Telegram Web Link
💃Ertadan Green Card o'ynash boshlanadi. Amerikada doimiy yashash huquqini beradigan random "o'yin".

O'ynaydiganlar bormi?
3
Orzu qilishni ham o'rganish kerakmi? #eskipost

Orzular. Hammani ichida yashiringan orzusi, kelajak hayoti haqidagi tasavvuri bor. Lekin bu tasavvur qanchalik aniq? Orzularimizni qanchalik aniq tasavvur qilsak, shunchalik amalga oshish ehtimoli oshadi. "Men Parijga borishni orzu qilaman" emas, "Men 2025-yilda Parijga boraman, falon do'stim kutib oladi, borish uchun shunaqa-shunaqa qilib pul yig'aman, 1 hafta turib shu-shu joylarni aylanib qaytaman".

Va o'zimizga chiroyli orzu qilishga ruxsat berishimiz kerak. "Ey, men kim bo'libman buni orzu qilish uchun?, mendey oddiy qiz nimayam qila olardi?, meni kim ham bu joyga ishga olardi, xomxayol" deyish siz va menga yarashmaydi. Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Hamma ham oddiy tug'iladi, orzu qilib, uni aniqlashtirib maqsadga aylantirib, harakat qilib erishadi. O'ziga munosib ko'rmay qolgan qolib ketaveradi.

Shuning uchun aynan nimani, aynan qanaqa holatda, aynan qachon xohlashingizni mayda detallari bilan yozib chiqing. Masalan, bo'lajak turmush o'rtoq. Sizga hech kim o'zingizga mosdek ko'rinmayapti, chunki qanaqasi mos bo'lishini o'zingiz ham bilmaysiz, yuragingiz jizillashini kutib yuraverasiz. Yozib chiqing.

Qanaqa fe'l-atvorli, ko'rinishli yoqishini ipidan ignasigacha yozib qo'ying. Fikrlar moddiylashadi. Ishoning. Ko'p o'rtoqlarimda guvoh bo'ldim yozganlaridan ham ortig'i uchraganiga. Ideal deb hisoblaydigan darajada chiroyli qilib yozing va natijani kuting.

Hamma narsada shu usulni qo'llasak bo'ladi. Universitet tanlashda ham.

Men esa kelajakdagi o'zimdan xat yozdim. 2032-yildan turib. O'sha paytdagi holatim, oilam, ishim hammasini tasvirlab yozdim. Siz ham yozing. O'sha paytda o'qiy oladigan joyga yozing. O'qib solishtirasiz. Undan ham ortig'i bo'lishiga ishonib yozing. Men ham ishonaman❤️

🌟Endi savol: Sizchi? Bilasizmi orzu qilishni?

Yours, Marvarid @thoughts_different
12👍3
Kidsga dars o'tish uchun men ishlatadigan ba'zi o'yinlar

1. Bu o'yin emas, method. Mavzu tushintirishdan tashqari hamma gapni faqat inglizchada gapirish. Boshida tushunishmaydi, "A? Nima? Nima diyapsiiiz?😳🤯"lar ko'p bo'ladi. Lekin taslim bo'lmang. Mayli, inglizcha gaplaringizdan emas, emotion, body language, mimiclardan tushinishsin boshida lekin asta-asta "come to the whiteboard", "raise your hand", "can you show your notebook pls" kabi gaplarni tushuna boshlashadi. Keyin esa ko'prog'ini.

2. Fact aytish o'yini. Hamma aylana shaklida o'tiradi, xohishga ko'ra boshqacharoq. Va bir-biri haqida emas, o'zi haqida 1tadan fact aytib ketaveradi. Eng oddiyi ham bo'laveradi (masalan, my name is Feruza). Chunki bolalar endi o'rganishyapti, ulardan ko'p narsa kutish to'g'ri emas. Ayta olmay to'xtab qolgani chiqib ketaveradi. Oxirida qolganni rag'batlantirasiz.

3. Bolajonlarda doskaga chiqish yoki birinchi aytish doim talash bo'ladi. Unisi emas, bunisini tanlab qo'ysangiz, ichida xafa bo'ladi albatta. Kompyuter, proyektor bo'lsa, randamly tanlab beradigan saytlar ham bor lekin sizga oddiyrog'ini aytmoqchiman: qog'ozchalarga bolalarni ismini yozib chiqib aralashtirasiz. Qiziiq chiqishi uchun ko'zingizni yumib, bolalar bilan birga inglizchada 5gacha sanab bitta qog'ozchani tanlaysiz. Ham qiziq, ham hamma xursand.

Yana shunaqa idealar yozishim qiziqmi? Commentda kutaman. Kanalni share qilayotganingiz uchun rahmat! Har biringiz men uchun qadrlisiz❤️

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍6🔥42
Farg'onada yashaydiganlar uchun yaxshi imkoniyat bor. Share qilaymi? Farg'ona-based studentlar bormi kanalimda?
👍21
🔥Farg'onada yashaydigan yoshlar uchun

"Media bootcamp" loyihasiga qabul boshlandi. UNDP bilan hamkorlikdagi loyihaligini hisobga olsak, zo'r experience bo'ladi sizga.

1 oy davom etadi
Videomontaj, fotosurat, grafik dizayn, dasturlash o'rgatiladi. Offline bo'ladi.

Deadline: 21-oktyabr!

Ro'yxatdan o'tish uchun link: https://forms.gle/vrzyKkm6imSqMC916

Boshqa do'stlaringizga ham share qiling va birga qatnashing. "Men bilmaymanku bu sohalarni🥺😒" degan gapni "sinab ko'raychi💃"ga almashtiring!

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍31
"Yosh menejer" loyihasi 2-mavsumiga ro'yxatdan o'tish boshlangani haqida yozgandim. Nomzodlar saralanib, bugun ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Meni kanalimda qabul qilinganlar bormi? Taassurotlar qanaqa☺️?

P/S: men qatnashuvchi emasman, mehmon sifatida taklif qilishgan. Bora olmadim.
6
🔥QIZLAR UCHUN QIZIQ UCHRASHUV

Isroil davlatining O'zbekistondagi elchisi Zehavit Ben Hillel bilan uchrashuv bo'lyapti. Siyosatda ayollar va diplomatiya haqida. Borib ko'ring. Menga qiziq tuyildi. Ro'yhatdan o'ting va kechikmay boring.

Vaqti: 14-oktyabr 11:00
Joy: Ziyoforum binosi

Ro'yxatdan o'tish uchun link: https://forms.gle/UR1FNz7t7iQUxGLF9

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍1
Sherlock Holmesni uy muzeyiga borish #dream

Kitobini o'qiganman, serialini bir necha martalab ko'rganman. Sherlockni ham, Watsonni ham, Iren Adler hammasini yaxshi ko'rib qolganman. Serialdan keyin shunchalik ichiga kirib ketganimdan Sherlocknikidek palto tiktirish, yoqasini ko'tarib kiyishni orzu qilib qolganman lekin hozircha unaqa qila olmadim.

Hammani observe qiladigan bo'lgandim xuddi undek. Xullas meni o'ziga jalb qila olgan serial.

O'sha uyga borib real atmosphereni his qilib ko'rishni xohlayman.

Serialdagi ingliz tili ham yoqadi. British English. Advanced.

📍Angliya Londonda

Dreams come true❤️

Ko'rganmisiz serialini?

Ko'rmagan bo'lsangiz mana link: https://www.tg-me.com/sherlockholmespdf/131

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍5
Sayohat qilishni yaxshi ko'rishimni kanalimdagi hamma biladi. Hozir imkonim bor viloyatlarni aylanishga. Yaqinda 3 kun vodiyda bo'ldim. Asosan Andijonda va ozgina Farg'onada.

To'g'risi, hali poyezddan tushmasimdan odamlarni yaxshi, muomalaliligi e'tiborimni tortdi. Boshqa viloyatlarga borganimda yukimni hech kim ko'tarishib yubormagan. Bu yerda so'ramasdan ham yordam berib yuborishdi🥺. Xursaand bo'ldim.

Hamma joy yashil, daraxtlaar, toklaaar. Rosayam chiroyli, fayzli joylar ekan. Uylar ham yoqdi, oddiy lekin fayzli hammasi❤️.

Men o'tirgan poyezd ertalab 6da jo'nadi. Eski poyezd edi. Kupyeda ketdim. 2 kishi ketdik. Judayam sovuq. Ertalabki sovuuq. Men esa futbolka bilan plashdaman. Adyolga o'ranib olib ketdim😭. 8dan keyin isib ketdi, o'sha paytda quyoshni juddda boshqacha yaxshi ko'rib ketdim. Poyezd noqulay, derazasi kir. Tashqarini tomosha qilib ketdim shundayam. Bitta qishloq menga rosa yoqdi. Chuqurroqda joylashgan to'la teraklar va uylar. Namanganda edi adashmasam. 1 kungina o'sha yerda yashab ko'rishni xohladim❤️(rasmi pastda).

Poyezdimiz 2 marta to'xtab qoldi yo'lda. Yarim soat, 40 daqiqadan🤯. Andijonga 12da emas 1.30da yetib bordim. Va meni gullaaaar bilan kutib olishdi😍😍😍😍. Doim viloyatlarga borsam o'rtoqlarim kutib olardi bu safar esa husband❤️.

"Balzak" degan kafeda ovqatlandik. Yaxshi joy ekan, ovqatlari ham, atmosfera ham yoqdi. Judddayam ooochligimga bo'lsa kerak menimcha😅. 5da uydan chiqib ketganim uchun ovqatlanmagandim umuman.

Andijon shahri menga yoqdi. Toshkentni kichraytirilgan varianti ekan, faqat metro kam xolos😅. Odam juda ko'p. Mashinalar ham ko'p. Odamlari zo'r. Kulib kutib olishadi. 3 kun davomida faqat yaxshi taassurotlar oldim.

Farg'onaga ham bordim o'rtog'imnikida yotib qolishga. Farg'ona shaharni aylana olmadim. Quvasoyga bordim faqat. Menga yoqdi. Chiroyli, fayzli mahallalar ekan.

Yana yozaman sayohatim haqida. Bu kam juda💃. Siz qayerdansiz?

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍104
5
American Center Tashkent qaytadan ochildi😍

Toshkentda ACT bor. Ya'ni American Center Tashkent. Bepul, ro'yxatdan o'tib passport bilan borasiz. Wifi, kompyuterlar, kitoblardan foydalanasiz, Americanlar bilan gaplashasiz. Speaking clublar va boshqa turdagi clublarga yozilasiz. Zo'r atmosphere.

20-oktyabrda conversation club bo'larkan. Ro'yxatdan o'ting va boring. Comfort zone'dan chiqing. Bodomzor metroga yaqin. Mapdan toping.


https://forms.gle/JqY5KBQDbrstSAgt7


Yours, Marvarid @thoughts_different
👍3
Club uchun registration yopilibdi. Shuning uchun ertaga yoki indinga pastdagi linkdan harakat qilib ko'ring. Clubga emas shunchaki borib dars qilishga.

🕙10 a. m - 1 p.m.
🕙1 p.m. - 4 p.m.
📌Daily registration is required. First-come, first-served https://bit.ly/30o7jud

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍1
2025/07/12 15:44:46
Back to Top
HTML Embed Code: