Telegram Web Link
#inson_qadri

Viloyatimizda ayollar uchun suyanch, goʻdaklar koʻngliga quvonch ulashuvchi "Ona uyi" maskani ishga tushdi

Hayotning mashaqqatli sinovlariga duch kelgan homilador ayollar va go‘daklari bilan qolgan onalar uchun yorug‘ umid eshigi ochildi.

Endi ular uchun Chirchiq shahrida tashkil etilgan “Ona uyi” markazi mehr va qo‘llab-quvvatlash maskaniga aylanadi.


“Ona uyi” nafaqat boshpana, balki taqdir sinoviga duch kelgan ayollarni yangi hayot sari yo‘naltiruvchi, ularning ko‘ngliga umid, hayotiga esa yangi imkoniyatlar baxsh etuvchi ijtimoiy loyihadir.

Mazkur maskanda onalarga olti oygacha yashash joyi, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va ijtimoiy reabilitatsiya taqdim etiladi.
Shuningdek, ular bu yerda kasb-hunar o‘rganib, mustaqil hayotga dadil qadam tashlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh

Zangiota tumanida "Qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish va quyosh panellarini oʻrnatish" toʻgʻrisida seminar tashkil etildi


Seminar davomida Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov tomonidan Bosh prokuraturaning boshqarma katta prokurori A.Ismailov, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i N.Abdullayev va Zangiota tuman prokurori A.Jurayev, tuman mahalla fuqarolar yigʻini raislari, "Hududgaz Toshkent" GTF va tuman boshqarma mas’ul xodimlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xususan, tabiiy gazni yo‘qotilishini oldini olish, energiya tejamkor yondirgichlardan unumli foydalanish orqali tabiiy gazni iqtisod qilish, noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
#mavsum

Paxta yigʻim-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etishga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi

➡️Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
#nazorat

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Abdulaziz Alimatov boshchiligida viloyat hududlarida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va mavsumni betalafot o‘tkazish borasida aholi yashash xonadonlari, maktablar, tibbiyot maskanlari, talabalar turar joylari va boshqa ijtimoiy obyektlarda profilaktik tadbirlar jadallik bilan olib borilmoqda.

Ushbu tadbirlar davomida obyektlarda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinganlik holati koʻzdan kechirilib, masʼullarga yongʻin va turli favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha yoʻriqnomalar tarqatildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
2025/09/18 15:43:37
Back to Top
HTML Embed Code: