Telegram Web Link
#Toshkent_tumani
#Ijtimoiy_himoya

“Inson–insonga ko‘makchi” mavzusida kouching o‘tkazildi

📍Bugun Toshkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlar tomonidan Bog‘bon mahalla binosida  “Inson–insonga ko‘makchi” mavzusida kouching mashg‘uloti tashkil etildi.

♻️ Tadbirda hududiy ijtimoiy xodimlar hamda mahalliy aholi vakillari ishtirok etdi.
Mazkur kouching mashg‘uloti doirasida ishtirokchilarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish jarayonidagi insonparvarlik, empatiya va samarali muloqot tamoyillari haqida tushunchalar berildi

Shuningdek, real hayotiy misollar asosida insonlar o‘rtasidagi o‘zaro ko‘mak va tushunishning ahamiyati yoritib berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — ijtimoiy xodimlarning malakasini oshirish, aholining ehtiyojlariga yanada chuqurroq e’tibor qaratish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.


📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#Oʻrganish

Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Sagʻbon mahallasida yuz bergan yongʻin boʻyicha aholi holidan xabar oldi


2025-yil 4-iyul kuni Toshkent tumani Sagʻbon mahallasi, Fitrat koʻchasida joylashgan uylardan birida yongʻin sodir boʻldi. Hodisa oqibatida xonadonda yonib ketgan jihozlarga, qurilishiga zarar yetdi. Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari oʻz vaqtida yetib kelib, yongʻinni kengroq tarqalishidan saqlab qolishdi.

Ushbu noxush holatdan xabar topgan Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev bir guruh masʼullar bilan mahallaga tashrif buyurib, jabr koʻrgan oila va mahalla aholisi bilan uchrashdi. Hokim jabrlanuvchilar ahvolidan shaxsan xabardor boʻlib, ularga zarur yordamlar koʻrsatilishini taʼminlash boʻyicha mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berdi.

Hokim oʻz soʻzida mahallalarda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.

Shuningdek, aholi bilan uchrashuv davomida fuqarolarning muammo va takliflari ham eshitildi.

Toshkent tumani hokimligi bu kabi holatlarda aholi manfaatlarini himoya qilish, zarur yordam koʻrsatish va xavfsizlikni taʼminlashni oʻzining ustuvor vazifasi sifatida koʻradi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qurilish

Toshkent tumanidagi 11-umumta'lim maktabida kapital ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda

Toshkent tumani hududidagi 11-sonli umumta’lim maktabida ayni kunlarda keng ko‘lamli kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu maktabda o‘quvchilarga yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida, binoning ichki va tashqi qismlarida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Kapital ta’mirlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha bergan topshiriqlari asosida amalga oshirilmoqda. Ishlar belgilangan jadval asosida olib borilmoqda va yangi o‘quv yiliga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Maktab o‘qituvchilari va ota-onalar ushbu ta’mirlash ishlaridan mamnunligini bildirib, farzandlarining zamonaviy va shinam sharoitda ta’lim olishini katta mamnuniyat bilan kutib qolmoqdalar.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi tumandagi ta’lim sifatini yanada oshirib, yosh avlod uchun qulay va xavfsiz muhit yaratilishiga xizmat qiladi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#teleloyiha

ANONS: Insondan —insongacha: ijtimoiy xodim bilan bir kun

“Insondan insongacha” nomli maxsus teleloyiha navbatdagi sonida Toshkent viloyati Toshkent tumanida faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodim bir kunlik xizmat faoliyati haqida so'z boradi.

Ko‘rsatuvda fuqarolarning mavjud ijtimoiy dasturlardan qoniqishi va takliflari, so‘nggi islohotlarning amaliy natijalari hamda ko‘rilayotgan choralarning jamiyat farovonligiga qo‘shayotgan hissasi uzviy tarzda yoritiladi.

🎬 Ko'rsatuv 8-iyul kuni soat 11:20 da, takroran esa 20:20 da efirga uzatiladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#fursat_info

📍TOSHKENT TUMANI

QISHLOQ XO‘JALIGIDA YANGI TEXNOLOGIYALAR

📷Tafsilotlar "Nurafshon TV" telekanalining "Fursat" informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Bog'zor podstansiyasidan chiquvchi 10 kv Mahkamov hamda Shamsobod fiderlarida ta'mirlash ishlari va yog'och tayanch o'rniga temir beton tayanch o'rnatish ishlari olib borilishi uchun havfsizlik uchun o'chiriladi. Oltin tepa, Ko'ksaroy, Diydor, Beshterak, Ko'hinur mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil‼️8-iyul kuni soat❗️12:00dan 17:00 gacha ❗️elektr taʼminoti xavfsizlik uchun o`chiriladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Saxovat_karvoni

📍 Toshkent tumani Majnuntol mahallasi, 1-sektor hududi
📷 Maʼrifat va saxovat karvoni navbatdagi manzilida!

♻️Joriy yil 8-iyul sanasida 1-sektor hududida oʻtkazilayotgan “Maʼrifat va saxovat karvoni” tadbiri doirasida aholiga maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy va huquqiy koʻmak berilmoqda. Tadbir davomida mutasaddi tashkilotlar tomonidan joylarda yuzaga kelgan muammolar oʻrganilib, joyida hal etish choralari koʻrilmoqda.

Mazkur tashabbus yurtimizda inson qadri ulugʻ, xalq manfaatlari ustuvor ekanligini amalda namoyon etmoqda.

📢 Maʼrifat va saxovat karvoni – el-yurt farovonligi yoʻlida!

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#fursat_info

📍TOSHKENT TUMANI

“YOSHLAR OQSHOMI” FESTIVALI O‘TKAZILDI

📷Tafsilotlar "Nurafshon TV" telekanalining "Fursat" informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Topshiriq_va_ijro

Xalimko‘p mahallasida zamonaviy maktab foydalanishga topshiriladi

Toshkent tumani Xalimko‘p mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘i asosida barpo etilgan yangi, zamonaviy 330 o‘rinli umumta’lim maktabi foydalanishga topshirilish arafasida.

Mazkur ta’lim maskani o‘quvchilarning bilim olishi, sog‘lom va har tomonlama rivojlanishi uchun barcha sharoitlarga ega. Maktabda zamonaviy sinfxonalar, fan laboratoriyalari, kompyuter xonalari, kutubxona, sport zali va oshxona faoliyat yuritadi.

Ta’kidlash joizki, ushbu muassasa davlatimiz rahbarining joylarda ta’lim infratuzilmasini kengaytirish, yosh avlod uchun munosib o‘quv-muhit yaratish borasidagi izchil siyosatining amaliy natijasidir.

Endilikda Xalimko‘p mahallasidagi yuzlab o‘quvchilar yaqin va qulay masofadagi maktabda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa nafaqat ta’lim sifatini oshirishga, balki mahalla hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing
#Murojaat
#Tezkor #Ogohlantirish

⚡️Hurmatli Toshkent tumani elektr energiyasi iste’molchilari!

⚡️Bugungi kunda aholining yashash turmush tarzidan kelib chiqqan holda elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Buning natijasida elektr qurilmalari hamda elektr havo tarmoqlari yuklama bilan ishlashi oqibatida elektr ta’minotida uzilishlarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa iste’molchilarning xaqli e’tirozlariga sabab bulayapti.

⚡️Iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, uzilishlarni bartaraf etish maqsadida "Milliy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan joriy yilning‼️10-iyul kunidan boshlab 35 kV L-Navoiy hamda L.Ko‘kterak havo tarmoqlaridagi mavjud eskirgan (o‘tgan asrning 1960 yillarda foydalanishga topshirilgan) kichik kesimli simlarni zamonaviy yangi turdagi yuqori kesimli simlarga almashtirilishi sababli belgilangan vaqtlarda ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

⚡️Ushbu L-Navoiy hamda L.Ko‘kterak havo tarmoqlarini ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli tumanning Gulobod, Xalimko‘p, Ma’rifat, Uchsada, Obodlik, Ozodlik, Sohibkor, Nurhayot, Zargar, Huvaydo, Oqibat, Tinchlik, Qorasaroy, Qirariq, Farovon, Ahillik, Iftixor, A.Navoiy, Fayzobod mahallalari va ushbu hududda faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarda kunduz kuni soat❗️08:00dan 18:00ga❗️qadar elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

Shuningdek Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan Sokin podstansiyasidan chiquvchi o‘tgan asrning 1970 yillarida tortilgan 2 kmga yaqin yer osti kabelining uzilgan joylardagi muftalar soni 150 tadan oshib ketganligi o‘chishlarga sabab bo‘lmoqda. L-Navoiy hamda L.Ko‘kterak havo tarmoqlarini ta’mirlash ishlari yakuniga ko‘ra yuqorida keltirib o‘tilgan MFY hududidagi iste’molchilarida elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarni oldini olishga erishiladi.

🟢Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun "Milliy elektr tarmoqlari" AJ hamda Toshkent tuman elektr ta’minoti korxonasi uzr so‘raydi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
124🔥1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Saxovat_karvoni

📍 Toshkent tumani Sarke mahallasi, 2-sektor hududi
📷 Maʼrifat va saxovat karvoni navbatdagi manzilida!

♻️Joriy yil 8-iyul sanasida 2-sektor hududida oʻtkazilayotganMaʼrifat va saxovat karvoni” tadbiri doirasida aholiga maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy va huquqiy koʻmak berilmoqda. Tadbir davomida mutasaddi tashkilotlar tomonidan joylarda yuzaga kelgan muammolar oʻrganilib, joyida hal etish choralari koʻrilmoqda.

Davlatimiz rahbarining mazkur tashabbuslari yurtimizda inson qadri ulugʻ, xalq manfaatlari ustuvor ekanligini amalda namoyon etmoqda.

📢 Maʼrifat va saxovat karvoni – el-yurt farovonligi yoʻlida!

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Toshkent tumani hokimi Uchchinorda sayyor qabul o‘tkazdi

Joriy yil 8-iyul kuni Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligi hamda tuman prokurori Sanjar Salixov ishtirokida Uchchinor mahallasida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda mahalla aholisi bilan ochiq muloqot olib borildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar, jumladan, infratuzilmani yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, ijtimoiy yordam, ish bilan ta’minlash kabi muammolar ko‘rib chiqildi.

Har bir murojaat alohida o‘rganilib, ayrim masalalar joyida hal etildi, boshqalari bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Ayniqsa, og‘ir ijtimoiy ahvolda yashayotgan oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

Tumandagi muammolarni joylarga chiqib, bevosita aholining o‘zidan eshitish, ularning taklif va murojaatlarini inobatga olib tezkor yechim topish bu kabi sayyor qabullarning asosiy maqsadidir.

📹Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🔥1
2025/07/14 11:37:31
Back to Top
HTML Embed Code: