Telegram Web Link
#Saxovat_karvoni

“Ma’rifat va saxovat karvoni” – xalq xizmatida

Toshkent tumanida “Ma’rifat va saxovat karvoni” doirasida 3-sektor tomonidan mahallalarda keng ko‘lamli va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu karvon doirasida aholining ijtimoiy muammolarini joyida o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning ehtiyoj va muammolariga amaliy yechim topish maqsad qilingan.

Karvon tarkibida tuman kengashi deputatlari, mahalla raislari, tegishli tashkilotlar vakillari, ijtimoiy soha mutasaddilari hamda sektor ishchi guruhi faol qatnashmoqda. Ular tomonidan mahallalarda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganilib, zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Bu bilan birga, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar tarbiyasi, oilaviy muammolarni hal qilish kabi masalalarda ham tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Karvon doirasidagi bunday amaliy va ma’naviy yordamlar jamiyatda birdamlik, mehr-oqibat va o‘zaro g‘amxo‘rlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Tuman rahbariyati bu kabi karvonlar doimiy asosda tashkil etilishini belgilab, har bir sektor, har bir mahalla kesimida dolzarb muammolarni bartaraf etishga intilmoqda. “Ma’rifat va saxovat karvoni” nafaqat yordam, balki xalq bilan yaqinlik, ularning yuragiga yo‘l topish vositasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

📸Qirariq, Qorasaroy va Oqibat mahallalaridagi jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Sayohat
#Dozarb_90_kun
#Toshkent_tumani

Ma’rifiy sayohat: yoshlar bilim va ilhom oldilar

Yosh avlodga bilim berish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va texnik sohalarga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Toshkent tumani Istiqbol va Bog'izilol mahallalarining yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan navbatdagi ma’rifiy sayohat uyushtirildi.

Mazkur sayohat 15-maktab hamda 4-maktabning faol va iqtidorli o‘quvchilari uchun tashkil etildi. Ular Toshkent shahrida joylashgan Aloqa tarixi muzeyiga tashrif buyurib, O‘zbekiston aloqa tizimining rivojlanish bosqichlari, telekommunikatsiya vositalarining tarixiy namunalari hamda sohadagi innovatsion yutuqlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ekskursiya davomida bolalar XIX asrdagi ilk telegraf apparatlari, sovet davridagi telefon stansiyalari, zamonaviy raqamli texnologiyalarning rivojlanish jarayoni haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ayniqsa, qadimiy pochta xizmatiga oid eksponatlar yoshlarning katta qiziqishini uyg‘otdi.

Tadbir davomida yoshlar bilan interaktiv savol-javoblar, kichik viktorinalar ham o‘tkazildi. Sayohat nafaqat bilim doirasini kengaytirdi, balki yoshlar orasida texnik va muhandislik yo‘nalishlariga qiziqishni yanada oshirdi.

Mahalla yetakchilari bu kabi tashabbuslarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar. Ularning aytishicha, kelgusida ham bu kabi ma’naviy-ma’rifiy loyihalar davom ettiriladi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏2
Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз тўрт йиллик байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

Батафсил: https://uza.uz/posts/739035

Бизни телеграм каналларимиз

Facebook | Instagram | YouTubе
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 544 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 236 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 510 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 130 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 291 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 10 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 151 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 127 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 90 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 32 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 34 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 185 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 134 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 130 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 40 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 112 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 112 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 180 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 56 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 14 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#kun_fotosi
#modernizatsiya

Kun fotosi

Boʻlimlarimizda qiziq, qisqa va aniq xabarlar!

📍 Toshkent tumani


"Hududgaz Toshkent" GTF tomonidan "Kalas" MFY Ulugʻbek ko‘chasi hududida 1000 m li diametri Ø76/100 mm li oʻrta bosimli tabiiy gaz quvuri modernizatsiya qilinmoqda.

“Hududgaz Toshkent” GTF matbuot xizmati

Kanalga ulanish:👉  |telegram|
5🔥1
#Ogohlantirish

⚡️Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

⚡️Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, 35 kVAli L-Sariagach uzatish havo tarmogʻida taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ushbu havo tarmogʻidan taʼminlangan Mustaqillik 35/6 p/st dan elektr taʼminoti bilan taʼminlanuvchi Masalboy, Koʻkterak, Navoiy, Kultepa fiderlari oʻchishi sababli tumanning Chuvalachi, Gultepa, Shirin, Istiqbol, Kalas, Maʼrifat, Gulobod, Uchchinor, Farovon, Uchsada, Xalimkoʻp, Sagʻbon, Obodlik, Zargar, Majnuntol, Hiyobon, Sohibkor, Nurhayot mahallalarida va ushbu mahallarda faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarda joriy yilning‼️12-iyul kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha elektr taʼminoti xavfsizlik uchun oʻchiriladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3👌3
#Qishloq_xoʻjaligi

Bogʻ qator oralaridan samarali foydalanish

Toshkent tumanida qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilish va yer resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar samara bermoqda. Xususan, tumanning Koʻkterak mahallasi hududida joylashgan “Hosilot fayz” agrofirmasi yer maydonlaridan foydalanuvchi “Bekzod Agro Ishonch” MCHJ tomonidan meva bogʻlari qator oralariga qulupnay ekish ishlari boshlab yuborildi.

Aynan bogʻ qator oralaridan samarali foydalanish maqsadida tanlangan qulupnay — iqtisodiy jihatdan serdaromad, tez yetiladigan va bozorda talab yuqori boʻlgan mahsulotlar sirasiga kiradi. Bu tajriba, bir tomondan, yerdan ikki karra foyda olish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, mahalliy aholi bandligini taʼminlash va daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

MCHJ rahbariyatining maʼlum qilishicha, bugungi kunda 4 gektardan ziyod maydonga qulupnay koʻchatlari ekilib, qatʼiy agrotexnik talablarga amal qilinmoqda. Zamonaviy tomchilatib sugʻorish usuli joriy etilgani esa suv tejamkorligini taʼminlashga va hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Mahsulot asosan ichki bozor uchun moʻljallangan boʻlib, kelgusida uni qayta ishlash va eksportga chiqarish imkoniyatlari ham oʻrganib chiqilmoqda. Shu orqali tadbirkorlar nafaqat daromad olish, balki mamlakatimiz agrosanoat salohiyatini yuksaltirishga ham hissa qoʻshmoqda.

Toshkent tumani hokimligi va qishloq xoʻjaligi boʻlimi bu kabi saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlab, boshqa fermer va klasterlarga ham namuna sifatida tavsiya qilmoqda. Unutmaslik joizki, Toshkent tumanida bir qarich yer ham ekinlardan holi boʻlmaydi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/14 14:24:29
Back to Top
HTML Embed Code: