Telegram Web Link
#Seminar

Vijdon erkinligi va diniy bagʻrikenglik – jamiyat tayanchi


Toshkent tumanida “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosatining mazmun-mohiyati”ga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir jamiyatda bagʻrikenglikni mustahkamlash, diniy sogʻlom muhitni shakllantirish va vijdon erkinligini taʼminlashga qaratilgan davlat siyosatini aholi orasida keng targʻib qilishga xizmat qildi.

Seminarda Toshkent tumani hokimligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi, mahalla faollari, shuningdek, Oliy taʼlim muassasalari va sohaga daxldor bir qator vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Seminarda soʻzga chiqqan Din ishlari boʻyicha qoʻmita vakili Oʻzbekistonda vijdon erkinligini kafolatlash, turli din vakillari oʻrtasida oʻzaro hurmat, bagʻrikenglik va hamjihatlikni taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, yoshlar agentligi vakillari tomonidan ham maʼrifiy chiqishlar qilindi. Ular oʻz nutqlarida, diniy bilimni toʻgʻri manbalardan olish, ekstremizm va radikalizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish zarurligini qayd etishdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xush_xabar

Zafar muborak Toshkent tumani gʻallakorlari!

🌾Tumanimiz gʻallakorlari fidokorona mehnatlari evaziga 15 ish kunida 755 gektar maydonga ekilgan boshoqli don ekinlaridan davlat xaridiga 2295 tonna sara don yetkazib berib viloyatimizda birinchilardan boʻlib yurtimizning xirmoniga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshdilar.

💫Bunday muvaffaqiyatlarga erishishda hududiy agrofirma rahbarlari, fermer xoʻjaliklari, gʻalla yetishtiruvchi xoʻjaliklar, ularning ishchilari, 3 ta oʻrim otryadi rahbarlari, IIB xodimlari, kombayn operatorlarining fidokorona mehnatlari samarasi yotadi.

Ushbu mavsumda “Izzat” , “Ozodobod Agro Omad”, “Osiyo saxovat Global”, “Rahmat Nafisa Baraka”, “Tolib-ota” “Solih Saxovat” “Tohir Imkon Nur” va koʻplab fermer xoʻjaliklari don yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan bajarib tuman xirmoniga munosib ulushlarini qoʻshdilar.

🚨Toshkent tumani IIB YHXB xodimlarining ushbu zafarga erishilishiga ulkan hissasi borligi ham alohida tahsinga loyiq. Gʻalla rejasi muddatidan oldin topshirilishiga va otryadlar 24 soat faoliyat yuritishiga qulay sharoit yaratgan IIB xodimlariga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Navbatdagi vazifalarimiz tumanda gʻalla va ertaki ekinlardan boʻshaydigan 1395 gektar yer maydonlariga takroriy ekinlar ekish hamda ulardan yuqori hosil olib, tumanimiz va shahar aholisi dasturxoniga sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berishdan iborat.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbirkorlar_bilan_uchrashuv

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot — yangi imkoniyatlar sari qadam


Joriy yil 25-iyun kuni Toshkent tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida ochiq muloqot oʻtkazildi. Ushbu uchrashuvda hokim oʻrinbosarlari, Savdo-Sanoat palatasi tuman boʻlimi, tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari, bank va soliq xizmati vakillari ham ishtirok etdi.


Tadbirning asosiy maqsadi — tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni tinglash, ularning faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan masalalarni joyida hal etish va yangi taklif hamda gʻoyalarini amaliy qoʻllab-quvvatlashdan iborat boʻldi.

Muloqot davomida tadbirkorlar soliq imtiyozlari, yer ajratish, elektr energiyasi va infratuzilmaga oid qator masalalarni koʻtarishdi. Har bir masala yuzasidan masʼullar tomonidan joyida tushuntirishlar berildi va ayrim muammolarni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Hokim Sardorbek Ergashev oʻz nutqida:
— Bugungi muloqot tadbirkorlar uchun emas, balki bizning oʻzimiz uchun muhim. Chunki tadbirkor — iqtisodiyot harakatlantiruvchisi. Sizlarning muvaffaqiyatingiz — tumanimiz taraqqiyotining asosidir. Biz har doim sizlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz, — deya taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida tadbirkorlar bunday ochiq muloqotlar samarali va muhim ekanini qayd etib, rahbariyatga oʻz minnatdorliklarini izhor etdilar. Shu bilan birga, tuman hokimligi bunday muloqotlar muntazam ravishda oʻtkazilishi belgilanganini maʼlum qildi.

Mazkur ochiq muloqot — tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, davlat va biznes oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xush_xabar

🏆Toshkent tumani farzandi – Osiyo chempioni!

Vetnamda boʻlib oʻtgan erkin kurash boʻyicha Osiyo chempionatida Toshkent tumani, Hasanboy mahallasidan boʻlgan istiqbolli sportchi Bunyodbek Rufatov shonli gʻalabaga erishdi. U oʻzining mahoratli va jasoratli kurashlari orqali barcha raqiblarini ortda qoldirib, Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Bunyodbek – Oʻzbekiston sport maktabi tarbiyalanuvchisi, bolaligidan erkin kurashga muhabbati va mehnatsevarligi bilan ustozlar eʼtiboriga tushgan. Har bir musobaqada oʻziga xos uslubi, chidamliligi va jismoniy tayyorgarligi bilan ajralib turadigan bu yosh yigit Vetnamdagi chempionatda ham oʻzining eng yaxshi jihatlarini namoyon etdi.

Osiyo kabi yirik sport maydonida Oʻzbekiston bayrogʻini baland koʻtargan Bunyodbek Rufatov bu yutugʻi nafaqat Toshkent tumani, balki yurtimiz yoshlari uchun ham katta iftixor va ilhom manbaidir.

Bunday zafarlar – yurtimizda sportga qaratilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan sharoitlarning samarasidir. Bunyodbek Rufatovga kelgusi xalqaro musobaqalarda ham omad tilab qolamiz. Uning yuksak natijalari orqali yana koʻplab yoshlar sportga intilishi, yangi chempionlar yetishib chiqishi shubhasiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

T
oshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Toshkent shahar Sag'bon P/S da rekonstruksiya qilish ishlari olib borilishi munosabati bilan ushbu P/S dan ta`minlangan KL-35 kV L-Bog'zor-1-2 yer osti kabel tarmog`i xavfsizlik uchun o`chiriladi. Ushbu tarmoqlarni o`chirilishi hisobiga tumanning Bunyodkor, Diydor, Ko'ksaroy, Qorabo'rik, Zaxariq, Bog'izilol, Zarbdor, E'zoz, Ko'hinur, Yangi-hayot, O'rikzor, Oltintepa, Chig'atoy, Qizg'aldoq, Beruniy, Oqtosh, Oltintepa, Shamsiobod, Sohibkor, Chig`atoy, Beshterak mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yrituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil ❗️26-iyun kuni soat 01:00 dan 05:00 gacha elektr ta`minoti o`chiriladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️1-iyul sanasidan boshlab ichimlik suvi va oqova suv xizmatlarining narxi o‘zgaradi. Ungacha sizda yana ikki oy oldingi to‘lovni eski narxlarda to‘lash imkoniyati bor.

💦 Maʼlumot uchun yangi taʼrif narxlari (qo‘shimcha qiymat solig‘isiz)

Ichimlik suvi:
a) aholi uchun –1 m3 – 2600 so‘m;
b) byudjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 15 000 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 - 15 000 so‘m;
 
Oqova suv xizmati:
a) aholi uchun – 1 m3 – 1 300 so‘m;
b) byudjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 3 000 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 – 3 000 so‘m.

☑️ "Toshkent viloyati suv taʼminoti" AJ axborot xizmati.

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼmirlash

Ozodlik mahallasining koʻp qavatli uylari zamonaviy qiyofa kasb etmoqda


Toshkent tumanida aholi turmush darajasini oshirish, yashash muhitini yanada shinam va zamonaviy qilish yoʻlida izchil ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan, Ozodlik mahallasida joylashgan koʻp qavatli uylar ham bosqichma-bosqich joriy taʼmirdan chiqarilmoqda.

Mazkur taʼmir ishlari doirasida uylarning tom qismlari yangilanib, tashqi devorlari zamonaviy materiallar bilan qoplanmoqda. Shuningdek, muhandislik kommunikatsiyalari — suv taʼminoti, kanalizatsiya tizimi va elektr tarmoqlari ham tekshirilib, kerakli holatlarda yangilanmoqda.

Aholi fikriga koʻra, bunday oʻzgarishlar nafaqat turar joy sharoitini yaxshilaydi, balki mahallaning umumiy qiyofasini ham tubdan oʻzgartiradi. Fuqarolar tashabbusi va davlatning koʻmagi bilan amalga oshirilayotgan bu ishlar mahallada ijobiy kayfiyat va birdamlikni kuchaytirayotgani barchaga maʼlum.

Taʼmirdan chiqqan uylar nafaqat mustahkamligi, balki estetik koʻrinishi bilan ham alohida eʼtiborga loyiq. Bu esa mahallada yashayotgan minglab insonlarning hayot sifatini oshirib, ularda kelajakka boʻlgan ishonchni mustahkamlaydi.

Toshkent tumani hokimligi tomonidan boshlangan bunday amaliy ishlar davomiy boʻlib, boshqa mahallalarda ham oʻz aksini topishi koʻzda tutilgan.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/03 07:54:01
Back to Top
HTML Embed Code: