Telegram Web Link
#FVV

Dolzarb 30 kun davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosarining 2025-yil 2-iyundagi 186-sonli farmoyishiga muvofiq, “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i U.A. Maxamatjonov boshchiligida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, Toshkent tumanida joylashgan “Uchqahramon kiyim bozori”da bozor ma’muriyati, mas’ul xodimlar hamda tadbirkorlar ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Uchrashuv davomida yong‘in sodir bo‘lgan holatda to‘g‘ri harakatlanish tartibi, evakuatsiya qoidalari, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.Tadbir doirasida bozorda shartli yong‘in yuzaga kelgan holatda amaliy-taktik mashg‘ulot ham o‘tkazilib, xodimlar va tadbirkorlarning bunday holatlardagi harakatlanish malakasi sinovdan o‘tkazildi.

Ushbu tadbir yong‘in xavfsizligi madaniyatini oshirish, fuqarolarning favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, aholining xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kibersport
#Toshkent_tumani
#Onlayn

Toshkent tumanida "Kibersport" musobaqasi Toshkent viloyati bosqichi start oldi


Ayni damda, Toshkent tumanida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan "Kibersport" musobaqasining Toshkent viloyati bosqichi start oldi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
#Yozgi_taʼtil

✔️“Sogʻlomjon–Polvonjon” musobaqasi – sogʻlom avlod tarbiyasiga qaratilgan tadbir

Toshkent tumani Gulzor Madaniyat markazi rahbarlarining tashabbusi va reja asosida, yosh avlodni jismonan chiniqtirish hamda yozgi dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida “Sogʻlomjon–Polvonjon” nomli musobaqa tashkil etildi.

Tadbir “Emerald Kids” maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida oʻtkazilib, ular uchun qiziqarli va harakatchan musobaqalar taqdim etildi. Jumladan:
“Toʻpni halqachaga tushurish”,
“Toʻpni savatchalarga joylashtirish”,

Ertak qahramonlari bilan “Kim ayiq, kim quyon” kabi amaliy mashgʻulotlar bolajonlar tomonidan katta qiziqish bilan bajarildi.

Ushbu tadbir orqali bolalar oʻyin asosida jismoniy faollikni oshirish, jamoaviy harakat, aniqlik va chaqqonlik kabi koʻnikmalarni rivojlantirish imkoniga ega boʻlishdi.

✔️ “Sogʻlomjon–Polvonjon” musobaqasi yozgi sogʻlomlashtirish mavsumida bolajonlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularni foydali faoliyatlarga jalb qilishda muhim tashabbus boʻldi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Sayyor_qabul

Istiqbol, Chuvalachi va Shirinda sayyor qabul o'tkazildi

Toshkent tumani hokimi, Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi raisi Sardorbek Ergashev joriy yil 20-iyun kunidagi qabulini Istiqbol, Chuvalachi va Shirin
mahallasi fuqarolari uchun oʻtkazdi.

Fuqarolar qabulida tuman hokimi bilan birgalikda Davlat Soliq inspeksiyasi boshligʻi S. Abduvaliyev ishtirok etdi. Unda tumandagi barcha korxona-tashkilot rahbarlari qatnashdi.

Sayyor qabulda 20dan ziyod Istiqbol, Chuvalachi va Shirin mahallalari fuqarolari oʻz masalalari bilan murojaat qildi.

Qabul davomida fuqarolarning moddiy yordam, elektr, suv taʼminoti, kadastr, taʼlim, ichki ko'chalarni asfaltlashtirish, ijtimoiy himoyaga oid murojaatlari tinglandi. Ularning har biri masʼulligi boʻyicha tegishli korxona-tashkilotlarga tez fursatlarda bartaraf etish uchun biriktirib berildi. Barcha murojaatlarni tuman hokimi oʻz nazoratiga oldi.

📹Jarayon video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
#Diqqat_eʼlon

💫Hurmatli fuqarolar!

🔹Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablarining 2025-2026-oʻquv yilida 1-sinfiga qabul jarayonlari onlayn tarzda amalga oshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan SHTAB xodimlarining telefon raqamlarini taqdim etmoqdamiz!

📞 Murojaat uchun telefon raqamlar:

📚 Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Nilufar Ubaydullayeva
📱 Tel.: 99 301-83-70.

Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi mudiri Doniyor Valiyev
📱 Tel.: 97-776-71-41.

Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi metodisti, jarayon uchun masʼul shaxs Naibaxon Sagatova
📱 Tel.: 97-752-56-37.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
#Dolzarb_90_kun

💫“Dolzarb 90 kun” doirasida kitobsevar bolajonlar bilan uchrashuv

Toshkent tumanida amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ma’naviyat va ma’rifatga yo‘naltirish maqsadida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi. Toshkent tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan belgilangan reja asosida 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish oromgohiga tashrif amalga oshirildi.

🔖 Tashrif davomida “Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘st” shiori ostida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Oromgohda dam olayotgan bolajonlar ishtirokida kitobxonlikka oid maqollar aytish,tez aytishlar musobaqasi kabi interaktiv mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirlarga 40 nafardan ortiq oromgoh tarbiyalanuvchilari jalb qilindi.

🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — bolajonlarimizning yozgi ta’til kunlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish, ularni kitobga, bilimga, mutolaaga bo‘lgan mehrini oshirishdan iborat bo‘ldi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_eʼlon

Qadrli tuman yoshlari va aholisi!

Toshkent tumani hokimligi Yoshlar ishlar Agentligi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda 🟢30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan keng qamrovli GALA-KONSERT oʻtkazishni rejalashtirgan.

Shu munosabat bilan joriy yil 21- iyun-shanba kuni Toshkent tumani markazidagi SAYILGOHga tuman aholisi va yoshlarni taklif qilamiz.

Siz, turli sport oʻyinlari ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin. Undan tashqari, kechki soat‼️19:00 da Toshkent tumani Madaniyat boʻlimi xonandalari boshchiligida konsert dasturi tashkillashtirilgan.

Gala-konsertda el suygan sanʼatkorlar - estrada yulduzlari IMRON, GʻAYBULLA TURSUNOV, YORQINXOʻJA UMAROVlarning chiqishlari kutilmoqda.

Keling! Yoshlar kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan Gala-konsert ishtirokchisiga aylaning va unutilmas xotiralarga ega boʻling!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🎉1
2025/07/14 14:26:43
Back to Top
HTML Embed Code: