Telegram Web Link
Yoshsan. Hayotda umuman qiyinchilik ko’rmasdan, muvaffaqiyatsizlikka uchramasdan, yomon insonlarga duch kelmasdan yashashni xohlaysan. Faqat yaxshi odamlar bo’lsa atrofingda, doim xohlagan narsangga erishsang, qiynalmay yashasang. Orzung shu. Aynan shu fikr seni ko’p narsalardan chegaralab turganini bilmaysan. Yomonlik, qiyinchilikka uchrashdan qo’rqib, o;zingni himoya qilaman deb, yaxshi narsalarniham o’tkazib yuboryapsan. Sezyapsanmi o’zing ham?

Bu odam meni aldab ketsa-chi, deysan. Unga ishonmaysan. Lekin aldamasa-chi? Yaxshi bo’lsa-chi? Bunga baribir meni olishmaydi, bekor hujjat topshirishga vaqtim ketgani qoladi, deysan. Lekin aynan seni munosib ko’rishsa-chi? Bir o’zim boramanmi, xavfli-ku, bekorga zerikib qaytib kelaman, befoyda deysan. Lekin sinab ko’rmaguncha, qanday qilib fol ochyapsan, sen bajargan eng yaxshi ish shu bo’lsa-chi?

Ikkilanish eng yomon narsa. Seni yeb tashlaydi. Tavakkal esa ajoyib narsa. Yutqizsang, tajribaliroq bo’lasan, endi bilasan, bu ish xato, boshqa bunday qilmaysan. Yutsang, sendan baxtlisi yo’q olamda.

Hayotda o’zingni qobiq ichiga o’rab kimlardandir/nimalardandir himoya qilib yashashga emas, doim hamma narsaga – yaxshiga ham, yomonga ham, xatoga ham to’g’riga ham ochiq bo’lishga o’rgan.

Hayotimizdagi har bir insonni, xatoni, kunni, tasodifni, darsni, tajribani o’z o’rni bor. Bekorga emas hech qaysisi.

#eskipost❤️ sizni fikringiz?

Yours, Marvarid @thoughts_different
9👍3
#Paris❤️
20👍2
Global UGRADga hujjat topshirish yopilishiga ozgina qoldi❤️

Men uni qanday qilib yutganim haqida story yozganman quyidagi link orqali o'qing💃:

1. Topshirish jarayoni, qiyinchiliklarim😕https://www.tg-me.com/thoughts_different/1949

2. Intervyuga o'tganim haqida xat oldim😺: https://www.tg-me.com/thoughts_different/1952

3. Intervyu qanday bo'ldi?😣 https://www.tg-me.com/thoughts_different/1958

4. Natijani kutish, sabrsizlik, xafsala pir bo'lishi vaa G'ALABA🤠 https://www.tg-me.com/thoughts_different/1964

5. Eh, yana bir imtihon UGRAD uchun😥 https://www.tg-me.com/thoughts_different/1980

UGRAD uchun tayyorlagan hujjatlarim: https://www.tg-me.com/thoughts_different/2387

Essayga namuna (Oydinoyniki, ha aytgancha hozir Oydinoy yo'lda ketyapti Amerikaga, most probably osmonda 😁💃) https://www.tg-me.com/thoughts_different/1955

Bu yil yuta olmasangiz, xatolaringizni bilib oling. Ustingizda ishlang va boshqa narsalarda o'zingizni sinab ko'ring. Imkoniyat koo'p juda. Omad❤️.

Yours, Marvarid @thoughts_different
9👍2
Bakalavr, magistratura yoki doktaranturani to'liq grant asosida nufuzli universitetda o'qimoqchi bo'lsangiz "El-yurt umidi" jamg'armasi grantiga qabul boshlanadi 10-yanvardan boshlab.

Ovqatlanish, transport, kontrakt, yashash harajatlari hammasi qoplanadi. Faqat siz world ranking 300talikka kiradigan (adashmasam, rasmiy saytda bu haqida aytilmabdi!) universitetga kirishingiz kerak.

Albatta ba'zi universitetlarda, ayniqsa Amerikadagilarda, application fee bor. Hujjat topshirish uchun ham pul to'laysiz va bu non refundable ya'ni universitetga qabul qilinmasangiz ham qilinsangiz ham qaytarilmaydi. $70-150 atrofida ko'rganman. Bunga tayyor bo'ling.

Eng katta LEKIN esa univerni shu grantni yutib undan foydalanib bitirganingizdan keyin ALBATTA O'zbekistonga qaytib kelib, 5 yil davlat ishida ishlashingiz kerak.

Bilaman, kanalimda talabalar ko'p va magistratura haqida o'ylashyapti. Keyingi LEKIN esa 23 yoshdan kichik bo'lsangiz magistraturaga bu grant asosida topshirolmaysiz🤷‍♀. 23dan baland bo'lishi kerak yoshingiz. Men ham bu yil univerni bitiraman va topshira olmayman bu grantga. Chunki 21 yoshman.

Shunaqa gaplaar. Quyidagi linklardan to'liqroq ma'lumot oling va sizga ma'qul kelsa topshiring:

https://oliygoh.uz/post/el-yurt-umidi-jamgarmasi-2021-2022-oquv-yili-stipendiyalar-tanlovi

https://eyuf.uz/site/view?id=369

Bu yil bakalavr yoki magistraturaga topshirmoqchilar bormi? Yana bir grant bor edi💃

Yours, Marvarid @thoughts_different
5😢2🤩1
Aww, men ko'rgan saytda xato berilibdi. Magistraturaga 20 yoshdan baland bo'lsangiz topshira olarkansiz❤️
10👍1
US embassydan self-defence kursi

US embassy yana qizlar uchun o'zini himoya qilish kursini ochdi. Qabul qilinish uchun ariza to'ldirasiz va o'tolsangiz sizga xabar keladi. Qaysi tilda to'ldirishingizni ahamiyati yo'q (o'zbek,rus, ingliz).

Qatnashish uchun Toshkentda bo'lishingiz kerak.

To'liq ma'lumot va link:
https://www.tg-me.com/USAUzbekistan/2169

Yours, Marvarid @thoughts_different
5👍1
Styuardessalarga bo'lishni xohlaydigan qizlar, Virgin Atlantic aviakompaniyasidan vakansiya. Bilaman oramizda bunga mos keladiganlar yo'q katta ehtimol bilan. Chunki UKda ishlash va yashash huquqiga ega bo'lishi kerak degan kaaatta talab bor.

Shunchaki o'qing va qanchalik talablari ko'p kasbligini tushuning deb tashlayapman.

Agar o'qib tushunmayotgan bo'lsangiz, demak avvalo inglizchani o'rganing

@thoughts_different
6👍3
Bugun kechqurun 21.00da "Girls' unity" loyihasini ochilishi bo'ladi voicechatda. Men esa speaker sifatida ochib beraman. Qizlarni socially active bo'lishi, loyihalarda qatnashishi foydalari va boshqa narsalar haqida gapiraman. Pastda linkini qoldiraman voicechat bo'ladigan kanalni:

https://www.tg-me.com/girls_unity_uz/17

"Va boshqalar" nima bo'lsin? Nima haqida mendan eshitishni xohlaysiz?

Yours, Marvarid @thoughts_different
6
Taak, bugun amerikaliklarni ajoyib odatlari haqida gapiriberaman.

Ular sovqotmaydi😳. Sovuqda ham shortikda yurishadi. Hatto yosh bolalariga ham ba'zilari futbolka shortik kiygizib olib yurishadi men kurtkada/pidjakda yurgan bir paytda🧐.

Sovuq dush qabul qiladi. Suvga muz solib ichadi. Muzlatkichdan olib ichgandan ko'ra iliq suvga muz solib ichsa yaxshiroq ekan. Endi men ham shunaqa qilyapman. Bu odat yoqdi.

Lekin kamdan-kam kasal bo'lishadi. Immunitet mustahkam menimcha.

Ovqatlariga ranch degan narsa qo'shib yeyishni yaxshi ko'radi. Mayonezga o'xshab ketadigan jigarrang narsa. Shirin ekan. Dressinglar yoqarkan ularga❤️ (dressing nimaligini google qilib ko'ring).

Yordam berishni judayam yaxshi ko'rishadi😳😊. Kuliib gapirishadi.

Mashinada ketayotganda Amerikada biror marta kimnidir signal chalganini eshitmadim😳. Biror marta ham. Andijonda 2 oy yashab tirband va signaaaal chalaveradigaaan haydovchilarga o'rganib qolgan ekanman. Tiiinch haydab ketishlari rosa g'alati tuyildi😂.

Hattoki, svetafor yashili yongandayam haydamay turib qolsangiz shunda ham qatooor bo'lib kutib turisharkan nimadir bo'lganki haydamayapti deb. Impressed❤️. Hech kim shoshilmas ekanda Amerikada deb o'ylab qoldim.

Hozircha shular. Lekin ichimda gap ko'p hali. Yana yozaman.

Yours, Marvarid @thoughts_different
19👍11🔥4
Photos by me @thoughts_different
17🤩6👍3
Ha aytgancha, ko'p o'ylardim avval: ayol kishi o'zi ishlashi kerakmi? Karyera qanchalik muhim ayolni hayotida? O'qishi, bilimli bo'lishi albatta kerak lekin ishlashichi? Jamiyatda aktiv bo'lishichi? Shu kabi savollar qiynardi meni. Javob topdim kecha o'zim uchun.

Ayol kishi ishlashi, jamiyatda aktiv bo'lishi kerak! Kimdir bilan tanishganda, gaplashib qolganida o'zidan faxrlanib gapira olishi uchun, ko'p va mazmunli suhbatlasha olishi uchun, so'zlari shahdamroq chiqa olishi uchun, o'ziga ishonchi kuchliroq bo'lishi uchun.

Deylik, men umuman ishlamaganman, 3 yil ustozlik ham qilamaganman, tajriba yo'q menda, kanaldan ham foyda ko'rmaganman, yostiqcha biznesim yo'q, boshqa mayda pul oqimlarim yo'q. U holda meni o'zimga ishonchim past bo'lardi. Hech qanaqa tajribam yo'q, o'qish o'z yo'liga baribir o'zim karyera yo'lida erishgan accomplishment yo'q.

Biror yangi like-minded inson bilan tanishsam, juuda nimadirlarni gapirgim keladiyu lekin nimani gapiraman unga, nima haqida gaplashaman u bilan? Shaxsiy hayotim unga qiziqmas, o'zimni ham aytgim kelmaydi, yana nimani gaplashish mumkin? G'iybatmi? Albatta ishingiz, faoliyatingiz, tajribangiz, backgroundingiz haqida gap boshlab qancha maroqli suhbat qilsa bo'ladi.

Men odamlar bilan gaplashishni juda yaxshi ko'rganim uchun balki shunga ko'p urg'u berayotgandirman❤️. Xullas shunaqa. Men xulosa qildim o'zim uchun: ayol kishi aktiv bo'lishi kerak. Oilani ham, jamiyatda o'rnini topishni ham eplay oladi har bir ayol. Ertaga farzandlari ham "onam zo'r o'qituvchi matematikadan" yoki "onam hamshira" deb faxrlana olishlari uchun ham ishlashi kerak. Albatta oila birinchi o'rindaa❤️.

Yours, Marvarid @thoughts_different
12👍9
Kecha bitta kursga financial aidiga topshirdim. Kurs o'zi $50 turadi. To'lashga pulim bor lekin baribir finaidga topshirdim va yana bir nechtasiga topshirmoqchiman.

Keyin esa sizlarga qanday qilib shunaqa seritifikati bor, CVga va ishga yordami tegadigan, zo'r bilim olsa bo'ladigan top universitetlarni online kurslariga bepul yozilishni o'rgataman.

Har-xil universitetlar online kurs taqdim etishadi va undan to'laqonli foydalanish, sertifikatini olish pulli bo'ladi. Lekin siz finaidga topshirib xuddi shuni bepulga o'qib ham seritifikatli bo'la olasiz.

Har qanaqa sohaga kurs topsa va vazifalarini to'liq bajarib, 1 oy 2 oyda tugatsa bo'ladi. Ishga kirayotganda yordam bo'ladi sizga bu bilim va sertifikat❤️.

Demaak, 31-yanvarni kutamiz. Bugun ham yana bittasiga topshiraman ertaga ham. Essaylarni har xil yozib ko'ryapman. Qaysisini qabul qilishsa shuni tavsiya qilaman sizlarga

Yours, Marvarid @thoughts_different
15👍2🔥2🎉2
1. Amerikada internet zo'r ISHLAMAYDI! Eng yaxshi kompaniyalardan biri T mobile sim kartasini ishlatdim. O'zbekistondan umuman farqi qilmadi hattoki yomonroq. Wifi zo'r ishladi lekin.

2. Hamma narsaga tax qo'shiladi ya'ni soliq.

3. Umuman tanimagan odamingiz ham ro'para kelsangiz so'rashiib o'tib ketadi kuliib😳🙈. Bir marta indamaay qoldim. Bir ayol eshikdan kirayotgandi men esa chiqayotgandim. "Excuse mee, how are you doin? Have a good day!😊" deb o'tib ketdi. Kulib turaveribman qotiib.

4. Uyoqda hamma kuchuksevar😳. Petlar uchun alohida supermarketlar bor hatto. Ko'chada haaammada kuchuk ko'rasiz. Juda ko'p. Kurtkachalar kiydirib olib yurishadi hatto🧐. Bolasidek qarasharkan.

5. Kiyimsevar emas ular. Qo'liga nima ilashsa ustiga tashlab chiqadigan odamlarga o'xshatdim. Bir-biriga mos tushadimi, yo'qmi umuman e'tibor berishmaydi. Yaxshi turibdimi, deb yarim soat oynaga qarashmaydi. Kim nima deb o'ylaydi farqi yo'q. Bir tomondan zo'r. Lekin men hamma chirooyli kiyinvoladigan Toshkentimni sog'indim ushanda❤️. Ayniqsa metroda yoki universitet derazasidaan odamlarni tomosha qilishni.

6. Hamma yugurishga chiqarkan. Ko'chada koo'pchilik yugurib yurgan edi. Yoqdi menga. Ayniqsa bir tomoningizda dengiz, bir tomonda daraxtlaar yuguriib ketsangiz😍

7. Amerikada hamma narsa inson qulayligi uchun. Menga eng yoqqan narsa. Hamma narsa, uydagi jihozlar, ko'chadagi narsalar, kafelarda hammasi insonlarga qulay bo'lsin deb moslashtirilgan. Qonunlar ham.

Yours, Marvarid @thoughts_different
47👍18🤩6
Bugun sizlarga men avval rasmlarini joylagan Pier 39 haqida gapirib beraman. Pier 39 San-Franciscodagi turistlar ko'p boradigan joylardan biri. Internetdan SFda borish kerak bo'lgan joylarni izlaganimda chiqdi. Pier 39? Nomi ajoyibku, dedim. Keyin borganimizda bilsam, bu Sfdagi qatooor portlarni biri ekan. Yetgunimizcha Pier 20, 28 kabi portlar chiqdi. Xuddi vokzaldaka joylar. Faqat kemalar kelib ketadi. Yo'lovchi tashiydi. Biz esa 39-siga bordik. To'g'rirog'i husbandni kooo'ndiriib meni obortirdim😜.

Pier 39 mashhur. Chunki shu port park qilingan ekan. Sayyohlar ko'p kelarkan. Shuning uchun ham magazinlar ko'p va estalik narsalar sotilarkan. California degan futbolkalar, xudilar😭. Kepka, brelok hamma mayda va katta narsalar.

Lekin olmadik. Chunki bilasiz, turist keladigan joyda qimmat sotishadi. China Townda ham xuddi shunaqa narsalar arzon, deb turmush o'rtog'im o'sha yerga olib bordi. Lekin biz borganda yopilgan ekan. California degan kiyim olish orzuligicha qoldi menga🤦‍♀.

Ha yana bitta amerikanslarni qiziq odati - yigitlar qizlarga pul to'lamas ekan kafeda o'tirishsa😂. Qiz ikkalalariga ham to'lab chiqib ketaverarkan. Yoki qiz yigitni mashinasida yurishi kerak degan narsa yo'q. Qizlar o'zini mashinasida yigitini olib yurishi odatiy holat😁. Rostdanam gender equality ekan. Menga yoqmadi bu😒😂.

O'zbekistonda shunaqa bo'lishini hech tasavvur qila olmayman😁. Birinchi marta uchrashuvga chiqilsa ham, yigit bechora alllbatta gul, sovg'a olib kelishi kerak kamiga uchrashuvga majburlab chiqarib yuborilgan qizni zahar gaplariga chidashi, kafega pul to'lashi, mashinasida tashlab qo'yishi yoki taksiga o'tqizib pul to'lavorishi va hokazolaar. O'zbekiston yaxshida baribir😄.

Yours, Marvarid @thoughts_different
😁9530👍27🤩6😱2👎1
Flight attendantlikka (styuardessa) topshirmoqchilar bormi? Toshkentda suhbat bo'larkan. Link beraymi? Havo yo'llarimas, boshqa kompaniya😄
👍3210
Yigitlarga 168, qizlarga 160 kamida bo'y bilan olisharkan 😱❤️
👍50😱1714😁2😢1
2025/07/10 23:31:12
Back to Top
HTML Embed Code: