Telegram Web Link
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida Maktab o’quvchilar Prezidenti saylovi bo’lib o’tdi.

Bugun ovozlar soniga ko’ra birinchi o’rinni qo’lga kiritgan Otajonov Farohiddin Toshkent shahridagi Prezident maktabining Maktab o’quvchilar Prezidenti etib saylandi hamda unga Prezidentlik sertifikati topshirildi.

🎓Oʻquvchimizni tabriklagan holda kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soʻnggi_qoʻngʻiroq
#ilm_eng_buyuk_sharaf

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Ilm — eng buyuk sharaf” shiori ostida o’tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiridan videolavha.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025
#ijod_maktablari

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari 30-iyun kunidan boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, Ijod maktablariga saralash imtihonlari uch bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat;
3️⃣-bosqich: test sinovlari.

📍Imtihon boʻlib oʻtadigan manzillar hamda boshlanish vaqti boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
#bitiruvchilar_quriltoyi

🤩 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar Bitiruvchilar qurultoyining ochilish marosimi boshlandi.

Tadbirni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🖤 JONLI EFIR

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bitiruvchilar_qurultoyi

🤩 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar Bitiruvchilar qurultoyining ochilish marosimidan fotoreportaj.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayni kunlarda “Raqamli avlod qizlari-2025” g‘oliblari AQShda ta’lim sayohatida boʻlib turibdi.

Yodimda, ushbu tanlovni ilk bor tashkil etganimizda gʻoliblarni qanday ragʻbatlantirish haqida ancha oʻylaganmiz. Oʻqimishli, xorijiy tillarni yaxshi oʻzlashtirgan, innovator qizlarni qanchadir miqdordagi pul, biror buyum bilan ilhomlantirish qiyin. Ularga eng zarur narsa – imkoniyat!

Biz gʻolib qizlarimizga dunyoning eng nufuzli universitetlariga borish, tanishish, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatini yaratdik.

Mana bu videoda qizlarning Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga sayohatini koʻrishingiz mumkin. Ishonaman, ular orasidan ham ana shunday yetakchi ta’lim dargohlarini zabt etadigan oʻzbek qizlari, albatta, chiqadi.

Ta’lim sayohati davom etadi. Gʻoliblarimiz boshqa OTM, ilmiy markazlar, zamonaviy laboratoriyalar, kutubxonalarda boʻladi.

Jarayonlarni mana bu kanal orqali kuzatib borishingiz mumkin: @digitalgeneration_uz

@hilola_umarova
#Tayinlov

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan:


Shakirova Sevara Baxodirovna — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o'rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2019-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida o‘qituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan.

Vazirlik jamoasi Sevara Shakirovaga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi


Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Shakirov Xasan Rustamovich — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti moliyaviy va ma’muriy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Xasan Shakirov 2001-2016-yillarda Moliya vazirligida mas'ul lavozimlarda, 2016-2020-yillarda Tashqi ishlar vazirligida Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2022-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Moliyalashtirish va rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2022-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Vazirlik jamoasi Xasan Shakirovga kelgusi faoliyatida omad tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#brifing

🤩 PREZIDENT MAKTABLARIGA BIR O‘RINGA 148 TALABGOR!

🗣AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul statistikalarini e’lon qildi.

📊Umumiy topshirilgan hujjatlar soni: 255 613 ta

📚MAKTABLAR BO‘YICHA STATISTIKA:
🟢Prezident maktablari – 49 924 ta hujjat
🧮 Har bir o‘ringa o‘rtacha 148 nafar talabgor

🟢 Ijod maktablari – 4 740 ta
🧮 Har bir o‘ringa 11 nafar

🟢 Sport maktablari – 582 ta
⚽️ Gimnastika: 1 o‘ringa 8 nafar,
🥊 Boks: 1 o‘ringa 15 nafar

🟢 Ixtisoslashtirilgan maktablar – 137 870 ta
🧮 Har bir o‘ringa 12 nafar

🟢 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar – 62 497 ta
🧮 Har bir o‘ringa 38 nafar

🔹 Abu Ali ibn Sino – 4 250 ta
🔹 Mirzo Ulug‘bek – 3 093 ta
🔹 Muhammad al-Xorazmiy – 55 154 ta

🟢 Al-Beruniy xalqaro maktabi – 6 184 ta
🧮 Har bir o‘ringa o‘rtacha 103 nafar talabgor

📥Qabul kvotalari:
Prezident maktablari (5-sinf): 336 nafar;
Ijod maktablari (7-sinf): 440 nafar;
Ixtisoslashtirilgan maktablar: 13 000+ o‘quvchi;
Al-Beruniy maktabi 60 nafar.

📌 4-sinf bitiruvchilari bir vaqtning o‘zida 3 xil maktabga alohida hujjat topshirdi:
▫️ Prezident maktabi
▫️ Ixtisoslashtirilgan maktab
▫️ Muhammad al-Xorazmiy maktabi

📌 6-sinf bitiruvchilari esa quyidagilarga:
▫️ Hududidagi tabiiy fanlar yo‘nalishidagi maktab
▫️ Mirzo Ulug‘bek yoki Abu Ali ibn Sino maktablari (Toshkent shahri)

📆 Imtihonlar – iyul-avgust oylarida!
📍Sana, manzil va vaqtlar haqidagi ma’lumotlar Agentlik rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

📝 Batafsil

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/10 06:18:13
Back to Top
HTML Embed Code: