Telegram Web Link
#Hashar

Tozalik – barchamizga masʼuliyat yuklaydi!


Har bir hududning obod va farovon boʻlishi, avvalo, u yerda yashayotgan fuqarolarning ongli munosabati va faol ishtirokiga bogʻliq. Toshkent tumanidagi Ibrat mahallasi aholisi ana shu tamoyilga amal qilgan holda, oʻz mahallasini ozoda va goʻzal saqlashga faol hissa qoʻshib kelmoqda.

Joriy haftada mahalla hududida ommaviy tozalash ishlari oʻtkazildi. Unda mahalla faollari, yoshlar, nuroniylar, tadbirkorlar va albatta, masʼul tashkilotlar birgalikda ishtirok etishdi. Hamjihatlikda amalga oshirilgan bu tadbir mahallada ijobiy kayfiyat uygʻotdi.

Aholi tashabbusi — ibratli ish

Mahalla aholisi oʻz hovlisi va koʻchalari atrofini tozalash, eski hovli devorlarini koʻrkamlashtirish, hashar orqali shox-shabbalarni yigʻish hamda chiqindilarni belgilangan joylarga chiqarish ishlarida jipslik namoyon etishdi. Bu faoliyat faqat bir kunlik emas, balki davomli anʼana sifatida mahallada yoʻlga qoʻyilmoqda.

Koʻchalardagi kanallar tozalanib, suv oʻtish yoʻllari ochildi, koʻkalamzor joylar tozalanib, tartibga keltirildi. Ayniqsa, bolalar oʻyin maydonchalari va yoʻl chetlaridagi axlatlardan tozalash ishlari katta eʼtibor markazida boʻldi.

Mahalla raisining fikri

Ibrat mahallasi raisi oʻz chiqishida shunday dedi:
“Tozalik – iymondan. Agar har bir fuqaro oʻzining hovlisi va koʻchasini toza saqlasa, butun mahalla goʻzallashadi. Biz mahallamizning nomi singari ibrat boʻlishini xohlaymiz.”

Davomli tashabbus

Mahallada bunday ommaviy tozalash ishlari muntazam ravishda tashkil etib boriladi. Bu nafaqat muhitni obodonlashtirish, balki aholida jamoatchilik masʼuliyatini oshirishga ham xizmat qilmoqda.

Ibrat – tozalik namunasiga aylanmoqda! Bu yaxshi amallar butun tumandagi boshqa mahallalar uchun ham ibrat boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda

Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Toshkent shahar Sag’bon P/S dan ta`minlangan KL-35 kV L-Bog'zor-1-2 yer osti kabel tarmog`i avariyaviy uzulish yuzaga kelgani sababli ushbu tarmoqlarni o`chkanini hisobiga tumanning Bunyodkor, Diydor, Ko'ksaroy, Qorabo'rik, Zaxariq, Bog'izilol, Zarbdor, E'zoz, Ko'xinur, Yangi-hayot, O'rikzor, Oltintepa, Chig'atoy, Qizg'aldoq, Beruniy, Oqtosh, Oltintepa, Shamsiobod, Ko`xinur, Sohibkor, Chig`atoy, Beshterak mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yrituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil 25-Iyun kuni avariyani bartaraf etilmagungacha elektr ta`minoti bo`lmaydi
.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Hokim oʻrinbosarining Oqtom mahallasidagi sayyor qabuli

Toshkent tumanida aholining kundalik muammolarini hal etish, ularning murojaat va takliflarini bevosita eshitish maqsadida muntazam ravishda tashkil etilayotgan sayyor qabullar samarali natijalar bermoqda.

Ana shunday navbatdagi uchrashuv 2025-yil 25-iyun sanasida Toshkent tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sardor Mirsagatov rahbarligida Oqtom mahallasida boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabullar — bu oddiy fuqarolarga oʻz dardini bevosita yetkazish, taklif va murojaatlarini masʼul shaxslarga ochiq bildirish imkoniyatini yaratadi. Qabulda nafaqat mahalla aholisi, balki tuman prokuraturasi, sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlik, soliq va boshqa sohalar vakillari ham ishtirok etdi.

Sardor Mirsagatov har bir murojaatni sinchkovlik bilan tinglab, joyida hal etilishi mumkin boʻlgan masalalarga darhol tegishli topshiriqlar berdi.

Uchrashuv yakunida aholiga yengillik yaratishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilandi va ularning ijrosi qatʼiy nazorat ostiga olindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

DIQQAT! MUHIM E'LON

💫Assalomu alaykum, hurmatli Toshkent tumani aholisi!

2025-yil 3-iyul kuni Toshkent tumani 71-sonli Gulzor Madaniyat markazida san’atga mehr qo‘ygan ijodkorlar va san’at havaskorlari uchun sayyor qabul tashkil etiladi.

Ushbu qabulda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha iste’dodli fuqarolar saralanadi:

🎭 “G‘alaba” teatr studiyasi uchun aktyorlik yo‘nalishi
— 15 yoshdan yuqori bo‘lgan barcha san’atsevarlar taklif etiladi.

💃 Raqs yo‘nalishi— 15 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan raqs san’atiga qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.

🎶 Folklor jamoasi uchun tanlov
— Dutor, doira kabi xalq cholg‘u asboblarini chaladigan yoki xalq qo‘shiqlarini ijro eta oladigan
— 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan ayollar ishtirok etishlari mumkin.


🔔 Bundan tashqari, san’atga mehr bilan yashayotgan barcha qiziquvchilar, ijodkor yoshlar, sahna va madaniyatga qiziqqanlarni ochiq eshiklar tanloviga taklif qilamiz!
71-sonli Gulzor madaniyat markazi qoshida yangi ansambllar, studiyalar va jamoalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu esa siz uchun o‘z iqtidor va mahoratingizni namoyon etish, katta sahnalarga yo‘l ochish imkoniyatidir!

🗣 Keling, san’at dargohiga qo‘shiling – qalblarni ilhomlantiring, yuraklarga aylaning!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kun

Yozgi ta'til samarali o'tmoqda

💫 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va har tomonlama rivojlantirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 2025-yil 25-iyun kuni Toshkent tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ushbu loyiha doirasidagi mashg‘ulotlar ertalabki badantarbiya bilan boshlandi.

O‘quvchilarning qiziqishlari va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida shashka to‘garagi,interaktiv fan mashg‘ulotlari,texnologik tafakkurni rivojlantiruvchi amaliy mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi. To‘garaklar Rashidova Nilufar, Mirzayeva Aziza va Axmedova Faroxat tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi.

📌 Mazkur tadbirlar bolalarning yozgi ta’til davrini mazmunli, foydali va samarali o‘tkazishlariga xizmat qilmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Toshkent tumanida zamonaviy issiqxonalar qurish ishlari qizgʻin davom ettirilmoqda


 Issiqxona noqulay iqlim sharoitida ekinlarga sunʼiy muhit (harorat, yorugʻlik, namlik va boshqalar) yaratadigan inshoot. Issiqxonalarda oʻsimliklarga mexanizmlar yordamida ishlov berish va parvarishlash qulay. Toshkent tumanida fermer va dehqonlar tomonidan issiqxonalarda asosan, pomidor, bodring, gullar, rezavor ekinlar, sabzavot oʻsimliklari koʻchatlari, shuningdek, limon va manzarali oʻsimliklar yetishtiriladi.

Bu yil tumandagi 78 nafar tashabbuskor fermer, dehqon xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 44,46 gektar yer maydonlarida yengil tipdagi issiqxona tashkil etish belgilangan boʻlib, hozirda 42 nafar yerdan foydalanuvchilar 19 gektar yer maydonida issiqxonalarni ishga tushirdilar qolgan 25,45 gektar yer maydonlarida qurilish ishlari davom ettirilmoqda.

 Shu jumladan, “DOSTON IDEAL AGRO” fermer xoʻjaligida 2 gektar, “INNOVATSION-ILM-BOGʻI” MCHJ 4 gektar, “SUNRAY AGRO PLUS” MCHJ 3 gektar, “MUHAMMAD-ISHONCH-AGRO” MCHJ 2 gektar maydonda issiqxona qurilish ishlari ketmoqda.

Fermerlar qisqa vaqt ichida issiqxonalarni ishga tushirishni oʻz oldilariga maqsad deb olganlar.

Buning natijasida issiqxonalarda oʻtgan yilgiga nisbatan takroriy va qishki mavsumda serdaromad ekinlar yetishtirish hajmi ortadi, yangi ish oʻrinlari hamda meva-sabzavotchilikda qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratiladi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 06:41:07
Back to Top
HTML Embed Code: