Telegram Web Link
#Saxovat_karvoni

Maʼrifat va saxovat karvoni: xalq bilan hamnafas xizmat


Toshkent tumanida Prezident topshirigʻi asosida yoʻlga qoʻyilgan “Maʼrifat va saxovat karvoni” doirasida aholining turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatish ishlari izchil davom etmoqda.

Jumladan, 3-sektor hududiga kiruvchi mahallalarda ham karvon faoliyati samarali tashkil etildi. Mazkur hududlardagi ehtiyojmand va kam taʼminlangan oilalar aniqlab olinib, ularga moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatildi.

Toshkent tumani hokimining oʻrinbosari I.Saidikarimov, tuman IIB boshligʻi A.Mullajonov, tuman kengashi deputatlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari vakillaridan iborat ishchi guruh aʼzolari va rahbarlari har kuni 5-10 ta xonadonlarda boʻlib, yordam sovgʻalarini yetkazishmoqda hamda oila vakillari bilan maʼrifiy suhbatlar oʻtkazishmoqda.

Birgina misol, joriy yil 3-iyul kuni Qorasaroy mahallasida 12 nafar ehtiyojmand oilaga kundalik turmush uchun zarur boʻlgan maishiy tovarlar va gigienik vositalar yetkazib berildi.

Bu singari tadbirlar, 3-sektor hududidagi Qirariq, Hasanboy, Bahor, Kensoy mahallalarida ham amalga oshirildi.

Bunday tashriflar nafaqat ehtiyojmandlarga amaliy yordam, balki xalqning davlatga boʻlgan ishonchi va minnatdorligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

“Maʼrifat va saxovat karvoni” faoliyati nafaqat bir martalik yordamni, balki uzluksiz eʼtibor va qamrovni taʼminlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, bu ishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, P/S Ikarus 1-shinasida tamirlash ishlari bajarilishi uchun shu P/S dan ta'minlangan 10 kVli Bo'zsuv  o'chiriladi.

⚡️Shu munosabat bilan tumanning Iqbol mahallalasi hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil 3-iyul kuni soat 23:00 dan 4-iyul 06:00 ga qadar elektr taʼminoti xavfsizlik uchun o`chiriladi.

🟢 Keltirialayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun istemolchilardan uzr so'raymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🆒3💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mehnat_yarmarkasi

Toshkent tumanida navbatdagi “Mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi

📅 2025-yil 3-iyul kuni Toshkent tumani hokimligi va Kambag‘allikni qisqartirish hamda bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida hokimlik binosi hovlisida navbatdagi “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Yarmarka ishida Toshkent tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sardorbek Ergashev, tuman prokurori Sanjar Salixov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali rahbari Baxodir Ibragimovlar qatnashdi.

🔍 Ushbu yarmarka tumandagi ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, shuningdek, korxona va tashkilotlarga malakali kadrlar topishda ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.

👔 Tadbirda 80 dan ortiq korxona va tashkilotlar ishtirok etib, 1000 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etdi. Ish beruvchilar turli sohalarda – sanoat, qurilish, xizmat ko‘rsatish, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi yo‘nalishlarda bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etdi.

🟢 Tadbir davomida fuqarolarga joyida maslahatlar berilib, mehnat qonunchiligi, kasbga yo‘naltirish va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirishlar ham berildi. Yarmarka ishtirokchilari o‘zlariga mos ish o‘rinlarini tanlab, joyida suhbatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

📈 “Mehnat yarmarkasi” Toshkent tumanida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va barqaror bandlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.

📹Batafsil videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maʼrifat_va_saxovat

💫Birdamlik va saxovat

📍Toshkent tumanida Maʼrifat va saxovat karvoni oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. Jumladan, 3-sektor hududida joylashgan mahallalarda ehtiyojmand va kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olindi.

🤝 Maxsus ishchi guruhlar tomonidan olib borilgan xonadonbay oʻrganishlar natijasida, koʻplab fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnika va zaruriy yordamlar yetkazildi.

👨‍👩‍👧 Aholiga yaqindan yordam berish, ularning ijtimoiy muammolarini hal qilish, birdamlik va insonparvarlik ruhini kuchaytirish — karvonning bosh maqsadidir.

📹 Biz esa bu xayrli tashabbusning har bir soniyasini yoritib, haqiqiy yordam koʻrsatishning qanday amalga oshirilayotganini sizlarga namoyon etamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
▫️▫️▫️▫️▫️

📣 Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlanmoqda!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF–26-son Farmoni (“Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”) ijrosini taʼminlash maqsadida, 2025-yil uchun belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya xabarnomalarining foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar 2025-yil 10-iyul kuni soat 09:00 dan boshlab qabul qilinadi.

Hurmatli fuqarolar!
Siz subsidiya olish uchun quyidagi usullardan birini tanlagan holda ariza topshirishingiz mumkin:

Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish orqali
Elektron tarzda my.gov.uz portali orqali quyidagi havola orqali:
🔗 https://my.gov.uz/oz/service/325

❗️Eslatma:
Subsidiya olish uchun ariza beruvchining ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball toʻplagan boʻlishi lozim.


📌 Ariza beruvchi va uning yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlar arizada ko’rsatilgan hollarda) o’rtacha daromad miqdori quyidagi chegaralarda boʻlishi zarur:
🔹 Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda: MHTEKMning
2,7 baravardan (3 118 500 soʻm) 8 baravargacha (9 240 000 soʻm)
🔹 Toshkent shahrida: MHTEKMning
2,7 baravardan (3 118 500 soʻm)9,2 baravargacha (10 626 000 soʻm)

🏠 Ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻi nomida butun respublika boʻylab mulk huquqi asosida turar joy mavjud boʻlmasligi lozim.

🛡 Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar alohida mezonlar asosida baholanadi.

Batafsil maʼlumot uchun: my.gov.uz/oz/service/325

#Ipoteka #Subsidiyalar #UyJoy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Rasmiy_xabar

Toshkent tumanida ro‘y bergan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot


Bugun, 4-iyul soat 02:42 da Toshkent tumani, “Sag‘bon” MFY, Fitrat ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:48 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:10 da o‘rab olingan va soat 04:05 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida uyning 140 kv.m maydonda shifti, tomi, ichki qismi va jihozlari yongan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Voqea joyiga tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️▫️▫️▫️▫️

📈 “Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanib, 31-avgust kuni oxiriga qadar davom etadi.

Bunda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2️⃣ Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

🏆 Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Tashabbusli budjet — bu sizning fikringiz, sizning tanlovingiz va sizning mahallangiz kelajagi

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21🎉1
#Tashabbusli_budjet

O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Toshkent tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi tomonidan taqdim etilgan tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo’yicha g’olib bo’lgan takliflarning moliyalashtirilishi yuzasidan 2025-yil 2-chorak hisoboti.

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saxovat

“Ma'rifat va saxovat karvoni” doirasida amaliy yordamlar koʻrsatildi


Toshkent tumanida Prezident topshirigʻiga asosan tashkil etilgan “Mehr va saxovat karvoni” tadbirlari doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tuman deputatlari — M. Usmonov va S.Matyoqubovlar tumanning toʻrtinchi sektor hududida joylashgan mahallalarda boʻlib, aholi holidan xabardor boʻldi.

Karvon doirasida ular bir qator xonadonlarga tashrif buyurib, ehtiyojmand va kam taʼminlangan oilalarga uy-roʻzgʻor buyumlari hamda zarur yordamlarni yetkazishdi. Shuningdek, qariyalar, nogironligi boʻlgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotda boʻlib, ularning muammolari va takliflarini tinglashdi.

Mahallada yashayotgan aholi tomonidan bu tashrif katta mamnuniyat bilan qarshi olindi. Aholining bildirgan fikr-mulohazalariga koʻra, bunday amaliy tashriflar jamiyatda insonparvarlik va birdamlik tamoyillarini yanada mustahkamlaydi.

Shu kabi tadbirlar tumanning barcha sektorlarida bosqichma-bosqich davom ettirilishi belgilangan boʻlib, maqsad — har bir oila eʼtibordan chetda qolmasligini taʼminlashdir.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
#Jarayon

Prezident qarori ijrosi ta'minlanmoqda

Toshkent tumanining A.Navoiy, Qizg'aldoq va Qorasaroy mahallalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 qaroridagi topshiriqlar asosida belgilangan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yashash sharoitlarini yaxshilash va aholining turmush darajasini oshirish maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda. Sektor rahbarlari, mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar vakillari xonadonma-xonadon yurib, fuqarolarning muammolarini o‘rganmoqda va joyida hal etish choralarini ko‘rmoqda.

Ayniqsa, bu jarayonda Toshkent tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, kapitan Nilufar Dexkanova faol ishtirok etmoqda. U tomonidan har bir mahallada ayollar bilan yakka tartibdagi suhbatlar o‘tkazilib, ularning muammolari, ijtimoiy holati, farzandlari ta’limi va tarbiyasi bo‘yicha maslahatlar berilmoqda. Ijtimoiy himoya, oilaviy muhit, zo‘ravonlikning oldini olish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
2025/07/13 04:09:44
Back to Top
HTML Embed Code: