Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Amerika Qo‘shma Shtatlari delegatsiyasini qabul qildi.

Глава нашего государства принял делегацию Соединенных Штатов Америки.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan 9 oyda iqtisodiyotda erishilgan natijalarni sarhisob qildi.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

“DIL NAVOLARI” KONSERT DASTURIGA
MARHAMAT!

Hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni 2025-yil 5-noyabr kuni soat 18:00 da poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida o‘tkaziladigan O‘zbekiston milliy maqom san’ati markazi Toshkent viloyati hududiy bo‘limi ansamblining hisobot konsert dasturiga taklif etamiz.

Milliy maqom san’atining betakror ohanglari, dilga yaqin kuy va qo‘shiqlar sizga unutilmas kecha tuhfa etadi!

Konsert jonli ijroda bo‘lib o‘tadi.

☎️Ma’lumot uchun: +998915424057

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallam_faxrim

Zarkentlik talaba Navro‘zbek Turg‘unboyevning ibratli taqdimoti

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Navro‘zbek Turg‘unboyev o‘zi o‘qiyotgan universitetdan berilgan oraliq nazorat topshirig‘ini noodatiy usulda topshirdi va ustozlarining a’lo bahosiga sazovor bo‘ldi.

Gap shundaki, Navro‘zbek Parkent tumanining Zarkent qishlog‘i farzandi. Yurtimizda mahalla tizimidagi islohotlar, mahalla yettiligi faoliyati haqidagi oraliq nazorat ishini bevosita o‘zi yashab turgan mahallada yoqlab berdi.

Buning uchun talaba ustozlari — universitet professor o‘qituvchilari va kursdosh talabalarini o‘z qishlog‘i Zarkentga boshlab keldi va hamqishloqlarini jamlab, hududdagi 42-sonli umumta’lim maktabida "Mening mahallam — mening faxrim" mavzuida taqdimot o‘tkazdi.

Bu — bir qarashda katta voqea emasdir. Lekin, har bir yosh o‘zi tug‘ilib o‘sgan mahallasi, qishlog‘i tarixini bilsa, bugungi rivojlanish jarayonlariga daxldorlik hissi bilan yashasa — mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ularda vatanparvarlik va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishning o‘zak mohiyati shunda emasmi?

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilga tadbir tafsilotlari "Nurafshon" telekanali lavhasida.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuchli fuqarolik jamiyati — kuchli davlatning poydevoridir!

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning
Fuqarolik jamiyati haftaligi munosabati bilan fuqarolik jamiyati institutlari vakillariga

MUROJAATNOMASI

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Yangiyo‘l yangilanmoqda: yangi bog‘, issiqxonalar va 300 ta ish o‘rni

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bugun Yangiyo‘l shahri va tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda yangi investitsion loyihalar bilan tanishdi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oramizdagi_odamlar

Taqdir sinovlariga taslim bo‘lmagan ayol

Piskentlik Larisa Do‘stmanbetova — hayot sinovlarini mardona yenggan, irodasi mustahkam, mehnatsevar ayollardan biridir.
Hozirda u tumandagi 79-sonli maxsus maktab-internatda poyabzal ta’miri bilan shug‘ullanadi. Taqdir uning jismoniy imkoniyatlarini cheklagan bo‘lsa-da, Larisa hayotga bo‘lgan ishonchi va irodasi bilan barcha qiyinchiliklarni yengib  o‘tmoqda.

— Inson doimo intilib yashashi kerak. Hayotda sinovlar ko‘p, lekin kimki to‘xtab qolmasa, albatta o‘z yo‘lini topadi, — deydi Larisa Do‘stmanbetova. —Men ham ko‘p narsalarga qiynalib erishganman, lekin hech qachon taslim bo‘lmadim.


Uning hayotdagi jasorati, fidokorona mehnati va o‘z kasbiga sadoqati e’tirof etilib, 2019 yilda «Jasorat» medali bilan taqdirlandi.

Larisaning faoliyati qo‘l-oyog‘i butun, ammo hayotda shukr va mehnatni unutgan ayrim insonlar uchun haqiqiy ibrat deyish mumkin.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 7-chaqiriq, 21-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.

Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻

📱 Facebook

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

Ayrim ijtimoiy tarmoq sahifalarida Toshkent viloyati hokimining xizmat telefoni raqami bilan bog‘liq eski ma’lumotlar ulashildi.

Shuni inobatga olib, viloyat va uning tarkibidagi 22 ta tuman-shaharlar hokimlarining xizmat telefonlarini e’lon qilmoqdamiz.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kuz_qish_mavsumi

Kuz-qish mavsumi: qirovli kunlar — sinovli kunlar

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda "Hududgaz Toshkent" GTF bilan hamkorlikda tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan Boʻstonliq tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, tabiiy gaz bilan bog‘liq xavfsizlik choralarini ko‘rish, aholiga tushuntirish ishlarini olib borish, tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.


Mazkur o‘rganishlar davomida tumandagi mas'ul mutasaddilar va soha mutaxassislariga tabiiy gazning yo‘qotilishini oldini olish, uni kelib chiqish sabablarini aniqlash va bartaraf etish, asossiz yoʻqotishlarga barham berish, gaz sarfini tejaydigan uskunalarning imkoniyatlarini isteʼmolchilarga keng tushuntirish, shuningdek, ikki bosqichli tizimga oʻtkazish kabi masalalar yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/31 08:16:31
Back to Top
HTML Embed Code: