Telegram Web Link
Bugun judayam ko'pchilik o'qishga chiqqan. Ayniqsa endi birinchi kursga qadam qo'yganlarga ozgina nasihatcham bor (yes, kampir mood is on).

1. Birinchi kursda iloji bo'lsa, yotoqxonada turing. Va shunchaki tuuurmang. Har kuni networking qiling, boshqalar bilan tanishing, hammani life storysiga qiziqing, yangi odamlarga ochiq bo'ling. Har kuni 1ta yangi qiz bilan tanishsangiz ham, 10 oy ichida 300tasi tanishingiz bo'ladi. Bu faqat foyda.

2. Boshida dovdiraysiz, boshqa shaharda o'qiyotgan bo'lsangiz, shaharni bilmaysiz. "Men u yerga borishni bilmayman" deb yangi joylardan qochsangiz, o'tiraverasez butun umr kulbangizdan chiqmay. Bilmasangiz, endi bilasiz. Hech kim bilimli bo'lib tug'ilmagan. Yangi joylarga boring, shaharni aylaning, adashib qoling, toping, yana aylaning.

3. Hozir qarab yurishingiz kerak bo'lgan 4 bolangiz yo'q, ovqat tayyorlab berishingiz kerak bo'lgan oilangiz yo'q yoningizda. Shunday ekan, vaqtdan unumli foydalanib, o'zingiz uchun yashab qoling. Sizda siz borsiz hozir faqat, erkin qushsiz. Maza qiling. Yashang.

4. O'qishga kirgandan keyin dastlabki 3 oy joylashish, yangi joyga ko'nikish, bitta hayot oqimiga tushib olishga ketadi. O'sha vaqtda dam ham oling va keyin rivojlanishni boshlang.

5. Qanday qilib rivojlanasiz? Masalan, singlim moliya institutiga kirdi. Inglizchani yaxshi biladi va endi ACCA o'qimoqchi. Yoki siz jahon tillariga kirdingiz, ingliz tilingizni yanada zo'r qiling va biror til sertifikat topshiring. Keyin ustoz bo'lish niyatingiz bo'lsa, TESOL, CELTA o'qing. Xullas, yuuurmang shunchaki.

6. Univerga kiriboq ish qidirishga tushib ketmang. 1 yil faqat o'zingizga sarflang. Yaxshilab o'qib, ishga kerakli nimadirga erishsangiz, keyin yaxshiroq ishga osonroq kirasiz.
Men ham 1-kursda qancha qidirsam ham yaxshi ish topa olmaganman. Qidirish bilan o'tib ketgan vaqtim.

Hamma talabalarga omad❤️💃

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍3013🔥6🐳2
Dangasalik. Undan qutilish.

Men ham siz kabi g'irt dangasaman. Bomdoddan keyin shart uxlab, 9.30da turaman hozirgi universitet online bo'lgan holatda. 11gacha uyni aylanib, mayda-chuyda ish bilan vaqt o'tkazaman. Keyin obed bo'ladi. Keyin uxlagim keladi yana. Keyin kechki payt, yana uyda ish. Keyin kechqurun, yana uxlagim keladi.

Ana sizga typical dangasa haqida ssenariy. Bu kun tartibi dangasaligim o'ta avjiga chiqib ketganda bo'ladi. Lekin odatda amallab uni yenggaman. Qanday qilib?

Menda ish beradigan usul bu orzularim haqida o'ylash. Abituriyentligimdan beri ish beradi.

Shu kichkina joyda qolib ketmoqchimisan, Marvarid? Yoki sayohat qilish, katta joylarda ishlash, yaxshi joyda yashashni xohlaysanmi? Xohlaysan. Harakat-chi? Bunday qilib kuningni uxlash va uydagi mayda ishlar bilan o'tkazsang, o'zingni rivojlantirmasang, oq otdagi shahzoda ham seni qutqarib olib ketolmaydi-ku? (Oq otdagi shahzodalarga ham o'zlariga mosi kerak, yesli chto).

Hozir vaqtinchalik maza qilib shunchaki kuno'targa yashaysan. Ertani o'ylamaysan. O'sha erta kelganda esa, shu kunlaringda bekorchi narsalarga, Instagramga/Facebookka, ba'zi sendan kechib ketadigan o'rtoqlaring bilan yozishishga vaqt sarflaganingdan afsuslanasan.

Univerda o'qiyotganingni kaatta ish deb qabul qilasan. Xuddiki nimanidir qoyillatyapsan. Yo'g'e? Univerda qanaqa o'qitishlarini, uni bilimi bilan ertaga hech qayerda zo'r ishlab keta olmasligingni eslatishim shartmi?

Xullas, shunaqa. Dangasalikdan seni hech kim qutqarib keta olmaydi. O'zingdan boshqa. Tànlov doim o'zingda. O'qishingni xohlamayotgan ota-onangda yoki qachon oila qurishingni poylayotgan mahallangdagilarda emas. Senda.

Sen xohlasang, harakat qilsang, chindan niyat qilsang, hammasi bo'ladi. Hech kim zo'r, aqlli, muvaffaqiyatli bo'lib tug'ilmagan. Harakat qilib erishgan. O'sha sen "omadi kelibdi-da" deb osongina aytadigan omadni ortida qattiq harakati, dangasalikni yengib comfort zone'dan chiqishi yotibdi.

Karantin ekan, deb zoom darslarda esnab o'tirish bilan o'zingni aldayvermasdan, tezroq harakatni boshla. Tezzz!

P/S: judaaa bo'sh vaqtingizda Lingbe'ni o'rnatib olib, chet elliklar bilan bepul gaplashing (call or videocall). Lingbe ishlatayotgan koo'p kuzatuvchilarim xursaand, speakingni yaxshilashyapti. Omad❤️

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍1910
🔥GOOGLEdan BEPUL va SERTIFIKATLI kurslar

Univerda offline darslarni boshlab ham o'zingizdan qoniqmayapsizmi? Yangi skill o'rganing!

Google academy bepul va sertifikat beradigan Google analytics kurslarini ochdi. Videodarslar orqali o'rganasiz, o'rganganingiz tekshiriladi, vazifalarni bajarasiz va kurs yakunida sertifikat olasiz.

Judayam zo'r imkoniyat bu. Analytics esa hech kimga zarar qilmaydigan skill. Google analytics websitelar bilan ishlaydiganlarga yaxshi.

Kelajakda sizga qaysi skill kerak bo'lib qolishi mumkinligini bilmaysiz, bo'sh vaqtingiz bo'lsa yana bir qo'shimcha narsani o'rganib qo'yish zarar qilmaydi.

Kurs uchun link: https://analytics.google.com/analytics/academy/

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍41
Do'stlar! Va nihoyat SPEAKING INTENSIVE guruh ochamiz!


IELTS umumiy balli 8.0 speakingi ham 8.0 bo'lgan 2 yillik tajribasi bor Miss Zebo bilan
Speakingni kuchaytirish uchun SINALGAN GUIDANCE beramiz
Yo'l qo'yayotgan xatolaringizni aniqlaymiz, feedback beramiz
O'zimizda va o'quvchilarimizda ish bergan, natija ko'rsatgan dastur asosida o'qitamiz

Sizdan talab qilinadi:

Zoomga kira oladigan darajada yaxshi internet
Pre-intermediate, intermediate yoki upper-intermediate daraja (lekin gaplashishga qiynalasiz)

Pre-intermediate darajada bo'lsangiz, dushanba, chorshanba, juma kuni 20.00da bo'ladigan darsimizga yoziling. Faqat 8 kishi olinadi.

Intermediate, upper-intermediate darajada bo'lsangiz, seshanba, payshanba, shanba kunlari 20.00da bo'ladigan darsimizga yoziling. 8 kishi olinadi faqat.

Kurs narxi: 200 000. Bu pulni mayda-chuyda narsalarga sarflab yuborgan yaxshimi yoki kelajagingizga sarflagan yaxshimi, you decide💃

Batafsil ma'lumot uchun: @marvaridteacher'ga shunchaki "pre me" yoki "inter me" deb yozing.

Ro'yxatdan o'tish 17-sentyabrgacha davom etadi.

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍83
🔥YEVROPADA BEPUL O'QISH

Yevropada o'qish, yashab ko'rish yoki hech bo'lmasa sayohat qilish doim orzum bo'lgan. Hamma davlatlarini, eng go'zal shaharlarini ko'rishni xohlayman. Buning uchun eng yaxshi, kamchiqim yo'l - grant yutib o'qish uchun ketish.

Zo'r maqola topdim Yevropada o'qish uchun grantlar haqida tanishtirilgan. O'qib chiqing. Inglizchada.

Dreams come true. Bir kun albatta Yevropaga boraman❤️ Boramiz💃

P/S: "Ha zo'r maqola ekan..." deb ooo'tirmasdan, harakatni boshlash kerak. Endi talaba bo'lasizmi, univerda allaqachon o'qiyapsizmi yoki magistraturadamisiz, farqi yo'q. Hammaga imkon bor.

Yours, Marvarid @thoughts_different Europe
👍63
👍2
🔥AMERICANLAR BILAN PICNIC

Toshkentda yurganlar bo'lsa oramizda, zo'r picnic bo'larkan. Boringlar. Ertaga soat 11.00da Americanlar bilan ham conversation, ham burgerlar😍

Lekin teeezda ro'yxatdan o'tish kerak joy to'lib qoladi. Link ACT kanalida

https://www.tg-me.com/ACTashkent/1846

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍3
🎆Hello, my telegram world!

Judayam passive bo'lib qoldim asosiy kanalimda. Sabablari bor buni:

1. Ishdan bo'shayapman.
2. "ME learn" bilan band edim
3. Individual darslar o'tyapman
4. Young teacherlarga kerakli bir narsa ustida ishlayapman

Bugun sizlar uchun foydali bo'lishga harakat qilaman. Bir nechta darajaga mos kitoblar tashlayman, imkoniyatlar bilan bo'lishaman, chala-chala yozgan postlarimni oxiriga yetkazaman. Yana nimalar kerak sizga?

Postlarimni sog'indingizmi??? Reaksiya bildiring (instabloggerlarga o'xshab qoldim).
29
"Nega o'quvchilarim qochib ketyapti🤯?"

Ishdan ketayotganim sababli (ham offline ham online ishdan) o'rnimga ustoz qidirdim, dars o'tishini ko'rdim, tanladim. Va shu jarayonda nega hamma ham o'qituvchilikni eplay olmasligini qaysidir darajada tushundim. Ko'pchilik men ko'rgan yosh o'qituvchilarda yetishmayotgan narsa bu ENERGIYA. Bilim bormi, bor, tartib bormi, bor, tushuntirish bormi, bor. Lekin energiya bilan, ko'zi yonib gapirish yo'q, body languageni ishlatib o'ziga jalb qilish yo'q.

Katta o'quvchilar bo'lsa, amallab zerikarli ustozmi, qiziqmi, farqi yo'q bilim olib keta oladi lekin yosh bolalarga jo'shqin va qizg'in dars kerak. Ularga sizni IELTS 8.0 darajangiz yoki qizil diplomingiz qiziq emas. Ularga darsni qiziq va energiya bilan yetkizib bera olishingiz qiziq.

"Xo'sh nima qilish kerak? Xarakterim shu, og'ir-bosiq va uyatchanmanda...🥺"

O'quvchilari qochib ketmaydigan ustoz bo'lmoqchimisiz? O'zgaring. Men ham tug'ilganimdan beri bunaqa ochiq, pozitiv, energiyali emasman. O'zgarib o'zgarib shu holatimga kelganman. Siz ham o'zgara olasiz. Darsga ko'zingiz yonib keling. Pozitiv yondashing. Biiir tempda gapirmang. Birga yodlang, birga kuylang, birga o'ynang. Zerikarli ingliz tili emas qiziqarli ingliz tilini o'rgating.

Har-xil narsalarsan foydalaning. Mana men ko'p ishlatadigan YouTube kanallar. Kids uchun. Siz ham sinab ko'ring:

📌https://youtube.com/channel/UCxoDMG0tvaYO5Xobvtqw5nw

📌https://youtube.com/c/EnglishSingsing

Dars o'tishdagi eng katta muammo nima sizda? Yozing!

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍72
Jennifer_Bassett_-_One_Way_Ticket_-_Short_Stories.pdf
2 MB
📌Elementary darajadagilar uchun badiiy kitob.

@thoughts_different
👍4
Jane_Austen_-_Sense_and_Sensebility.pdf
55.2 MB
📌Pre intermediate darajadagilar uchun badiiy kitob

@thoughts_different
👍51
Qayerga borsangiz ham ingliz tilingizni qanaqaligini ko'rsatib turadigan skill bu SPEAKING. Self-study qilib har-xil usullarni qo'llab, yaxshilasa ham bo'ladi. O'sha "har-xil usullar"ni o'rgatish va bitta qattiq disciplinani ushlab turish uchun TAJRIBALI ustoz bilan ishlash eng yaxshi yo'l.

Bizda hozir pre intermediate va intermediate/upper-intermediate guruhlarimizda joylar ochilgan. Tezda qo'shilib olishingiz mumkin. 12ta dars, narxi 200 000 so'm.

@marvaridteacher'ga darajangizni yozing va darsdan namuna video tashlayman sizga. Yoqsa, guruhga qo'shilasiz.

Darslar IELTS darajasi 8.0, speakingi ham 8.0 bo'lgan 2 yillik tajribaga ega Zebo teacher bilan olib boriladi❤️

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍52
Judayam ko'pchilik yozdi kurs bo'yicha. Hammaga birdaniga namuna darsini tashlayman. Yoqqanini bildirgan birinchilarni darajasini tekshirib guruhga joylayman.

Bugun kechqurun shu ish bilan shug'ullanaman ozgina sabr❤️
2
Qizlaaar, yana ochilibdi self-defence darslari. Topshiringlar tezda. Qancha tez topshirsangiz, shuncha yaxshi❤️

Inglizchani bilish SHART EMAS!

Link: https://uz.usembassy.gov/self-defense-classes-for-women-and-girls-final-round-2021

Yours, Marvarid @thoughts_different
5👍1
Yaqinroq tanishamiz🎆. Marvarid. 20 yosh.

1. Oilada eng katta farzandman

2. Aslida unday ko'rinmaganim bilan juda dangasa qizman

3. Muammolarim yetarli, boriga shukur qilaman ularni ham

4. Birinchi o'rinda fikrlashimni keyin ko'rinishimni yaxshi ko'raman.

5. Atrofimdagi yaxshi odamlarni qadriga yetishim uchun ba'zida ro'para qilinadigan pastkash, befarosat, kalta fikrlaydigan insonlarga ham rahmat deyman.

6. Meni yaxshi tanimaydiganlarga gerdaygan bo'lib ko'rinishimdan ham xursandman. Hamma ham aslida yaxshiligimni bilishi shart emas deb o'ylayman.

7. Yetarlicha xatolar qilganman, kalta o'ylaganman, lekin ulardan afsuslanmayman hech qachon. Xato qilganim uchun ham hozir tajribaliman. Va yanada tajribali bo'lish uchun yangicha xatolar qilishdan qo'rqmayman!

8. Blogimni, kuzatuvchilarimni yaxshi ko'raman juda. Juda. Eng yaxshi insonlar kuzatadi meni.

9. Yaqinda amalga oshishini xohlaydigan orzularimdan biri: chet elga chiqish.

10. Amerikada yashashni xohlayman menga o'zi u yerda yashash yoqadimi yo'qmi bilmagan holda...

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍237🔥3
🔥Central Asian Youth Talks and Model OSCE

29-oktyabr 2-noyabr kunlari Tojikistonda o'tkaziladigan offline konferensiyaga qabul boshlandi😍Rus va ingliz tillarida bo'ladi.

Deadline: 7-oktyabr. 14-oktyabrda esa ikkinchi bosqichga o'tganlar e'lon qilinadi.

To'liq ma'lumot tashladim @marvaridga kanaliga.

Pastdagi file esa to'ldirilishi kerak.

Hammaga tarqatilsin! Bu buyruq💃

Yours, Marvarid @thoughts_different
6
Kecha o'quvchim aytib qoldi British council saytida ingliz tili darajangizni aniqlaydigan yaxshi test bor ekan. Grammar/vocabulary/reading/listening tekshirarkan. Ishlab ko'ringlar:

https://learnenglish.britishcouncil.org/online-english-level-test

Ha aytgancha, @marvaridga kanaliga umuman yozmayapman, instagramga ham kirmayapman. Bu 20 kunlar davom etsa kerak. Detox❤️. Storyga kelsak, hech kimni xafa qilmoqchimasman lekin o'zimni ham.

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍52
🔥Maktab o'quvchilari uchun chet elda bepul

Maktab o'quvchilari chet elda bepul o'qiy olishlari uchun FLEXdan boshqa dastur ham bor. UWC deb atalgan.

📌2004-yil Sentyabr 2006-yil Avgust oylari orasida tug'ilgan, 9-11-sinf va litsey o'quvchilari topshira oladi

Qabulda nimalar so'raladi?
1. Online ariza (essay va recomendation letter)
2. Online sinov (fikrlash va tahlil qilish)
3. Online videosuhbat
4. Final sinov (alohida va boshqa nomźodlar bilan birga mashqlar)
5. Oilaviy moliyaviy ehtiyojni baholash

G'oliblar 18ta UWC maktablarida birida bepul, hamma harajatlari qoplangan holda o'qishadi.

@oxianafellows kanalida bu dastur haqida to'liq ma'lumot va ko'rsatmalar berilgan.

Deadline: noyabr

Ariza linki: https://www.uz.uwc.org/how-to-complete

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍4
2025/07/12 19:26:05
Back to Top
HTML Embed Code: