Telegram Web Link
#Hashar

Hashar-elga yarashar!


Xalqimizda hashar deb nomlangan ajoyib anʼana bor. Bu odat yillar oʻtsaki, oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Boisi hasharda xalqimizning birligi, ahilligi namoyon boʻladi.

Shu bois bugun, Toshkent tumanining barcha hududlarida hashar tashkil etilib, ariqlar loyqadan tozalanmoqda, daraxtlarga shakl berilib tagi oqlanmoqda, qabristonlar obod qilinib, hududlar chiqindilardan tozalanmoqda.

Fotosuratlarda "Obod va fayzli mahalla - yurt koʻrki" shiori ostida tumanimizning Qirariq,Oqibat, Kensoy, Chuvalachi va Oqtosh mahallalarida oʻtkazilayotgan hashardan lavhalar.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#HASHAR_ELGA_YARASHAR

📍Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida hashar o‘tkazildi

🍀Bugun, Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida umumxalq hashar tadbiri o‘tkazildi. Tadbir doirasida markaz hududi obodonlashtirilib, atrof-muhit tozalandi, daraxt va butalar shakllantirildi, gullar ekildi hamda jamoaviy mehnat muhitida xodimlar birlashdi.

♻️Hashar davomida markaz xodimlari, mahalliy faollar hamda ko‘ngillilar faol ishtirok etib, markaz atrofiga ozodalik va fayz bag‘ishlashga hissa qo‘shdilar. Tadbirning asosiy maqsadi — muhitni yanada qulay va sog‘lom qilish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

⚜️Ushbu tashabbus nafaqat ekologik holatni yaxshilash, balki jamoatchilik orasida obodonlashtirish madaniyatini targ‘ib etishga xizmat qiladi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
#Dolzarb_90_kun

Yozgi ta’til mazmunli davom etmoqda

Toshkent tumani A.Navoiy mahallasida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar va mahalla yoshlari uchun foydali, mazmunli hamda qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

🤚Hozirda maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tasdiqlangan yozgi reja asosida turli to‘garaklar muntazam faoliyat olib bormoqda.

🏐 “Sport – sog‘liq garovi” shiori ostida A.Navoiy mahalla yoshlar yetakchisi boshchiligida “Fidokor yoshlar otryadi” bilan 9- maktabdagi burgutlar jamoasi oʻrtasida Voleybol musobaqasi boʻlib oʻtdi.

🔹 Bu kabi to'garaklar kelgusida sportga mehr va sog‘lom turmush tarzini shakllantiradi,ijodkorlik va tafakkurni rivojlantiradi,milliy qadriyatlarga hurmatni mustahkamlaydi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

"Keles Open-2025" xalqaro turniri
700 dan ziyod yoshlarni birlashtirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi PQ- 356 sonli "Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yil 21-22-iyun kunlari 5 yoshdan 18 yoshgacha va 18 yoshdan katta boʻlgan sportchilar uchun Toshkent tumani sport maktabiga qarashli "Universal" sport majmuasida sportning karate WKF turi boʻyicha "Keles Open-2025" oltinchi anʼanaviy xalqaro turniri o'tkazilmoqda.

Murosasiz va qizgʻin bahslarga boy tarzda oʻtgan oltinchi anʼanaviy turnirni "Keles Karate" sport klubi rahbari Dilshod Yusupov, musobaqa bosh kotibi Xurshid Shodibekovlar boshchiligidagi 30 nafar hakamlar guruhi boshqarib borishdi.

Tadbir, Yoshlar oyligi doirasida o'tkazildi va unda nafaqat Toshkent tumani, balki mamlakatimizning har bir viloyatidan, qolaversa Qozog'iston va Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan 700dan ziyod yoshlarni birlashtirishga erishildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
#Sport

"Keles Open-2025" xalqaro turnirida g'olib va sovrindorlar taqdirlandi


Avval xabar berganimizdek, joriy yil 21-22-iyun kunlari Toshkent tumani sport maktabiga qarashli "Universal" sport majmuasida sportning karate WKF turi boʻyicha "Keles Open-2025" oltinchi anʼanaviy xalqaro turniri oʻtkazilmoqda.

Bugungi musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan karatechilarni taqdirlash uchun musobaqaga Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tashrif buyurdi va musobaqa sovrindorlarini shaxsan taqdirladi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥2🏆1
2025/07/14 10:15:24
Back to Top
HTML Embed Code: