Maza.


🇪🇺East chance http://www.eastchance.com/index.asp

🇪🇺The hill foundation
http://www.hillfoundationscholarships.org/

🇩🇪Germaniya - DAAD zo'r scholarship. Topshirishga arziydi. Magistraturani Germaniyada o'qish uchun.
http://www.daad.de

🌍Erasmus Mundus - shuni yutib, Yevropani kezish niyatim bor. Maza. Harajatlarni to'liq qoplaydi. Joint Master qilib, 2 yilda 4 xil davlatda o'qisa bo'ladi.

https://ec.europa.eu/programmes/erasmus-plus/opportunities/individuals/students/erasmus-mundus-joint-master-degrees_en

🇦🇺Avstraliya http://studyinaustralia.gov.au/

🇯🇵Yaponiya. Scholarship yutgandan beri yaxshi ko'rib qolganman shu davlatni. http://www.jasso.go.jp/study_j/scholarships_sfisij_e.html

🇨🇳Xitoy. China scholarship council
http://en.csc.edu.cn/About/

🇧🇷Braziliya. O'zbekistondan Braziliyaga borib o'qiyotganlarni bilmas ekanman. Siz boring.

http://www.ciee.org/study-abroad/financial-aid/gain/

Ha aytgancha, hech qachon kimdir kelib, kel shu tayyor grantni yut, yoki arzon univer bor o'qib ket, demaydi. Izlanib topishingiz kerak. Bitta shunib ham eplay olmasangiz, nima qilib yuribsiz oliy ma'lumotga da'vo qilib? Joyni bo'shating, arzirlilar o'qisin. Erkoshaga rahmat

Yours Marvarid @thoughts_different
👍11
1. Amerikaga bepul ketish va o'qish mumkinmi?

Ha mumkin. Bir yo'li bu Global UGRAD orqali. 1 semestr Amerika universitet/kollejlaridan birida o'qiysiz. Ovqat, yashash joy, bilet puli, kontrakt puli, stipendiya hammasi bilan ta'minlanasiz.

2. Buncha zo'r, kimlar topshira oladi unga?

Universitetda 1-2-3-kursdan biri bo'lsangiz, inglizchani yaxshi bilsangiz, liderlik/volontyorlik/jamiyatga hissasini qo'shish kabi ishlarga aralashgan bo'lsangiz topshirsangiz bo'ladi.

3. Inglizcha yaxshi bilish kerak? IELTSim yo'q bo'lsa-chi?

IELTS/TOEFL kabi sertifikatlar talab qilinmaydi. Kerakmas. Shunchaki inglizchani bilsangiz yetarli.

4. Meni kuchli background experience'm yo'q. Volontyorlik, liderlik qilmaganman. Nima qilay?🥺

Mmmm, o'ylanib o'tirgan bilan ish bitmaydi. Nima imkoniyat ko'rsangiz, o'ylab o'tirmasdan o'zingizni uring. Yangi imkoniyatlarga energetic bo'lib turing, doim ochiq bo'ling. Sohangizga qarab nimadir project boshlang. Kichkinagina, 3 kishi bilan bo'lsa ham. Bunda siz liderlik qilyapsiz, ham shaxsiy proyektingiz bor, ham boshqalarga yordam beryapsiz (bepul). Ko'proq narsalarda qatnashib, tanish orttirib, ulardan yangi imkoniyatlar haqida bilib turing va topshiring.

5. Hujjat to'ldirishda nimalar so'raladi?

*2ta 500 so'zli essay (har yili mavzusi bir-xil)
*2ta recommendation letter (1tasi academic ya'ni universitetdan, bittasini esa o'qishdan tashqari olasiz)
*Baholar tarjimasi pechati bilan
*Passport

6. Nechi kishini olishadi O'zbekistondan?

Bu yil 600dan oshiq talaba topshirdi. 30 kishini intervyuga chaqirishdi va 11 kishini olishdi. Aslida har yili 4 5 6 kishidan olinardi. Bu yil esa 6ta English teaching sohasidagilarga alohida joy ajratildi.

7. 1 semestr Amerikada o'qiganimni O'zbekiston tan oladimi? Yoki 1 yil academic holiday olishim kerakmi?

Buni universitetingiz bilan kelishib olasiz. Hammani narsani yo'lini qilsa bo'ladi. Ayniqsa o'qish online bo'lsa😉

8. TOEFL kerak deyishdi-ku UGRADga?

Ha kerak, qachonki siz finalist yoki alternate deb tanlansangiz TOEFL topshirasiz, pulini esa ular to'lab berishadi.

Commentlarda yana savollar yozing. Keyingi postda javob beraman. Global UGRAD yutishim haqidagi avvalgi postlarni ham o'qing. Vaaa share qiling o'rtoqlaringizga. 10k bo'lishimiz kerak, o'zimga va'da berganman❤️

Yours, Marvarid @thoughts_different
19👍7
"Univer menga nima beryapti?", "Nega bu fan kerak bizga?", "Falon univerda bunaqa ekan!" deb 4 yil umrini nolish bilan, norozi qiyofa bilan o'tkazayotganlarga esa achinaman. Avvala aytganimdek hamma narsani yaxshi va yomon tomoni bor. O'zgartirish qo'limizdan kelgan narsanigina yomon tomonini ko'rsatib, yaxshiga o'zgartirishga harakat qilishimiz kerak. Qo'limizdan kelmaganiga esa moslashishimiz kerak.

Men ekologiya, falsafa degan darslaga 50-60-70% hollarda kirmasdim. Kutubxonaga cjiqib ketardim. Chunki uyimda yo'q wifi va zo'r kompyuter u yerda bor. Salqin, maza. Kitoblar ham ko'p. Maza qilib 2 pachka qurut bilan suv olib chiqib kurslar olardim, ispan tili o'rganardim har xil saytlardan, birinchi CVimni ham kutubxonamizda yasaganman. Chunki internet orqali yasash kerak edi va meni netbukim kuchsiz edi internetga. Hamma narsadan take the best of it qilishni bilish kerak.

Shunday qilib, o'zimga yoqqan, kuchli ustozlarni darsiga kirardim. Boshqasiga kirmaslikka harakat qilardim. Yoki 1 2 ko'rinib darsga yaxshi qatnashib shu bilan yo'q bo'lib ketishga o'rgangandim.

Asosiysi, vaqtimni qadriga yetganman. Aql bilan ish qilganman. Bilaman: bu tizimni 4 yilda men yoki biz o'zgartirishimiz qiyin. Shuning uchun unga moslashib, self-study qilishim kerakligini tushunganman erta.

Hali bitirmasdan tushunib yeting vaqtingizni kelajakda nafi tegadigan narsaga sarflayapsizmi yoki qulog'ingizga alladek kelayotgan leksiyada uxlab o'tiribsizmi.

Nargi kanalimdagi rasm-postlar davomi sifatida yozildi.

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍137
Yes, guys. My parents said "yes"❤️💍. Finally.

28.08.21
🥰6813🔥5👍3
Global UGRAD essay mavzulari. Birinchisida tanlov yo'q. Ikkinchisida 2ta variant berilgan bittasini tanlab yozasiz.

Umumiy 2ta essay. Hozirdan boshlang nimalar yozish haqida plan tuzishni, yozishni, tajribalilarga proofread qildirishni. Noyabrda shoshib qolmaysiz keyin. Har yili shu mavzular tushadi.

#wish tezroq 6k bo'laylik💃

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍102
Mari kim? Yangi kelganlar uchun post

Ismim Marvarid. 21ga kiraman bu yil. Rosa yaxshi qizman😄. Bilganlarimni boshqalar bilan ulashishni yaxshi ko'raman. Lekin bu degani commentdagi har bir savolga javob bera olishga kuchim va vaqtim yetadi degani emas. Ko'pchilik savol yozib, javob ololmay xafa bo'lgani uchun botni ham o'chirishga majbur bo'ldim.

Negativchilarni ignore qilib, uzuuun comment yozishini tomosha qilib, keyin blocklash meni hobbyim. Hozirgi kunda eng sevimli hobbyim. Chunki shu paytgacha negativchim bo'lmagan endi esa bor🤷‍♀😅.

Kanallarimni hammasini yaxshi ko'raman. @yoqadi_de haqidagi savollarga javob bermayman. Unga yozib dam olaman, uni o'qib dam olaman. Izoh shart emas! @marvaridga'da esa haqiqiy erkin Marvarid bor.

Instagramda ham faolman (marvarid_u). Aslida esa ingliz tili o'qituvchisi va talabaman. Jahon tillari universitetida 4-kursni o'qiyman xudo xohlasa. Ispan tilini ikkinchi til sifatida o'rganaman. 2 ta o'quv markazida va zoomda ingliz tilidan dars beraman. IELTS, TOEFL, CEFR sertifikatlarim bor.

Yanvarda nasib qilsa, Amerikaga🇺🇸 ketaman universitetda o'qish uchun. Harajatlari to'liq qoplanadigan almashinuv dasturida yutganman. Sizlarga ham o'rgataman buni kanalimda. Qanday qilib motivation letter yozish, interviewdan o'tish va boshqa hujjatlarni tayyorlashni.

Grantlar yutishga qiziqishim 2019 kuzda boshlangan. Lekin fail bo'lganman. Birinchi marta 2020-yilda Yaponiya stipendiyasini yutganman 🇯🇵. Shu boshlanishi bo'lgan. O'zimga ishonishimga sababchi bo'lgan.

Orzulari ko'p, ular tomon ba'zida mayda, ba'zida katta qadamlar bilan borayotgan oddiy qizman. Asosiysi to'xtab qolmayman. To'xtasam ham, turtib turadigan yaqinlarim bor atrofimda.

Savollar bo'lsa commentda yozing. Javob berishga harakat qilaman.

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍16368👏23🤯10😱5😁3🐳3🔥1
Tabriklanglaaar singlimni❤️💃 163 ball. Moliya
👍7322🔥15🎉14
Bugun 20.00da qizlar uchun meeting qilamiz.

Meeting maqsadi: uxlayotganlarni uyg'otish, o'ylantirgan savollarga javob berish, faqat o'qish haqida emas, hamma narsa haqida gaplashish, motivatsiya berish.

Meetingda men birinchi mehmonman. Faqat qizlar kiradi. Kimlar bugun qatnashadi? Commentda qoldiramiz va nima savolni so'ragan bo'lardingiz?

Link: https://us04web.zoom.us/j/71555143767?pwd=R291YldwL3ovWDd5ZllZTkpKUm5KQT09

Идентификатор конференции: 715 5514 3767
Код доступа: Fq6qPr

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍61
Boshlayapmiz, qizlar
5👍1
Bilaman ko'pchilik kira olmadi. Uzr so'rayman❤️. Meeting haqida fikrlarni kutaman☺️
25👍1
2025/07/13 14:38:07
Back to Top
HTML Embed Code: