Telegram Web Link
#Bitiruvchi_2025

Yangi hayot sari ilk qadam

♻️Bugun, Toshkent tumanida joylashgan 1-son politexnikumida bitiruvchilar uchun kutilgan va oʻziga xos tarovatga ega boʻlgan tadbir — diplom topshirish marosimi tantanali ravishda boʻlib oʻtdi.

🔷Tadbirda texnikum maʼmuriyati, ustozlar, ota-onalar, tuman hokimligi vakillari hamda jamoat tashkilotlari ishtirok etishdi. Bitiruvchilarni tabriklash jarayonida ularning olib borgan mehnati, bilimi va tashabbuskorligi alohida taʼkidlandi.

🎓 Joriy yilda taʼlim muassasasini 229 nafar bitiruvchi yoshlar 7 ta mutaxassislik boʻyicha tamomlab, mutaxassisligi boʻyicha boshlangʻich professional taʼlim darajasidagi diplomlarini tantanali ravishda qabul qilib oldi. Shulardan 17 nafari imtiyozli diplom oldi.

📹 Marosimda texnikum rahbariyati, ustozlar, ota-onalar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari bitiruvchilarning erishgan yutuqlaridan faxrlanib, ularga katta ishonch va ezgu tilaklar bildirishdi.

Tadbirda oʻqishni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarning ota-onalariga ham alohida minnatdorlik bildirilib, tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74
#FVB

Toshkent tumani FVB ogohlantiradi!


🔹Yoz mavsumi boshlanishi bilan aholi cho‘milib, hordiq chiqarish maqsadida suv havzalari tomon otlanadi. Albatta, yoz faslida suvda cho‘milish kishiga o‘ziga xos maroq bag‘ishlaydi. Jazirama saratonda tanaga huzur bag‘ishlovchi havzalar o‘z bag‘riga chorlaydi. Ammo, belgilanmagan joylarda cho‘milish esa qanchalar tashvishli ekanligini, sokin kechayotgan hayotning bir lahzada qayg‘u-alamga bog‘lanishini bilamizmi?..

🔵Shunga o‘xshash holatlarning oldini olish maqsadida Toshkent tumani FVB xodimlari tomonidan reydlar o‘tkazilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o'rinbosarining 2025-yil 2-iyun kinidagi 186-sonli farmoyishini ijrosini ta'minlash maqsadida, "Dolzarb 90 kun" tadbiri doirasida jotiy yil 4-iyul kuni Toshkent tuman FVB boshlig'i podpolkovnik U.A.Maxamatjanov va tuman xodimlari tomonidan Toshkent tumani hududidan oqib oʻtuvchi "Damarig" kanalida cho‘kish xavfi yuqori bo‘lgan joylarda cho‘miluvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda.

🔸Toshkent tumani FVB

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Murojaat_va_yechim

Fuqaro murojaatiga yechim — joyida hal qilindi


Joriy yilning 4-iyul kuni Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Xiyobon mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M. Muhiddinova murojaati asosida uning yashash manziliga bordi.

Mazkur murojaat avvalroq, 2025-yil 29-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor A.A. Toshpoʻlatovning sayyor qabul vaqtida bildirilgan boʻlib, u M. Muhiddinovaning turmush oʻrtogʻidan xonadonining bir qismini ajratib berish yuzasidan qilingan murojaat edi.

Murojaatni oʻrganish va masalani joyida hal etish maqsadida hokim Sardorbek Ergashevga qoʻshimcha ravishda Toshkent viloyati IIBB Tergov boshqarmasi boshligʻi polkovnik A.H. Poʻlatov, Toshkent tumani IIB boshligʻi podpolkovnik A.X. Mullajanov, IIB tergov boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Z.B. Itolmasov, boshqa masʼullar hamda Xiyobon mahallasi yettilik vakillari hamrohlik qildi.

Koʻrib chiqilgan barcha holatlar va hujjatlar asosida, mutasaddi rahbarlar bilan muhokamalar oʻtkazildi va oqibatda fuqaro M. Muhiddinovaga yashab kelayotgan xonadondan yer maydoni ajratilib, uning nomiga rasmiylashtirilishi belgilandi.

Mazkur masala mahalla yettiligi, jamoatchilik va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ijobiy hal qilindi. Bu esa yurtboshimizning xalqqa yaqin boʻlish, murojaatlarga javobgarlik bilan yondashish borasidagi topshiriqlarining amaldagi yana bir ijrosidir.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
2025/07/13 12:46:41
Back to Top
HTML Embed Code: