Telegram Web Link
#Dolzarb_90_kun

Dolzarb 90 kun doirasidagi teatrga tashrif

Ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy aytganidek: “Teatr — bu ibratxonadir.” Haqiqatan ham, teatr – bu ma’naviyat va tarbiya maskani bo‘lib, yosh avlod qalbida ezgulik, rostgo‘ylik, yurtparvarlik kabi fazilatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Shu bois “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 71-sonli Gulzor madaniyat markazi tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan navbatdagi tadbir tashkil etildi. Markaz rahbari Zumradxon Abduqahhorova boshchiligida teatr aktyorligi to‘garagi rahbari Dilyor Rahmatullayev hamda to‘garak a’zolari bilan birgalikda O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatriga tashrif uyushtirildi.Yosh tomoshabinlar O‘zbek adabiyoti va sahna san’ati durdonasi bo‘lgan “Maysara” spektaklini katta qiziqish va ishtiyoq bilan tomosha qildilar. Spektakl davomida aktyorlarning mahoratli ijrosi, orkestrning jonli musiqasi, sahnadagi dekoratsiyalar bolalarning e’tiborini tortdi.

Mazkur sahna asari orqali bolalar halollik, rostgo‘ylik, to‘g‘ri yo‘ldan borish kabi yuksak insoniy fazilatlarning hayotdagi o‘rni haqida chuqur tushunchaga ega bo‘ldilar. Spektakl yakunida esa aktyorlar bilan uchrashuv tashkil etilib, ular bilan samimiy suhbat qurildi. Yoshlar aktyorlik san’ati, teatr olami, hayotiy orzular va kelajak rejalari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar."Maysara" spektakli sahnalashtiruvchi rejissyor Ilhom Atamirzayev, dirijyor esa A. To‘rayev tomonidan sahnaga qo‘yilgan.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning estetik didi va ma’naviy tafakkurini shakllantirishda albatta muhim ahamiyat kasb etadi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍#HUDUDLARDA_DOLZARB_90_KUN

📝Maktabagcha ta’lim: Yozgi sog‘lomlashtirish
📍Toshkent tumani

🟠Ayni kunlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Yozgi sog‘lomlashtirish" mavsumi doirasida amaliy ishlar qilinmoqda. Toshkent tumanidagi 12-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "Kim epchillu kim chaqqon " nomli musobaqa tashkillashtirildi.

💥Tarbiyalanuvchilar turli xil shartlarda guruhlar aro bellashdilar va musobaqa so‘nggida 1🥇,🥈,🥉,va 4 o‘rinlarni egallashdi.

💥Bolajonlarni Toshkent viloyati sport boshqarmasi Toshkent tumani sport maktabi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladilar.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HAMKORLIK

📝MAKTABGACHA TA’LIM

✉️Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti bilan hamkorlikda "Maktabgacha yoshdagi bolalarda texnik ijodkorlik va muhandislik ko‘nikmalarini rivojlantirish", "MTTlarda bugungi inklyuziv ta’lim tarbiya :holat va natijalar" mavzusida o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi

📎O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 19-maydagi 162-sonli hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2025-yil 24-maydagi 249-sonli "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda “Dolzarb 90 kunlik” ish rejimini tashkil etish to‘g‘risida"gi buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, tashkil etilgan ushbu seminarda viloyatdagi tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi bosh metodistlari, davlat, oilaviy nodavlat va DXSH direktorlari hamda direktor o‘rinbosarlari ZOOM orqali markazlashgan studiyalarda ishtirok etildi.

📎Seminarda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti dots.nti Maxmutazimova Yulduz Rahmatovna “Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim modeli” va Sadikova Dilafro‘z Xusanovna “Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun rivojlanish xaritasi” mavzularida maruza qilishdi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 13:34:00
Back to Top
HTML Embed Code: