Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
#BILDIRISH ⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda ✨Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Toshkent shahar Sag'bon P/S avariya bolganligi munosabati bilan ushbu P/S dan ta`minlangan…
Ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda. Elektr 10-15 daqiqalar ichida tiklanadi.
👍5👏4❤3
#Sport
Toshkent tumanida Futbol bayrami: Hokim kubogi uchun qizg‘in bahslar
Kecha, Toshkent tumanida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va mehnat jamoalari o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida Toshkent tumani hokimi kubogi uchun futbol musobaqalariga start berildi.
Mazkur sport tadbiri doirasida tumandagi turli tashkilot va korxonalarning rahbarlari va xodimlari ishtirokida qizg‘in o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Futbol bahslari 2 ta hududda — 9-maktab sport maydonida hamda 4-maktab sport maydonida tashkil etildi. Har ikkala maydonda ham muhit ko‘tarinki, sport ruhida o‘tdi.
Musobaqada ishtirokchilar o‘z jamoalari sharafini munosib himoya qilib, sport maydonida fidoyilik va jamoaviylik namunasini ko‘rsatishdi. G‘alaba uchun kurashlarda ishtirokchilar nafaqat jismoniy tayyorgarliklarini, balki o‘zaro hurmat, birdamlik va sport madaniyatini namoyon etdilar.
Tadbir davomida muxlislar, o‘qituvchilar va yosh futbol ishqibozlari o‘yinlarni qiziqish bilan tomosha qildilar. Bu esa tumanda ommaviy sport rivojiga keng yo‘l ochilayotganidan dalolat beradi.
Toshkent tumani hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur futbol musobaqasi sog‘lom raqobat muhitini yaratibgina qolmay, balki mehnat jamoalarini birlashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Kechagi o‘yin yakunlariga ko‘ra:
Sport maktabi:tuman IIB 1:2
Qishloq xoʻjaligi: 9207 Xarbiy qism 3:0
DXX : Tibbiyot 3:0
Kadastr: Suv ta'minoti 5:0
Bandlik bo'limi:Gaz ta'mnoti 5:2 natija ko'rsatildi.
📸 Jarayon fotolavhalarda.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2🔥2🏆2
#RASMIY_MUNOSABAT
MUROJAATGA MUNOSABAT
Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali Toshkent shahrining Olmazor tumani hududida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli «Sag‘bon» podstansiyasida yana avariya bilan bogʻliq uzilishlar kuzatilganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Kuni kecha, 5-iyul kuni soat 18:56 da Toshkent viloyati Toshkent tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi Toshkent viloyati hududiy filiali tasarrufidagi 35 kVli L-Bogʻzor-1 va L-Bogʻzor-2 tarmogʻida aniqlangan nosozlik sababli elektr ta'minoti qoʻlda oʻchirilgan. Natijada, Toshkent viloyati Toshkent tumanining ayrim hududlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilgan.
Yuzaga kelgan nosozlikni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent viloyati hududiy filialining avariyaga qarshi tezkor chiqish brigada xodimlari tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib bugun, bugun soat 09:15 da elektr ta’minoti qayta tiklangan hamda yuqorida keltirilgan hududlar toʻliq elektr energiyasi bilan ta'minlangan.
Mazkur holat yuzasidan aholini xabardor qilish maqsadida mahalliy hokimlik va ta’minotchi korxona tomonidan e’lon berilgan.
Ma'lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, ayni kunlarda «Sag‘bon» podstansiyasida avariya holatida oʻchishlar kuzatilmaganligini, belgilangan reja - grafik asosida pudratchi tashkilot tomonidan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilayotganligini ma'lum qilamiz.
✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
🌐 Telegram

❤3👍3🏆3🆒2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Davlat fuqarolik xizmati yangi yondashuvlar asosida tashkil etiladi
Manba: PF-95-son, 23.06.2025-yil.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
❗️ Davlat fuqarolik xizmati yangi yondashuvlar asosida tashkil etiladi
Manba: PF-95-son, 23.06.2025-yil.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#fursat_7_info
📍 TOSHKENT TUMANI
✅ “MA’RIFAT VA SAXOVAT” KARVONI TOSHKENT TUMANIDA
📷 Tafsilotlar "Nurafshon TV" telekanalining "Fursat" informatsion dasturida.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
#fursat_7_info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kun
Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi kubogi musobaqasi tashkil etildi
Joriy yilning 5-iyul sanasida Davlat rahbari tashabbusi bilan Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish maqsadida Erkin kurash sport turi bo‘yicha kubok musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hududida o'tkazilib, unda mahalliy yoshlar, maktab o‘quvchilari, sport maktablarida tahsil olayotgan iste’dodli yosh sportchilar faol ishtirok etdilar.
Tashkilotchilar tomonidan musobaqaning asosiy maqsadi — yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy chiniqishlariga ko‘maklashish va kelajakda professional sportga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
Musobaqa yakunida o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining faxriy yorliqlari, diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
📹 Jarayon videoda.

❤2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kunlik
Toshkent tumani hokimi kubogi davom etmoqda
Xabaringiz bor, ayni kunlarda tumandagi korxona va tashkilotlar oʻrtasida futbol bo'yicha Toshkent tumani hokimi kubogi musobaqalari oʻtkazilmoqda.
Toshkent tumani hokimligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan mazkur futbol musobaqasi sogʻlom raqobat muhitini yaratibgina qolmay, balki mehnat jamoalarini birlashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Joriy yil 6-iyul kunidagi bahslar natijalariga koʻra:
Tuman prokuraturasi : Tuman soliq inspeksiyasi👉 0:0
MMTB : SES👉 2:5
Suzish havzasi : Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi👉 4:5
Tuman hokimligi : Madaniyat boʻlimi👉 5:1
Tuman FVV : Obodonlashtirish boshqarmasi👉 3:0
Yoʻllardan foydalanish : Tuman moliya boʻlimi👉 0:3
📹 Jarayon videoda.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Toshkent tumani hokimi kubogi davom etmoqda
Xabaringiz bor, ayni kunlarda tumandagi korxona va tashkilotlar oʻrtasida futbol bo'yicha Toshkent tumani hokimi kubogi musobaqalari oʻtkazilmoqda.
Toshkent tumani hokimligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan mazkur futbol musobaqasi sogʻlom raqobat muhitini yaratibgina qolmay, balki mehnat jamoalarini birlashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Joriy yil 6-iyul kunidagi bahslar natijalariga koʻra:
Tuman prokuraturasi : Tuman soliq inspeksiyasi
MMTB : SES
Suzish havzasi : Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi
Tuman hokimligi : Madaniyat boʻlimi
Tuman FVV : Obodonlashtirish boshqarmasi
Yoʻllardan foydalanish : Tuman moliya boʻlimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hafta_ichida
✅ Hafta ichida-25-son
🟢 Toshkent tumanida joriy yil 30-iyun sanasidan 5-iyul kuniga qadar sodir boʻlgan eng muhim voqea va hodisalar bilan "HAFTA ICHIDA" informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.
🟢 Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.
📹 Batafsil videoda.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#Reyd
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili doirasida – jamoat xavfsizligi yoʻlida tizimli reydlar
Toshkent tumanida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini amaliyotga tatbiq etish, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida tumandagi Ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan bir qator tizimli profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Xususan, kuni kecha tumanning bir necha mahallalarida navbatdagi reyd tadbirlari tashkil etildi. Mahalla faollari, profilaktika inspektorlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamkorligida oʻtkazilgan reydlar davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar oʻtkazildi, yashash hududlaridagi xavfsizlik choralari koʻrib chiqildi.

❤1👍1
#Murojaat
O‘zbekiston fermerlari kengashining mamlakatimiz fermer va dehqonlariga
M U R O J A A T I
Hurmatli va aziz fermerlar!
Bugungi global iqtisodiy va ekologiyaviy sharoitda dunyoda oziq-ovqat yetishmovchiligi yuzaga kelish xavfi ortayotgan bir paytda, qishloq xo‘jaligida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yuqori hosil olish va oziq-ovqat ekinlarini ko‘paytirish muhim vazifaga aylanmoqda. Shu murakkab sharoitda dehqon va fermerlarimiz barchadan ko‘ra mas’uliyatli va fidokorona mehnat qilmoqda.
👉 Batafsil

✨ Yoshlar faolligi va sport ruhi: Toshkent tumanida yozgi festival va musobaqalar
🌟 Joriy yilning 5-iyul kuni Toshkent tumanida joylashgan 26-umumtaʼlim maktabida yoshlar oʻrtasida sport va madaniy hayotni rivojlantirish, ularni sogʻlom turmush tarziga jalb etish maqsadida bir qator tadbirlar yuqori saviyada tashkil etildi.
🏆 Shaxmat va shashka boʻyicha “Hokim kubogi” musobaqalarida tumanning turli mahallalaridan kelgan yoshlar oʻzaro bilim va mahoratlarini sinab koʻrdilar. Zehn va diqqatni talab etuvchi bu oʻyinlar ishtirokchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Gʻoliblarga maxsus diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi.
🌃 “Yoshlar oqshomi” festivali esa tadbirning eng choʻqqisi boʻldi. Ochiq osmon ostida tashkil etilgan bu festival yoshlar uchun haqiqiy bayramga aylandi. Konsert dasturlar, musiqa va ijodiy chiqishlar festivalga oʻzgacha joziba bagʻishladi. Turli yoʻnalishlarda ijod qilayotgan yoshlar sahnada oʻz iqtidorlarini namoyon etish imkoniga ega boʻldilar.
📹 Jarayon videolavhada.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
🏆 Shaxmat va shashka boʻyicha “Hokim kubogi” musobaqalarida tumanning turli mahallalaridan kelgan yoshlar oʻzaro bilim va mahoratlarini sinab koʻrdilar. Zehn va diqqatni talab etuvchi bu oʻyinlar ishtirokchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Gʻoliblarga maxsus diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi.
🌃 “Yoshlar oqshomi” festivali esa tadbirning eng choʻqqisi boʻldi. Ochiq osmon ostida tashkil etilgan bu festival yoshlar uchun haqiqiy bayramga aylandi. Konsert dasturlar, musiqa va ijodiy chiqishlar festivalga oʻzgacha joziba bagʻishladi. Turli yoʻnalishlarda ijod qilayotgan yoshlar sahnada oʻz iqtidorlarini namoyon etish imkoniga ega boʻldilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
Yangilanish shiddati | Toshkent viloyati Toshkent tumani
#7july
📹 O'zbekiston 24 kanalida
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Yangilanish shiddati | Toshkent viloyati Toshkent tumani
#7july
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiyot
Toshkent tumanida yangi oilaviy poliklinika qurilmoqda
Bugungi kunda Toshkent tumanida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, zamonaviy va qulay tibbiyot muassasalarini barpo etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ayniqsa,tuman markazida qurilayotgan yangi oilaviy poliklinika mahalliy aholi uchun katta yangilik boʻldi. Bu muassasa yaqin kunlarda faoliyat boshlashi orqali fuqarolarga sifatli, tez va zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatish imkoniyatini yaratadi.
Poliklinika loyihasi jahon standartlariga mos ravishda ishlab chiqilgan boʻlib, unda bolalar va kattalar shifokorlari, laboratoriya, diagnostika, stomatologiya hamda shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari faoliyat yuritadi. Ushbu muassasa orqali aholiga yaqin joyning oʻzida tibbiy koʻrikdan oʻtish, tahlillar topshirish, davolanish va profilaktik xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Poliklinika qurilishi tez fursatlarda yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Uning ishga tushishi nafaqat markaz aholisiga, balki atrofdagi qishloqlar aholisi uchun ham katta qulaylik yaratishi shubhasiz.

❤4👏1