#Dolzarb_90_kun
#Tibbiy_koʻrik
Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik — aholi salomatligi yoʻlida muhim qadam
2025-yil 2-iyul kuni Toshkent tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli 23-son Oilaviy poliklinikada Dolzarb 90 kunlik tadbirlari doirasida aholi salomatligini muhofaza qilish va kasalliklarni erta aniqlash maqsadida navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazildi.
Tibbiy koʻrik reja asosida tumanning Rahbarobod, Darxon, Avliyoota, Kensoy va Oydin hayot mahallalari aholisi uchun tashkil etildi. Bu saʼy-harakatlar mahalliy aholining tibbiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash sifatini oshirishga qaratilgan.
Koʻrikda koʻp tarmoqli markaziy poliklinikadan yuqori malakali tor doira mutaxassislari — nevropatolog, stomatolog, endokrinolog, terapevt, xirurg, gematolog, kardiolog, LOR va okulist shifokorlari jalb etildi.
Ushbu tibbiy tadbir davomida jami 182 nafar fuqaro koʻrikdan oʻtdi. Ulardan 88 nafarida turli xil kasalliklar aniqlandi. 69 nafar bemorga ambulator davolanish boʻyicha tavsiyalar berilgan boʻlsa, 7 nafar fuqaroga statsionar sharoitda davolanish uchun yoʻllanma berildi. Shuningdek, 12 nafar fuqaroga zarur dori-darmonlar ham taqdim etildi.
Bu kabi tadbirlar aholining tibbiy madaniyatini oshirish, ularni oʻz salomatligiga beparvo boʻlmaslikka undash va jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📸 Jarayon fotolavhalarda.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
#Murojaat
Toshkent tumani prokurori Sanjar Salixovning huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan aholiga MUROJAATI.
Hurmatli Toshkent tumani aholisi!
Bugungi kunda yurtimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish va fuqarolarimiz xavfsizligini taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Ushbu yoʻnalishda barcha sohalarda tizimli islohotlar, huquqiy targʻibot va jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarimizning qonunlarga hurmat bilan munosabatda boʻlishi, oʻz burch va masʼuliyatini chuqur anglashi dolzarb vazifalardan sanaladi. Biz, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, bu borada nafaqat jazo choralari, balki profilaktik tadbirlar, targʻibot-tashviqot ishlari orqali ham jinoyatchilikning oldini olishga harakat qilmoqdamiz.
Aziz yurtdoshlar!
Soʻnggi vaqtlarda turli firibgarlik holatlari, ayniqsa, internet va mobil aloqa orqali amalga oshirilayotgan jinoyatlar koʻpayib borayotgani kuzatilmoqda. Ayrim hollarda oʻzini “bank xodimi”, “moliya tashkiloti vakili” deb tanishtirgan shaxslar sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni qoʻlga kiritish, kartangizdagi mablagʻlarni oʻzlashtirish maqsadida turli nayranglarga qoʻl urmoqda.
‼️ Shu boisdan sizning har biringizning ogoh va hushyor boʻlishingiz, begona raqamlardan kelgan shubhali qoʻngʻiroqlarga javob bermaslik, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga oshkor etmaslik kabi oddiy qoidalarga amal qilishingiz juda muhim.
Telegram, Instagram, Feysbuk va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "oson yoʻl bilan pul ishlash", "investitsiya loyihalari", "onlayn biznes" kabi shikoyatlarga sabab boʻladigan aldamchi takliflarga aldanmaslikka chaqiraman. Esingizda boʻlsin: haqiqiy moliya muassasalari hech qachon ijtimoiy tarmoq orqali pul talab qilmaydi yoki maxfiy maʼlumotlarni soʻramaydi.
Shuningdek, mahallalarda turli muammolarni bartaraf etish, yoshlar tarbiyasi, ijtimoiy muhitni sogʻlomlashtirish va fuqarolar oʻrtasida oʻzaro hurmat muhitini yaratish maqsadida hamkorlikda ishlash muhim ahamiyatga ega. Har bir mahalla raisining, nuroniylarimiz, yoshlar yetakchilari va faol fuqarolarning bu jarayondagi ishtirokini kuchaytirish — jinoyatchilikka qarshi samarali chora hisoblanadi.
Biz, prokuratura organlari, tumanimizda sogʻlom huquqiy muhitni yaratish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash maqsadida doim xalq bilan birga harakat qilamiz. Agar siz yoki yaqinlaringiz shubhali holatlarga duch kelsangiz, befarq boʻlmang — zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bering. Har biringizning faol va masʼuliyatli ishtirokingiz barchamizning xavfsiz hayotimiz uchun mustahkam zamin yaratadi.
‼️ Unutmang: jamiyatda huquqiy ong, fuqarolik masʼuliyati va jamoaviy hamjihatlik ustuvor boʻlgan joyda jinoyatchilikka oʻrin boʻlmaydi!
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Toshkent tumani prokurori Sanjar Salixovning huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan aholiga MUROJAATI.
Hurmatli Toshkent tumani aholisi!
Bugungi kunda yurtimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish va fuqarolarimiz xavfsizligini taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Ushbu yoʻnalishda barcha sohalarda tizimli islohotlar, huquqiy targʻibot va jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarimizning qonunlarga hurmat bilan munosabatda boʻlishi, oʻz burch va masʼuliyatini chuqur anglashi dolzarb vazifalardan sanaladi. Biz, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, bu borada nafaqat jazo choralari, balki profilaktik tadbirlar, targʻibot-tashviqot ishlari orqali ham jinoyatchilikning oldini olishga harakat qilmoqdamiz.
Aziz yurtdoshlar!
Soʻnggi vaqtlarda turli firibgarlik holatlari, ayniqsa, internet va mobil aloqa orqali amalga oshirilayotgan jinoyatlar koʻpayib borayotgani kuzatilmoqda. Ayrim hollarda oʻzini “bank xodimi”, “moliya tashkiloti vakili” deb tanishtirgan shaxslar sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni qoʻlga kiritish, kartangizdagi mablagʻlarni oʻzlashtirish maqsadida turli nayranglarga qoʻl urmoqda.
Telegram, Instagram, Feysbuk va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "oson yoʻl bilan pul ishlash", "investitsiya loyihalari", "onlayn biznes" kabi shikoyatlarga sabab boʻladigan aldamchi takliflarga aldanmaslikka chaqiraman. Esingizda boʻlsin: haqiqiy moliya muassasalari hech qachon ijtimoiy tarmoq orqali pul talab qilmaydi yoki maxfiy maʼlumotlarni soʻramaydi.
Shuningdek, mahallalarda turli muammolarni bartaraf etish, yoshlar tarbiyasi, ijtimoiy muhitni sogʻlomlashtirish va fuqarolar oʻrtasida oʻzaro hurmat muhitini yaratish maqsadida hamkorlikda ishlash muhim ahamiyatga ega. Har bir mahalla raisining, nuroniylarimiz, yoshlar yetakchilari va faol fuqarolarning bu jarayondagi ishtirokini kuchaytirish — jinoyatchilikka qarshi samarali chora hisoblanadi.
Biz, prokuratura organlari, tumanimizda sogʻlom huquqiy muhitni yaratish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash maqsadida doim xalq bilan birga harakat qilamiz. Agar siz yoki yaqinlaringiz shubhali holatlarga duch kelsangiz, befarq boʻlmang — zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bering. Har biringizning faol va masʼuliyatli ishtirokingiz barchamizning xavfsiz hayotimiz uchun mustahkam zamin yaratadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
#Ogohlantirish
⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda
✨Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Keles podstantsiyasidan chiquvchi 35/6 kV quvvatli Kamalak fiderda avariya holati yuzaga kelganligi yuklama ortib ketganligi sababli Oqibat, Tinchlik, Sag'bon, Qorasaroy, Uch-sada hamda Qir-ariq mahallalarida elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Tez orada elektr ta'minotini tiklash choralari ko'riladi.
🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

❤3👌1🏆1
#Diqqat_eʼlon
Тoshkent tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo`limi vakant direktor lavozimiga ochiq tanlov e'lon qiladi.
🔰Toshkent tumanidagi maktabgacha ta’lim va maktablarning direktor lavozimi madm.uzedu.uz saytida menejerlik sertefikatiga ega bo'lgan nomzodlar uchun quyidagi vakant maktablar ochiq mustaqil tanlovga qo'yildi:
🏢 5,21,24- umumtalim maktablari va 1,3,5,9,11,19,20,26,28,34,38,40-maktabgacha ta`lim tashkilotilari
👉Tanlov 2025-yil 3-iyuldan 10-iyulga qadar davom etadi.
🖌 Toshkent tumani maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi.

❤5👍3
#Bilasizmi
⚠️ Qonunchilikka ko'ra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so'mdan subsidiya to'lanadi.
❕Bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar mustasno.
🔘Bunda:
🔹subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to'lanadi;
🔹mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to'lash uchun asos bo'lib hisoblanadi;
🔹mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug'ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko'p vaqt bo'lmagan shaxslar tushuniladi.
👉 Manba
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
❕Bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar mustasno.
🔘Bunda:
🔹subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to'lanadi;
🔹mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to'lash uchun asos bo'lib hisoblanadi;
🔹mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug'ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko'p vaqt bo'lmagan shaxslar tushuniladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#fursat_info
📍 TOSHKENT TUMANI
✅ AHOLI ICHIMLIK SUVI BILAN TA‘MINLANMOQDA
📷 Tafsilotlar "Nurafshon TV" telekanalining "Fursat" informatsion dasturida.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
#fursat_info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
#DXX #HarbiySayohat
🇺🇿 Harbiylar uchun maʼrifiy sayohat!
✅ DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli Toshkent tumanidagi harbiy qism xizmatchilari uchun Amir Temur muzeyi hamda Gʻalaba bogʻida joylashgan Shon-shuhrat muzeyiga sayohat uyushtirildi.
📜 Sayohatdan maqsad — boʻsh vaqtni mazmunli tashkil etish, tarixiy bilimlarni oshirish va vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash.
🗣 Muzey mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan qiziqarli maʼlumotlar hamda tarixiy eksponatlar harbiy xizmatchilarda katta taassurot qoldirdi.
🛡 Vatan tarixi — har bir xizmatchining ruhiy kuchi va iftixoriga aylanmoqda!
📸 Sayohatdan lavhalar.