Telegram Web Link
✈️Samalyotda ishlamoqchilar uchun

Air arabia havo yo'llari kompaniyasi o'tkizyapti bort xizmatchilar uchun tanlov. Topshirasiz va intervyuga borasiz Toshkentga💃.

Yosh 20-30 orasida, bo'y qizlarga kamida 160, yigitlarga kamida 168.

Univerni bitirgan bo'lsa yaxshi lekin bitirmaganni ham olishadi. Talablarni link orqali o'qib oling. Tushunmasangiz, tushunishga harakat qiling. Harakat qiladiganlar doim yutishadi👍.

https://careers.airarabia.com/airarabia/job/Sharjah-Cabin-Crew-Tashkent,-Uzbekistan-Recruitment-Drive/730413422/

Topshirsangiz, commentda aytib qo'ying❤️

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍4417😢2
Sign in emas Create an account qilasiz qachonki bir saytga birinchi marta kirayotgan bo'lsangiz. Ikkinchi martada sign in qilasiz xuddi avvalgi email bilan. Simple🤷‍♀
👍193👎2
Qanday qilib muvaffaqiyatli blog yurgizish mumkin?

Bilaman kanalimda ko'pchilikni kanali bor o'zini shaxsiy. Hozirgi kunda shaxsiy blog yurgizish trendga chiqqan. Buni shunchaki hamma qilayotgani uchun emas, balki o'zi yaxshi ko'rgani uchun yurgizayotganlarni hurmat qilaman. Hozir bir ikkita maslahatchalar bermoqchiman active blog egasi sifatida.

1. Odam ko'paytiraman deb hadeb chiranavermang. O'ylanmang. Yaxshi yozsangiz, o'zi keladi

2. Tartib bilan, imlo xato qilmasdan, tog'dan bog'dan kelmasdan, yozganingizga chetdan baho berib, bachkana qilmasdan yozing.

3. Ko'p yozsangiz abzaslarga ajrating. O'qishga oson bo'ladi.

4. Hazil qo'shib yozing. Yumor. Eplasangiz🧐😀.

5. Rasm, ashula emas balki o'z fikrlaringizni yozing. Boshida g'alatiroq chiqadi chunki yozishda tajriba yo'q sizda. Asta-asta yaxshiroq yaxshiroq yoza boshlaysiz❤️. Hech kim o'qimasa ham yozavering

6. Boshqa kanallar bilan reklama almashing. Haftada bir, oyda bir. Oshirib yubormang. Sizni maqsadingiz odam ko'paytirishmas, yozish, fikrlarni o'zingizda bor odamlarga yetkazish bo'lsin. Albatta qancha ko'p odam o'qisa shuncha ko'p yozgingiz keladi. Shuning uchun ba'zida reklama qiling.

7. Vaqtingiz ko'p ketib qolmasin. Zerikkanda yozadigan hobby bo'lsin bu. Kanalga yozish foydali, fikrlaringiz aniqlashadi, odamlar bilan tanishasiz, auditoriyangiz bo'ladi maza. Lekin bu abadiy emas. Ishonib qolmang. Qachondir yo'q bo'ladi bu. Shuning uchun joningizni bervormang❤️

Instagram bo'yicha esa 10k bo'lganimda yozaman xudo xohlasa💃

Yours, Marvarid @thoughts_different
78👍41🔥24👎6
British Councildan vakansiya🇬🇧

Invigilator. Avval ham ochilgandi, kanalda tashlaganman, ishlashgan qizlar. Yaxshi tajriba olishgan oylik ham. Mana yana ochilibdi. 12-fevralgacha ochiq. Lekin tezroq topshiring.

1 yilga shartnoma tuzilarkan. Oylik aytilmagan. Kamida B2 darajada bo'lishi kerak ingliz tili. Linkdan applicationni olib to'ldiring, jo'nating va ishlang.

📍Toshkent, Samarqand, Namangan

https://buff.ly/3FEtlrJ

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍162👎2
Topshiringlaaar, o'shanchun. O'rtolar💃. Tajriba oshadi, yaxshi ish joyi, oyliik🤑
79👍19🤩14👎3
Sal keyinroq aynan usha British Councilga apply qilish uchun avval ishlagan bir tanishimning maslahatlarini joylayman.

Topshiryapsizlarmi?
👍59😢1713🎉6👎4🤩3🔥2😁1
British Councilda invigilator bo'lib ishlagan tanishimning tavsiyalari. Topshiringlar albatta❤️

Yours, Marvarid @thoughts_different
44👍29👎6🤩5
Qanday qilib yaxshi CV yozish haqida ko'rsatma:

https://bit.ly/39e53GR

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍3211🔥6
Forwarded from Mari's planet🇺🇸 (Marim💫)
IELTS olmoqchi bo'lsangiz, IELTSni o'rgatadigan kitoblarni o'qimang, videolarni ko'rmang.

IELTSga tayyorlanishni xohlaysan va birinchi qiladigan ishing, IELTS texnikasini o'rgatadigan kitoblarga yopishish. Kanallarda qatoor-qator zo'r deb maslahat berilgan kitoblarni tortib olasan. Qaysi biridan boshlashni bilmay boshingni qotirasan. YouTubeda qanday qilib listening multiple choice question ishlash sirlarini o'rganasan, reading true/false/not given aniqlashni bilib olasan. Lekin ishlatishga kelganda baribir natijalaring past chiqaveradi. Nega? Axir sen shuncha kitob o'qiding, videolardan texnikani o'rganding-ku? Sen bilimsizligingni anglatadimi bu?

Yo'q. Shunchaki sen qanday qilib tayyorlanishni bilmading, xolos. Bir gala olomon nima qilsa, sen ham shuni qilyapsan. Chunki ular 8.0 olgan-da. Bilmaysan-ki, IELTSga tayyorlanishdan avval ularni fundamenti kuchli bo'lganini, General Englishni o'stirib keyingina IELTSga tayyorlanishganini.

IELTSdan baland ball olmoqchimisan, avvalo General Englishni yaxshila. Bu degani grammatikang, so'z boyliging, listening (IELTSni listeningini ishla demayapman), reading(badiiy kitoblar), speaking, writingni yaxshila. Lekin IELTS usulida harakat qilib o'zingni qiynama. IELTS texnikasini 2 haftada o'rganib olsang bo'ladi agar ingliz tiling kuchli bo'lsa.

Nima qilish kerak? Speaking. Kino ko'r. Yoki serial. Menga serial yoqadi. Faqat ko'rmasdan, yangi so'zlarni yodlab ket. 2-marta yana ko'rib, imitate qil. Har bir gapida pauza qilib, xuddi aktyorlarga o'xshab gaplarni talaffuz qil. Men natijani sezdim. O'zimdagi o'zbekcha talaffuzni yo'qotyapman. O'rtoqlarimga ham sezildi. Speakingni oshiradi bu usul. O'zidan o'zi gaplar quyilib kela boshlaydi senga.

Reading. Kitob o'qi. Badiiy kitoblar. O'zingga yoqqanini. Qiyiin kitob tanlab olma. Lekin qiynalsang, tashlab ham qo'yma. 50%iga tushunsang ham bu normal holat deb qabul qil. Davom etaver. Har bir so'zini tarjima qil, demayman. Yoqqanini tarjima qil. Har bir betdan 10ta so'z chiqsa yetadi. Yodla. Joyida yodla.

Writing. Kundalik tut. Va har kunlik o'ylaringni, ishlaringni, orzularing, maqsadlaringni yozib bor. Qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. Kino va kitobdan yodlagan so'zlaringni ishlat. Esingda qoladi. Writing oshishi uchun judayam foydali usul bu. 2 haftaga bormay natija sezasan. Yozganda gaplar quyilib kelishni boshlaydi.

Listening. Qiziqroq podkastlar topib eshitib yur. Ashulani yig'ishtir endi. Podkastdan foyda bor. Tushunmaguningcha qayta-qayta eshitaver. Listeninging qanday qilib yaxshilanganini bilmay qolasan. Ishon. Bajar. Hadeb 40talik test ishlagandan foyda yo'q. Qay darajada o'sish bo'layotganini aniqlash uchun ishlab tur.

Grammar. Grammatikang kuchsizroq bo'lsa, biror kitobdan shug'ullan. Norm bo'lsa, badiiy kitob o'qiyotganda e'tiborli bo'lsang, o'zidan-o'zi yaxshilanadi.

Vocabulary. Kitob va serial/kinodan yodlaysan. Vocabulary kitob olib, bir talay so'zni yodlagandan ko'ra, masalan men uchun contextdan yodlagan osonroq

Serial va podkastlarni darajaga qarab tartiblanganini tashlayman. Kutib turing.

Yours Mari;)

Siz nima deb o'ylaysiz? Fikrlarni kutaman.

@thoughts_different
👍14697🔥43🤩11👎4
A1-A2 darajadagilar uchun seriallar:

"Extra"
"Harry Potter"
"How I met your mother"
"13 reasons why"
"The bing bang theory"
"Friends"
"Young Sheldon"
Disneyning hamma multfilmlari

B1-B2 darajadagilar uchun seriallar:

"Sherlock Holmes"
"Doctor Who"
"Why woman kill"
"Narcos"
"Lie to me"
"Supernatural"
"Gossip girl"
"The vampire diaries"
"Riverdale"
"Stranger things"
"Suits"
"You"
"Explained"
"Orange is the new black"
"Lucifer"

C1-C2 darajadagilar uchun seriallar:

"The witcher"
"The house of cards"
"Black mirror"
"Russian doll"
"Game of thrones"
"The crown"
"Peaky blinders"
Documentary filmlar
Comic chiqishlar:

Louis C.K.
Dave Chapelle
Jerry Scienfield

Qayerdan topasiz?

Netflix
Ororo.tv
Lelang.ru
Goldenenglish.ru
Friends10.ru
Englishfox.ru
123mobies.com

Hammasini telegram kanallardan topib, link berib chiqmoqchi edim. Vaqtim bo'lmadi. Topsangiz, menga serial nomi va linkni tashlang. Kanalga kiritaman.

Ko'rib bo'lib, biror foyda olsangiz rahmat aytarsiz💃. Ro'yhat Anna Pushkova tomonidan tuzilgan.

Rasmda xayolida Norvegiyaga ketayotgan va bekor bo'lganidan xabar topgan men.

Yours, caring Marvarid;)

@thoughts_different
102👍46😁16🔥13🤩8🎉3👎2🐳1
Kitob o'qish orqali tilni o'stirish, yangi so'zlar o'rganish va albatta dunyoqarashni kengaytirish oson.

Kino/seriallarni asta-asta hazm qilayotgan bo'lsangiz kerak. Endi darajaga mos bir-nechta kitoblarni share qilmoqchiman. Kitoblar asl variantda emas, darajaga moslangan. O'ylaymanki foydali bo'ladi.

✏️Beginner. "Jane Eyre" kitobini tavsiya qilaman. Ayniqsa qizlar "Choliqushi"ni sevib o'qigan bo'lsangiz, "Jane Eyre" o'shani asl varianti bo'ladi. O'qib ko'ring.

✏️Elementary. "Treasure island". Ko'p saytlarda duch keldim shu kitobga, menincha yaxshi. O'zim o'qimaganman lekin.

"Robin Hood". Ta'rif berishim shart emas. Hamma biladi.

"Persuasion". O'sha mashhuur yozuvchi Jane Austen tomonidan yozilgan. Boshqa kitoblarini o'qigan inson sifatida ayta olamanki, bunisi ham katta ehtimol bilan yaxshi.

✏️Pre-intermediate. "Pride and prejudice" Jane Austen. Judayam zo'r kitob. Menga yoqqan, kinosiyam zo'r. Univerda 1-kursda readingdan majburan o'qigandim. Lekin yoqqan. Bosh qahramon qizni o'zimga o'xshatgandim.

"Jane Eyre" by Charlotte Brontë. Bu pre-intermediate darajaga moslangan varianti.

✏️Intermediate. "Farewell my lovely" by Raymond Chandler. Buni ham saytlardan topdim. O'qimaganman. Sinab ko'ring.

✏️"1984" by George Orwell. Ta'riflashim shartamas. O'zbekistonda birdaniga trendga chiqib ketgan kitob. Kitobni asl variantini o'qigingiz kelayotgan lekin kuchingiz yetmayotgan bo'lsa, mana sizga moslashtirilgan variant

"Women in businness" by David Evans. Qizlarga yoqsa kerak.

✏️Upper-intermediate. "Pride and prejudice" by Jane Austen yana.

Intermediate'dan baland bo'lsangiz original kitoblarni ham bemalol o'qiyvering. Qiynalsangiz ham. Practice makes perfect.

Kitoblar fobook.ru saytidan olindi. Xohlasangiz boshqa kitoblarni ham ko'rib chiqing. Nima bo'lgan taqdirda ham, o'qing.

Ha aytgancha, seriallarga subtitr so'rayotganlar diqqatiga, bergan saytlarimga kirsangiz, xohlasangiz ruscha, xohlasangiz inglizcha subtitr bilan seriallarni online ko'ra olasiz. Netflixdan tashqari hammasi bepul. O'rtog'im friends10.ru'ni maqtadi. Unga shu ma'qul kelibdi. Siz ham hammasini sinab ko'ring va qulayini ishlating.

Rasmda boshlanishi bilan online darslar joniga tegishga ulgurgan Mari

Yours, caring Marvarid;)

@thoughts_different
👍9335🤩11😁8🔥7🎉1
SUSIni javoblari kelibdiku. Kimlar o'tdi kimlar esa yo'q???
25🔥3👍2
Tak, inglizchani o'rganish judayam oson agar unga qiziqish bildirsangiz va to'g'ri resurslardan to'g'ri foydalana olsangiz. Meni kanalimdamisiz, demak, sizda tilga qiziqish bor. Men esa sizga ishonchli manbalarni beraman.

O'sha gap: saved messages'ga tashlab qo'yib, esdan chiqarib yuborishingiz uchun emas, haqiqatdan foydalanishingiz uchun. Boshladik.

✏️Kompyuterda foydalanish uchun saytlar

https://ieltsonlinetests.com – judayam zo’r sayt. Hozir faqat shu sayt bilan practice qilyapman. Avvallari reading/listening qilish uchun kitob chiqarib, daftarga javobini belgilab, bittalab tekshirib chiqishim kerak edi. Bu sayt esa o’zi tekshiradi va aynan qayerda xato qilganingizni, to’g’ri javob qayerda berilganini belgilab ko’rsatib beradi.

https://www.examenglishforfree.com/ - ingliz tilini xohlagan darajadan boshlab bepul o’rganish uchun sayt. Tasodifan topib oldim buni.

https://www.engvid.com/ - videodarslar orqali ingliz tilini o’rganmoqchi yoki yaxshilamoqchi bo’lganlar uchun juda zo’r sayt.

https://takeielts.britishcouncil.org/take-ielts/prepare - IELTS haqida umumiy ma’lumot va practice testlar berilgan. Endi boshlamoqchi bo’lsangiz, ko’rib chiqsangiz bo’ladi.

https://www.examenglish.com/IELTS/IELTS_Band_Scores.html - baholash criteriasi haqida to’liq ma’lumot berilgan.

https://www.allearsenglish.com/episodes/ielts/ - podcastlar bor. IELTS haqida hammasi.

https://www.ielts-mentor.com/ - foydali sayt. Universitetda paytim ko’p foydalanganman, ayniqsa writingga sample’lar yaxshi berilgandi. Tahlil qilib o’rganishga zo’r. Vocabulary uchun ham maxsus qismi bor.

https://www.examword.com/ - qayerdan so’z yodlasam bo’ladi, deydiganlar uchun mos sayt bu. Har bir turdagi imtihon va har bir daraja uchun maxsus so’zlar qismlarga bo’lib berilgan. Bemalol yodlayvering, hech kim urishmaydi

http://ieltsacademic.com/ - hints and tips, practice tests, hammasi jamlangan yana bir sayt. Kirib ko’ring.

http://www.goodluckielts.com/ - bu ham xuddi shunaqa.

https://www.futurelearn.com/courses/cambridge-english-ielts - 5 haftalik bepul IELTSga tayyorlov kursi. Tayyorgarlik davomida o’zingizni zaif va kuchli tomonlaringizni bilib olishingizga yordam beradi.

https://www.idp.com/global/ielts/prepareforielts/ - bu saytda esa agar imtihonga allaqachon registratsiya qilgan bo’lsangiz, darslaridan foydalana olasiz.

https://www.edx.org/course/ielts-academic-test-preparation - Avstraliya universiteti professorlari tomonidan taqdim etiladigan kursda IELTS strukturasiga moslashishni o’rganasiz. 80 soatlik tayyorgarlik, videodarslar va foydali darsliklarni o’z ichiga oladi.

https://www.newscientist.com/ - bu ham ilmiy maqolalar o’qishuchun zo’r sayt.

https://www.bbc.com/ - reading uchun zo'r maqolalr berilgan

Washingtonpost.com – menga bu sayt ko’proq yoqqan. Bu yerdan ham maqola o’qib reading oshirish mumkin.

✏️Telefonda foydalanish uchun applar


IELTS PREP APP – umumiy practice uchun yaxshi app.

IELTS word power, IELTS fleshcards va Quizlet – so’z boyligini yaxshilash uchun

IELTS essays – 7+ yozishni o’rganish uchun

IELTS speaking – judayam ajoyib app, savollar berilgan va siz ularga diktofoniga javob yozishingiz so’raladi. Ishlatib ko’ring.

Bu hali hammasi emas. Ishlatib, biror foyda olsangiz, xursand bo'laman. Anna Pushkova materiallaridan foydalanildi.

Ha aytgancha, 10 daqiqa vaqt ajratib o'ylab ko'ring: hozir to'g'ri yo'ldamisiz? 5 yildan keyin nega shunaqa shunaqa ishlarni qilmaganman, nima bilan band bo'lganman shuncha payt deb o'zingizni ayblab yurmaysizmi?

Yours, (caring) Marvarid;)

@thoughts_different
83👍33🔥7👎3🥰2
Bugun 7k xohlayman #dream 🤷‍♀😄
127👍30🔥20😁19👎15🎉6😱5😢2🤩1
Chetga ketishni xohlaysiz lekin hech qiyin tomonlari haqida o'ylab ko'rganmisiz? Bunga tayyormisiz?

"Chet elga ketsam edi, chetda o'qisam edi, mazadaa, zoo'r yashayman, rasmlarga tushaman Instagramga qo'yaman😍, odamlar bilan tanishaman. Mazaaaa😎" deb xayol qilasiz lekin heeech o'ylamaysiz o'sha sizni orzularingizdagi "chetda maza qilib yashash"ning qiyin tomonlari haqida. Endi eshiting mendan💃.

1. Ilk muammolar. Aeroportni o'zidan muammolar boshlanadi. Katta ehtimol bilan 2 marta uchasiz yetib borguningizcha. Bilet ol, yugur, chemodanni top yugur, uch, joylash, tush, anaaa boshqa davlatdasan. Endi telefoning ham ishlamayapti. Atrofda esa siz chehrasiga o'rganmagan sovuq insonlar. Amallab nimadir qilib yetib olasiz destinationga charchaaab, "shumii men orzu qilgan shahar" deb. Kvartiraga joylashish kerak hali. Ehheee...

2. Ovqat. Ko'p davlatlarda halol ovqat topish ozgina muammo. Xohlagan kafega kirib bemalol yeb keta olmaysiz. Chiroyli reklamalardagi pitsalar, burgerlar, sandwichlar afsuski siz uchun emas. Sizga halol ovqat kerak, ko'rinishiga ham ta'miga ham chidab halolini topganingizga shukur qilib yeyaverasiz.

3. Insonlar. Deylik, Amerikaga bordingiz. "Yaay, endi americanlar bilan o'rtoq bo'volaman, inglizcham ham zo'r bo'lib ketadi" desangiz adashasiz. Ular siz bilan o'rtoq bo'lmaydi😁. Ilojsiz emas lekin qiyin. Chunki ularni va bizni dunyoqarashimiz, qiziqishlarimiz umuman boshqacha. Bizga qiziq narsa ularga qiziqmas, bizni fikrimiz bilan ularniki umuman tushmaydigan holat ko'p. Mutual interests yo'q do'stlar qanday do'stlar bo'lardi?

4. Chet elda kasal bo'lsangiz qaraydigan ota-onangiz yo'q, dori opkelib beradigan, choy tutqazadigan uka-singlingiz yo'q, siz bilan maza qilib o'zbekchada gaplashadigan o'rtog'ingiz, nasihat qiladigan buvingiz yo'q... Yaqin insonlaringizni shirin so'zini sog'inib yashaysiz. Bunga ham tayyor turing.

5. Va eng asosiysi money money💸😄. Pulni tejab ishlatasiz, chet eldasiz endi o'zingizni pulingizni o'zingiz nazorat qilishingiz, manage qilishingiz kerak. Ishlaysiz part time eplab. O'qish/ish balanceni ushlashga majbursiz. O'zingiz tanladingiz. Tinchgina O'zbekistonda o'qisangiz bo'lardiku🤷‍♀😉.

Judayam qisqa qilib yozdim. Bundan tashqari yana ko'p narsalar bor. Mavzu qiziq bo'lsa yana yozaman. Mavzu qiziq-qiziqmasligini commentga qarab bilaman😉💃

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍197🔥4431😁9😢8👎6🎉2
Qiyinchilik o'ldirmaydi, kuchliroq va tajribaliroq qiladi. #suringlar

🇺🇸Dolores park, San-Francisco photo by me #Archive 2021
🔥15369👍42😁9🤩9😱4👎3😢3🎉3🥰2
Yana 48ta...
🤩14261👍41🎉33👎22😁14🔥11😱6😢4
Dreams come true❤️😸 rahmat hammaga bunaqa tez bo'ladi deb kutmagandim. Kimdir 70tagina followeri bo'lsayam, kanali bo'lmasayam share qilib berdi, kimdir 700-800 followeri bor kanali bo'lsayam share qilmadi😚. Hammangizga rahmat💃
179👍42🔥32🎉25🤩10😁9👎7
Doimiy o'qib yurish uchun foydali saytlar

http://www.abeautifulmess.com - ko'p o'qiladigan bloglardan biri, opa-singillar tomonidan yuritiladi. Zeriktirib qo'ymaydigan blog.

http://www.nomadicmatt.com/travel-blog/ - 2006-yildan beri sayohat bilan shug'ullanadigan yigitning blogi. Oddiy tilda yozadi. Tushunasiz.

https://www.refinery29.com/en-us - qiz-ayollar uchun online jurnal. Ko'proq ilmiy emas, doimiy gaplashiladigan ko'cha tilida yozilgani uchun, muloqot uchun kerakli frazalarni, gaplarni o'rganishingizga yordam beradi.

https://theeverygirl.com/ - shaxsan meng yoqdi. Qizlar uchun har-xil mavzularda article'lar bor. Ishlatilgan til ham uncha qiyin emas.

http://www.mantelligence.com/ - bu esa yigitlar uchun blog.

http://www.vice.com/en_us - jiddiyroq mavzulardagi maqolalar bor sayt.

http://discovermagazine.com/ - ilmiy maqolalar uchun kirsangiz bo'ladi.

http://techcrunch.com/ - texnologiyaga qiziqadiganlar uchun zo'r sayt.

http://www.atlasobscura.com/articles - ajoyib sayt ekan dunyo haqida. Menga yoqdi.

https://www.investopedia.com/ - biznes.

Ijtimoiy tarmoqlarga sarflaydigan 1 kunlik vaqtingizni hech bo'lmaganda 1/3 qismini shu saytlardan biriga sarflasangiz, ancha foydaliroq bo'ladi.

"Keyinroq" degan so'zni yig'ishtiring. O'rniga boshqasini ishlating: "carpe diem" (seize the day).

Yours, Marvarid;)
www.tg-me.com/thoughts_different
29👍17🔥10😱1
Kanalimda rosayam nuqtachali negativechilar ko'p. Yaxshi ko'raman sizlar va ban/spam qilishniyam❤️😁

O'rinli tanqid bilan negativeni yaxshi ajrataman ;)
👍107😁5030🔥17👎16🤩3
2025/07/10 15:07:15
Back to Top
HTML Embed Code: