Telegram Web Link
#Seminar

Erkinlik, masʼuliyat va maʼnaviyat:Yangi davrga xos yondashuv


Toshkent tumani Gulzor Madaniyat markazida "Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosatining mazmun-mohiyati”ga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Unda konsepsiyada taʼlim yoʻnalishida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatini ochib berish bilan birga yangi oʻquv yilida dresskod masalalarida ham meʼyoriy hujjatlar, ularning amaldagi ijrosi , mavjud kamchiliklar va ularning yechimlari boʻyicha mutasaddilardan tavsiyalar berildi.

Tadbirda Din ishlari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Matluba Kaxxarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimi Kamola Ismoilova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar Vazirligidan Dildora Solixoʻjayevalar soʻzga chiqdilar.

Seminar yakunida ishtirokchilarga tegishli maʼlumotnomalar, tarqatma materiallar hamda qonunchilikka oid adabiyotlar tarqatildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari ushbu yoʻnalishdagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilishi lozimligini qayd etildi.

Bu kabi maʼrifiy tadbirlar diniy sohaga oid toʻgʻri tushunchalarni shakllantirishda, yoshlar ongini zaharli gʻoyalardan asrashda muhim ahamiyat kasb etadi. Toshkent tumanida oʻtkazilgan ushbu seminar ham fuqarolarning huquqiy va diniy savodxonligini oshirishda navbatdagi muhim qadam boʻldi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mukammal_taʼmir

11-umumtaʼlim maktabida mukammal taʼmirlash ishlari jadal davom etmoqda


Toshkent tumanida taʼlim muassasalarini zamonaviy talablar asosida yangilash va bolalarga munosib taʼlim olish sharoiti yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etmoqda. Ayni kunlarda 11-sonli umumtaʼlim maktabida mukammal taʼmirlash ishlari jadal suratda olib borilmoqda.

Mazkur taʼmirlash ishlari doirasida binolarning tom qismi, sinfxonalar, muhandislik kommunikatsiyalari, tashqi va ichki koʻrinishi toʻliq yangilanmoqda. Shuningdek, maktab hovlisi obodonlashtirilib, oʻquvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Hozirgi vaqtda obyektda 37 nafar ishchi jalb etilgan boʻlib, ular belgilangan loyiha asosida qurilish va taʼmirlash ishlarini yuqori masʼuliyat bilan amalga oshirmoqda. Ish jarayoni bosqichma-bosqich nazorat qilinayotgani va sifat darajasiga qatʼiy rioya etilayotgani natijasida qurilishning tez va samarali surʼatda kechayotganini qayd etish mumkin.

Taʼmirlash ishlari yakuniga yetgach, 11-sonli maktab tumandagi zamonaviy taʼlim maskanlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Bu esa oʻquvchi va oʻqituvchilar uchun yanada yuqori samara bilan ishlash imkonini yaratadi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hashar

Xiyobon mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Toshkent tumani Xiyobon mahallasida hududni obodonlashtirish, aholi uchun yanada qulay va chiroyli muhit yaratish maqsadida navbatdagi amaliy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, mahalla fuqarolar yigʻini atrofi tozalanib, chiqindilar olib chiqildi, begona oʻtlar oʻrib tashlandi. Shuningdek, mahalla idorasi oldi va unga tutash hududga turli xil rang-barang gullar ekilib, obod koʻrinish kasb etildi. Bu tashabbus mahalla faollari, xotin-qizlar va yoshlar ishtirokida amalga oshirilib, jamoaviy mehnat ruhi bilan oʻtdi.

Ushbu ishlar nafaqat hududni koʻkalamzorlashtirish, balki fuqarolarda oʻz yurtiga, yashash joyiga mehr va eʼtibor hisini kuchaytirish, ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Xiyobon mahallasida bu kabi obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich boshqa koʻchalar va maydonlarda ham davom ettiriladi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 131 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 13 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 49 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 76 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 198 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 34 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 206 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 41 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 202 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 247 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 17 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 89 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 24 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 3 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Jamoatchilik_nazorati

Deputat taklifi: Ichimlik suvi muammosi hal etilmoqda


Kuni kecha, Toshkent tumani hokimligida Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida "Uzsuvtaʼminot"AJ raisining oʻrinbosari Komil Yusupov boshchiligida bir guruh mutasaddilar ishtirokida, tumanimizning Masalboy va Koʻksaroy hududi mahalla xonadonlariga ichimlik suv ochish boʻyicha muhokama oʻtkazilgan edi.

Yigʻilishdan soʻng barcha mutasaddilar va Xitoy davlatining "China Geo injenering" kompaniyasining vakillari bilan birgalikda Masalboy hududidagi oltita mahalla xonadonlariga ichimlik suv tarqatish havzasi "URV UMAROV" da boʻlib tayyorgarliklarni koʻrib ishchi guruh tomonidan kerakli maslahatlar berildi.

Koʻksaroy hududidagi "URV- OLTIN TEPA" da ham holat oʻrganilib, tez fursatlarda mahalla xonadonlariga ichimlik suv ochish boʻyicha yoʻl yoʻriqlar berildi.

Bugungi rahbariyat tomonidan berilgan topshiriq va vazifalar ijrosi boʻyicha joriy yil 2-iyul kuni hisobot yigʻilishi oʻtkazishga kelishib olindi.

Jamoatchilik nazorat guruhi rahbari deputat M.Usmonov.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Avliyoota mahallasining muammolari oʻrganildi


Joriy yilning 26-iyun kuni Toshkent tumani hokimining oʻrinbosari -investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshligʻi, Abdumajid Muhiddinov Avliyoota mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi.

Ushbu qabulda mahalla faollari, tadbirkorlar, aholi vakillari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, mahallada mavjud muammolar, investitsiya loyihalari, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan ochiq muloqot shaklida fikr almashildi.

Sayyor qabul davomida aholining ijtimoiy sharoiti, ish oʻrinlari yaratish, yoshlarni kasb-hunarga oʻrgatish, hududda sanoat va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish bilan bogʻliq qator masalalar muhokama qilindi.

Ayniqsa, yoshlar bandligini taʼminlash, mahalladagi boʻsh turgan binolar va yer maydonlaridan samarali foydalanish, tadbirkorlik subʼektlariga maʼmuriy va moliyaviy koʻmak berishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Qator fuqarolarning murojaatlari joyida koʻrib chiqilib, ularni hal etish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholining muammolariga joyida yechim topish, ular bilan ochiq muloqotda boʻlish hamda mahallaning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 09:48:09
Back to Top
HTML Embed Code: